‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   160

1920—30-yillarda  qator  om m abop  jurnallar  tashkil  etildi.  Ayniqsa, 
«Kodan»,  «Karabu*,  «Kingu*,  «Fudzin  kurabu»,  «Genday»,  «Xinode*, 
«Tyuo  koron*,  «Bungey  syundzyu»  kabi  jumallarda  yoritilayotgan  turli 
m avzulardagi  materiallar,  rangli  suratlar,  reklamalaming  ixlosmandlari  kun 
sayin  ortib  bordi.  Birgina  «Kingu*  jum alining  adadi  tez  orada  million 
nusxadan  oshgani  uning nechog'ii  o'qim ishli bo'lganidan  dalolat  beradi.
M am lakatda  jurnallar  soni  ortib  borayotgan  kezlarda  íkkinchi  jahon 
urushi  yaqinlashayotgan  edi.  Bu  urushda  Yaponiyaning  tutgan  o ‘rni, 
kim lar  bilan  ¡ttifoqchi  bo‘lgani  va  alal-oqibat  mamlakat  boshiga  qanday 
b a ld a r  yog'ilgani  tarixdan  m a’lum.  Shunday  qilib,  1937-yilda  12  ming 
nom da  chiqayotgan jurnallar  soni  1940-yilga  kelib  5200  taga  tushdi.  1944- 
yilda  esa  2  ming  atrofida  jurnallar  chop  etilardi.  Ulardan  530  nomdagisi 
rasmiy  nashrlar  bo'lsa,  300  tasi  turli  mavzularga  bag'tshlangan,  qolgan 
qismi  esa  sohaviy  hamda  o ‘quv jurnallari  bo ig an .  Mamlakat  boshiga  atom 
balosi  yog‘ilgan  1945-yilda  esa  atigi  300  nomdagi  jurnallar  qolgan  edi. 
U rush  yillari  iqtisodiy  qiyinchiliklar  bilan  bir  qatorda  qog'ozning  o ‘ta 
tanqisligi  ham   ko'plab jurnallarning  yopilishiga  sabab  bo‘ldi.
1945-yil  19-sentabrda  Amerika  hukumati  tomonidan  e'lon  qilingan 
«Yaponiyada  gazeta  nashr  etish  huquqi»  deb  nomlangan  hujjat  amalda  bu 
m am lakatda  «Matbuot  kodeksi»  sifatida  qabul  qilindi.  1947-yil  may oyidan 
e'tiboran  Yaponiyaning  yangi  Konstitutsiyasi  amal  qila  boshladi.  Bularning 
barchasi  mam lakatda  matbuot  taraqqiyoti  uchun  yangi  davrni  boshlab 
berdi.  1945-yil  1-dekabr  kuni  Tokioda  «Minio*  tungi  gazetasining  ilk  soiii 
bosm adan  chiqdi.  1946>yil  boshlarida  «Dzidzo  simpo*,  fevral  oyida  esa 
«Tokio  tayms»  va  boshqa  gazetalar  birin-ketin  chop  etila  boshladi.  Bir  yil 
o ‘tib  m am lakatda  125  nomdagi  yangi  nashrlar  paydo  bo‘ldi.  Ayni  paytda 
qator  jurnallar  ham  qaytn  tiklanib,  ular  qatoriga  «Sinsey»,  «Koron», 
«Genday*,  «Sintyo»  kabi  o ‘nlab  yangi  nashrlar qo‘shildi.
Yaponiya  matbuotining  ravnaq  topishida  1945-yilí  tashkil  etilgan 
«.iodo  susin  axborot  agentligi,  E n-Eych-K ey yetakchi  yapon  gazeta  hamda 
radioeshittirish  korporatsiyasi  kooperativ  birlashmasi  ham  m uhim  o'rin 
tutdi.
XX  asrning  birinchi  yarmida  ju d a   ko‘p  urushlarni  Cjurnladan*  1904—
1905-yilIardagi  rus-yapon  urushi,  Xitoy  va  Koreyani  mustamlakaga 
aylantirishga  qararilgan  harakatlar,  Ikkinchi  jahon  urushi  davrida  «Uchlar 
pakti»ga  ko‘ra  bosqinchilik  siyosatini  q o ‘llab-quwatlash  va  hokazo) 
boshidan  kechirgan  yapon  xalqi  1945-yil  avgust  oyida  atom   bombasining 
dahshatini  ham  ko‘rganidan  jahon  ahli  xabardor.  Shunga  qaramay, 
Yaponiya  tez  orada  yana  taraqqiyot  sari  dadil  odimlab  ketdi.  Mam- 
lakatning  bunday  taraqqiyotga  erishuvida  «hayot  ko'zgusi»  hisoblanmish 
matbiiotning  ham  benazir  xizmati  borligini  hech  kim  inkor eta  olmaydi.
Xitoy  m atbuoti  XX  asrning  birinchi  yarmida  og'ir  iqtisodiy  sharoitda 
rivojlanganini  kuzatish  mumkin.  Bu  davrda  Yaponiya  bilan  bo'Igan 
mojarolar,  Ikkinchi  jahon  urushi  davridagi  tahlikali  voqealarning  barchasi 
matbuot  ravnaqiga  ham  o ‘z  ta ’sirini  o'tkazm asdan  qohnadi.  Asr  o'rtalariga 
kelib  m am lakatda  253  nomdagi  gazeta  2,5  million  nusxada  chop  etilardi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Aholisining  ko'pligi  jihatdan  dunyoda  birinchi  o 'rin d a   turadigan 
Xitoyda  kommunistik  partiya  hukm ron  ekanligi  yaxshi  m a’lum.  Shu  bois 
m amlakatda  chop  etiladigan  nashrlam ing  aksariyati  o 'sh a   mafkuiaga 
xizmat  qilishini  tasaw ur  etish  qiyin  enias.  Nima  bo'lganida  ham ,  o ‘ziga 
xos  taraqqiyot  yo‘lini  taulagan  X itoy  matbuotining  xalqaro  jurnalistika 
maydonida  salmoqli o ‘m i  bor.
0 ‘tgan  asming birinchi yarmida  mamlakat  xalqi og'ir  iqtisodiy,  siyosiy 
bo‘hron!arni  boshidan  kechirdi.  Bu  hol  boshqa  sohalar  qatori,  m atbuot 
ravnaqida  ham  o ‘z  oqibatini  ko'rsatdi.  Biroq  taraqqiyparvar  xalq  har 
qanday sharoitda yuksalish sari  yo‘l  topadi.  Bu  holni aynan  Xitoy  m atbuoti 
misolida  ham  kuzatish  mumkin.
Mamlakatning  yetakchi  nashrlaridan  biri—  «Renmin  ribao»  (Jenm in 
jibao)  gazetasiga  1946-yil  15-may  kuni  Xandan  shahrida  asos  solingan.
1948-yit  iyunidan  boshlab  gazetani  Shiszyanchjuane  shahar  bosmaxonasida 
yangi  kalligrafik  harflarda  nashr  etish  yo‘lga  qo‘yildi.  1949-yii  2-fevraida 
gazeta  tahririyati  mamlakat  poytaxti  Pekinga  ko‘chirildi.  Dastlab  to 'rt,  olti 
sahifada  chiqqan  gazetaning  adadi  90  ming  nusxa  edi.  1955-yilda  sakkiz 
sahifali  gazeta  adadi  700  ming  nusxadan  oshdi.  Tam al  toshi  XX  asr 
o'rtalarida  qo‘yilgan  «Jenmin  jibao»ning  adadi  saksoninchi  yillaiga  kelib 
5  million  nusxadan  oshgani,  1982-yildan  boshlab  ingliz tilidagi  nashri  San- 
Fransiskoda  300  ming  nusxada  ch o p   etilib,  122  ta  mamlakatga  tarqatila 
boshlagani  m a’lum.  Amerikalik  mutaxassislar  fikricha,  bu  gazeta  mavqeyi 
jihatidan  AQSHning  «Nyu-York  taym s,  «Vashington  post»,  Angliyaning 
«Tayms*,  Germaniyaning  «Velt»,  Fransiyaning  «Mond*  gazetalari  bilan 
tenglashgan  edi.  Shuni  ham  nazardan  chetda  qoldirmaslik  kerakki, 
mazmun-mohiyatiga  ko'ra gazetaning  xitoy tilidagi  nashri  bilan  ingliz tilida 
dunyoga tarqatiladigan  nashri  o'rtasid a  anchagina tafovutlar bo'lardi.
«Wenhui  bao»  (Venxuey  bao)  —  adabiy  gazetasiga  1938  yilda  Slian- 
xayda  asos  solindi.  Yapon  agressiyasini  qoralovchi  keskin  m aqolalam i 
yorita  boshlagan  gazeta  faoliyati  ba’zi  sabablar  ko‘ra  1939-yil  mayda 
to ‘xtatildi.  Ikkinchi  jahon  urushiga  uzil-kesil  xotima  berilgach,  1945-yil 
sentabridan  bu  xalqparvar  gazeta  yana  chop  etila  boshladi.  1949-yilda  28 
ming  nusxada  chiqqan  «Venxuey  bao»ning  adadi  qirq  yildan  so‘ng  1  mil­
lion  300  ming  nusxadan  oshdi.  G azetaning  AQSH,  K anada,  Yaponiya, 
Tailand,  Meksika  va  boshqa  m am lakatlarda  maxsus  muxbirlari  faoliyat 
ko'rsatishardi.  13-14  ta  ilovasi  bilan  chiqadigan  bu  gazeta  ixlosmandlari 
chet ellarda  ham  ko‘p edi.
«Guangming  ribao»  (G uanm in  jibao)  gazetasi  1949-yil  iyunda  Pe- 
kinda  tashkii  etilgan.  Xitoy  dem okratik  ligasi  markaziy  qo'm jtasining 
nashri  bo'lgan  bu  gazeta  sahifalarida  asosan  sanoat,  savdo,  iqtisodiyot 
mavzulariga  keng  o ‘rin  berilardi.  Dastlab  60—70  ming  nusxada  chop 
etilgan  gazeta  adadi  saksoninchi  yiilarda  1,5  million  nusxadan  oshdi.
Dunyodagi  o ‘nlab  m amlakatlarda  kasaba  uyushmalarining  nashri 
alohida  mavqega  ega  ekanligi  kuzatilgan.  Umumxitoy  kasaba  uyushmalari 
federatsiyasi  nashri  boigan  «G ongren  ribao»  (Gunjen  jibao)  gazetasi  ham
1949-yil  iyul  oyida  Pekinda  tashkil  qilingan  edi.  Dastlab  bir  necha  o ‘n
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə