‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   160

Sirdaryo,  S am arqand,  Faig'ona  viloyatlari  dehqonlarining  qurolli  ko‘ta- 
rilishlari  kabi  faktlarni  e ’tiborsiz  qoldirdi.  Bu  yeida  1887-yiIdan  1897- 
yilgacha  d e hqonlam ing  668  ta  chiqishi  qayd  etilgan  bo‘lsa-da,  «Typ- 
кистанские  ведомости»  bu  davrda  o ‘z   sahifalarini  aso san  tarbiya, 
adabiyot  va dinga  d o ir materiallar bilan to'ldirib turardi.
Gazetada  m adaniy  hayot  ham  Toshkentda  o ‘tkaziladigan  ko'rgazmalar, 
adabiyot,  m adaiiiyat  arboblari  bilan  uchrashuvlar,  teatrlarda  namoyish 
etilayotgan  spektakllar  haqidagi  xabarlar  orqali  ko‘rsatiIardi.  Turkistonda 
kitob  nashri,  savdosi  va  tarqatilishining  ahvoliga  alohida  e’tibor  berilardi. 
Mintaqada  qancha  bosmaxona  mavjudligi,  qanday  mazmunda  va  qancha 
miqdorda  kitoblar  nashr  etilayotganligi  masalalari  gazetaning  diqqat 
markazida  edi.  Jum ladan,  nashr  mahailiy  kitob  do'konlarini  xorijiy  kitoblar 
bosib ketayotganligi to ‘g‘risida qayta-qayta yozdi.
Ilmiy  tadqiqotchilik,  ma’rifatchilik  mazmunidagi  materiallar  «Typ- 
кистанские  ведомости»  gazetasining  o ‘qimishli  bo‘lishini  ta ’minlardi. 
Yuksak  bilimli  xodim lari,  mualliflari  tufayli  gazeta jiddiy  ilmiy  maqolalar, 
muammoli  m ateriallar,  ocherklami  e ’lon  qilib  turardi.  Masalan,  1882-yili 
gazetaning  b ir  nech a  sonida  Sattorxon  Abdug'afforovning  Q o'qon  xoni 
tarixi  to ‘g‘risidagi  maqolalari  e ’lon  qilindi.
«Turkiston  viloyatining  gazeti»-mahalliy  tildagi  ilk  bosma  gazeta. 
1870-yilda  o ‘lka  m a ’muriyati  farmoyishiga  binoan  «Туркистанские 
ведомости»  nashriga  ilova  sifatida  chiqa  boshladi.  1871-yildan  «Ilovalar» 
kichik  bichim da  oyiga  to ‘it  m arta-o‘zbek  va  rus  tillarida  ikki  martadan 
chop  etiladigan  b o ‘ldi.  U lar  «Туркестанские  ведомости»  mablag‘iga  va 
shu  gazeta  m uharririning  boshqaruvida  nashr  etilardi.  0 ‘zbek  tilidagisi  shu 
vaqtda  birdan-bir  m illiy  imlo  bo'lgan  arab  yozuvida  chiqardi.  1872-1873- 
yillarda.  gazeta 
Peterburg  bosmaxonasida  bosilib  turdi. 
1883-yildan 
e ’tiboran  ilovalar m ustaqil gazetaga aylanib,  «Turkiston  viloyatining  gazeti» 
nomi  ostida  o 'zb ek   tilida  chiqa  boshladi.  Shu  yili  gazetaning  bir  qismi  rus 
tilida  «Туркестанская  туземная  газета»  q o ‘shimcha  sarlavhasi  bilan 
chiqadigan bo'ldi.
U m um an  olganda,  «Turkiston  viloyatining  gazeti»  1870-yildan  1917 
yilgacha  5 0 0 -6 0 0   nusxa  adadda  chiqib  turdi.  Sh.  Ibrohimov  (1872—1883- 
yil  yanvar),  X.  C hanishev  (1883),  N.  P.  Ostroumov  (1883-yil  oxiri  -  
1917-yil)  uning  m uharrirlari  bo‘lishdi.  M ahailiy  madaniyat  arboblaridan 
Zokirjon  F u rq at,  Sattorxon  Abdug'afTorov,  Shohim ardon  Ibrohimov  uning 
birinchi  asosiy  xodim lari  bo‘ldilar.
G azetaning  bosh  vazifasi  mahailiy  aholi  o ‘rtasida  turli  rasmiy  hujjat- 
larni,  harbiy-gubernatorlik  hokimiyatiniíig  buyruqlari  va  farmonlarini  taig‘i- 
bot  qilishdan  iborat  edi.  0 ‘lkaning  tarixi,  ethografiyasi  haqida  maqolalar, 
turli  ixtiro  va  kashfiyotlar,  madaniyat,  adabiy  hayot  yangiliklari  to ‘g ‘risida 
axborotlar berib  borish  uning  ikkinchi  muhim vazifasi  hisoblanardi.
Gazeta  um um iy  yo‘l-yo‘riqlari  jihatidan  «Туркестанские  ведомос- 
TH»ga 
o ‘xsliab  ketaidi.  Siyosat,  davlat  masalalarida 
ham  
ular  bir  xil  fikrda 
edilar.  Biroq  Rossiyada  ijtimoiy-siyosiy  vaziyat  o'zgara  boigani  va  1905—
1907-yillarda  ham da  Birinchi  jahon  urushi  davrida  uning  ichki  siyosiy
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo‘hronlari  chuqurlashgani  sari  «Туркестанские 
BeflOMOcm*ga 
qaraganda 
ko‘p jihatdaa  o ‘z  siyosiy  mo‘ljallarini  o ‘zgartirib,  tadrijiy  rivojlanish  yo‘liga 
tushdi.  «Туркестанские  ведомости*  rasmiy  nashr  bo'lib,  xizmatchilar, 
rusiyzabon  aholining  zodagon-ma’lumotli  doiralariga  m o‘ljallangani  holda, 
«Turkiston  viloyatining  gazeti*  mahalliy  ziyolilar,  ayniqsa,  adabiyot  ahli 
e’tiborini  ko'proq  jalb  qiiardi.  G azeta  faoliyatida  Muqimiy,  Kamiy, 
M ahm udxo'ja  Behbudiy,  Abdulla  Avloniy,  Tavallo,  M lrm uhsin,  Mirzo 
Toshkandiy va boshqa  ilg'or ziyolilar faol  ishtirok etishardi.
«Turkiston  viloyatining gazeti*  turli  kitoblar,  risola,  to 'p lam lam i  chop 
etishni  ham   amaliyotga  kiritdi.  Bunday  shaklda  gazeta  sahifalarida  oldin 
e ’lon  qilingan  maqolalar,  ocherk,  korrespondensiya  va  ilm iy-om m abop 
asarlar  e ’lon  qilinardi.  «Paxtachilik  haqida*  (1887),  «Pilla  qurtini  boqish 
to ‘g‘risida  qisqacha  yo‘l-yo‘riqlar>  (1889),  «Misming  qisqacha  tarixi* 
(1889),  «Fizik geometriya  to ‘g‘risida  hikoyalar*  (1890)  va  boshqalar  shular 
jumlasidandir.  Bu  risolalar  gazeta  obunachilariga  bepul  yuborilib,  gazet- 
xonlar bilimini  kengaytirishiga  xizmat  qildi.  Umuman,  ushbu  ikkala  gazeta 
Turkistonda  davriy  matbuotning  ilk  namunalari  o'laroq  xalqda  bosma 
so‘zga  qiziqish  uyg‘otdi,  o'zbek  va  rus  tillarida  boshqa  gazeta  hamda 
jurnallar  vujudga  kelishi  va  tashkil  etilishini  rag‘batlantiruvchi  omil  bo‘lib 
xizmat qildi.
«Taraqqiy*  gazeUsining  yoknalishi  va  ko(targan  muammolari.  Tur­
kistonda  XX  asr  boshidagi  m a’rifatparvarlik  harakati  bevosita  jadidlar 
ta ’sirida, jumladan,  ulaming  yangi  maktab  uchun  kurashi  shaklida  rivojlandi. 
Ilg‘or  mayllami  rivojlantirish  va  ta ’lim  berishning  eski,  qotib  qolgan 
usullariga  qarshi  turish  bu  harakatni  rag'batlantiruvchi  asosiy  jihatlardan 
bo‘ldi.  Maktablarda  dars  berishning  yangicha  usullarini,  ulam ing  o ‘quv 
rejalariga  tabiiy-ilmiy  mazmundagi  yangi  flkrlami  (geografiya,  tarix, 
matematika)  kiritish  targ‘ib  qilindi,  yangi  darsliklar,  qo'llanm alar,  biblio- 
grafik  ma’lumotnoma adabiyotlarinl  tayyorlash  ishlari olib borildi.
Shunday  bir  sharoitda  o ‘lkada  yorqin  ifodalangan  ijtimoiy-vatan- 
parvariik  yo'nalishidagi  «Taraqqiy*  gazetasi  paydo  bo‘ldi.  Birinchi  soni 
1906-yilda  Toshkentda  chiqqan  bu  gazeta  atigi  uch  oy  m obaynida  nashr 
etib  turildi.  Uning  20-soniyoq  politsiya  tomonidan  tortib  oUnib,  musodara 
qilindi.
Juda  qisqa  muddat  faoliyat  ko'rsatganligiga  qaramasdan,  «Taraqqiy* 
gazetasi  jadidchilikning  dasturi  va  maqsadlarini  ommalashtirishda  katta 
ahamiyatga  ega  bo‘ldi.  Gazeta  gubematorlik  matbuoti  og‘iz  ochm ay  kela- 
yotgan  dolzarb  masala  va  mavzularni  birinchi  marraga  olib  chiqdi.  Bu  esa 
rasmiy  matbuot  (masalan,  «Turkiston  viloyatining gazeti*)  noroziligiga  sabab 
bo‘lib,  ikki  orada  munozara  keltirib  chiqardi.  «Taraqqiy*  gazetasi  pod- 
shoning  1905  yilgi  manifestini,  Kavkaz  va  Markaziy  Osiyodagi  imperiya- 
chilik  siyosatini  fosh  qildi,  uning  rus-yapon  urushidagi  harbiylashish 
maqsadlarini  ochib  tashladi.  Turkiston  milliy  vatanparvarlik  kuchlarini 
mavjud  hokimiyatga qarshi harakatlarida birlashishlari  uchun  kurashdi1.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə