‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   160

fununlariga  o ‘qiladurg‘on  m o‘tabar  va  keraklik  iim  va  fanlardan  biri  ushbu 
jug‘rofiya  ilm idur»,  deb  yozdi  u l.
1908-yil  Behbudiy  publitsistik  faoliyatining  qizg‘in  davrlaridan  bo‘tdi. 
Jadidlar bilan  a n ’anaviy  isiomchilar o'rtasidagi  bo'linish  chuqurlashayotgan 
bu  paytda  «Turkiston  viloyatining  gazeti»  sahifalarida  uning  «Bayoni 
m a’zdrat*  (1908,  1-son),  «Muhorabo  musulmonlarga  yoqarmu?»  (15-son), 
«Bayoni  hol»  (19-son),  «Bir  afsuslik  xabar»  (30-son),  «Majlisi  imtihon» 
(33-son),  «M utolaaxona»  (48-son),  «Qabristoni  muslimin»  (51-son), 
«Qonun*  (63-65-sonlar),  «Tarix  va  jug'rofiya»  (90-son),  «Tavzeh»  (94- 
son)  kabi  yigirmaga  yaqin  maqolasi  chop etildi.
«Tarix  va  jug'rofiya»  asari  ilmiy  dalillar  bilan  asoslangan  publitsistik 
maqola  bo‘Iib,  unda,  jumladan,  shunday  deyilgan  edi:  «Zamonki  ilm  va 
maorif  b o id i.  Ilmsiz  millat  ilmsiz  qavm  asir  va  zaif qolur.  Ilmsiz  davlatni 
foydasi  yo‘q,  ilmsiz  dunyoni  hayoti  yo‘q,  agar  bo‘lsa-da,  sabotsiz,  bu 
ilmlardan  yolg‘uz sarf va  nahv,  m antiq,  qalam  va  fiqh  emas,  balki  alar ustiga 
hikmat,  siyosat,  tarix,  qadima  va  jadida  ilm  va  ahvoli  zamoni  hozira  va 
alsanai  m uhovara (mulohaza)  ham  prukgrom  ta ’lim va tadrisimizga  kerak*2.
Behbudiyning  ko‘pgina  m aqolalari  milliy  aynanlik,  birdamlik  ma- 
salasiga  bag‘ishlangan,  garchi  ulanda  bunday  istiloh  bevositajshlatilm agan 
boMsa  ham .  «M illatlar  qanday  taraqqiy  etar»  maqolasida  u"«Butun  islohi 
m aktab,  m adrasa,  ya’ni,  islohi  millatga  ko‘shish  qilinmasa,  bir  asr  so‘ngra 
diyonat  barbod  bo‘lur  va  aning  javobi  m as’uliyati  bugungilarga  qolur», 
deya  ta ’kidlarkan,  «avomlik  naqadar  ko'paygan,  biz  musulmonmiz»,  deb 
qayg'ulanib  yozib:  «Musulmonlarga  ilm  iozim,  amal  lozim,  o'qim oq 
kerak,-deya  ta ’kidlagan.  «Ehtiyoji  millat»  maqolasida  ham  ushbu  masalalar 
ko‘tarilgan  edi.  «Boshqa  millatlarga  qaralsa,  ko‘rilurki,  muntazam  mak- 
tablari  bor,  bor  ul  maktabda  diniy  ilm.  U stunda  dunyoviy  ilm  va  fanlar 
ham  o ‘qilur,  chunki  dunyoga  turm ak  uchun  dunyoviy  ilm  va  fan  lozim- 
dur».  Aks  holda,  Behbudiy fikricha,  zam ona  ilmi  va fanidan  bebahra  millat 
boshqa  millatlarga  poymoi bo‘lur»3.
Behbudiyning  gazeta,  jurnaldagi  har  bir  chiqishi  uning  atrof hayotida 
yuz  berayotgan  voqealarga  publitsist  sifatida  bergan  aks-sadosi  sifatida 
yangrar  edi.  U ning  olim  va  publitsist  inson  tabiatida  shaxsiylik  bilan 
ijtimoiylik  uyg‘unlashib,  tiynaîining  nafsoniyat,  g‘urur,  qadr-qim m at, 
xushfe’llik  singari  o ‘ziga  xos  xususiyatlari  esa  fuqaroük,  vatanparvarlik, 
umumiy  takom ilga  va  milliy  farovonlikka  erishish  bobidagi  intilishlar  bilan 
cham barchas  b o g ian ib   ketgan  edi.  Shu  boisdan  Behbudiy  jadidlam ing 
tarafdorlariga  qarshi  har  qanday  xurujlarga  nihoyatda  jiddiy  munosabat 
bildirardi.  Binobarin,  bunday  hujum larning  sabablarini  turli  mavqelardan: 
ilmiy,  siyosiy-diniy  hamda  insoniylik,  davlat  va  jamoatchilik  nuqtayi 
nazarlaridan  ochib  berardi.
1  «Turkiston viloyatining gazeti»,  1905,  ll-fevral.
2  O 'sha  manba,  1908,  ll-iyun.
3  «Samarqand».  1913.  12-iyul.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bu  murakkab  masa La lamí  u  o'zigagina  xos  alohida  usulga,  fakt  yoki 
voqeaga,  uning  o ‘tmishi,  bugungi  ahvoli,  kelajagini  tasvirlash  orqali  ko'rib 
chiqish  nuqtai  nazaridan  yondashishga  tayanib  hal  etardi.  Boshqacha 
aytganda,  muayyan  fakt,  hodisani  níma  kehiríb  chiqaiganligúii  va  u  qanday 
oqibatlarga  olib  kelishi  mumkinligini  aniqlashga  harakat  qilardi.  Bo‘lib 
o'tayotgan  voqea-hod isa larga  bunday  ilmiy-tanqidiy,  o'tmishga  nazar  tashlab 
yondashuv  tufayli  Behbudiy  xolislikni,  o 'z   qarashlarí  to ‘g“riligiga  ishonchni 
hamda ijodiy faollik va nekbinlikrú saqlab qoílshga erishardi.
1913—1914-yillarda  Behbudiy  tashkil  qilgan  «Samarqand»  gazetasi  va 
«Oyina»  jum ali  jam iyatda  yangi  g'oyalar,  qarashlam i  yoyishga  katta 
yordam  berdi.  1913-yil  10-apreldan  1914-yil  avgustgacha  nashr  etjlgan 
«Samarqand»  gazetasining  hammasi  bo‘!ib  45  ta  soni  chiqdi,  26  va  27- 
soniarí  esa  «Yangi  Samarqand»  nomi  ostida  ch o p   etildi.  Gazeta  o ‘zbek  va 
fors  tillarida  chíqardi.  «Mlindan  maqsad  shul  ediki,-deb  yozgan  edi 
Behbudiy,-Bahri  H azardan boshlab janubda  Afg'oniston  dashti,  Amu  nahri 
o ‘rtasidagi  vase’  arasiga  sonin turk va  tojik birodorlarimizga  bu qadar toqat 
va  qoyi’  zamoniyada  va  Russiya  kulturi,  ilmi,  hunari  va  sanoatiga  oshino 
bo‘lishlariga ojizona tashviq etmoqdan  iborat edi»1.
Ko‘rib  turganimizdek,  o ‘zi  muharrirlik  qilgan  nashrlarni  bir  necha 
tilda,  ko'pincha  o ‘zbek,  fors-tojik  va  rus  tíllarída  chiqarish  Behbudiy 
faoliyatining  o ‘ziga  xos  xususiyatlaridan  bo'lgan.  U   Turkiston  va  yaqin 
atrofdagi  mamlakatlarda  yuz  berayotgan  voqealarni  yoritishga  harakat 
qilardi.  Publitsistning  «Millat  ehtiyojlari»,  «Millatga  murojaat»  singan 
ko'pgina  maqolalari  milliy  masalaga  bag'ishlangan.
«Oyina» jurnali  1913-yil 20-avgustdan  1915-yil  iyungacha  nashr etilib, 
shu  20  oy  davomida  52  ta  soni  bosmadan  chiqdi.  Birínchi  sonida  uning 
maqsadi  bayon  etildi.  Juma]  har  liaftada  24  sahifa  atrofida  chiqib  turdi. 
47-sonidan  boshlab  rasmlar  ham  berila  boshladi.  Jum alning  sarlavhasi 
ostida  uning  to ‘rt  tilda:  o ‘zbek,  fors-tojik,  arab  va  rus  tillarida  chiqishi 
ko‘rsatilgan  edi.  Bu  nashrda  Fitrat,  Siddiqiy,  Hoji  M o'yin,  Saidrizo 
Alizoda,  Sadriddin  Ayniy,  Tavallo,  Hakim  Buxoriy,  Saidahmad  Vasliy  va 
boshqa  m ashhur  mualliflar  hamkorlik  qilishdi.  Behbudiy  unda  ko‘pIab 
publitsistik,  m a’rifiy va  ilmiy-ommabop  m aqolalarini  e ’lon  qildi2.
O'zbek  xalqining  buyuk  o 'g lo n i,  publitsisti,  vatanparvari,  jaholat  va 
mutaassibliknmg  ashaddiy  dushmani,  m am lakatni  milliy  va  madaniy  qayta 
tiklash 
uchun 
kurashchi 
Behbudiyning 
ijodi 
va 
faoliyati 
uning 
zamondoshlari  va  avlodlarini  hamisha  toMqinlantirib  kelgan.  U  am ir  va 
bolsheviklar  hokimivati  bilan  tengsiz  kurashga  kirishib,  nopok  usullar 
qurboni  bo'ldi.  Turkiston  milliy  harakatining  yo'lboshchilaridan  birtni 
qatag‘on  qilish  bilan  zo'ravonlik  tizimi  xalqning  vatanparvarlik  tuyg'usini, 
ozodlikka  boMgan  chanqoqligini  yanada  oshirib  yubordi.  Bir  necha  yil 
o ‘tib,  uning  b ir  qator  safdoshlari  va  davom chilari  (Fitrat,  C ho‘lpon, 
Abdulla  Q  odiriy,  Tavallo  va  boshqalar)  aziz  boshlaridan  judo  etilgan
1  «Samarqand».  16-avgust.
2  «Oynaa*  (1914-1915).  T.:  2001.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə