‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   160

bo‘lsalar-da,  xalqning  taraqqiyotga  va  milliy ozodlikka  intilishini  endi  hech 
narsa to'xtata  olm as  edi.
M u n a w a r  Q ori  Abdurashidxonov  —  XX  a sr  ibtidosidagi  milliy  ju r- 
nplM ika  vakili.  T oshkentda  diniy  ilm  ahlidan,  qorilar,  Q ur’oni  karim  va 
hadisi  sharif  tafsirchilaridan  bo'lgan  ziyoli  oilada  dunyoga  kelgan 
M unaw ar  Q ori  Abdurashidxonov  (1871—1931)  dastlabki  bilimni  o ‘z   ota- 
onasi-m udarris  Abdurashidxon  va  Hosiyat  otinoyidan  oldi.  BoshJang'ich 
maktabda  m ashhur  U sm on  domlada,  so'ngra  Yunusxon  madrasasida  ta ’lim 
oldi.  Talisilini  davom   ettirish  maqsadida  1898-yilda  Buxoroga  ketadi.  U 
yerdan  qaytgach,  D arxon  masjidida  imomlik  qila boshlaydi.
M u n aw ar  Q ori  ko‘p   o ‘qir,  turli  gazeta  jurnallar  mushtariysi  o'laroq 
adabiyot,  san’atdagi  yo‘nalishlardan,  o 'z   davri  voqealaridan  yaxshi 
xabardor  edi.  Shaxs  sifatida  u  ijtimoiy  hayotda  keskin  farqlar  kuchayib 
borayotgan  bir  davrda  shakllandi.  Bu  Turkiston  general  gubernatorligining 
markazi  bo'lgan  T oshkent  hayotiga  jiddiy  qarovchi  yosh  yigitga  o ‘ylash 
uchun,  o ‘z  xalqining  mavjud  ijtimoiy  ahvolini  qabul  qila  olmaslik, 
norozilik  tuyg‘ulari  junbushga  kelishi  uchun  ko‘plab  asos  berar  edi. 
Birinchidan,  T oshkentning  ikki  qismga-rus  va  mahalliy  xalq  yashaydigan 
qismlarga  bo‘linganligi,  ulardagi  binolar,  hayotiy  sharoitlar,  ishlar  va 
yoshlarga  ta ’lim  berishdagi  farqlar  taqqoslovchi  har  qanday  inson  ko‘ziga 
yaqqol  tashlanib  turardi.  Bundan  tashqari,  1898-yil  oktabrda  general- 
gubem ator  chiqargan  farmonga  binoan  Sirdaryo  okrugi  (unga  Toshkent 
ham  kirardi)  Sam arqand  va  Farg‘ona  okruglarining  aholisi  shu  paytdan 
e ’tiboran  o ‘z  ariza,  arznom a  va  boshqa  turli  hujjatlarini  faqat  rus  tilida 
yozishlari  lozim  edi.
Ikkinchidan, 
hozirgi 
mutaxassislarning 
ta ’kidlashlaricha, 
oddiy 
xalqning  xo‘rlangan  ahvoli  M unaw ar  Qoridek  vatanparvar  hamda  adolat 
uchun  kurashchini  beparvo  qoldirishi  mumkin  emasdi.  Vatanparvarlaming 
kamsitilishini,  huquqlari  "poymol  etilayotganini  ko‘rib  turgan  M unaw ar 
Qori  1901—1904-yilIarda  Behbudiy  tashabbusini  birinchiiardan  bo‘Iib 
qoMlab-quwatlagan  holda  do'sti  R.  Kishod  bilan  birgalikda  awaliga  o ‘z 
hovlisida,  so‘ngra  Toshkentning  eski shahar qismida  va  boshqa tumanlarida 
bir  qator  usuli  savtiya  maktablarini  ochdi.  I9Il-yi!ga  kelib  faoliyat 
ko‘rsatayotgan  24  ta  jadidlar  maktabida  ikki  mingga  yaqin  bola  ta’lim 
olardi.  M unaw ar  Qori  «Namuna*  maktabi  (bu  yerda  Oybek,  M annon 
U yg'ur  va  boshqa  yirik  adabiyot  va  san’at  arboblari  o'qishgan),  «Jamiyati 
hayriya», 
«M usulm on  xalq  dorilfununi»,  «Shuroi  islomiya*  siyosiy 
tashkiloti  samarali  ilg‘o r  faoliyat  olib  borishlari  hamda  «Ittifoqi  taraqqiy* 
firqasiga  rahbarlik qilish  borasida  ko‘p sa'y-harakat  ko^-satdi1.
1906-yil  6-sentabrdan  M unaw ar  Qori  muharrirligi  va  noshirügida 
«Xurehid»  gazetasi  chiqa  boshladi.  Uning  nom i  ostidagi  izohda  aytil- 
ganidek,  bu  kundalik  «ilmiy,  siyosiy  adabiy  gazeta*  edi.  U  hech  qanday 
firqaga  qo'shilm asligini  va  millat,  xalq  manfaati  yo'lida  hayotni  haqqoniy

Do'stqorayev  B.  Turkiston jadidlariniiig  yirik siymosi.  «Jahon adabiyoti*,  1998. 
№ 3,  147-bct.
www.ziyouz.com kutubxonasi


yoritishni  o ‘z  vazifasi  deb  bilishini  e ’lon  qildi.  Hammasi  bo'lib  10  ta  soni 
chiqib,  oxirgi  soni  1906-yiI  16-noyabrda  chop  etilgan  ushbu  gazeta 
o ‘zining  xalqqa  m a’rifat  berish, 
adolatni 
himoya  qilish  va  c h o r 
hukumatining  mahalliy  xaiqqa  tazyiq  o ‘tkazish  siyosatini  fosh  etishdan 
iborat  dasturini  yashirib o'tirmadi.
«Taraqqiy*  gazetasi  yopilishi  bilanoq  paydo  bo'lgan  «Xurshid»  uning 
vatanparvarlik  yo‘lini  davom  ettirdi,  milliy  dunyoviy  ziyoli  ahli,  xalq 
fikrining  jarchisiga  aylanib,  jadidlar  m adaniy,  m a’rifiy  faoliyatini  keng 
>  targ'ib  qildi.  Gazeta  adabiyot,  madaniyat  va  milliy an’analarga  katta  e ’tib o r 
berdi.  Uning  m uham ri  yoshlami  tarbiyalash  masalalariga,  ayniqsa,  e ’tiborli 
edi.  Iqtisodiyot  mavzuida  ko‘plab  m ateriallar c ’ion  qilinardi.
1917-yilning  martidan  e’tiboran  M unaw ar  Qori  «Najot*  gazetasiga,  iyul 
oyidan  esa  o ‘sha  vaqtgacha  Ahmad  Zakiy  Validiy  rahbariigida  bo‘Iib  kelgan 
«Kengash»  jumaliga  muharrirlik  qila  boshladi.  Ushbu  nashrlarda  u   o'zining 
mahalliy  aholi  savodxonligini  oshirishga,  unda  madaniy-ma'rifiy  faoliyatga 
qiziqishni qo‘zg‘atishga yo'naltirilgan  ko‘plab  maqolalarini chop ettirdi.
Oq  podsho  1916-yil  25-iyunda  chiqargan  tub  yerli  aholi  erkaklarini 
front  ichidagi  ishlarga  safarbar  qilish  to ‘g ‘risidagi  farmoni  Turkistonda 
keng  xalq  ommasi  g‘alayonlariga  sabab  b o ‘ldi.  Ular  chorizm  tom onidan 
shafqatsiz  bostirildi.  O'shanda  M u n a w a r  Qori  xalq  manfaatlarining 
himoyachilaridan  bin  sifatida  chiqib,  Peterburgga  norozilik  nomasi  bilan 
hay’at  yuborishni  taklif  qildi.  «Najot»  gazetasida  e ’lon  qilgan  «M aqbul 
qurbonlar»1 
maqolasida  u 
hokimiyat 
va  erkinükni  kimdir  Ln’o m  
qilmasligini,  ulam i  qozonish  lozimligini  t a ’kid lad i.
Yozuvchi,  pedagog,  ma’rifatchi,  jum alist,  muharrir bo‘lgan  M u n a w a r 
Qori  Abdurashidxonov  qisqa,  lekin  serm azm un  um r  kechirdi.  Butun  kuchi 
va  bilimini  o*z  xalqi  xizmatiga  bag'ishlab,  milliy  o ‘z-o'zini  anglash 
to ‘yg‘usini  uyg'otishga  ulkan  ta ’sir  ko‘rsatdi,  0 ‘zbekiston  m adaniyati, 
maorifi  va  jumalistikasini  rivojlantirishga  bebaho  hissa  qo'shdi.  Endilikda 
uning  nomi  haqli  ravishda  o 'z   V atani  mustaqilligi  uchun  shonli 
kurashchilaming oldingi  saflarida  turadj.
Abdurauf  Fltrat-buyuk  olim  va  publitsist.  Abdurauf Fitrat  (1884—1938) 
o'zbek  xalqi  madaniyati  tarixiga  yirik  olim ,  iste’dodli  jamoat  arbobi, 
dramaturg,  adabiyotchi,  tarixchi,  shoir,  publitsist  va  jumalist  sifatida  kirdi. 
Vatanparvarlik,  atrof  hayotdagi  ham da  o ‘tmish  tarix  voqea-hodisalaridagi 
ilg‘or,  insoniy,  ma’naviy  sog'lom  jihatlam i  chuqur  va  keng  qamrovli  his 
qilish  uning  adabiy  merosiui  farqlab  turuvchi  xususiyatlardir.  Ijodkor  shaxs 
sifatida  Fitrat  asosan  Sharq  mumtoz  adabiyoti  negizida  shakllandi,  u  arab, 
fors  va  turkiy  tiUami  mukammal  bilar  edi.  Ulug‘  shoir  Alisher  Navoiyning 
tili  uning  uchun  ajoyib  namuna,  bare ha  asartari,  butun  hayoti,  faoliyati  esa 
ilhom  manbayi,  mahorat, yashash  ham da  kurash  maktabi b o lib  xizmat  qildi.
Fitrat  Buxorodagi  Mirarab  m adrasasida  tahsil  ko‘rdi.  1909-yilda  u 
yetti  nafar  o ‘spirin  tengdoshlari  qatori  «Tarbiyai  atfol*  xayriya  jam iyati 
tom onidan  Turkiyaga  o'qishga  yuborildi.  Uning  Buxoroda  islohotlar  za-
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə