‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   160

Odam lar o ‘z  uylarida  turli  diniy adabiyotlar va qissa  kitoblarini  saqlaganlar. 
Qissaxonlar,  savodii  odam lar  kitoblarini  turli  davralarda  o'zlari  o'qib 
berishlari  bilan  birga,  b a ’zi  savodi  chiqqan  yoslilarga  mutolaa  uchun 
vaqtincha bcrib  ham   turishgan.
Madrasalar qoshida  mo'jazgina  kutubxonalar bo‘lib,  ularda  diniy kitoblar 
bilan  birga  Navoiy,  Nizom iy,  Fuzuliy  g'azallari,  So‘fi  Olloyor,  X oja  Ahmad 
Yassaviy,  Bedil,  Rabg‘o ‘ziy  va  boshqa  dunyoviy  va  diniy  ta’limot  namoyon- 
dalarining kitobSari saqiangan va talabalarga o'qishga berilgan.
0 ‘zbckiston va  Q oraqalpog‘istonda  xizmat ko‘rsatgan  madaniyat  xodimi 
U.  Rahmetullaev  o ‘tgan  asm ing  20-yillarida  Qoraqum  eshon  madrasasi 
yonida  katta  kutubxona  b o ‘lib,  undagi  kitoblardan  o ‘quvchilar  foydalangani 
haqida  yozadi.  Kutubxonaga  h ar  yili  Qozon,  Kobul,  Toshkent  shaharlaridan 
karvon  bilan  1—2  tuya  yangi  nashr  etilgan  kitoblar  keltirib  turilgan. 
Filologiya  fanlari  doktori  Q.Ayimbetov  «Xalo‘q  danalo‘g ‘o ‘*  kitobida  Chim- 
boy  qal’asidagi  ziyolilardan  Qazi  Mao‘lik  Bekmuhammad  o ‘g‘li  Qazalo‘, 
Orenburg  shaharlariga  karvon  yurgizib,  savdo  mollari  bilan  biiga  kitoblar 
ham  oldirib,  xalqqa  tarqatgani  haqida  hikoya  qiladi.  M umtoz  shoir 
A.  Dabilov qissaxonlik  hunarini  egallashda Qazi  M ao‘lik sababchi boMganini, 
undan  «Oshiq  G ‘arib*  dostonini  sotib olganini eslaydi.
Kitob  ko‘chirish,  ya’ni,  xattotlik  qoraqalpoqlar  orasida  keng  tarqalgan 
hunar  bo‘lgan.  Husnixati  chiroyli,  harflami  aniq  yoza  oladigan  xattotlar  qissa 
kitoblarini, ayrim shoirlaming she’rlarini ko‘chirib,  xalqqa tarqatganlar.
Qoraqalpog'iston  hududida  topilayotgan  kitoblar  orasida  bosma 
kitoblar  ko‘p  uchraydi.  U lam ing  aksariyati  ikki  xil  —  Qozon  bosma  va 
Kobuliy  bosmaga  taalluqli.  M atbuot  tarixini  o ‘rganuvchi  mutaxassislar
1917-yilgacha  Q oraqalpog'iston  hududida  arab  alifbosida  bosma  bo‘lma- 
ganini  tasdiqlaydilar.  Lekin,  vaqtida  oqpodsho,  ya’ni  chor  Rossiyasi 
hokimligining  markazi  boMgan  Petro-AIeksandrovskda  (hozirgi  To'rtkul 
shahrida)  rus  harfli  m atbaa  uskunasi  yordamida  davlatning  turli  rasmiy 
hujjatlari  chop etilganligiga oid  aniq  dalillar mavjud.
Ba’zi  ma’lum otlarga  qaraganda,  hozirgi  Qoraqalpog‘iston  hududida 
1919-yilda  rus  tilida  «Amudarinskaya  jizn*  gazetasi  va  ayrim  varaqalar 
chop  etilgan.  Q oraqalpoq  olimlarining  aksariyati  birinchi  milliy  gazeta
1924-yiIi  noyabr oyidan  «Erkin  qaraqalpaq»  nomi  ostida  nashr etilganligini 
tasdiqlashadi.  Ayrim  m anbalarda  undan  oldin  «Kambag‘allar  tovushi* 
nomli  gazeta chiqarilgani  haqida  ham  notoMiq  m a’lum otlar bor.
Lekin  mavjud  m anbalar,  m a’lumotlar  o'rganilib,  tahlil  qilib  ko‘ril- 
ganida,  ilk  milliy  gazeta-«Birinshi  ado'm»  1924-yilning  oxirgi  oylarida 
dastlab  50  nusxada  chop  etilganligiga  oid  faktlarga  duch  kelamiz.  «Birinshi 
ad o ‘m*dan  keyin  qoraqalpoqlarning  yetakchi  gazetasi  1928-yildan  boshlab 
«Erkin  qaraqalpaq»,  «M iynetkesh  qaraqalpaq*  (1928—1932),  «Qo'zo‘1 
Qaraqalpaqstan*  (1932—1957),  «Совет  Коракалпагистано*  (1957-1992) 
va  mustaqillikdan  so‘ng  «Erkin  Qaraqalpaqstan*  nomlari  ostida  chop  etilib 
kelinmoqda.
Ayni  kunda  nashr  etilayotgan  «Вести  Каракалпакистана*  gazetasi 
«Амударинская  жизнь»  gazetasining bevosita davomchisidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1928— 1932-yillarda  To‘rtko‘lda  faoliyat  ko'rsatadigan  xo‘jalik  hiso- 
bidagi  bosmaxonada  qator  ruscha  va  qoraqalpoqcha  (lotin  alifbosida) 
kitoblar va gazetalar nashr ctilgan.
1931-yil  13-fevraldan  hozirgi  «Qaraqalpaqstan  jaslaro“»,  1932-yilning 
20-yanvaridan  «Jetkinshek* gazetalari  nashr etilm oqda.
Dastlabki  jurnalistlardan  Qasim  Ao‘ezov,  N au riz  Japaqov,  Orazali 
Qosekeev,  Izbasar  Fazilov,  Maxsudulla  Yakubov,  Xojan  Abdiholiqov, 
Tam endar  Safiev,  Ismoil  Sultanov,  Q urbanbay  Aralbayev  va  boshqalar 
Qoraqalpog*istonda  matbuot  sohasining  birinchi  qaldirg'ochlari  hisobla- 
nadi.
X V III bob.
  XIX ASRNING  IKKINCHI  YARMI  -   XX ASRNING 
BIRINCHI YARM1DA Q  OZOG‘ISTON  JURNALISTIKASI
Qozog‘istonda  davriy  matbuotning  paydo  b o ‘lishi  va  rivojlanishi  XIX 
asr  70-yjllarining  oxiri-80-yillarining  boshiga  t o ‘g‘ri  keladi.  Bu  o ik a  
Rossiyaga  qo‘shib  olingandan  keyin  qozoq jam iyatining  ijtimoiy va  siyosiy 
hayotida  tub  o ‘zgarishlar  yuz  berayotgan  davr  edi.  0 ‘sha  paytgacha 
Qozog‘iston  patriarxal-feodal  tartiblar  va  k o 'ch m an ch i  xo'jalik  yuritish 
usuli qaror topgan  ovullardan  iborat bo‘lib  kelgandi.  Kapitalistik taraqqiyot 
yo‘liga  qadam  q o ‘ygan  Rossiya  esa  bundan  keyingi  xo'jalik  va  savdo-sotiq 
munosabatlarini  rivojlantirish  imkoniyatlarini  faollik  bilan  izlayotgan  edi.
Xo'jalik  bobida  va  madaniy  jihatdan  an ch a  ravnaq  topgan  Rossiya 
xomashyo  zaxiralariga  boy  katta  hududlami  o ‘z   ta ’sir  doirasiga  tortish  va 
Qozog‘istonni  o*z  kapitalistik  rivojlanishining  xom   ashyo  yetkazib 
beradigan  qo‘shimchasiga  aylantira  borish  bilan  bir  paytdá  bu  qoloq 
diyorga  madaniy darajasini  ancha  yuksaltirish,  q o zo q   xalqining  demokratik 
madaniyatini  o*stirish  imkoniyatini  berdi.  Ayni  shu  davrda  dastlabki  qozoq 
bosma  kitoblari,  gazetalari  paydo  bo‘ldi.
Cho‘qon  Valixonov,  Abay  Qo'nonboyev,  Ibray  Oltinsarin  kabi  buyuk 
qozoq  ma’rifatparvar  olimlari,  Alixon  Bukeyxonov,  Ahmed  Boytursunov, 
Muhamedjon  Seralin  va  boshqalar  singari  birinchi  professional  publitsistlar 
hamda  gazeta  va  jurnallaming  muharrirlari  faol  ijtimoiy,  ilmiy,  adabiy- 
publitsistik  ijodga  kirib  kelishdi.  Qozoq  va  rus  tillarida  chiqa  boshlagan 
dastlabki  nashrlarda  o ‘sha  davrdagi  hukm ron  tabaqalar  faoliyati  shakl- 
lantirgan  ijtimoiy fikr o ‘z  aksini  topardi.
Bu 
ochiqdan-ochiq 
mustamlakachilik 
siyosati 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish  darajasi  jihatidan  yangi  «xoljalik*lardan  bir  necha  pog‘ona 
pastda  bo'lgan  xalqni  ezish  va  talashdan  iborat  edi.  Rus  tilidagi  gazetalarga 
chor  senzurasi  tom onidan  kuchli  ta ’sir  o ‘tkazib  turilardi.  Ilk  davriy 
gazetalardan  boMgan  «Туркестанские  ведомости»  (1870)  chor  hukumati 
siyosatiga  amal  qilardi  va  u  qat’iy  jilovlab  qo'yilgan  edi.  M a’muriyat 
matbuotdan  odamlarga  o*zi  lozim  topgan  xabarlarni  yetkazishda  va 
hokimiyat  nazdida  qanday  siyosatni  q o llab -q u w atlash lari  zarurligini 
tushuntirishda  foydalanardi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə