‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160

Rozing  ham   o ‘z  izlanishlarini  davom  ettirarkan,  1922-yili  takom il- 
lashtirilgan  ixtitosi-«radioteleskop»  uchun  davlat  patcntini  okli.  1926-yil- 
da  esa  «Elektroskopiya  (masofada  ko'rish).  Yaqin  oradagi  vazifalar  va 
yutuqlar»  no m li  ishini  hamda  «Uzoqni  ko‘rish  borasidagi  eng  yangi 
yutuqlar»  nom li  ilm iy  maqolasini  chop  etdi.  Bunda  televizion  uzatish- 
qabul  qilish  yo'lining  prinsipial  texnik  chizmalari  o ‘z   ifodasini  topgan  va 
rivojftntirilgan  edi.  M uallif ommaviy axborot  vositalarining,  xususan,  o'sha 
davrda  «erishib  b o ‘lmaydigan  ijtimoiy  aloqa*  deb  atatgan  televideniening 
porloq  kel^jagini  ko'rsatib  berdi.  Albatta,  erishib  bo'lmaslik  deganda, 
Rozing  m asofa  uzoqtigini  nazarda  tutgan  edi.  Lekin  keyinchalik,  ko‘r- 
satuvlar  olib  borish  mumkin  bo'lgan  masofaning  uzayib  borishi  natijasida, 
«erishib  b o ‘lmasIik*ni  zamonaviy  tam addun  m e’yoiiari  va  moddiy  boyiik 
jihatidan  tushunish jo iz  bo'lib qoldi.
Ko‘p   tad qiqotchilar  Toshkentni  elektron  televideniening  vatani 
sifatida  tilga  olishadi.  Lekin  bu  ham m a  tadqiqotchilar orasida  ta n   olingan 
yagotia  fikr  em as.  Masalan,  arm an  olimlari  «oq-qora  va  rangli  televi- 
deniening  asoschisi  O.A.  Adamyandir»1,  degan  fikmi  olg‘a  suradilar. 
Rtvojlangan  m am lakatlarda  boshqa  nuqtayi  nazarlar  ham  bor.  Shu  bilan 
bir  qatorda,  nufuzli  mutaxassislarning  ilmiy  ishlari,  jum ladan,  televizion 
jumalistika  sohasidagi  yetakchi  olim  A.Ya.  Yurovskiy  tadqiqotlari  ham 
Toshkentni  yagona  b o 4lmasa-da,  elektron  televideniening  vatanlaridan  bin 
deb  hisoblashga  asos  beradi.  X o'sh,  bu  qachon  va  qay tarzda  sodir  boigan 
edi?
T oshkentdagi  ilk  televizion  uzatuvchi  va  qabul  qiluvchi  moslama  XX 
asming  20-yillarida  0 ‘rta  Osiyo  Davlat  universitetining  fizika  fakultetida 
Ioyihalashtirilgan  b o 'lib ,  uni  ilmiy  xodim  Boris  Grabovskiy amalga  oshirdi. 
Fuqarolar  urushi  paytida  qizil  armiya  safida  xizmatni  o'tab  bo'lgach, 
Grabovskiy  T oshkentga  kelib  qolib,  Rozingning  ishlari  bilan  qiziqadi  va 
Ivan  Belyanskiy  bilan  hamkorlikda  Rozing  tasvirlagan  apparatni  yaratishga 
harakat  qiladi.  Barcha  qiyinchiliklarga,  zarur  materiallar  tanqisligiga 
qaram asdan,  G rabovskiy  bu  murakkab  texnik  masalani  yechishga  muvaflaq 
bo‘ladi.  U   yasagan  televizion ekran guguit  qutisiday kattalikda  edi.  Hovlida 
tuigan  bir  odam   o ‘z  bosh  kiyimini  yechar  va  kiyar,  buni  esa  xonada 
qo‘yilgan  teleekran  oldida  o'tirgan  odam lar  yaqqol  ko‘rib  o ‘tirar  edilar. 
Dunyodagi  e n g   birinchi  elektron  televidenie  ko'rsatuvlaridan  biri  shu 
tarzda  nam oyish  qilindi.
Albatta,  bu  ko‘rsatuv  hali  ovozsiz,  xira  bo‘lsa-da,  Grabovskiy  Rozing 
tom onidan  q o ‘yilgan  bosh  masulani,  ya’ni  teletasvir,  telesignallarni 
uzatishning  elektron  tizimini  yaratish  masalasini  hal  qila  olgandi  va  bu 
katta  yutuq  edi.  O 'z   tadqiqot  ishlari  davomida  Grabovskiy  Leningradga 
(hozirgi  Sankt-P eterburg)  borib,  B.  Rozing  bilan  uchrashadi,  u  esa  ham - 
kasbining  m eh n atin i  ma'qullaydi  va  qo  llab-quwatlaydi.  Shunday  qilib, 
1928-yil  30-iyunda  Grabovskiy  va  Belanskiylarga  5592-raqamli  patent 
beriladi,  unga  inuvofiq  «1925-yil  noyabrda  havola  etilgan  elektroteles- 
kopiya apparati»  ro ‘yxatdan o'tadi.
1 Тонмасян  A.K.  И з  истории теленнаення  и  фототелеграфа.  Ереван,  1971.
314
www.ziyouz.com kutubxonasi


Eiektron  televidenie  texnikasi  ko‘pgina  m urakkab  moslama  va 
konstruksiyalardan  tashkil  topganligidan  G rabovskiy  ixtirosi  keng  tarqal- 
madi,  shu  bois  yakka  ixtirochilar,  ular  qanchalik  iqtidorli  bo'lishmasin, 
butun  bir televidenie  tizimini  yaratishga  qodir  boMolmadilar.  Bunday  ishni 
nafaqat  zarur  mutaxassislarga,  balki,  shuningdek,  yetarii  uskunalar,  m ab- 
lag'larga ega bo4lgan  ilmiy markazlargina amalga oshirishlari  mumkin  edi.
Наг  holda  shu  iste’dodli  ixtirochilar  tufayli  m azkur  sohadagi  faoliyat 
professional  asosda  yo'lga  qo‘yildi.  1930-yiIda  B utunittifoq  elektrotexnika 
instituti  tizim ida  yangi  laboratoriya-televidenie  iaboratoriyasi  ochilib,  u 
Rozingning  shogirdi  professor  P.V.  Shmakov  rahbarligi  ostida  ish  boshladi. 
Konstruktorlar  oldiga  Nipkov  aylanasi  bilan  uzatuvchi  va  qabul  qiluvchi 
moslama  yaratish  masalasi  qo'yikii  va  shu  tarzda  m exanik  televideniening 
tajribaviy  nam unalari  dunyoga  keldi.  Ularda  b ir  kadr  30  qatorga  bo'lingan 
holda,  tasvir  va  ovoz  esa  alohida-alohida  uzatilardi.  Shu  bois  har  bir 
televizor ikkita-biri  radio  uchun,  ikkinchisi  q o ‘shim cha  televizion  moslama 
uchun  mo‘Jjallangan  qabul  qilgichlarga ega edi.
1931-yil  30-aprelda  «Правда»  gazetasi  «Ertaga  Sovet  Ittifoqida 
birinchi  marotaba  radio  orqali  tajribaviy  televidenie  (uzoqni  ko‘rish) 
ko'rsatuvi  bo‘lib  o ‘tadi.  Butunittifoq  elektronika  institutining  (Moskva) 
RVEY-I  qisqa  to'lqinli  uzatuvchisi  orqali  56,  6  m etrli  to'lqinda jonli  inson 
yuzi  va  fotosurat  namoyish  etiladi»,  degan  xabar bilan  chiqdi.
1931-yil  1-oktabrda  Moskvada  m untazam   tajribaviy  teleko'rsatuvlar 
boshlandi,  ulam i  Smolensk,  Leningrad,  Kiev,  Odessa,  Xarkov,  Nijniy 
Novgorod,  Tomsk  radiokonstruktorlari  qabul  qiüshlari  mumkin edi.  M osk- 
vaning  o'zida  texnik  havaskorlar  tom onidan  o 'ttiz d a n   ortiq  televizorlar 
yaratildi.  Sanoatda  ularni  ishlab  chiqarish  hali  yo‘lga  q o ‘yilmagan  bo‘lsa- 
da,  havaskorlarga  shunday  apparat  yasash  im konini  beradigan  detallar, 
masalan,  Nipkov aylanasi  chiqarilgan  edi.
Leningrad,  Odessa  radioeshittirish  stansiyalari  ham  o ‘z  joylarida 
ko'rsatuvlar  olib  borishgan.  «Правда»  gazetasi  1932-yil  15-aprelda  o ‘z 
mushtariylariga  Leningraddagi  «Komintern»  korxonasi  20  donadan  iborat 
ilk  televizorlar  turkum ini  Ishlab  chiqarishga  kirishganligi  haqida  xabar 
qildi.  1933-yildan  1936-yilgacha  ekrani  3x4  sm   bo'lgan  «B-2*  rusumdagi 
mahalliy televizorlardan  30.  000 tasi  iste’molga  chiqarildi.
Bir  vaqtning  o'zida  boshqa  mamlakatlarda  ham   televidenie  rivojlanib 
bordi.  Rozing  ishini  davom  ettirayotgan  shogirdlaridan  biri  S.  I.  Kitayev 
1931-yili  yangi,  kuchliroq  uzatuvchi  trubka  yaratdi.  «Иконоскоп»  nomini 
olgan  bu  moslamaning  yangiligi  televizor  ekranining  kattalashtirilganida 
edi.  Shu  yilning  o'zida  Rozingning  boshqa  shogirdi,  AQSHda  yashovchi 
V.K.Zvorokin  ham  xuddi  shunday apparatni  yaratib,  patentlashtirdi.
Shu  bilan  birga,  televidenie  kashfiyotchilari  qatorida  AQSHlik
F.Fam suort,  angliyalik  K.  Svinton  va  L.  Berdlar  ham   tilga  olinadi.
1931-yilda  Parijda  birinchi  marta  tasvimi  masofaga  uzatish  amalga 
oshirildi.  Bu  voqea  milliy  konservatoriya  va  oliy  elektrotexnika  o ‘quv 
yurtida  bo'lib  o ‘tdi.  1932-yili  Fransiyada  tajribaviy  telestudiya  ochildi. 
1935-yili  esa  Eyfel  minorasidan  muntazam  ko'rsatuvlar uzatîla  boshlandi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə