‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160

1933-yiIi  P.  V.  Shm akov  va  P.  V.  Timofeyev  yangi  uzatuvchi  trubka 
yaratdilar.  Sezuvchanligi  jihatdan  ikonoskopdan  ustun  turganligi  bois  u 
«superikonoskop»  n o m in i oldi.
1934-yil  15-noyabrda  mexanik  televideniening  muntazam  ko'rsatuv- 
lari  boshlandi.  U la r  efirga  yarim  kechadan  keyin,  halal  beruvchi  shovqinlar 
kam  bo'lgan  paytda  nam oyish  etilardi.  Bu  davr  televizorlari  6  x  9  sm 
ekranli  bo‘lib,  b a rch a  zarur  detallari  va  uskunalari  sobiq  Sovet  Ittifoqida 
ishlab chiqarilgan.
1925-yildan  Y aponiyaning  «En-Eych-Key*  axborot  uzatuvchi  korpo- 
rasiyasi  m untazam   radioeshittirishlar  olib  borishga  kirishdi.  30-yillarning 
o'rtalarida  u  yerda  tajribaviy  teleko‘rsatuvlar  yo‘lga  qo'yildi.  1935-yili 
Berlindagi  im oratlam ing  birida  televizor  o 'm atilib,  xohlovchilar  tele- 
ko'rsatuvlarrii  q o ‘rishlari  mumkin  bo'lgan.  1936-yilning  yanvaridan  boshlab 
esa  Berlin  televideniesi  muntazam  ish  boshladi.  Shu  yilning  avgust  oyida 
Olimpiya  o ‘yinlarining  ochilish  marosimi  olib  ko‘rsatildi.  1937-yil  may 
oyida  Angliyada  studiyadan  tashqarida birinchi  teleko'rsatuv bo’lib o ‘tdi.
1935-yili  sobiq  Sovet  Ittifoqi  televideniesi  tarixida  yangi  bosqich 
boshlandi-Leningradda  Butunittifoq  televidenie  ilmiy-tadqiqot  instituti 
tashkil  qilindi.  U zatuvchi-qabul  qiluvchi  apparatlar  texnikasining  rivoj- 
lanishi  mexanik  televidenieni  elektron  televideniega  almashtirishga  olib 
keldi.  1936-yil  o k tab r  oyida  Moskvaning  Shabolovka  mavzesidagi  taniqli  va 
hozirgacha  ishlab  kelayotgan  150  metrli  teieminoraning  qurilishi  boshlandi. 
Shu  yilning  noyabrida  esa  Angliya  radioeshittirish  korporatsiyasi-Bi-Bi-Si 
0
‘zining  m untazam   televizion  ko‘rsatuvlarini  boshladi.
1938-yil  m art  oyida  Moskvada  ommaviy  foydalanish joylarida  100  ta 
televizor  o ‘rnatildi.  Shu  yili  Leningraddagi  Kozinskiy  nomli  zavodda  200 
ta  «TK-1*  om m aviy  televizori  va  200  ta  arzonlashtirilgan  «TI-1»  shaxsiy 
televizorlari  ishlab  chiqarildi.  1939-yil  10-martda  Shabolovkadagi  telem i- 
nora  isliga  tushirilgach,  Moskvada  elektron  televideniening  muntazam 
ko‘rsatuvlari  boshlandi.
Televizorlami  ishlab  chiqarish  va  texnik  jihatdan  takomillashtirish 
davom  etdi.  1940-yilda  « I7 -T N -U   va  «17-TN-Z*  rusumli  televizorlar 
ishlab  chiqarila  boshlandi.  Ularda  ekran  kattaligi  diagonal  bo‘yicha  18  sm. 
ga  yetgandi.  0 ‘sha  yiliyoq  Amerikada  prezidentlikka  nomzod  Franklin 
Ruzveltning saylovoldi  nutqlaridan  iborat telereportaj  olib  berildi.
Ikkinchi- ja h o n   urushi  davrida  deyarli  barcha  davlatlarda  televidenie 
rivojlanishi  to 'x tab   qoldi.  1946-yili  AQSHda  6  ta  telestansiya  ish  olib 
bordi.  Shu  yili  iyun  oyida  Angliyadagi  Bi-Bi-Si  korporatsiyasi  o ‘z 
faoliyatini  qayta  tikladi.  1945-yili  Moskvada  ko'rsatuvlar  yana  davom  etdi. 
1948-yilgacha  to*rt  davlat-Sovet  Ittifoqi,  AQSH,  Angliya  va  Fransiyada 
televidenie  mavjud  edi.
1949-yili  Sovet  Ittifoqida  birinchi  ko'chm a  televizion  stansiyaning 
tashkil  qilinishi  televideniening  texnik  tarixida  katta  qadam  bo’Idi.  Shu 
yilning  o ‘zida  ko‘rsatuvlar  625  satrda  olib  borila  boshlandi,  bu jiddiy  yutuq 
boMib,  tasvir sifatini  oshirishga  imkon  berdi.  Shu  yili  Ittifoqda arzon  KVN- 
49  (qisqartma  nom i  ixtirochilari  familiyalarining  bosh  harflaridan  olingan: 
Kenigson, 
Varshavskiy, 
Nikolaevskiy)  rusumli  televizorni  ommaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi


ravishda  ishlab  chiqarish  yo’lga  qo'yildi.  50-yillar  Sovet  Ittifoqining  yirik 
shaharlarida  telemarkaz  va  uzatuvchi  stansiyalar  qurish  davri  bo'Idi.  1960- 
yilga  kelib  84  ta  markaz  ko'rsatuvlar olib borilar edi.
Bizni  televideniening  texnik  rivojidan  ko'ra  uning  om m aviy  axborot 
vositasi  sifatida  maydonga  chiqishi  ko'proq  qiziqtirarkan,  bu  masalada  eng 
ishonchli  ko'rsatkich-aholidagi  televizorlar  miqdoridir.  1950-yili  ular  soni
4.  000  ta  edi.  1960-yilda  sobiq  Sovet  Ittifoqida teletom oshabinlar soni  tax- 
minan  bir  millionga  yetdi.  Shundan  xulosaga  qilish  m um kinki,  bu  davrga 
kelib,  televidenie  sobiq  Ittifoqda  ommaviy  axborot  vositasiga  ayiangan, 
ya’ni jamiyatning  ijtimoiy  iiistituti  mavqeyini  egallagan  edi.
1950-yili  G FRda  televidenie  tashkil  qilindi.  0 ‘sha  vaqtdayoq  hozirgi 
yetakchi  kompaniya-ARDga  (bu  nom   «Ijtimoiy-huquqiy  radiotelestan- 
siyalar  hamdo'stligi*  degan  m a ’noni  bildiradi)  asos  solindi.  1950-yili 
Fransiyadan  Angliyaga  havo  mavjlari  orqali  birinchi  teleko'rsatuv  uzatildi.
1953-yilning  boshida  Yaponiyadagi  En-Eych-Key  radiotelevizion  kompa- 
niyasi  muntazam  ko'rsatuvlar  olib  bora  boshladi.  Shu yilning avgustida  En- 
Ti-Vi  Yaponiya  tijorat  kompaniyasi  (N ipon  Televijn,  ya’ni,  Yapon  tele- 
vizion  korporatsiyasi)  birincha  m arotaba  efirga  chiqdi.
] 954-yildan  g’arbiy  Yevropa  mamlakatlarida  ko'rsatuvlar  ayirboshiash 
yo'lga  qo'yildi.  1959-yili  AQSHdan  g’arbiy  Yevropa  mamlakatlariga  8  ta 
transatlantik  kabel  orqali  birinchi  teleko'rsatuv  uzatildi.  Agar  oldingi 
boblardan  eslasangiz,  telegraf,  aksincha,  g ’arbiy  Yevropadan  AQSHga  olib 
borilgan  edi.  Umuman,  50-yillarda  Amerikada  o'sish  sur’ati  nihoyatda 
yuksakligi  bilan  ajralib  turardi.  1954-yili  bu  erda  5  000  rangli  televizor 
mavjud  bo'lsa,  I960  yilga  kelib,  ularning soni  425  000  ga  yetdi.  1960-yilda 
turli  mamlakatlarda  57,  3  million  televizor  mavjud  edi,  1962-yilda  ular 
100  million  donani tashkil  qildi.
1951 -yilda  g‘arb  davlatlarida  televidenie  kinoni  chetga  surib  qo'ydi. 
50-yillar  o'rtalarida  AQSH  kinokompaniyatari  kinosanoatga  qaraganda 
televidenie  uchun  10  barobar  k o 'p   filmlar  suratga  olishdi.  1954-yili  tele­
videnie  uchun  olingan  Hollivud  kinokompaniyalarining  filmlari  u  yaratgan 
umumiy  mahsulotning  80  foizini  tashkil  etdi.
Rangli  televidenie  asoschilari  A.  M.  Polumordvinov,  A.O.  Adamyan, 
L.  Berd,  Yu.S.  Volkov  va  boshqalardir.  Sobiq  Ittifoqda  rangli  televide- 
niening  muntazam  ko'rsatuvlari  1967-yildan  boshlandi.  S un’iy  yo'ldosh 
orqali  dastlabki  ko'rsatuv esa  1965-yilda  amalga  oshirildi.
TeJevideuiedau  farqli  o'laroq  uning  salafi  bo'lgan  radio  sobiq  Ittifoqda 
ommaviy  axborot  vositasi  sifatida  ancha  oldin,  20—30-yillarda  shakllandi. 
Toshkent  radioeshittirish  stansiyasi  o'zining  muntazam  faoliyatini  1927-yil
11-fevraldan  boshladi.  1928—29-yillarda  respublikada  10.000  ta  radiop- 
riyomnik  bor  edi.  1927-yilning  oktabr oyidan  e ’tiboran  Moskvadan  eshitti- 
rishlar  muntazam  olib  beriladigan  bo'Idi.  1928-yil  23-oktabrda  sobiq 
Ittifoq  Xalq  komissarlari  sovetining  «Sovet  Ittifoqida  radioeshittirishlarning 
navbatdagj  masalalari  to‘g'risida»gi  qarori  chiqdi.
1931-yil  sentabrd^  Toshkentda  yangi  radiostansiya  (RV-11)  ishga 
tushdi.  Shu  yili  radio  orqali  rus,  o'zbek,  qozoq,  tojik  va  qirg'iz  tillarida 
radiogazeta  uzatildi.  Yil  davomida  hammasi  bo'lib  1152  radiogazeta chiqdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə