‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   160

rurligi  to ‘g‘risidagi  masalani  keskin  qo'ygan  dastlabki  asarían  ham  o'sha 
yerda  dunyo  yuzini  ko'rdi.  Bular  «Hindistonda  bir  farangi  ila  buxorolik bir 
mudarrisning  bir  necha  masalalar  ham  usuli  jadida  xususida  qilgan 
munozara&i»,  «Bayyonoti  sayyohi  hindi»  (H ind  sayyohi  qissasi)  asarían, 
«Sayxa»  nomli  shc’rlar to 'p lam i va  boshqalar edi.
Sadriddin  Ayniyning  guvohlik  berishicha,  chor  hukumati  Fitratning 
asarían  paydo  bo'Ia  boshlagan  birinchi  kunlardanoq  ulaming  tarqatilishini 
taqiqladi.  Tadqiqotchi  H.  Boltaboev  fikricha,  «Chor  Russiyasi  nafaqat  Fitrat 
asarlarini,  balki  uni  o'qigan  kishilami  ham qattiq ta ’kib  ostiga  ola boshlagan. 
Chunki  Fitrat  va  uning  hammaslaklari  ilgari  surgan  jadidchilar  g'oyalari 
hatto  bolsheviklaming g‘oyalaridan ham  zararliroq  hisoblangan edi»1.
Fitratning  jum alistik  chiqishlarigina  emas,  balki  taiixiy,  ülologik, 
pedagogik  ilmiy  maqolalari  ham  publitsistik  ruhi  bilan  ajralib  turadi.  Uning 
1915-yilda  Buxoroda  nashr  etilgan  «Oila»  kitobí  bunga  misol  bo'la  oladi. 
Nashrning  ikkinchi  qismida  yozuvchi  Buxorodagi  ijtimoiy  qatlamlarga 
shunday  ta ’rif  beradi:  «Buxoro  aholisi  turii  toifa  va  guruhlardan  iborat. 
Ba’zilari  mulla,  ba’zilari  sipohi,  bir  gunihi  tijoratchi,  bir  toifa  kosiblar  va 
to ‘d a  dehqonlardan  iborat.  Bu  toifa  orasida  multalaming  fikriy  tarbiyalari 
yaxshidek  ko‘rinadi.  Vaholanki,  ulaming  har biri  yigirm a-o'ttiz yil  umdarini 
madrasalarda  tahsil  bilan  o ‘tkazdilar,  lekin  o'qiganlarini  sizlarga  tushuntirib 
bera  olmaydilar.  M abodo,  biror  narsani  tushuntirmoqclii  bo‘lsalar  Irnm 
arabcha  so‘zlardan  nutqlarini  shunday  to'ldirib  tashlaydilarki,  omma  bu 
nutqini  tushunmaydi,  ulam ing  so'zlaiini  rad  etsangiz,  darrov  tahqir  va 
haqoratga o ’tadilar, joni johillik va  kofirlikda aybiaydilar»2.
M uallif  Yevropa  m am lakatlari  bilan  o ‘z  yurtidagi  ta ’lim  darajasini 
taqqoslar  ekan,  Yevropada  odam lar  bilimi  ham da  qabiliyatlarini  rivoj- 
lantirib  borish  tufayli  lavozimlar  va  xizmat  mavqelariga  ega  boiishlarini 
ta ’kidlaydi.  Shu  boisdan  ham   ular  faol  va  ju r’atlidirlar.  Buxoroda  esa 
m ansabdorlar,  sipohlar  hech  narsa  bilishmaydi  va  masalaning  bu  tomoniga 
e ’tibor berishmavdi,  deb  yozadi  Fitrat.
«Bu jam oa  qaysi  mansabga  ko‘tariIsalar va  qaysi  mansabdan  tushsalar, 
ilmu  iqtidorlarining  bunga  dahli  yo‘q,  balki  ham m asini  tasodifdan, 
om addan  va  taqdirdan  deb  biladilar.  Binobarin,  ulam ing  aksari  bir-ikki 
duoxonu  jodugarlar  bilan  hamkorlik  qilib,  ularga  sig‘inib  yuradilar. 
U lardan  eng  kattalari  va  qazo-qazolari  ham  mansab  umidida  bir  dasta 
chirkin  pashsha  bosgan  qog‘ozni  ezib  ichadilar.  Qaysilarining  uylariga 
kirsangiz,  ustun  va  ayvonlarida  duolar  osilganini  ko'rasiz»3.
1917—1918-yiïlarda  Fitrat  Samarqqandda  cl^iqayotgan  «Hurriyat» 
gazetasiga  muharrir  bo‘lib,  unda  o ‘zining  ham  ko‘plab  maqolalari,  she’r- 
larini  e ’ion  qildi.  1917-yil  aprelda  Amir  Olimxon  askarlari  Registon 
m aydonida  tinch  namoyishchilarga  qarata  d*i  ochdi,  o'n lab   kishilar  qa- 
m oqqa  olindi.  Fitrat  va  boshqa  jadidlai^a  Buxoroni  tark  etishga  to ‘g‘ri
1  Boltaboyev  H.  A bdurauf Fitrat  hayoti va ÿodi.  T.:  1992,  8-bet.
2  0 ‘sha  manba.  59-bet.
3  Fitrat A.  Oila.  T.,  2000.  57—58-bctlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


keldi.  Fitratning  «Samarqand»  gazetasidagi  dastlabki  chiqishi  Buxoroda  yuz 
bergan  ana shu  fojeaga  bag‘ishJandi.
Voqeani  tahlil  qilar  ekan,  u   shunday  yozdi:  «K o‘rdim ,  kezdim, 
eshitdim,  o'qidim .  Mamlakatlar  orasida  Turkistonim iz  kabi  baxtsiz  bir 
mamlakat  yo'qdir.  Butun  yolg‘izgina  otlam i  tarixda  q o ‘yib  ketgan  el- 
uluslaming  ezilib  ketdiklariga  birinchi  sabab  shul  ayriliq,  shul  ittihod- 
sizlikdir.  Biz  turkistonliklardagi  bu  ittihodsizlikdan  ko‘proq  foyda  ko'igan, 
kattaroq  osilg'on  eski  Rusiya  hukum ati  edi»1.  «Turkiston  viloyatining 
gazeti»,  «Buxoroi  sharif»,  «Sadoi  Turkiston»,  «Ishtirokiyun»  gazetalarida 
Fitratning  o'sha  zamondagi  o 'ta   dolzarb  masalalar  ko'tarilgan  ko‘plab 
asarían  e ’lon  qilindi.
1923—1924-yillarda  Fitrat  Moskva,  Petrogradda  yashab,  bu  yerdagi 
oliy  o'quv  yurtlarida  arab,  fois,  turkiy  tillardan  dars  berdi  va  yangi 
asarlarini  e ’lon  qildi.  Leningrad  universiteti  sharq  fakuitetining  ilmiy 
kengashi  unga professor unvonini  berdi.
Vataniga  qaytgach,  ilmiy  faoliyat  bilan  mashg‘ul  b o ‘ldi,  tarix, 
adabiyot,  til,  musiqa,  san’at  sohasida  ko‘plab  darsliklar,  ilmiy  asarlar 
tayyorlab,  nashr  citirdi,  talay  gazetalar,  jum allar  bilan  ham korlik  qildi.  U 
bir  qator  asarlar,  ilmiy  tadqiqotlar  yaratdi.  «Sarf.  1-kitob.  0 ‘zbek  tili 
qoidalari  to ‘g‘risida  bir  tajriba»,  «Sarfi  zaboni  tochiki»,  «M uxtasar  islom 
tarixi»,  « 0 ‘zbekcha  til  saboqligi»,  «M uqadimot  al-adab»,  «Bedil»,  «Aruz», 
« 0 ‘zbek  adabiyoti  namunalarí»,  «XVI  asrdan  so'ngra  o ‘zbek  adabiyotiga 
bir qarash» va boshqalar shular jum lasidandir.
Biroq 
Fitratning 
ilmiy-pedagogik 
faoliyatida 
yorqin 
ifodalangan 
vatanparvarlikni  mavjud  tuzum  «miïlatchilik  va  aksilinqilobchilik»  sifatida 
baholadi.  Oqibatda,  u  1938-yilda  o ‘zbek  xalqining  boshqa  ko‘plab  iste’dodli 
vakillari  qatori  otib  tashlandi.  Bugungi  O'zbekistonda  Abdurauf  Fitratning 
asarlari,  g'oyalari  yangi  umr  kasb  etib,  o'tmishni  yaxshiroq  bilishga  yordam 
beribgina qolmasdan,  muallif va uning maslakdoshlari  himoya  qilgan ezguliklar 
yoiida sobit va sodiq bo'lishga ham  bizni o'igatmoqda.
Shunday qilib,  Turkistonning  XIX  asr oxiri—XX  asr  boshlaridagi  ilg‘or 
mutafakkirlari jurnalistik va publitsistik faoliyatining tahlili  ularning  deyarli 
barchasi,  bir  tomondan,  chorizm ning  Turkistondagi  mustamlakachilik 
hukmronligiga,  ikkinchi  tom ondan,  o ‘z  xalqi  hayotidagi  um rini  yashab 
b o lg an   hamma  narsaga  qarshi  kurashganliklarini  ko‘rsatib  turibdi.  U lar­
ning  shon-shuhratga  cho‘lg‘angan  ijodiy  faoliyati  taraqqiyot,  m a'rifat,  fan 
rivoji  hamda  davlat  mustaqilligi,  jonajon  Vatanning  porloq  kelajagi  y o iid a 
milliy  qadriyatlar  bilan  jahon  tam adduni  yutuqlarini  tarkiban  uyg*un- 
lashtirish g'oyalari  ila  sug‘orilgan.
Mahalliy  gazeta  va  jum allar.  Rossiyadagi  1917-yil  fevral  inqilobidan 
va  oktabrda  bolsheviklar  hokimtyatga  kelgaularidan  keyin  Turkistonning 
gazeta-jurnal  olamida  katta o ‘zgarishlar yuz berdi.  0 ‘zbek  tilidagi  gazetalar 
soni  ko‘paya  borib,  1917-yil  bahoridan  «Najot»,  «ShoToi  islom»,  «Turón» 
(Toshkent)  «Farg‘ona  sahifasi»  (N am angan),  «Hurriyat»  (Sam arqand),  «El
1  «Hurriyat*,  1917,  28-iyul.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə