Zbekiston respublikasi oliy va o


E.VOHIDOV IJODIDA FALSAFIY TERANLIK VA SO„Z



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   259
id313213

E.VOHIDOV IJODIDA FALSAFIY TERANLIK VA SO„Z
QO„LLASH MAHORATI 
Gulchehra QO„YLIYEVA,
filologiya fanlari bo„yicha falsafa doktori (GulDU) 
 
Xalqimizning sevimli shoiri, jamoat arbobi, O‗zbekiston Qahramoni Erkin 
Vohidov nafaqat shoir, balki dramaturg va publitsist hamda adabiyotshunos 
sifatida ham nom qozongan. Buyuk ijodkor zamonaviy o‗zbek she`riyati osmonida 
yarq etib chiqib, bir-biridan chiroyli, ravon va yengil o‗qiladigan sermazmun 
sherlar guldastasini she`rsevarlarga armug‗on etib ketdi. 
Shoirning ijod yo‗li bilan tanishar ekanmiz, unda Vatan mavzusi, ona 
xalqimiz, muhabbat tuyg‗ulari, inson va uning orzu-xayollari, sir-sinoati, umidlari 
tarannum etilganligining yaqqol guvohi bo‗lamiz. 
U sevgi-muhabbat mavzusini tanlaydimi, chuqur lirizm va keng 
mushohadaga cho‗mdiruvchi falsafiy she`rlarinimi, hayotiy hangoma va 
voqealardan tug‗ilgan hazil she`rlarmi yoki kuchli sohir iste`dodining bir qirrasi 
sanalgan dramalarimi, publitsistika sohasimi, adabiyotshunos sifatidagi teran 
fikrlarimi – bularning hammasi keng kitobxon qalbining to‗ridan joy olib ulgurdi. 
―...Bu avlod she`riyatni hayotga yaqinlashtirdi. She`riyat g‗oya ko‗kidan 
tushib, oddiy insonning his-kechinmalarini tarannum eta boshladi.... A.Oripov, 


77 
E.Vohidovlarning ijtimoiy pozitsiyasi publitsistika darajasida qolib ketmadi, ular 
chinakam she`riyatga daxldor bo‗lib, buni ta‘minlagan bosh omil ijtimoiy dardning 
shaxsiylantirilganidir‖ [1, 190]. 
Shoirga ―oddiy insonning‖ ko‗ngil ehtiyojlarini yuqori pardalarda kuylay 
olish mahorati nasib etdi.Taniqli adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov 
ta`kidlab o‗tganidek, E. Vohidovning ―...she`riyatdagi, nasrdagi yashirin 
go‗zallik‖larini, so‗zga zargarona munosabati va uni topib qo‗llashini ―kashf 
qilish‖ insonga yanada ruhiy ko‗tarinkilik va madad beradi. 
Ijodkor she`rlarini o‗qir ekansiz, unda shoirning so‗z qo‗llash mahoratiga 
―Manzara‖ she`ri orqali guvoh bo‗lasiz:
...Bulutning orqasidan 
Quyosh kulib qaraydi. 
Majnuntolning yuvilgan 
Sochlarini taraydi. 
Ilk bahor kunlaridagi siyrak bulutli kun va uning orasidan quyoshning 
charaqlab nur selini sochish tasvirida quyoshning kulib qarashini ko‗rgandek 
bo‗lasiz. Salgina oldin yog‗ib o‗tgan yomg‗irda majnuntolning shohlari yerga 
egilib, yuvilgan sochlarini quyosh o‗z nurlari bilan taroqlayotgani, ya`ni yengil 
shabadada sollanib-sollanib tebranishi ko‗z oldingizda namoyon bo‗ladi. 
Shoir she`rlaridagi o‗ynoqilik va ravonlik, shirali tili, teran mazmuni, chuqur 
falsafiy umumlashmalardan iboratliligi bilan ajralib turadi. 
Ko‗z ochib nur qo‗ynida, 
Ko‗rdim yorug‗ dunyoni, 
Bu olamda neki bor 
Bari tortar havasim. 
Lolalar qahqahasi, 
Chechaklarning xandoni, 
G‗unchalar yuzidagi 
Sal uyatchan tabassum... 
Lolalarning yoqut piyoladek bo‗lib ochilishini ―qah-qah‖ otib kulgan inson 
kulgusiga, mayda chechaklarning ochilib turishini esa, uning ―xandon‖ kulgusiga, 
endigina ochilaman deb turgan g‗unchani esa ―sal uyatchan tabassum‖iga 
o‗xshatishdagi zukko topag‗onlik she`rni to‗xtamay, bir nafasda o‗qilishiga va 
undan zavqlanish hissini oshiradi.
Yana shoirning ―Tong lavhasi‖ she`rini o‗qigan kitobxon ko‗z oldida xuddi 
mohir rassom chizgan tong lavhasi aks etgan peyzaj tasvirini tomosha 
qilayotgandek bo‗ladi: 
Ufqlarga qo‗yib guldasta, 
Tog‗ ortidan ko‗tardi-da bosh, 
Pastga boqdi cho‗qqidan asta 
Oltin qalam tutgan bir naqqosh. 
Har nuqtaga sayqal berib u, 
Vodiy uzra chizdi zar lavha. 
So‗ng quyosh deb imzo chekdi-yu, 


78 
Tongotar deb qo‗ydi sarlavha. 
Bu misralarni o‗qigan o‗quvchi ko‗z oldiga tabarruk ―Qur`on‖ suralarida 
bitilgan Allohning birgina ―Bo‗l‖ deguvchi ilohiy so‗zi bilan butun olamni 
yaratgani namoyon bo‗lgandek bo‗ladi. O‗sha usta naqqoshi azal-barcha narsani 
izmiga solguvchi, quyosh deb imzo chektirguvchi-yu, tongotar deb sarlavha 
qo‗yguvchi iznidaligimiz va har tongda bunday holat takrorlanishiga esa insonni 
shukr qilmoqqa chorlashi namoyon bo‗ladi. 
Umrim bir on sendan ayru bo‗lmadi, 
Sochlarimga qo‗ndi tola-tola oq. 
Yillar seni mendan yiroq qilmadi, 
Yillar ikkimizni etdi yaqinroq... 
Ayriliq ikki qalbni qanchalik uzoqlashtirmasin, haqiqiy sevgi ham hijron 
yukiga bardoshli bo‗ladi. Adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‗ldoshev ta‘biri bilan 
aytganda: ―She`r hamisha darddir. Kamdan-kam hollardagina quvonchdan she`r 
tug‗iladi. She`r g‗amning o‗z farzandi bo‗lsa, quvonchning o‗gay bolasidir. Chunki 
dunyodagi birinchi she`r Odam Ato tomonidan o‗g‗li Hobilning o‗limi munosabati 
bilan yaratilgan,‖ [2, 250] deganida haqiqatni anglagandek bo‗lamiz.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə