10
yo‗sinda ifoda qilinadi. Arslonning ta‘nalariga o‗rgatuvchi
bergan javobning
ta`sirli ifodasi asar mohiyatini aks ettirishi jihatidan beqiyosdir:
Netay, men ham egalik qul,
Boshda xo‗jam bor,
G‗azab qilsa,
Ko‗zlarimga dunyo bo‗lar tor.
Menda-ku dard, iste`dod bor,
Bor andak sehr,
Hech bo‗lmasa hayvonotga
Shafqatu mehr!
Tomoshagoh egasi kim
Mening qoshimda!
Ammo qamchi o‗ynatar u
Doim boshimda.
Holatimni tushun,
Isyon qilma, birodar,
Charx oldida ikkimiz ham
Asli barobar.
...Goh jonimdan o‗tsa zulm
Na`ra tortaman,
Lekin bundan
Faqat boshga balo ortaman.
She`rning mana shu o‗rinlarida hayotning nechog‗lik
chigal va
tushunarsizligi, sirtdan qaraganda qudratli hokim ko‗ringan kishining aslida nochor
mahkum ekani g‗oyat samimiy aks ettirilgan. Asarning xotimasi kutilmagan
darajada hayajonli:
Bu so‗zlarga chidolmadi,
To‗lg‗ondi arslon:
— Bo‗ldi, bas qil!
Yuragimni qon qilma, inson!
O‗t olsin bu charxi falak
Rizqu ro‗zini!..
Arslon olov chambarakka
Otdi o‗zini.
Bu satrlarda ehtiyoj oldida odamu jonliqning har ko‗yga
tushishi, ilojsiz va
nochorligi holati o‗ta ta`sirli aks ettirilgan.
«
Tush
» she`rida shoir odamning tushi bilan uning arosatdagi mudroq, lanj
o‗ngini muvoziy tasvirlaydi. She`rning lirik qahramoni
mudrab yurgan elga
qo‗shilib, o‗zining ham mudragan ko‗yi asta sudralib borayotgani holatini takror-
takror tushida ko‗radi: «
Dostları ilə paylaş: