9
Yurtga beadad muhabbat va millat oldida turgan yumushlarning zalvori shoirga o‗z
qadrini anglab etmayotgan, hoziridan narini o‗ylamaydigan xalqidan yozg‗irish
huquqini beradi. U she`r so‗ngida: ―
G„ofil xalqim! Tinglarmanmi sening na`ra
uningni, Ko„rarmanmi zuluklardan ozod bo„lgan kuningni
‖,- deya hayqiradi.
E.Vohidovning
barmoqdagi she`rlarida ham o‗ychan
mushohada ustunlik
qiladi. Ularda shoir hayotning tub mohiyati, ichki ziddiyatlariga teran nazar
tashlab, qalamga olingan
hodisani bor qarama-qarshiligu, ziddiyatlari bilan yaxlit
idrok etadi. Natijada, shoir she`rlari
munozaraviy tus olib, tasdiq bilan inkor
yonma-yon keladi.
XX asrning 70-yillaridan e`tiboran E.Vohidov hayotning poetik tadqiqotchisi
va taftishchisiga aylana bordi. Shoirning «Hozirgi yoshlar», «Sirdaryo o‗lani»,
«Arslon o‗ynatuvchi», «Oqsoqol», «Yuragingda makon tutgan qul»,
«Otdoshlarimga», «Sharqiy qirg‗oq», «Qulluq qil demasman», «Ey, men bilgan»
singari o‗nlab she`rlari, «Ruhlar isyoni», «Istanbul fojiasi» singari dostonlarida
shoir ijodidagi ana shu jihatlar yorqin aks etadi. O‗z ijodiy kredosini 80-yillarda
ustoz Mirtemir xotirasiga bag‗ishlab yozgan ―Shoirlik‖ she`rida
Shoirlik bu – shirin jondan kechmakdir,
Limmo-lim fidolik jomin ichmakdir.
Shoirlik – jigarni ming pora etmak,
Bag‗ir qoni bilan satrlar bitmak.
tarzida ifodalagan E.Vohidov bitiklarida ham, hayot yo‗sinida ham ―fidolik jomin‖
to‗la sipqorib yashadi. Qadim bobolar: ―
Dostları ilə paylaş: