11
yo‗liqtirgan mudhish kechaning tezroq tugashini iltijo qiladi. Fikrning,
ruhning
mudroqligi qullikning ko‗rinishidir. Qullik esa, chin insonga isnoddir.
Shoir «
Yuragingda makon tutgan qul
» she`rida «Qullar ichra eng
bechorasi» inson yuragiga o‗rnashgan qullik ekanini yozadi.
Shoir talqinicha,
kishining yuragidan joy olgan qullik, aslida, gadolikdir va bunday gadolikdan
adolik, ya`ni o‗lim ma‘quldir:
Umr
qoshu kiprik orasi,
Gadolikdan adolik ma‘qul.
Qullar ichra eng bechorasi
Yuragingda makon tutgan qul.
Shoir millatdoshining yuragida qul makon tutishini istamaydi. Uning yuragini ana
shu tuban tuyg‗udan ozod ko‗rmoq istaydi.
Boshqa bir she`rida yosh shoirga qarata yurtga o‗g‗lon bo‗lmoq og‗ir
mas`uliyat ekanini, uni obod qilmoq
uchun qulluq qilish emas, fidolikka tayyor
bo‗lish kerakligini o‗ta ta`sirli ifoda etadi:
Qulluq qil demasman,
Yurt tuprog‗in o‗p.
Unga qullar emas, fidolar kerak.
Uning senu menday shoirlari ko‗p,
Buyuk elga endi daholar kerak.
Hayot haqiqatini butun murakkabligi, ziddiyatlari bilan boricha ko‗rsatish, o‗tkir
ijtimoiy-ma`naviy masalalarni dadil ko‗tarib chiqish,
hodisalardan falsafiy
xulosalar chiqarishga moyillik, ruhiy erkinlik shoir ijodining etakchi tamoyillaridir.
E.Vohidov iste`dodi yorqin namoyon bo‗lgan asarlar orasida 1979 yilda
yaratilgan «
Dostları ilə paylaş: