|
Zbekiston respublikasi oliy va oMinding ilm narvoniga, chiqding funun osmonigaid313213Minding ilm narvoniga, chiqding funun osmoniga,
Bu jahon ayvoniga arkon o„zing, vayron o„zing
‖ tarzida aks ettiradi. Shoir ilmu
fan taraqqiyoti tufayli inson jahon ayvoniga «arkon» darajasiga ko‗tarilgani, ayni
paytda, shu «ustun»ni qulatib «vayron» etadigan ham insonning o‗zi ekanini
ifodalaydi. So‗ng bu fikr rivojlantirilib yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan ayanchli
holat she`rxon ko‗z o‗ngiga keltiriladi:
Zarrani ijod etib, dahshat balo bunyod etib,
Oqibatni yod etib, vayron o‗zing, hayron o‗zing.
«Zarra» bu – atom. Odam uni yaratib, vayron keltiruvchi qudratini sinab
ko‗rgachgina o‗z qilmishiga «hayronu», o‗z buzg‗unchiligidan ko‗ngli «vayron»
ekani shoir tomonidan go‗zal ifoda etilgan. G‗azalchi insonning buyuk
kashfiyotlari nuqul dahshatu balolar keltiradi deb hisoblamaydi, ularni ezgulikka
xizmat qildirish ham odamning qo‗lida ekanini tasvirlaydi: ―
Bog„i arz obod erur,
sendin agar imdod erur, Yo„qsa u barbod erur, to„fon o„zing, to„g„on o„zing
‖.
Agar inson o‗zining yaratuvchilik, ezgulik singari ulug‗ vazifalarini unutmasa,
umri mazmun kasb etadi, hayot yashashga arziydigan bo‗ladi. Olamni barbod
qiladigan to‗fon ham, uni balolardan saqlab qoladigan to‗g‗on ham odamning o‗zi.
Shuning uchun dunyoni bo‗ston qilishga, jannatga aylantirishga urinmoq kerak:
Kelding olamga demak, etmas uni so‗rmak, yemak,
Erni etmog‗ing kerak, bo‗ston o‗zing, rizvon o‗zing.
Shoir borgan sari tafakkuri kuchayib, aqlu zakovati oshayotgan inson zimmasida
behad ulkan yuk mavjudligini, bu yuk – olamning taqdiriga javobgarlik ekanini
g‗azal zamiriga singdiradi. Shuning uchun ham bugun odam kelajagi barbod
bo‗lmaydigan yo‗lni tutishi, o‗zini doimo «
inson etishi
» kerakligi she`rda
ta`sirchan ifodasini topgan: ―
Bo„lmasin subhing qaro, bor bo„l mudom borliq aro,
Dostları ilə paylaş: |
|
|