8
soladi. Shuning uchun ham she`rlarida tobelik, qo‗rquv va qo‗rqoqlikdan nafratini
ochiq ifodalaydi:
Qo‗rquvning ko‗zi katta, yuragi kichik bo‗lur,
Qo‗rquv zo‗r kelgan yurtda arslonlar kuchuk bo‗lur.
Shoir arslonlarni kuchukka aylantirgan sharoitni o‗zgartirmoq, millatdoshlari
yuragiga jur`at baxsh etmoq istaydi. Boshqa bir she`ridagi: ―
Qaddingni baland tut,
bo„lma serta‟zim
‖ satrida ham shoirning ana shu istagi ifoda etilgan.
Shu kabi
ko‗plab bitiklarida shoir o‗zining dov yurakli millatsuyar shaxs ekanini ko‗rsatadi.
Millatga, yurtga chin mehr faqat maqtovu madhiyadan iborat bo‗lmaydi. Asl
adabiyotda elu yurtga muhabbat hayotning teran badiiy tasviri orqali yuzaga
chiqariladi.
Shafqatsiz hayotiy haqiqat, echimsiz muammolar,
insoniyat oldida
turgan mushkul masalalar boricha ko‗rsatilib, odamning ko‗ngil dardlari ochiq
aytilgan asarlar el-ulus ma`naviyatini yuksaltiradi. Bunday bitiklar xalqning dilidan
joy olib, ruhiyatiga o‗ktamlik baxsh etadi.
«Vatan istagi»
she`rida
shoirning
kurashchanlik sifatlari namoyon bo‗ladi. Egamanlikdan oldin yaratilgan bu
g‗azalda E.Vohidov millatini o‗z vataniga ega ozod etnos sifatida ko‗rish istagini
ifoda qiladi:
Bu vatanda bir Vatan qurmoqni istaydir ko‗ngil,
O‗zni ozod qush kabi ko‗rmoqni istaydir ko‗ngil.
She`rda shoirning yolg‗ondan
hazar qilishi, inson hayotining chinlikka qurilishini
xohlashi aks etadi: «
Dostları ilə paylaş: