Ўзбекистон республикаси



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə15/23
tarix26.03.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#34363
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23

O‘simlikdan tayyorlanadigan adaptogenlar
Jenshen. Jenshen ildizi sharq tabobatida bir necha ming yillardan beri qo‘llanib kelinadi. Besh ming yillik amaliy tajriba, shuningdek so‘nggi ellik yil ichida olib borilgan laboratoriya tadqiqotlari jenshenning quyidagi farmakologik hossalarini tasdiqladi:

  • markaziy asab tizimi, oliy nerv faoliyati, ayniqsa xotira va tafakkur funksiyalarining stimulyasiyasi;

  • yurak-tomir tizimi stimulyasiyasi (kam miqdorlarda arterial bosimni biroz oshiradi, katta miqdorlarda esa pasayitiradi; preparat ta’sirida yurak qisqarishi kuchayadi va chastotasi pasayadi);

  • radiatsion ta’sirdan himoya;

  • hujayra metabolizmining yaxshilanishi va organizm hujayralari tomonidan kislorodning o‘zlashtirilishi;

  • immun tizim stimulyasiyasi;

  • endokrin tizim funksiyalarining me’yorlanishi va maromga keltirilishi;

  • jinsiy funksiya stimulyasiyasi;

  • umummiy tetiklantiruvchi ta’sir;

  • qon hosil bo‘lishi stimulyasiyasi;

  • lipid almashinuvining me’yorlashuvi va qonda xalesterin juda past zichlikdagi lipoproteidlar miqdorining pasayishi.

Jenshendan davolash maqsadida foydalanish qanchalik keng bo‘lsa, uni iste’mol qilish shakllari va usullari ham shunchalik turlichadir. Jenshen ildizidan tetiklashtiruvchi, faollashtiruvchi vosita sifatida foydalaniladi, u adaptogen ta’sirga ega hamda organizmning noqulay ta’sirlarga umumiy qarshiligini ohiradi. Jenshen jismoniy va aqliy qobiliyatni oshiradi, yurak-tomir tizmi ishini yaxshilaydi. Jenshen ildizi tarkibida glikozidlar – panaksozidlar bo‘lib, ular qand miqdorini kamaytiruvchi va anabolik ta’sirga ega. Anabolik faolligi bo‘yicha jenshen eleuterokokka yaqin bo‘lib, unga o‘xshab endogen insulinning ta’sirini kuchaytiradi. Nastoyka, kukun ko‘rinishida kapsulalarda va tabletkalarda ishlab chiqariladi. Jenshen ildizi nastoykasi (10 foizli) kuniga ikki marta ovqatdan oldin (kunning birinchi yarmida) 20-25 tomchidan, kukun va tabletkalarda – kuniga ikki marta ovqatdan oldin 0,15 g dan qabul qilinadi. Davolash kursi 10-15 kun.

Manchjuriya araliyasi. Ushbu o‘simlikdan tayyorlangan preparatlar o‘z ta’siriga ko‘ra jenshen guruhiga tegishli. Jismoniy mashqlardan keyin tiklash davrlarida jismoniy va aqliy ishchanlikni oshirish uchun tetiklantiruvchi vosita sifatida, shuningdek qattiq charchash va astenik holatlarni oldini olish uchun qo‘llaniladi. Araliyaning o‘ziga xos xususiyati- ancha sezilarli gipoglikemiya - qonda qand moddasining kamayishi. Bu holda gipoglikemiyada somatotrop gormon ajralishi bilan borgani tufayli, araliya qabul qilinganda ishtahaning ancha oshishi va tana vaznining ortishi kuzatilishi mumkin (anabolik ta’sir). Araliya ildizi nastoykasi ko‘rinishida chiqariladi. Nastoyka kuniga ikki marta, odatda kunning birinchi yarmida 30-40 tomchidan qabul qilinadi. kurs muddati 2-3 hafta.

Oltin ildiz (och qizil rodiola). Markaziy asab tizimidagi tiklanish jarayonlarini optimallashtiradi, ko‘rish va eshitish qobiliyatini yaxshilaydi, organizmning ekstremal omillarga moslashuvchanligini oshiradi, charchoqni kamaytiradi va ishchanlikni oshiradi. Oltin ildizining o‘ziga xos xusissiyati – bu muskul to‘qimasiga kuchli ta’sir qilganda ularning muskul kuchi va chidamliligi oshadi, qisqartiruvchi oqsillar – aktin va miozin faolligi ortadi. Spirtli ekstrakt ko‘rinishida chiqariladi. Kuniga ikki marta ovqatdan 15-30 daqiqa oldin 5-10 tomchidan 10-15 kun davomida qabul qilish tavsiya etiladi.

Levzeya (moraliy ildizi). Tarkibida yaqqol anabolik faollikka ega biriklarga bor. Levzeya ekstrakti organizmga yuborilganda oqsil sintezi jarayonlari kuchayadi, oqsillarning muskullarda, jigarda, yurakda va buyraklarda to‘planishi faollashadi. Jismoniy quvvat va aqliy ishchanlik ancha sezilarli oshadi. Uzoq qabul qilinganda tomirlardagi suyuqlik oqimi asta-sekin kengaya boradi va natiijada umumiy qon aylanishi yaxshilanadi. YUrak qisqarishi chastotasi sekinlashadi, bu esa parasimpatik asab tizimi tonusning oshishi bilan ham bog‘liq. Levzeyaning o‘ziga hos xususiyati – ilik hujayralarida mitotik faolligini kuchaytirish yo‘li bilin periferik qon tarkibini yaxshilash qobiliyati. Immunitet kuchayadi. Levzeya spirtli ekstrakt ko‘rinishida chiqariladi. Spirtli ekstraktning tavsiya etiladigan dozasi – kuniga 2-3 marta 20-30 tomchidan.

Xitoy limon o‘ti. Limon o‘ti markaziy asab tizimiga tetiklashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, musbat reflekslarni kuchaytiradi, reflektor qo‘zg‘aluvchanlikni oshiradi, ko‘zning yorug‘likka sezgirligini oshiradi, yurak-tomir tizimi faoliyatini tetiklashtiradi, gipotoniyada arterial bosimni oshiradi, nafas olishni tezlashtiradi, jismoniy va aqliy toliqishda kuchning tez tiklanishiga, ishchanlik qobiliyatining saqlanishiga yordam beradi, tunda ko‘rish o‘tkirligini kuchaytiradi. Limon o‘ti ovqat hazm qilish apparatining motor va sekretor funksiyalarini kuchaytiradi, bachadon va skelet muskulaturasi faoliyatini tetiklashtiradi, moddalar almashinuvi, regenerativ jarayonlarni faollashtiradi, immunobiologik reflekslarni oshiradi, organizmning kislorod etishmasligiga chidamliligini oshiradi. Giyohning asosiy farmakologik samarali uning tarkibida kristallik modda- sxizandrin mavjudligi bilan belgilanadi. Unda shuningdek organik kislotalar, S, R, E vitaminlari, efir moylari, mikro- va makroelementlar katta miqdorda uchraydi. Limon o‘tiga xos xususiyatlar – ishchanlikni sezilarli oshiradi, kayfiyatni yaxshilaydi, ko‘rish o‘tkirligini oshiradi. Bu samaralarning hammasi limonning nerv o‘tkazuvchanligini, nerv hujayralarini ta’sirchanligini yaxshilashi va markaziy asab tizimida qo‘zg‘alish jarayonlarini kuchaytirishi bilan izohlanadi. Uni jismoniy va aqliy ishchanlik qobiliyatining pasayishida, ruxiy kasalliklarga chalingan va asabiy odamlardagi astenik va depressiv holatlarda, gipotoniyada, seruyqulukda, surunkali infeksion kasalliklar va zaharlanish bilan bog‘liq umumiy holsizlikda, shuningdek sog‘lom odamlarda ishchanlikni oshirish uchun, moddalar almashinuvini faollashtirish, katta jismoniy zo‘riqishdan keyin organizmni tiklanish tezlashtirish uchun tayinlanadi. Limon o‘ti preparatlarning nojo‘ya ta’siri va kumulyativ hossalari yoo‘qligi uni qimmatli tetiklashtiruvchi vositalar qatoriga qo‘shishiga imkon beradi. Spirt nastoykasi, kukun, tabletkalar, quruq mevalar damlamasi ko‘rinishida chiqariladi. Ba’zan choyga quruq mevalari, yangi tayyorlangan sharbati qo‘shiladi. Spirtli nastoyka bir kunda 2-3 martadan 2-4 hafta davomida 20-25 tomchidan qabul qilinadi. quruq mevalarning iliq damlamasi (200 ml suvga 20 g) bir kunda 2 marta ovqatdan oldin yoki ovqatdan keyin 4 soatdan keyin 1 osh qoshiqda, kukun yoki tabletkalar esa ertalab va kunduzi 0,5 grammdan qabul qilinadi.

Platan bargli sterkuliya. Eleuterokokk va jenshen kabi ishchanlikni oshiradi va anabolik jarayonlarni tezlashtiradi. SHuni hisobga olish kerakki, sterkuliyaning anabolik ta’siri faqat mashqlar jarayonida kuzatiladi, shuning uchun uni munosib jismoniy yuklama bilan birga qabul qilish kerak. Tarkibida kuchli tasirga ega moddalar yo‘q, shuning uchun jenshen guruhidagi boshqa priparatlarga qaraganda engillikroq ruxiy tetiklashtiruvchi ta’sirga ega. +attiq charchashda, asteniyada, umumiy xolsizligda, lanchligda, bosh og‘rig‘ida, yomon kayfiyatda, muskultonrusi pasayganda va infeksion kasalliklardan keyingi davrda tavsiya etiladi. Biroq, toksikligi juda past bo‘lishiga qaramasdan, sterkuliya preparatlarini oqshom paytida, shuningdek uzoq vaqt davomida qabul qilish maqsadga muvofiq emas. Spirt nastoykasi ko‘rinishida chiqariladi. Tavsiya etiladigan dozasi: bir kunda 2-3 marta 20-30 tomchidan 3,4 xafta davomida. Uzoq vaqt davomida va yotishdan oldin qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Tikanli eleuterokokk. Tarkibidagi glikozidlar – eleuterozidlar ishchanlikni oshiradi va oqsil sintezini kuchaytiradi. Uglevodlar sintezi ham kuchayadi, yog‘lar sintezi esa pasayib ketadi. Jismoniy ishlaganda yog‘ kislotalarining oksidlanashi kuchayadi. Eleuterokokk xususiyati uning rangli ko‘rish va jigar ishini yaxshilashiga bog‘liq. Eleuterokokk ekstraktidan, jenshen uchun mavjud ko‘rsatmalar bo‘yicha foydalaniladi. SHu bilan birga, eleuterokokkning zaharlanishiga, gipoksiyaga, stressga qarshi ancha kuchliroq ta’sirga ega, shuningdek, radioprotektor ta’sir ham yuqoriroq. Nur kasalligida esa jenshenga qaraganda samaraliroqdir. Buni shu bilan izohlash mumkinki, araliyalar oilasiga mansub boshqa o‘simliklardan farqli o‘laroq, eleuterokokk mis, marganets va ayniqsa kobalt kabi mikroelementlarni tanlab-tanlab to‘playdi, ular metalloorganik birikmalar ko‘rinishida eritropoez va immunitetni oshiradi, gipoksiyaga, stressga qarshi ta’sirga va radiohimoyaga ega.

Spirt tibbiyotida tetiklashtiruvchi va tiklovchi vositasi sifatida kuchli jismoniy zo‘riqishga, kuchli charchashda qo‘llaniladi. Spirt ekstrakti ko‘rinishida ildizmeva va ildizlardan tayyorlanadi. Tavsiya etiladigan doza: yakka tartibda bir kunda 1 marta ertalab ovqatdan oldin 10 tomchidan 2-3 hafta davomida.

Baland zamanixa. Tetiklashtiruvchi va engil anabolik ta’sirga ega. Umumiy quvvat beruvchi ta’siri samaradorligiga ko‘ra jenshenga yaqin, markaziy asab tizimiga nisbatan tetiklashtiruvchi samaradorligi esa jenshendan va ushbu guruhdagi boshqa preparatlardan past. Asteniya, mushaklardagi charchoqlikda, katta jismoniy zo‘riqishlar davrida holdan toyishda tavsiya etiladi. Spirt nastoykasi ko‘rinishida chiqariladi. Tavsiya etiladigan doza: bir kunda 2-3 marta ovqatdan oldin 30-40 tomchidan.

Pantokrin. Hayvonlardan – yosh bug‘ular shoxidan olinadigan preparat. Farmakologik hossalariga ko‘ra o‘simlmk adaptogenlariga yaqin. qattiq toliqishda astenik va nevrastenik sholatlarda, gipotoniyada tetiklashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Kuchli jismoniy zo‘riqishda organizmda noqulay oqibatlar kelib chiqishini oldini olish va tiklanish jarayonlarini tezlashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Spirt ekstrakti, tabletkalar, in’eksiya uchun ampulalar ko‘rinishida chiqariladi. Tavsiya etiladigan doza: 1-2 ta tabletkadan ovqatdan 30 daqiqa oldin 25-40 tomchidan bir kunda ikki marta 2-3 hafta davomida.



Malham dorilar (balzam) va elekirlar

Dorivor o‘simliklardan olingan spirt-suvli ajratmalar – malham dorilar va eleksirlar alohida shifobaxsh xossalarga ega. Ular, odatda, ko‘p komponentli bo‘lib, keng doiradagi davolovchi ta’sirga ega. Malham dorilardan davolash maqsadida ham, profilaktika maqsadlarida qam foydalanish mumkin. Ularni sof ko‘rinishda mustaqil ishlatsa ham bo‘ladi, ertalabki choy yoki qahvaga qo‘shib ichsa ham bo‘ladi.

Barcha malham dorilar tarkibida etanol mavjud bo‘lgani uchun ular 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tavsiya etilmaydi.

Vitaminli preparatlar

Astenik sindromda, kuchli jismoniy zo‘riqishda ishchanlikni tiklovchi farmakologik vositalar ichida vitaminlar (darmondorilar) alohida o‘rin egallaydi. Ularning ish vaqtida sarflanishi yoki oziq-ovqat mahsulotlarida bo‘lmasligi ish qobilyatining pasayishiga olib kelishi bilan birga, turli kasalmandlik holatlarini ham keltirib chiqaradi. Organizmning vitaminlarga bo‘lgan talabini qondirish uchun, meva va sabzavotlardan tashqari, qo‘shimcha tarzda tayyor yarim vitaminli preparatlar iste’mol qilinadi. Astenik sindromni davolashda vitaminli preparatni tanlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq.


Nootrop preparatlar va psixostimulyatorlar

Bu preparatlardan astenik sindromda faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha, har tomonlama tekshiruvdan o‘tgandan va aniq tashxis qo‘yilgandan so‘ng foydalanish mumkin. Ushbu guruhga mansub preparatlarni o‘zboshimchalik bilan qabul qilish jiddiy nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelishi bilan xavflidir. .


Astenik sindrom davolashda qo‘llaniladigan dorivor malham dorilar (balzamlar)ning qiyosiy tavsifi, nojo‘ya ta’siri.


Preparat

Tarkibi

Farmakologik xossalari

Ko‘rsatmalar, qarshi ko‘rsatmalar, nojo‘ya ta’sir

“Vigor” balzami, (Biolek, Ukraina)

Igir, jo‘ka, levzeya, bo‘ymadaron, yalpiz, shivit, shuvoq, qayin, apelsindan tayyorlangan suv-spirt ekstrakti

Adaptogen ta’sir, xotirani yaxshilaydi, jismoniy ishchanlikni oshiradi.

Ko‘rsatmalar: astenik sindrom, qattiq charchash, kuchli aqliy va jismoniy zo‘riqish. Nojo‘ya ta’sir: aniqlanmagan.

“Vitofors” eleksiri (SDFP, Vetnam)

Jenshen ildizi, ruavolfiya, shoxi, kardonopsis ildizi, sakkiz bargli sheflera ildizi, silindrik shirinmiya ildizmevasi, xina daraxti po‘stlog‘i, makkajo‘xori tumshuqchasi ustunchasidan ekstraktlar

Adaptogen ta’sir: xotirani yaxshilaydi, jismoniy ishchanlikni oshiradi.

Ko‘rsatmalar: astenik sindrom, qattiq charchash, kuchli aqliy va jismoniy zo‘riqish,0 seruyqulik. qarshi ko‘rsatmalar: giperta’sirchanlik, yuqori AB, yuqori emotsional qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik. Nojo‘ya ta’sir: yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik.

“Monomax” balzami (Lubnifarm, Ukraina)

qora mevali ryabina sharbati, olma sharbati, shirinmiya ildizlari va ildizmevasi, qizilpoycha o‘ti, tog‘ rayxoni, qalampirmunchoq barglari, bo‘ymadaron, qarag‘ay kurtaklaridan tayyorlangan

Adaptogen ta’sir: xotirani yaxshilaydi, jismoniy ishchanlikni oshiradi.

Ko‘rsatmalar: astenik sindrom, qattiq charchash, kuchli aqliy va jismoniy zo‘riqish. Nojo‘ya ta’sir: aniqlanmagan.

“Graal” balzami (Graal, Ukraina)

Tarkibiga aloe barglari, maymunjon, yong‘oq, anjir, xurmo, rodolendron, limon gullari, xushbo‘y zaytun, feyxao mevalari, eleuterokokk ildizi, rodiola, ko‘k choy, qayin po‘stlog‘i, tog‘li bug‘u shoxining biologik faol moddalari, mumiyo, gul changi, ari asali, propolis, limon kislotasi, qizil vino, olma sirkasi, etil spirti kiradi.

Adaptogen, stressga qarshi, radioprotektorli, antitoksik, yallig‘lanishga qarshi, kuchsiz analgetik va antiseptik ta’sir. Aqliy ishchanlikni va xotirani yaxshilaydi, organizmning nurlanishga, gipoksiyaga, yuqori hororatga, texnogen ifloslanishga va tashqi muhitning boshqa noqulay ta’sirlariga bardoshliligini oshiradi.

Ko‘rsatmalar: astenik sindrom, qattiq charchash, kuchli aqliy va jismoniy zo‘riqish, qarshi ko‘rsatma: xomiladorlik va emiziklik davri, jigar kasalliklari, yurak-tomir tizimining organik jarohatlanishi, buyrak funksmyasining chuqur buzilishi.

“Ngu Zya Bi” Antistress (Vetnam)

Tarkibiga shofflera po‘stlog‘i, gomalomena ildizmevasi, shandun jensheni ildizi, lyagil ildizi, paparotnik ildizmevasi, remaniya ildizi, xurmo mevasi, skopariya po‘stlog‘i va o‘ti, ligustikum ildizmevasi, sitrus po‘chog‘i, euforiya eti kiradi.

Adaptogen va umumiy quvvat beruvchi ta’sir; xotirani yaxshtlaydi, jismoniy ishchanlikni oshiradi.

Ko‘rsatmalar: astenik sindrom, qattiq charchash, kuchli aqliy va jismoniy zo‘riqish. Uyqusizlik, stresslar, kuchli charchoq.

Oltin ildiz (“Effekt”, Ukraina)

Rodiola ildizlari va ildizmevasi, purpur exinatseya ildizlari va ildizmevasi, bargli ko‘k choy, bargli qora choy.

Tetiklashtiruvchi, umumiy quvvat beruvchi, immunitetni oshiruvchi va stressprotektor ta’sir.

Ko‘rsatmalar: surunkali kuchayib boruvchi yallig‘lanish kasalliklarida immunitet taqchilligi, kuchli ruxiy va jismoniy charchash, nevrasteniya.


O‘simlik adaptogenlari va umumiy tetiklashtiruvchi ta’sirga ega preparatlardan foydalanganda farmatsevtik ko‘rsatmalar


  • Adaptogenlarning samarasi faqat ularni muntazam va uzoq vaqt (4-6 hafta davomida) qabul qilganda seziladi.

  • Kuchli asabiylashuvda, uyqusizlikda, gipertenziyada o‘simlik adaptogenlari qarshi ko‘rsatmaga ega.

  • Quvvatsizlik, kuchli charchash, yaqqol hissiy lobillik, asabiylik, uyqyning buzilishi alomatlari mavjud bo‘lganda adaptogenlarni qabul qilmaslik kerak. Bunday hollarda adaptogenlar bilan bir qatorda sedativ ta’sirga ega vositalarni o‘z ichiga olgan kompleks preparatlar tavsiya etiladi.

  • 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar adaptogen preparatlarni faqat shifokor ko‘rsatmasi bilan va uning nazorati ostida qabul qilishi kerak (gormonal muvozanat buzilishi mumkin).

  • O‘simlik adaptogenlarini yuqori asabiy qo‘zg‘aluvchanlikda, uyqusizlikda, yuqori arterial bosimda, yurak faoliyatining buzilishida qabul qilmaslik kerak.

  • Adaptogen preparatlar uzoq vaqtqabul qilinganda yuqori emotsional labillik, asabiylik, uyqusizlik paydo bo‘lishi mumkin.

  • Adaptogenlarni kuz-qish mavsumlarida qabul qilish tavsiya etiladi va issiq kunlarda tavsiya etilmaydi.

  • O‘simlik adaptogenlari ertalab (kun davomida bir marta) yoki kunning birinchi yarmida (preparat bir kunda 2-3 marta qabul qilinganda) ichiladi.

  • SHifobaxsh balzamlar va eleksirlarning ta’siri ular tavsiya etilgan muntazam qabul qilinganda faqat 3-4 haftadan keyin namoyon bo‘ladi.

  • Hamma balzamlar tarkibida etanol bo‘lgani bois, ular 16 yoshgacha bolalarga tavsiya etilmaydi.

Bo’g’im va muskul og’riqlarida simptomatik davolash.

Harakat tayanch tizimi kasalliklari evropa mamlakatlarida ham umumiy kasaliklar strukturasida kata o’rin tutadi.Suyak mushak kasalliklari VOZ bo’yicha aholining 30% da uchraydi.Shundan 20% bemorlar doimiy vrach nazoratida bo’lishga majbur.10% qisman invalid va 5% to’liq invalid bo’lib qoladi. Epidemiologic tekshiruvlar natijasiga ko’ra bo’g’im kasalliklari 40 yoshdan yuqori aholining 50% , 70 yoshdan yuqorisida 90% aholida uchraydi.

Bo’g’im og’riqlari.

Bo’g’im og’riqlarining eng ko’p uchraydigan sabablari

Bo’g’im kasaliklarini keltirib chiqaruvchi sabablar juda ko’p va ularni uch guruhga ajratish mumkin.



  • Biriktiruvchi to’qimalarning sistemali kasalliklari(revmatizm, revmatik artrit, sklerodermit,).

  • Bo’g’im suyak va tog’aylarida modda almashinuvi buzilishi(artroz, podagra, osteoparoz, ).

  • Jarohatlar(maishiy, sport).

Biriktiruvchi to’qimalarning sistemali kasalliklari- Biriktiruvchi to’qimaning immune yallig’lanishi bilan harakterlanadi va organ va to’qimalarni zararlaydi va rivojlanishi avj oladi.

Revmatizm- Biriktiruvchi to’qimalarning toksik-immumologik yallig’lanishi bo’lib, A gruppa B- gemolitik streptakok bilan zararlangan odamlardauchraydi va yurak qon tomir tizimiga ziyon keltiradi

Revmatoid artrit- ko’proq bog’imlarni zararlantiruvchi autoimmun kasallik.

Sistem qizil volchanka ko’plab ichki organlarning faoliyatini buzuvchi, og’ir kechuvchi bo’g’imlar kasalligi.

Biriktiruvchi to’qima kasalliklarini aniqlovchi asosiy belgilariga quidagilar kiradi:


  • Angina bilan og’riganda 1-2 haftadan keyingi bo’g’im og’riqlari

  • Yuqori harorat, bo’g’imlar shishi va qizrishi bilan kechuvchi og’riq paydo bo’lishi

  • Tana ozishi va tez charchash bilan kechuvchi bo’g’im og’rig’i

  • Bo’g’imlarning ertalabki qotib qolishi bilan kechuvchi bo’g’im og’riqlar

  • Muskullarning kuchsizligi bilan kechuvchi bo’g’im og’riqlar

  • Teridagi toshmalar bilan kechuvchi bo’g’im og’riqlar

  • Reyno sindromi bilan kechuvchi bo’g’im og’riqlar (qollarning rangi oqarib, sovub ketishi, hayajonlanganda, stress holatga tushganda va og’riq sezuvchanlik pasayganda)

Bo’g’im tog’ay va suyak to’qimalarda modda almashinuvi bilan bog’liq kasalliklar.

Osteoparoz-suyak to’qimalarining zichligi kamayib, sinishga moil bolib qolishi.

Osteoparoz sabablari:


  • Menopauzaning erta boshlanishi

  • Chekish

  • Kofeinni ortiqcha iste’mol qilish (1 kunda 2 piyoladan kofe ichish)

  • Dori moddalari qabul qilish (kortikosteroidlar)

Podagra – giper urikemiya (hujayradan tashqaridagi suyuqliklarda sidik kislota miqdori oshib ketishi)

Sabablari:



  • Go’sht va dudlangan mahsulotlarni ko’p iste’mol qilish.

  • Erkaklar 30 yoshdan, ayollar 50 yoshdan keyin.

  • Jinsi- erkaklar ayollarga nisbatan 5-7 martta ko’proq og’riydi.

  • Dori priparatlarini qabul qilish (nikatin kislotasi, furosemid , tiazit siydik haydo’vchilar, atsetilsaletil kislota (oz do’zada) siklosporin, spirtli ichimliklar.

Osteartroz- bo’g’imlar va umurtqa pog’onasining diyetrofik kasalligi bo’g’im tog’aylarida sekin rivojlanuvchi degeniratsiya tufayli paydo bo’ladi. Ko’proq tos-sol, tizza bo’g’imlarizararlaydi, ko’p yurganda kuchayadi vat inch turganda og’riq kamayadi.

Sabablari:



  • Keksalalik;

  • Semizlik;

  • Bo’g’imlarga yuk tushishi

  • Nasliy kasalliklar

  • Bo’g’imlar harakatlari ( travma )

  • Chekish

Bemorlarda modda almashinuvi bilan bog’liq bo’g’im kasalliklari aniqlashga asosiy belgilari:

  • Asosan oyoq bo’g’imlari zararlanishi

  • Eng ko’p chanoq-son. Tizza bo’g’imlarida uchrashi

  • Og’riqlar hurujli bo’lib tunda va erta tongda kuchayishi .

  • Og’riq tez paydo bo’luvchi shish,bo’g’imda teri qizarishi va qizishi bilan birga kechishi.

  • Og’riq huruji diuretiklar qabul qilgandan keyin paydo bo’lishi(atsetilsalitsil, alkogol)

  • Ayollarda klimakteril davrda suyaklar tez sinishi.

Bog’lovchi to’qimalar kasalliklari va modda almashinuvi buzilishidan tashqari unfeksiyalarham bo’g’im og’riqlariga sabab bo’lishi mumkin, masalan tuberkuloz.

Muskullar og’rig’I (mushaklar)

Eng ko’p uchraydigan sabablar:


  • Gripp va boshqa o’tkir pespirator infeksiyalar.

  • Padikulit

  • Jarihatlar(maishiy, sportiv)

  • Ortiqcha jismoniy urinishlar.

  • Diuretiklar

Muskul og’riqlarida “tajovuz” qiluvchi belgilar

  • Tana harorati ko’tarilishi bilan kechuvchi muskul og’riqlari.

  • Muskullardagi og’riqqa bo’yin, yelka, ko’krak qafasidagi ogriqlar qo’shilishi

Bo’g’im va mushak og’riqlarini davolashdagi umumiy yo’nalishlar.

  • Yallig’lanishga qarshi va og’riq qoldiruvchi vositalarni og’riq joyiga qo’llash

  • Yallig’lanishga qarshi va og’riq qoldiruvchi vositalarni iste’mol qilish.

Bemorlarga umumiy maslahatlar.

  • Lat yeganida birinchi 24-48 soat davomida o’sha joyga sovuq qo’yish va tinchlik berish

  • Lat egan joy og’riganda u erga quruq issiqlik qo’yish

  • Davolanish lat egan joyining o’ziga gel’, maz’ surtishdan boshlash kerak

  • Mahalliy davolash yordam bermaganligidagina ---------------------------

Ota-onalarga maslahatlar

  • Bolalarda muskul og’riqlari o’rvi yoki lat yeyish bilan bog’liq

  • Maxalliy davolashda bolalarga qo’llashda kuchli qo’zg’atuvchi ta’siga ega preparatlardan qochish.

  • Bolalarga iste’mol uchun yuqori tozalangan paratsetamolni analgetik sifatida tanlash

Bo’g’im va muskul og’riqlarini davolashda retsepsiz preparatlarni ratsional qo’llash shartlari.

Bo’g’im va mushak og’riqlarini davolashda nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar va analgeti antipiretiklar ishlatiladi. Ular bo’g’im atrofi to’qimalaridagi shishlarni yo’qotadi, og’riqni kamaytiradi, yallig’lanish reaksiyalarini pasaytiradi. Farmakologik va klinik ijobiy effektlaridan tashqari nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar bir qator nohush tasirlar ham ko’rsatadi. Bulardan biti bo’g’im tog’aylarining metabolizmiga yomon ta’siridir. Nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlarni qabul qilayotganda bemorlar avvaliga axboli yengillashayotganini sezishadi(og’riq shish kamayasi, harakat yaxshilanadi) keyinchalik bo’g’im tog’ayi nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar ta’sirida yemirilishi natijasida, bo’g’im funksityasining buzilishi yuzaga keladi. Tog’aylarga yemiruvchi ta’sirli ko’kroq atsetilsalitsil kislota indometatsin, piroksikam, fenil butazol, ko’rsatadi.Diklofenak- xondroneytral ta’sir ko’rsatadi.Ibuprofen, ketoprofen, parasetamollar kuchsiz xondroprotektor hisoblanadi. Nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar bo’g’imlarga yemiruvchi ta’sirdan tashqari alohida asorat qoldiradi. bunosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar gastropiyasi deb ataladi va ko’ngil aynashi, qusish, ishtaha pasayishibilan kechuvchi oshqozon – ichak shilloiq pardalarinig yallig’lanishi hisoblanadi. nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar va analgetik antipiretiklarni istemol qilish natijasida yara hosil bo’lishi va oshqozon ichak qon ketishi holatigacha borishi mumkin. Oshqozon shilliq pardasini kuchli zararlantiruvchi(ul’serogen) preparatlari atsetilsalitsil kislota, indometatsin, piroksikam.



  • Diklofenak va papasetamol kamroq, ul’serogen selektiv ingibitorlar guruhchasiga kiruvchi SOG-2-metiksikam, selekoksib , nimesulid oshqozon shilliq pardasiga yomon ta’sir ko’rsatmaydi, lekin retsept bilan sotiladi.

nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlargastropatiyasi rivojlantiruvchi xavfli faktorlar.

  • Keksalik

  • Anamnezda oshqozon kasalliklari buzilishi

  • Glyukukortikoidlarni birgalikda qo’llash (maz holatida ham)

  • nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlarni bir vaqtda ikki xilini iste’mol qilish (ikki xil formada bo’lsa ham)

  • uzoq vaqt(bir haftadan ko’proq)nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar bilan davolanish

nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar gasropatiyasining profilaktikasi.

  • Ichakda eruvchan dori formalari holida qabul qilish

  • Rektal dori formalarini ishlatish

  • Oshqozon shilliq pardasini himoya qiluvchi preparatlar bilan (sukralfat, prostoglandinlarning sintetik analoglari) birga iste’mol qilish.

  • nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlarni selektiv ingibitor SOG-2-metiksikam selekoksib, ninesulidlar bilan birga iste’mol qilish.

nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar va analgetik antipiretiklar dorixonalarda ko’p sonli dori formalarda iste’mol va mahalliy davolanish uchun mavjud. Bo’g’im va muskul og’riqlarida nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlarini suspenziya xolda qo’llash maqsadga muvofiq.

Bo’g’im va mushak og’riqlarida mahalliy qo’llaniladigan dori turlarining qulayliklari.



  • Qo’llanilishi oddiy va havsizligi

  • Ham mahalliy, ham rezorbtiv qo’llash mumkinligi

  • Sistemali ta’siri past bo’lganligi sababli, yondosh ta’sirlari ham kuchsizliga, ayniqsa oshqozon ichak yo’llari uchun

  • Bir priparat ichida ta’sir mehanizmi va davolash yo’nalishi har-hil bo’lgan bir necha moddalarning qo’shilmasini ishlatish mumkunligi

  • Prolangir ta’sirga erishish mumkunligi

Bo’g’im va muskul og’rig’ida mahaliy qo’llaniladigan preparatlarning klinik-farmasevtik harakteristikasi

Mazlar

Qulayligi

Kamchiligi

Qo’llanilishioddiyvahavsizligi, Hammahalliy, hamrezorbtivqo’llashmumkinligi, Sistemalita’siripastbo’lganligisababli, yondoshta’sirlarihamkuchsizliga, ayniqsaoshqozonichakyo’llariuchun, Birpriparatichidata’sirmehanizmivadavolashyo’nalishihar-hilbo’lganbirnechamoddalarningqo’shilmasiniishlatishmumkunligi


Vazilin asosidagi mazlar ta’sir qiluvchi moddani sust ajratib chiqaradi. Teri va kiyimlarga yog’li dog’ qoldiradi. Gidrofob asosli mazlar “parlik” effektini beradi.


Gellar

Prolongir ta’sir qo’llanilishi. Teriga namlantiruvchi ta’siri. Mazlarga nisbatan tez so’rilishi va kuchliroq ta’sir ko’rsatishi. Teri va kiyimdan dog’ qoldirmasdan yuvilishi.

Gel- stabil bo’lmagan fo’rma, uzoq saqlanmaydi. Ta’sir moddasinig geldanto’qimaga surilishi mazga nisbatan sekin kuchli sistemali ta’sirga ega bo’lganligi uchun yondosh effektlar berishi mumkin.

Surtmalar

Spirt=mahalliyqo’zg’atuvchita’siritufaylitomirlarkengayib, qonaylanishiyaxshilanadi. Sistemali ta’siri kuchsiz.

Asosidagi spirt teriga qurituvchi ta’sir ko’rsatadi. Sistemali ta’sir kuchsiz.

Retsepturasiz mahalliy qo’llaniluvchi NYAQP

Bunday preparatlar uchun quydagi farmakologik ta’sirlar harakteri:



  • Mahalliy qo’llanilganda yallig’lantirishga qarshi va analgetikta’sir ko’rsatadi.

  • Bo’g’im va bo’g’im atrofi to’gqimalaridagi ishishlarni yo’qotadi.

  • Harakat hajmini oshiradi.

  • Trambatsitlar agregatsiyasini kamaytiradi ( mikrosirtus yatsiyani yahshilaydi)

Aktiv ingredient

Preparat

Dori formasi

Harakterli belgisi

Orenil butazol

Butadosh

Maz

  • Jarohatlangan va Ekzemalli teriga qo’yilmaydi.

  • Surtilganda teri qizarishi, qichishi va ko’chishi mumkin.

  • Dozasi ko’payib ketganda bosh og’rishi, aylanishi, epigastritda noxush sezgi boshlanishi mumkin.

piraksikam

Xotimin

Maz

  • nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlarga sezuvchanlik yuqori bo’lganda mumkin emas.

  • Surtilganda teri qizarishi qichishishi mumkin

  • Agar gel yaxshi surtilmasa terining rangi vaqtincha o’zgaradi

Revmador, Fenalgel, Erazon

Gel

Etofenamat

Termorevmon

Gel

  • Bolalarga va homilador emizikli ayollarga mumkin emas.

  • Teri jaroxatlangan joyga va egzemali teriga qo’yish mumkin emas.

  • Surtilganda teri qizarishi qichishishi mumkin

  • Dozasi ko’payib ketganda bosh og’rig’I, bosh aylanishi, epigastriy sohasida noxushliklar bo’lishi mumkin(tezda yuvib tashlinish kerak).




Ketoprofen

Ketoprofen, Fastum-gel

Gel

  • Teri jaroxatlangan joyga va egzemali teriga qo’yish mumkin emas.

  • Surtilganda teri qizarishi qichishishi mumkin

  • Dozasi ko’payib ketganda bosh og’rig’I, bosh aylanishi, epigastriy sohasida noxushliklar bo’lishi mumkin(tezda yuvib tashlinish kerak).

  • Bir kunda 3-4 marta surish kerak




Ibuprofen

Ibuprofen, Dip-relif, Dolgit

Gel

  • Teri jaroxatlangan joyga va egzemali teriga qo’yish mumkin emas.

  • Surtilganda teri qizarishi qichishishi mumkin

  • Dozasi ko’payib ketganda bosh og’rig’I, bosh aylanishi, epigastriy sohasida noxushliklar bo’lishi mumkin(tezda yuvib tashlinish kerak).

  • Bir kunda 3-4 marta surish kerak




Diklofenak

Almiral, Veral, Volteran, Diklak, Dikloran, Diklofenak, Naklofen, Olfen, Pevmavek, Feloran

Gel

  • Teri jaroxatlangan joyga va egzemali teriga qo’yish mumkin emas.

  • Surtilganda teri qizarishi qichishishi mumkin

  • Surtilganda fotosesilibilizatsiya bo’lishi kerak

  • nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlarga sezuvchanlik o’ta yuqori bo’lganda mumkin emas

  • uzoq vaqt(2 hafta) qo’llanilganda sistemali yondosh effektlar bo’lishi mumin

  • bolalarga qo’llash mumkin emas

  • Bir kunda 3-4 marta surish kerak




Nifulom kislotasi

Nifruril

Gel




Indomitatsin

Indomitatsin, Indomitatsin-vramed, Metindol

Maz

  • Teri jaroxatlangan joyga va egzemali teriga qo’yish mumkin emas.

  • Surtilganda teri qizarishi qichishishi mumkin

  • nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlarga sezuvchanlik o’ta yuqori bo’lganda mumkin emas

  • Bir kunda 3-4 marta surish kerak

  • Dozasi ko’payib ketganda bosh og’rig’I, bosh aylanishi, epigastriy sohasida noxushliklar bo’lishi mumkin(tezda yuvib tashlinish kerak).

  • bolalarga qo’llash mumkin emas

Indomitatsin-Darnitsa

Gel

Diklofen-gel

Diklofenak, Mentol

Gel

  • Teri jaroxatlangan joyga va egzemali teriga qo’yish mumkin emas.

  • Surtilganda teri qizarishi qichishishi mumkin

  • Surtilganda teri qizarishi qichishishi mumkin

  • Surtilganda fotosesilibilizatsiya bo’lishi kerak

  • nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlarga sezuvchanlik o’ta yuqori bo’lganda mumkin emas

  • uzoq vaqt(2 hafta) qo’llanilganda sistemali yondosh effektlar bo’lishi mumin

  • Bir kunda 3-4 marta surish kerak




Diklosin-gel

Diklofenak lizina estinat

Gel

  • Teri jaroxatlangan joyga va egzemali teriga qo’yish mumkin emas.

  • Surtilganda teri qizarishi qichishishi mumkin

  • Surtilganda teri qizarishi qichishishi mumkin

  • Surtilganda fotosesilibilizatsiya bo’lishi kerak

  • nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlarga sezuvchanlik o’ta yuqori bo’lganda mumkin emas

  • uzoq vaqt(2 hafta) qo’llanilganda sistemali yondosh effektlar bo’lishi mumin

  • Bir kunda 3-4 marta surish kerak



Ben-Gey



Metilsalitsilat, Mentol

Maz

  • Teri jaroxatlangan joyga va egzemali teriga qo’yish mumkin emas.

  • Surtilganda teri qizarishi qichishishi mumkin




Keep

Ekstrakt Boswellia serrate Metilsalitsilat, Mentol

Maz

  • Surtilganda fotosesilibilizatsiya bo’lishi kerak

  • Antikoagulyant ta’sirini kuchaytiradi

  • Dozasi ko’payib ketganda bosh og’rig’I, bosh aylanishi, epigastriy sohasida noxushliklar , qusish, ko’ngiy aynashi bolalarda gipartermiya, giperglikemiya bo’lishi mumkinbo’lishi mumkin(tezda yuvib tashlinish kerak).




Bom- Benge

Metilsalitsilat, Mentol

Maz

  • Bolalarga va homilador emizikli ayollarga mumkin emas

Bo’g’im va mushak og’riqlarini simptomatik davolovchi mahalliy qo’zg’atuvchi, retsepturasiz preparatlar

Bunday preparatlarning xarakterli farmakologik ta’sirlari quidagilar


  • Mahalliy qo’zg’atuvchi ta’sirga ega

  • Chalg’ituvchi ta’sirga ega

  • Og’riq qoldiruvchi

  • Qon tomirlarni kengaytirib, qon aylanishini yaxshilovchi




Mahalliy qo’zg’atuvchi ta’sirli mazlar

Preparat

Faol ingridientlar

Farmakologik ta’siri

Apizartron

Asalari zaxari, Metilsalitsilat

  • Yallig’lanishga qarshi

  • Gipertermik

  • Qon tomir kengaytiruvchi

  • Mahalliy qo’zg’atuvchi

  • Chalg’ituvchi

Gevkamin

Metil, kamfora, evkalipt yog’I, qalampir munchoq yog’I, yalpiz yog’i

  • Yallig’lanishga qarshi

  • Og’riq qoldiruvchi

  • Qon tomir kengaytiruvchi

  • Mahalliy qo’zg’atuvchi

Liniment “Alorom”

Moychechak ekstrakti, aloe sharbati, tirnoqgul ekstrakti, kastorka yog’I, mentol, evkalipt yog’i

  • Yallig’lanishga qarshi

  • Og’riq qoldiruvchi

  • Chalg’ituvchi

  • Qon tomir kengaytiruvchi

  • Trofik jarayonlarni yaxshilaydi

Finalgon

Nonivamid, Nikoboksil

  • Qon tomir kengaytiruvchi

  • Mahalliy qizdiruvchi

  • Mahalliy qo’zg’atuvchi

  • To’qimalarda qon aylanishi yaxshilanadi.



Jadvalda ko’rsatilgandan tashqari Ukrainada mahalliy ta’sirga ega bo’lgan mazlar ro’yxatdan o’tkazildi. “Kamfora”, “Skipidar”, “Analgol”, “Anolgolan”, “Viprosol”, “Gevkamin”, “ Yngapiven”.

Kuchli mahalliy qo’zg’atuvchi tasir ko’rsatuvchilarga achchiq qalampir preparatlari: revmatizmga qarshi Dr. Tayss kremi, “Epsol”, ABC-qizdiruvchi mazlari, “Kamforatsin”liniment, “Evkamoy”, “Nifoleks”, va boshqa mazlar.

Mahalliy qo’zg’atuvchi ta’sir yordamida bo’g’im va mushak og’riqlarini qoldirishda kamfora va chumoli spirti, “Loan”, “Orel”, “Vin-1”, va boshqa linimentlar simptomatik davolash uchun preparatlarni shifokor maslahatidan so’ng, kasallikning jiddiy asoratlari bo’lmasligiga ishonch hosilqilgandan keyingina uyda ishlatish maqsadga muvofiq.



Bo’g’im va mushak og’riqlarini simptomatik davolashda qo’llaniladigan preparatlarni ishlatishga farmasevtik yordami.

  • nosteroid yallig’lanishga qarshi preparat saqlovchi mazlar va gellarni surtganda, terining jaroxatlangan joylariga tegishidan saqlanish.

  • nosteroid yallig’lanishga qarshi preparat saqlovchi MNT larine havo o’tkazmaydigan bog’lovlar tagidan surmaslik.

  • nosteroid yallig’lanishga qarshi preparat saqlovchi maz va gellarni ko’z va shilliq pardaga tegdirmaslik

  • nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlarni qo’llaganda kontakt dermateti yuzaga kelishi mumkin ( teri qichishi, suv to’planishi, tangachalar va vezikulalar paydo bo’lishi ). Bunday hollarda mazlarni qo’llashni darhol to’xtatish kerak

  • qizdiruvchi ta’sirga ega bo’lgan mazlar, Gellar va kremlardan kuyish yuzaga kelmasligi uchun ularni grelka qo’yish, havo o’tkazmaydigan bog’lovlar va elastic bintlar bog’lash kabi muolajalar bilan bir vaqtda ishlatmaslik

  • nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar saqlovchi mazlar, Gellar terining kata maydoniga uzoq muddat surilganda perorl istemol qilingandagidek yondosh asoratlar berishi mumkin

  • diklofenak, saqlovchi mazlar va Gellar ishlatilganda fotosensibilizatsiya bo’lishi mumkin

  • nosteroid yallig’lanishga qarshi preparat mazlar Gellar ko’p miqdorda ishlatilganda yuzaga keladigan simptomlar: epigastriy sohasida nohushlik, ko’ngil aynashi, qusish, bosh og’rigi, bosh aylanishi.

  • Preparatlarga kuchli sezuvchanlik yoki ko’p dozada bo’lganda terini iliq suv bilan tezda yuvib tashlash kerak

  • Mahalliy muolajalar ta’sir qilmagan taqdirda yallig’lanishga qarshi preparatlat peroral qabul qilish tavsiya etiladi

  • Peroral qabul qilinuvchi yallig’lanishga qarshi preparatlar nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar gastropatiyasini keltirib chiqaradi

  • Retsepturasiz beriladigan eng kuchlu analgetik Ukrainada ishlab chiqarilgan “salpodein-koltleks ” preparatidir

  • Solpadeinni paratsetamol yoki kofein saqlovchi boshqa preparat bilan bir vaqtda iste’mol qilish mumkin emas

  • Solpadeinni homilador ayollar va 7 yoshgacha tavsiya etilmaydi

  • Barcha nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar ayniqsa atsetilsalitsil kislota preparatlarini Bronxial astma, oshqozon ichak yo’llarining eroziao yara kasalliklari ,qon ketishga miilligi bor, jigari kasallangan, buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tavsiya etiladi

  • Barcha nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar va atsetilsalitsil kislota preparatlarini ovqatdan keyin iste’mol qilish kerak

  • Atsetilsalitsil kislota,diklofenak, indometatsin, tiaprofen, kislotasi, naproksen, tenoksikam, ketoprofenlat trombotsitlar agregatsiyasini ba qon quyilishini susaytiradi, gemmorogik sindromni yuzaga keltiradi

  • Siydikning ishqoriy reaksiyasi yallig’lanishga qarshi nosteroid preparatlarni organizmdan tezchiqarib yuboradi, ularni tasir kuchini vata’sir qilish vaqtini kamaytiradi

  • nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar analgetik- antipiretiklarni gastrit, oshqozon va o’n ikki barmoq ichak yarasi, gemmorragik giatez, bronxial astma(aspiringa)kasalliklari bor bemorlarga buyurilmaydi

  • nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar ayniqsa indometatsin, diklofenak, tioprofen kislotasi, ketoprofen va atsetilsalitsil kislotasi, furasemid, etakrin kislotasi kabi siydik haydovchi preparatlar ta’sirini kamaytiradi

  • nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar digolsin va aminoglikozidni organizmdan chiqib ketishini sekinlashtiradi va organizmni shu preparatlardan intoksekatsiyasi oshoshiga olib keladi.

  • Nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar va antatsidlar bir vaqtda berilganda, nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlarning organizmga so’rilishi va chiqib ketishi sekinlashadi.

  • Ketoprofen, naproksen, tioprofen kislotasi , indonetoksin qo’llanilganda bosh aylanishi, uyqusizlik hattoki galyusinatsiya yuzaga kelishi mumki ( serotonin metobolitlar to’planish uchun) shu sabablari hushyorlik talab qiluvchi kasb egalari (haydovchilarga) tavsiya etilmaydi

  • Metamizol, butadion, tioprofen kislotasi, ketoprofen, fenilbutazonlar antikoagulantlar, qand tushuruvchi, sulfanilanitlar bilan birga o’ta ehtiyotkorlik bilan berilishi kerak, chunki bir birining ta’sir kuchini oshirib yondosh asoratlar berishi mumkin.

  • Homiladorlik davrida atsetil salitsil kislotasi, metamizol, indometatsin, ibuprofen, naproksen, ketoprofen preporatlarni iste’mol qilish man etiladi.

  • Bolalarga: atsetil salitsil kislotasi, ketorolak, ketoprofen, indometotsen, meloksikom, tenksikom ( 14 yoshgacha ) tioprofen kislotasi ( 14 yoshgacha), dilofenak, naproksen ( 12 yoshgacha ) tavsiya etilmaydi.

  • Ketoprolak-gipotenziv preporatlar tasirini kamaytiradi

  • Ketoprolak uzoq vaqt iste’mol qilinmaydi

  • Ketoprolak sarimsoq piyoz va piyoz bilan iste’mol qilinsa gimorragik sindrom hafi kuchayadi

  • Ketoprofen yondosh asoratlar hafi kuchlik bo’lganligi uchun chekuvchi va spirtlik ichuvchi bemorlarga tavsiya qilinmaydi

  • Fenilbutazon iste’mol qilinganda osh tuzi iste’mol qilishni cheklash kerak

  • Fenilbutazon istemol qilinganda qon va peshobni har hafta tekshirib turish kerak

  • Barcha nosteroid yaliglanishiga qarshi preporadlar analgetik-antiperetik, ayniqsa atsetsil salitsil kislotasini spirtlik ichimliklar ichilganda istemol qilish mumkin emas, chunki oshqozon shilliq pardasi emirilishi, qon ketishi kabi asoratlar hafi keskin oshadi, markaziy asab tizimida ham yondosh asoratlar bo’lishi mumkin.

  • Kafein saqlovchi kompleks analgetik preporatlarini kofe yoki quyuq damlangan choy bilan birgha istemol qilish mumkin emas



Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə