Ўзбекистон республикаси


Bosh ogrigining simptomatik davosida preparatlani kullashning farmatsevtik xomiysi



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə14/23
tarix26.03.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#34363
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23

Bosh ogrigining simptomatik davosida preparatlani kullashning farmatsevtik xomiysi





  • Bosh ogrigi jiddiy kasalliklarning simptomi bulishi mumkin, bu yuzdan xayotga va soglikga taxlika soluvchi xolatlarni bartaraf kilish uchun shifokorga murojaat kilish kerak;

  • Analgetie preparatlarni ikki kundan ortik shifokor kurigisiz kullash mumkin emas;

  • Analgetik preparatlarni bosh ogriganda bir xaftada 2 martadan ortik kullash mumkin emas – aks xolda ogrik xissining bosamogi pasayib, bosh ogrigining kuchi va takrorlanishi ortadi.

  • Migrenda ogrik 12 soat ichida bosilmasa albatta shifokorga murojaat kilish zarur, aks xolda bosh miyada kon aylanishi buzilishi xavfi tugilishi mumkin

  • Dori-darmonning eritiluvchi va aerozol kurinishidagi formalari terapevtik effektning tezrok kirishishini ta’minlaydi, oshkozon shillik pardasiga ta’sir kiluvchi aktiv moddalarning zararini kamaytiradi

  • Analgetik-antipiretik guruxidagi kombinatsion-turkumli preparatlarni ichida kofein bulganligi sababli, kofe yoki choy bilan ichish tavsiya kilinmaydi, chunki kofein miqdori ortib ketishi kuzatiladi.

  • Tarkibida paratsetamol bulgan preparatlarni jigar faoliyatining ogir buzilishi bor bemorlarga extiyotlik bilan tavsiya kilinadi

  • Tarkibida atsetilsaletsil kislotasi bor preparatlarni ovqatdan keyin ichish kerak.

  • Tarkibida atsetilsaletsil kislotasi bor preparatlarni alkogol bilan ichish mumkin emas (ulserogen ta’siri, oshkozondan kon ketish xavfi ortadi)

  • Tarkibida atsetilsaletsil kislotasi bor preparatlarni uzok muddat kullanilganda, axlatni yashirin kon ketishga tekshirish tavsiya kilinadi

  • Tarkibida atsetilsaletsil kislotasi bor preparatlarni xomiladorlik va laktatsiya vaktida ichish mumkin emas

  • Sumatreptan guruxiga oid dori-darmonlarni fakat shifokor tarafidan migren diagnozi kuyilgandagina kullash mumkin

  • Sumatreptan guruxiga oid dori-darmonlarni xomiladorlik va laktatsiya vaktida yoki bolalarga tavsiya kilinmaydi

  • Sumatreptan guruxiga oid dori-darmonlarni yurak, kon tomi rva gipertoniya kasalligida kullanilmaydi

  • Sumatreptan guruxiga oid dori-darmonlarni migren xuruji profilaktikasi uchun kullanilmaydi

  • Sumatreptpnni sporinya preparatlari bilan kullash mumkin emas – chunki vaz spzm (kon tomirlarning torayishi yuzaga kelishi mumkin)

  • Tarkibida sporinya alkoloidi bulgan prepratlarni (digidroergotamin) ichilganiga 24 soat bulgandan keyingina mumatreptan guruxi preparatlarini ichish mumkin

  • Sumatreptan guruxi preparatlarining ichilganiga 6 soat va undan ziyoda utgandan keyingina sporinya alkoloidi (digidroergotamin) preparatlarini kullash mumkin

  • Sumatreptan guruxi preparatlarini ichish oraligi 12 soatdan kam bulishi mumkin emas

  • Bir doza Sumatreptan guruxi preparati yordam bermasa, keyingi dozani kullash 3 soatdan oldin bulmasligi kerak.

Xayotning zamonga qarab shiddatli rivojlanishi, informatsion texnologiyalarning rivojlanishi tez-tez uchrab turadigan nomaqbul xayotiy sotsial situatsiyalar, inson salomatligiga va nerv sistemasiga juda qattiq ta’sir o‘tkazadi.



Stress, nevroz-diagnozi juda tez-tez uchrab turadi. VOZ ko‘rsatkichiga binoan, dunyo axolisining 10-35% stress bilan to‘qnashadi.

Stress- ishlash va mehnat qilish qobiliyatining pasayishiga, yashash sifati yomonlashuviga, sotsial dezadaptatsiyaga olib keladi.

o‘kituvchilar, vrachlar va boshqa xizmat ko‘rsatish doirasida ishlovchilar yuqori nevrologik bosimda ishlashadi.

Stressning eng xarakterli jihati shundan iboratki:

Stressning- eng xarakterli jihati shundan iboratki, bu insonga shunday ta’sir qiladiki, sababsiz tinchligini yoqotadi, xayajonlanadi va qo‘rquv xavotirli xolatga olib keladi. Yuqori emotsional –ko‘zg‘aluvchi qo‘rquv-xavotirli xolatga tushgan bemorlar, dorixona xodimlari va provizorlarning aloxida e’tiboriga va yuqori saviyadagi muamolaga muxtojdirlar.

Provizor va dorixona xodimlarining bunday muammolari, qo‘rquv-xavotirga uchragan bemorlarning umumiy xolatini va yashash ishtiyoqini yanada sifatli qilish mumkin.

Xotirjamlikni yoqotish, xayajonlash, qo‘rquv-xavotirli xolat bu qandaydir yoqimsiz xolatni xis demakdir.

Qo‘rquv –xavotirli xolatning uzok davomli saqlanishi-bu insonga o‘zi yoktirgan kasbiga, atrofdagi odamlarga nisbatan befarq qilib qo‘yadi. Qo‘rquv –xavotirli xolatning belgilari shular jumlasidadir.

Bosh og‘rig‘i, yurakning tez-tez urishi, ishtaxaning pasayishi uykuning buzilishi, bular insonning yaxshi yashash sifatiga ta’sir o‘tkazadi. Qo‘rquv-xavotirli xolatni yaxshi oxirigacha davolanmasa, nevroz xastaligi yuzaga kelishi mumkin.

Qo‘rquv-xavotirli xolatning eng ko‘p tarqalgan sabablari

Eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biri bu oilaviy muammolar, ya’ni oila a’zolarining, yakinlariningsixat-salomatligi, oiladagi yoki ishxonadagi ko‘nglisizliklar imtixonlar shular jumlasidandir.

Qo‘rquv-xavotirli xolatni yuzaga keltiruvchi omillardan biri bu «Salomat»kasalliklardir.

Bular jumlasiga:

1.Stenokardiya (YUrak-kon tomir kasalligi)

2. Tireotoksikoz (Qalqonsimon bezi kasalligi)

3. Gipoglikemiya (Qonda glyukoza miqdorini kamayishi)

4. Abstinensiya sindromi

5. Buyrak usti garmonlarining ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi

6. Dori vositalarining nojo‘ya ta’siri

Qo‘rquv-xavotirli xolat-SHizofreniya va maniakal depressiv psixoz kasalligi simptomi bo‘lishi mumkin.

Qo‘rquv-xavotirli xolatning simptomlari

Qo‘rquv-xavotirli xolat ya’ni murakkab xayotiy situatsiyalar yuzaga kelganda, bu xolatga jiddiy e’tibor berish kerak.

Bu qo‘rquv-xavotirli xolatda kuyidagi belgilar bo‘lishi mumkin:

Belgilari:

1) Ko‘krak qafasidagi og‘riqlar, bu qo‘llarga bo‘yin soxasigacha tomondagi a’zolarga chap jagga og‘riq berishi mumkin.

2) YUrakning tez-tez urishi Taxikardiya

3)Xavo etishmasligi nafas olish qiyinlashishi

4)Qon bosimining yuqori bo‘lishi

5) Ko‘ngil aynishi qusish ich buzilishi ozib ketish

6) Terlash isib ketish og‘iz qurishi

7) Qandli diabet

8) Qaysidir dori vositasini kabul kilishni to‘xtatganda

9) kayfiyati tushib qo‘rquv-xavotirli vaziyatga tushganda

qo‘rquv-xavotirli xolatga tushgan bemorlarni davolash

doimiy qo‘rquv xavotirli xolatga tushish, inson salomatligiga jiddiy tasir kiladi. Birinchi galda bemorlar situatsiyani va xavotirni ildizini topish kerak. Eng birinchi galda, situatsiyadan chikish uchun, chukur–xolatdan nafas olish kerak. O‘z vaqtida, rejim bilan ovqatlanish uyqu to‘lakonli tinch, 7-8 soat davom etishi kerak. Ko‘pchilik xolatda retseptsiz beriladigan dorilar bilan sedativ ta’sirga ega bo‘lgan dorilarni berish kifoya qiladi. Murakkab, qiyin vaziyatlarda vrachga murojaat qilish kerak.



Qo‘rquv-xavotirli xolatda qo‘llaniladigan dorivor preparatlar

Qo‘rquv –xavotirli xolatni davolashda dorivor o‘simliklardan tayyorlanadigan preparatlar keng qo‘llaniladi.Bu preparatlarning nojo‘ya ta’siri kamrok. Xar bir o‘simlikda biologik aktiv moddalar mavjuddir. SHuning uchun xar bir inson o‘zi uchun tog‘ri keladigan dorivor o‘simligini topa bilishi kerak. Ular jumlasiga valeriana, pustirnik va boshkalar kiradi.



Dorivor Valeriana

Valeriana- nastoykasi, ekstrakti miksturalari Markaziy Nerv sistemasini qo‘zg‘alishini kamaytiradi. SHuning uchun sedativ dori sifatida qabul qilinadi. Nerv qo‘zg‘alishida tinglantiruvchi dori sifatida ishlatiladi.



Pustirnыk

Pustirnыk preparatlari-nastoykalarekstraktlar, damlamalar yuqori qo‘zg‘aluvchanlik nevrozda kattalar va bolalarga tavsiya etiladi. Pustirnыk Markaziy Nerv sistemasini tinchlantiruvchi sifatida qon bosimini pasaytiradi, yurak kisqarishini sekinlashtiruvchi ta’sirga ega. Sedativ xolati, valeriana o‘simligiga nisbatan 2-3 marta kuchli tasirga ega. Pustirnыk preparatlarning sedativ xususiyati, mushak tonuslarining qisqarishiga kamayishiga olib kelmaydi. YAni miorelaksatsiyaga olib kelmaydi.



Passiflora

Passiflora preparatlari tinglantiruvchi xususiyatga ega. Lekin tinglantiruvchi xususiyati bromidlarga nisbatan kuchlirok.

Passiflora preparatlari stenokardiya va atoreskleroz kassaligida qo‘llanilmaydi.

Pion

Pion o‘simligining preparatlari M.N.S. (SNS) tinglantiruvchi sifatida qo‘rquv-xavotirli xolatda, stressga qarshi qo‘llaniladi. Nevrologik xarakterdagi uyqusizlikda klimakterik nevrozda qo‘llaniladi.


Yalpiz

YAlpiz o‘simligi- o‘zida mentol saqlaydi, mentol-yurak qon tomirlarini va bosh miya tomirlarini kengaytirish xususiyatiga ega. Nevrozda uykusizlikda o‘t xaydash xusuiyatiga va spazmolitik xisoblanadi. YAlpiz-volidolva Zelenina tomchilari tarkibiga kiradi.



Do‘lana

Do‘lana -preparatlari M.N.S. qo‘zg‘alishni kamaytiradi. YUrak va bosh miyada qon aylanishini yaxshilaydi. Taxikardiya va aritmiyaga qarshi qo‘llaniladi. YUqori qon bosimi kassaliklarida uykusizlikda aterosklerozda va klimokterik o‘zgarishlarda ishlatiladi.



Oddiy xmel

Xmel-Neyrotropik xususiyatga ega.M.N.S. sistemasini tinchlantiruvchi sifatida ishlatiladi. Xmel yog‘i-Valokardin Krvaldin Valeson preparatlari tarkibiga kiradi.



Bromidlar

Brom tuzlari-Natriy Brom, Kaliy brom ko‘pgina tinchlantiruvchi preparatlarning tarkibiga kiradi. Adonis-brom, Brom-kamfora Valokardin va boshkalar.



Poleopatik preparatlar

Oxirgi yillarda gomeopatik preparatlarda aloxida e’tibor berilmokda. Retseptsiz beriladigan gomeopatik preparatlar «Snoverin» SHalun Nervogran stress uykusizlik qo‘rquv-xavotirli xolatlarda ishlatiladi.



Proikvilizatorы

Proikvilizatorы yoki anksiolitiklar (diazepamnin trazepamtazepam )M.N.sistemasiga tinchlantiruvchi sifatida tasir qiladi. Uyqu keltiradi. Mebikar-preparatы retseptsiz beriladigan dori vositasidir. Proikvilizator xususiyatiga ega bo‘lgan mebikor preparati nevroz. YUqori qo‘zg‘aluvchanlik qo‘rquv-xavotirli xolatlarda ishlatiladi.



QO‘RQUV-XAVOTIRLI XOLATLARDA ISHLATILADIGAN DORIVOR PREPARATLARINING XARAKTERISTIKASI


Dorivor preparatlar

Dorivor preparat nomi

Sostavi

Qo‘llanilishi

Nojo‘ya tasiri

Xomiladorlar uchun

Bolalar uchun

Adonis-brom

Baxorgi adonis kaliya bromi

qo‘llash mumkin emas

12 yoshdan keyin

Uzoq muddat qo‘llanilganda yurak ritmini sustlashishi ko‘ngil aylanishi mumkin.

Barboval

Bromizoval kislota, etil efiri, fenobarbitol, suyuk validol







Extiyotkorlilik bilan qo‘llaniladi

Brom-kamfora

Kamforadan brom

-

-

Tinchlantiruvchi M.N.S.ega. YUrak faoliyatini yaxshilaydi

Valokardin

Bromizovaler kislota etil efirifenobarbitolyalpizyogi xmel yogi

+

3 yoshdan keyin

Sedativ uxlatuvchi tasirga ega, bosh aylanishi mumkin

Deprim

Zveroboy otini ekstrakti

Maxsus ko‘rsatmaga binoan

-

Kayfiyatni ko‘taruvchi uyquni normalashtiradi, fizik, psixik aktivlashtirib ko‘taradi

Donormil

Doksilamin

Vrach kontroli ostida

6 yoshdan keyin

Uyqusizlikda allergik reaksiyaga teri kichishida

Dormipplant

Eketr melissa

Eketr valeriana



+

+

Tinchlantiruvchi engil uxlatuvchi tasirga ega

Korvalol

Brom izovalar kislotasining efiri, fenobarbitol yalpizmoyi


-

-

Bosh aylanishi, uyquchanlik yurak ritmini sekinlashuvi




Novopassit

Gvayfenezin do‘lana ekstrakti xmel ekstrakti




12 yoshdan keyin

Tinchlantiruvchi spazmolitik bosh aylanishi ko‘ngil aynishi zapor teri toshmalari

Persen

Ekstrakt Valeriana yalpiz ekstrakti melissa ekstrakti




6 yoshdan keyin

Tinchlantiruvchi uyku keltiradigan vosita

Sedavit

Valeriana ekstrakti xmel do‘lana zveroboy yalpiz ekstrakti piridoksin gidroxlorid nikotinamid

Extiyotkorlikbilan

12 yoshdan keyin

Sedativ xususiyatiga ega tinchlantiruvchi

Sonnorma

Kofe daraxt n-kasi arnika ingatsiya klopogan

+

+

Nerv sistemasi normallashadi uyku keltiradi ish faoliyatini kuchaytiradi

Fitosed

Dolana mevalar pustыrnik, xmel melissa koriandr mevalari donnik o‘ti

-

12 yoshdan keyin

Tinchlantiruvchi spazmolitik uyku keltiruvchi dorivor preparat

Florised-zdorovыe

Valeriana ekstrakt, pustыrnik xmel yalpiz solodka-chuchuk lilya ekstrakti

-

12 yoshdan keyin

M.N. sistemasi sedativ tasir qiluvchi preparat

Stresgran

Gelzemiya ignatsiya oq cheremitsa

+

+

Uyquni normallash xususiyatiga ega preparat

Yuqori toliqish, quvvatsizlik, lohaslik, apatiya, kayfiyatning yo‘qligi bir qator o‘tkir va surunkali kasalliklarning alomati bo‘lib, ularning belgilarini shifokor tegishli tekshiruv davomida aniq tashxislashi mumkin. Ko‘pincha aynan umummiy darmonsizlik kasallik (masalan, virusli gepatit, temir etishmasligi bilan bog‘liq anemiya, nevrasteniya, neyrotsirkulyator distoniya va b.k) boshlanishining dastlabki belgilariga aylanadi. “Sababsiz” toliqish, quvvatsizlik belgilari uzoq vaqt saqlanganda bemor albatta shifokor ko‘rigidan o‘tishi lozim.

SHu bilan birga, ko‘pchilik bemorlar asosan umumiy darmonsizlik (yuqori toliqish, quvvatsizlik, apatiya)dan shikoyat qiladilar. SHifokor tomonidan chuqur tekshirilganda bunday shaxslarda bu shikoyatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan qandaydir jiddiy kasallik aniqlanmasligi mumkin.

Toliqish, quvvatsizlik, kayfiyatning va atrofdagilarga qiziqishning tushib ketishi ko‘pincha ortiqcha zo‘riqish va noto‘g‘ri turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu belgilar turli kasalliklarda astenik sindrom alomatlari, shuningdek nevroz, xususan uning shakllaridan biri – nevrasteniya alomati bo‘lishi mumkin.

Asteniya (astenik sindrom) – umumiy quvvatsizlik, yuqori toliqish va ta’sirchanlik, kpyfiyatning beqarorligi va hech qanday sababsiz doim xavotirlanish hissi, charchoqlik hissi va xattoki oddiy ishlarni bajarishga qiynalish bilan xarakterlanadigan simptomatik kompleksdir. Asteniya belgilari zo‘riqish kuchayishi bilan (ayniqsa kechga borib) kuchayib boradi, dam olish va uxlash esa tetiklik va kuch tiklanganligi hissini bermaydi. Asteniya sabablari asab tizimi kasalliklari, bosh miya qon aylanishining buzilishi, moddalar almashinuvi kasalliklari, boshdan kechirilgan infeksion kasalliklar, vitaminlarning (darmondorilarning) etishmasligi, ichki a’zolarning uzoq davom etadigan kasalliklari, surunkali intoksikatsiyalar (shu jumladan alkogolli) va h.k.lar bo‘lishi mumkin.


Astenik sindrom rivojlanishiga olib keluvchi omillar


  • ortiqcha jismoniy, ruhiy yoki aqliy zo‘riqish;

  • ish va dam olishni noto‘g‘ri navbatlash;

  • qoniqarsiz sharoitlarda (gigiena nuqtai nazaridan) ishlash;

  • muntazam kam uxlash;

  • yangi iqlim sharoitlari moslashish;

  • turmush tarzining keskin o‘zgarishi (pensiyaga chiqish, ajralish va h.k.);

  • ortiqcha vazn;

  • alkogolni suiste’mol qilish;

  • kofe va shokolodni suiste’mol qilish;

  • xaddan tashqari qat’iy parxez;

  • suyuqlikni kam iste’mol qilish;

  • toksik kimyoviy moddalar ta’sirida uzoq vaqt bo‘lish;

  • dori vositalarning nojo‘ya ta’siri;


Astenik sindrom yoki depressiv holatga olib kelishi ehtimoli yuqori bo‘lgan dori vositalar
Markaziy asab tizimi va endokrin tizimga ta’sir qiluvchi bir qator dori vositalarini qabul qilish kayfiyatning tushib ketishi, dardchil seruyqulik, e’tiborning pasayishi, aqliy va jismoniy ishchanlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Sanab o‘tilgan holatlar ko‘pincha quyidagi farmakologik guruhga kiruvchi preparatlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘ladi (yoki davolanish kursi tugagandan keyin yuzaga keladi):

  • markaziy ta’sirga ega antigipertenziv vositalar (rezerpin, klonidin, metildopa);

  • β-adrenoblokatorlar;

  • uyqu dorilari;

  • sedativ moddalar;

  • trankvilizatorlar;

  • neyroleptiklar;

  • antigistamin preparatlar;

  • glyukokortikosteroidlar (peroral va in’feksion shakllarni muntazam qabul qilganda);

  • peroral kontratseptivlar;

Umumiy darmonsizlik alomatlari juda ko‘p hollarda asab tizimining va ichki a’zolarning (yurak, tomirlar, jigar va h.k.) u yoki bu buzilishida kuzatiladi. Umumiy darmonsizlik alomatlari va birorta ichki a’zoga shikoyatlar qo‘shilib keladigan barcha hollarda aniq tashxis qo‘yish uchun yoki astenik sindromning sabablarini aniqlash uchun shifokorga murojaat qilish va tekshiruvdan o‘tish zarur. Birorta jiddiy hayotiy muammo tufayli yuzaga kelgan astenik sindromda ichki a’zolarning jiddiy kasalliklarini yoki ruxiy kasallikni o‘tkazib yubormaslik juda muhimdir. Ayniqsa quyidagi hollarda mutaxassisning maslahati zarur:

  • homiladorlik;

  • klimakterik davr;

Mustaqil davolanish doirasida adaptogenlar guruhiga kiruvchi giyohli preparatlardan (eleuterokokk, jenshen, rodiola, limono‘t, levzeya, araliya) foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Zarur hollarda, albatta shifokor maslahatidan keyin va uning ko‘rsatmasiga ko‘ra dori-darmonli davolanishni davom ettirish maqsadida neotroplar (piratsetam, piritinol, pramiratsetam, GAMK) tayinlanishi mumkin.

Asteniya va surunkali toliqishni davolash davomiyligi har xil odamlar uchun individualdir. Davolanish kursidan so‘ng tuzalish bosqichi boshlanadi, bemor nafaqat odatdagi turmush tarziga qaytishi, balki o‘z hayotining sifatini yaxshilashi ham mumkin.

Bemorlar uchun umumiy tavsiyalar


  • Mehnat qilish va dam olish rejimini optimallashtirish;

  • Sport bilan shug‘ullanish;

  • Zaharli kimyoviy moddalar bilan ta’sirlashuvlarni to‘xtatish;

  • Ovqatlanish ratsioni va suyuqlik ichish rejimini optimallashtirish;

  • proteinlarga boy ovqatlar (go‘sht, soya go‘shti, dukkaklilar) tavsiya etiladi, bu bosh miya faolligini oshiradi;

  • uglevodlarga boy ovqatlar tavsiya etiladi (bosh miyaning “energetik ochligi” yuz berganda glyukoza zaxiralari osongina to‘ldiriladi);

  • tuxum va jigar V guruhi darmoondorilariga boy bo‘lib, xotirani yaxshilaydi va e’tiborni jamlmshni oshiradi;

  • yirik tortilgan undan pishirilgan non, pishloq, brinza, bananlar, indeyka go‘shti – triptofan manbasi bo‘lib, bu modda serotonin – kayfiyatni yaxshilaydigan biologik faol moddaning sintez qilinishida muqim rol o‘ynaydi;

  • darmondorili hossalarga ega mahsulotlar: qora smorodina, na’matak, chakanda mevasi, qora mevali ryabina, sitrusli mevalar, olma, kivi, va qulupnay, turli sabzavotli salatlar, meva sharbatlari va darmondorili choylar.


Ota-onalar uchun maslahatlar
Darmonsizlikning umumiy alomatlari (aqliy va jismoniy ishchanlik qobiliyatning pasayishi, xotira, e’tiborning yomonlashishi, kayfiyatning tushib ketishi) bolalardagi har qanday kasalliklarga hamrox bo‘ladi hamda ularning tuzalishi bilan o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadi. Maxsus reabilitatsiya choralari bolalarda og‘ir infeksion kasalliklardan keyin olib boriladi.

Birinchi galda, bolalarga mehnat qilish va dam olish rejimini normallashtirish, ovqatlanishni me’yoriga keltirish tavsiya etiladi. Umumiy tetiklantiruvchi maxsus dori vositalari kichik yoshdagi bolalarga faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin tayinlanishi mumkin.

Maktab o‘quvchilarida astenik sindromning rivojlanishi juda ko‘p hollarda xaddan tashqari katta zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ushbu toifadagi bemorlarga birinchi navbvtdv mehnat va dam olish rejimini me’yorlashtirish, ishni oqilona darajada cheklash zarur. Bunday choralarsiz dorili terapiya, odatda, samarali bo‘lmaydi.
Astenik sindromda qo‘llaniladigan dori vositalari va ularni oqilona qo‘llash shartlari
Astenik sindrom, tez toliqish, ishchanlikning pasayishini mustaqil simptomatik davolash uchun adaptogenlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bu moddalar organizmga umumiy tetiklantiruvchi va quvvat beruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ular bir qator noyob hossalarga ega: organizmning radioktav nurlanishga, sovuqqa, issiqqa, kislorod etishmasligiga, stress omillarga (ergotrop – ishchanlikni oshirish) ta’siri organizmning yuqori jismoniy va emotsional zo‘riqishga, intensiv aqliy mehnatga moslashishini kuchaytiradi. Farmakologik “tiklovchilar”ning bu guruhga jenshen, eleuterokokk, levzeya, araliya, xitoy limono‘ti, rodiolalar va boshqalar asosidagi o‘simlik preparatlari kiradi.

Adaptogenlarni tavsiya etilgan dozalarda qabul qilish astenik holatlar va ularning oqibatlarini samarali bartaraf etishga imkon beradi, umumiy ahvolni yaxshilaydi, ishchanlikni oshiradi, kayfiyatni yaxshilaydi.

SHuni bilish zarurki, giyoxli adaptogenlarning kichik dozalari markaziy asab tizimiga nisbatan katta dozalarga mutlaqo qarama qarshi bo‘lgan samarani beradi. Katta dozalar qo‘zg‘alish jarayonlarini kuchaytirib, harakatchanlik va aqliy faollikni oshiradi, kunduzi engil tetiklikni va kechasi tinch uyquni ta’minlaydi, kichik dozalar esa aksincha, tormozlanganlikni, faollikning cheklanganligini, doim seruyqulik holatini keltirib chiqaradi. Masalan, kuniga bir marta ertalab eleuterokokkning spirtli ekstraktidan 10 tomchi qabul qilinganda kun davomida kuchli tormozlanganlik holati kuzatiladi, ammo xuddi shu preparat 25 tomchi qabul qilinsa, tetiklashtiruvchi samara yaqqol ko‘zga tashlanadi. Rodiolaning spirtli ekstrakti 2-5 tomchi qabul qilinganda tormozlanganlikni keltirib chiqaradi, 10 tomchi va undan ortiq qabul qilinganda faollikni oshiradi. Manjuriya araliyasi 6 tomchigacha bo‘lgan dozalarda tormozlanishga olib keladi, 7 va undan ortiq tomchili dozada keskin faollikni oshiradi.

SHuni ham unutmaslik kerakki, hamma o‘simlmklardan tayyorlanagn adaptogenlar ortiqcha dozada barqaror uyqusizlik, asab tizimining tqo‘zg‘alishi, yurak urushining tezlashishi va h.k.larga sabab bo‘lishi mumkin, shuning uchun dozalash masalasiga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish, organizm holatini doim nazorat qilib borish kerak.

O‘simlikdan tayyorlangan adaptogenlarni tayinlashda sutkalik bioritmlar dinamikasini hisobga olish zarur, shundagina bioritmlarni tegishli tarzda kuchaytirish (sinxronlashtirish) mumkin bo‘ladi. SHu bilan birga, ushbu preparatlarning noto‘g‘ri tayinlanishi sutkalik bioritmlarning buzilishiga (desinxronizatsiya) olib keladi. Bu erda mo‘ljal tariqasida katexolaminlar ekskretsiyasining sutkalik rejimini qabul qilish kerak. Katexolaminlar – yuqori faol endogen moddalar bo‘lib, ularning funksiyalaridan biri markaziy asab tizimidagi qo‘zg‘alish jarayonlarini tezlashtirishdir. O‘simlik adaptogenlarining hammasi turli darajada katexolaminlar sintezini kuchaytirish xususiyatiga egaligi hisobga olinsa, ularni qat’iy kuniga bir marta tayinlanishi va ertalab qabul qilinishi lozim, shunda preparat ta’sirida katexolaminlar sintezining kuchayishi ularning organizmdagi darajasining ertalabki fiziologik ko‘tarilishi bilan “uyg‘unlashadi”. Katexolaminlar ko‘tarilishining kunning birinchi yarmidagi fiziologik kuchayishi xuddi shu biologik faol moddalarning tungi pasayishining fiziologik kuchayishiga olib keladi. Natijada o‘simlmk adaptogenlarini bioritmlarni hisobga olib qabul qilayotgan shaxslar kunduzi ancha yuqori ishchanlik qobiliyatiga ega bo‘ladi va tunda ancha tinch uxlaydi.

O‘simlik adaptogenlari yuqori asab qo‘zg‘aluvchanligi, uyqusizlik, qori arterial bosim, yurak faoliyatining buzilishida, isitma chiqqanda qarshi ko‘rsatmalarga ega. Adaptogenlarga o‘rganib qolmaslik uchun ularni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish kerak.


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə