Ўзбекистон республикаси


Kombinirlangan surgi vositalari xarakteristikasi



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə10/23
tarix26.03.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#34363
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23

Kombinirlangan surgi vositalari xarakteristikasi


Preparat

Tarkibi

Doza

Ilova

Agiolaks

Podorojnik urug‘i — 2,6 g, sano urug‘i— 0,62 g, saxaroza

1 choy qoshiqda kechqurun och qoringa stakan suv bilan ichiladi

Uzoq ishlatilganda birlamchi qabziyat, kaliy, natriy, xlor ionlari defitsiti, melanoz, allergik reaksiyalar.

Man etilishi: OIS o‘tkir kasalliklari, ichak tutilishi, buyrak kasalliklari, xomiladorlik, ichakdan va bachadondan qon ketishlar, kichik yoshlilarga.



Kafiol

1 briketda san bargi — 0,7 g, sano urug‘i — 0,3 g, olcha mevasi — 2,2 g, injir — 4,4 g, vazelin moyi — 0,84 g

0,5-1 briketni kechqurun 0,5-1 stakan suv bilan

Qorinda xurujsimon og‘riqlar, anoreksiya, ich ketishi

Pri dlitelnom primenenii i protivopokazaniya sm. vыshe



Regulaks

1 kubikda sano bargi - 0,71 g, sano urug‘i — 0,3 g, injir va olcha pyuresi, sorbin kislota, vazelin moyi, propilenglikol, aromatik qushimchalar

0,5-1 kubikdan och qoringa kechqurun

angiolaks i kafiolga qarang

Kalifig

1 ml siropda sano ekstrakti — 0,0005 g, gvozdika, sano, bodom moyi, injir ekstrakti, 0,52 g saxaroza

Po 15-30 ml natoщak, na noch

Nojuya ta’siri yuq

Sennozid saqlagani sababli bolalarga ishlatishga ruxsat berilgan



Qabziyatni surgi dorilari bilan simptomatik davolash

  • Surgi dorilarini och koringa tavsiya etiladi.

  • Ularni uzok vakt berilganda gipokaliemiya rivojlanadi, shuning uchun bu dorilarni kaliy preparatlari bilan birga tavsiya etish kerak.

  • Antraglikozidlar saklovchi surgi dorilari 8–12 soatdan sung ta’sir etadi,shu sababli ularni kechkurun uykudan oldin tavsiya etiladi.

  • Antraglikozidlar saklovchi surgi dorilari spastik qabziyat turida kullanilmaydi, chunki yugon ichakda ogrik chakiradi

  • Antraxinon glikozidlar ona sutiga utadi, shu sababli emizikli onalarga tavsiya etilmaydi.

  • Surgi dorilarini uzok vakt berib bulmaydi.

  • Surgi dorilarining antraxinon unumlari peshobni nordon muxitda sark rangga, ishkoriyda kizil rangga buyaydi

  • Natriy pikosulfat emizish yoshidagi bolalarda samarali ta’sirga ega emas

  • Vazelin moyini uzok vakt kullanilganda yogda eruvchi vitaminlar (A va D) surilishi kamayadi, OIT da usmalar xosil bulish extimolligi oshadi

  • Laktuloza surgi dorilari kichik va urta yoshdagi bolalarga tavsiya etiladi.

  • Laktuloza preparatini o’tkir ichak yalliglanishlarida kullash tavsiya etilmaydi

  • Kastor moyi 5–6 soatdan sung ta’sirini kursatadi.

  • Kastor moy xomilador ayollarga umuman tavsiya etilmaydi.

  • Kastor moyi yogda eruvchan zaxarli moddalardan zaharlanganda tavsiya etilmaydi.

Tuzli surgilar xomiladorlikda qullanishi mumkin emas, chunki peristaltika kuchayishi bachadonni qisqarishini kuchaytirib yuborishi mumkin.
Nazorat savollari.

  1. OIS kasalligi haqida nima deya olasiz.

  2. OIS ning infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida retseptsiz beriladigan dorilar.

  3. Funksional dispepsiya, meteorizm, qabziyatda farmatsevtik yordam tamoyillariga nimalar kiradi.

  4. Qabziyatni surgi dorilari bilan simptomatik davolash



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:

  1. Фармацевтическая опека/Под ред. И. А. Зупанец, В. П. Шерных, В. А. Усенко.— Х.: Золотые страницы, 2002.— 264 с.

  2. Farmatsevtik yordam fanidan ma’ruzalar matni 2006 yil.

  3. 3. Шаповалова В. М., Даниленко В. С., СҲаповалов В. В., Бухтиарова Т. А. Лекарственные средства, отпускаемые без рецепта врача.— Х.: Торсинг, 1998.— 528 с.

  4. Maxsumov M.N., Malikov M.M. Farmakologiya. T. Ibn Sino nash. 2006 y.

  5. Azizova S.S. Farmakologiya. T. Ibn Sino 2002 g.

  6. Xarkevich D.A. Farmakologiya. M. Meditsina 2008 y.


Qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. Aliev.X.U. Farmakologiyadan ma’ruzalar matni. 2000.

  2. Yunusxodjaev A.N. Осложнение лекарственных средств. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash,

2005, № 1.

  1. Samura B.A. va boshqalar Farmakoterapiya. Xarkov 2000 1-2 tom.

  2. Yunusxodjaev A. N. и др. Государственный реестр лекарственных средств и изделий медицинского назначения. . T. 2004.

  3. Yunusxodjaev.A.N. i dr. Spravochnik osnovnыx lekarstvennыx sredstv Respubliki

Uzbekistan. T. 1998 g.

  1. Клинические рекомендации и фармакологический справочник. Под ред. И.Н. Денисова, ЙУ.Л.Шевченко, Ф.Г.Назирова. M.2005 g.



4-MA’RUZA
MAVZU: OSHQOZON ICHAK TRAKTI(OIT) FAOLIYATI BUZILISHLARIDA SIMPTOMATIK DAVOLASH VA F.YO TAMOILLARI (DISBAKTERIOZ, DIAREYALAR, XOLETSISTIT, GEPATIT).
Reja:

    1. Disbakterioz, diareyalar, jigar va o‘t yo‘llarining surunkali kasalliklarida retseptsiz ishlatiladigan dori vositalari va ulardan oqilona foydalanish.

    2. O’tkir diareyada vrach aralashuvini talab kiladigan « xavfli» simptomlar

    3. Peroral regidratantlarning solishtiruv xarakteristikasi.

    4. Ichak disbakteriozini dorilar bilan davolash.

Ichki kasalliklar ichida eng ko‘p tarqalgani OIS-si kasalliklaridir. OIS-si kasalliklari Respublikamizdagi umumiy kasallikning 10-15%-ni tashkil etadi. Keyingi yillarda OIS-kasalliklari yoshlar o‘rtasida ko‘payib bormoqda. Buning asosiy sabablari turmush tarzining, ekologiyaning va oziq-ovqatlar sifatining o‘zgarib borishidadir.

JSST bergan ma’lumotlariga qaraganda OIS kasalligining eng ko‘p uchraydiganlari me’da 12 b/ichak yaralari va jigar xastaligidir. Jigar kasalligi bemorlar nobud bo‘layotgan kasalliklar ichida 8 o‘rinda turadi. Jigar kasalliklari kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Xar yili 1 mln.dan ortiq odam virusli gepatit bilan og‘riydi va ularning ko‘pchiligi surinkali gepatitga o‘tadi. Eng achinarlisi bemorlar qabul kilayotgan dori-darmonlarning noo‘rin va noto‘g‘ri ishlatilishi tufayli jigar patologiyasi kundan-kunga oshib bormoqda. SHuning uchun xam gastroenterologiya, gastrologiya va gepatologiyani asosini tushunish Siz bilan biz uchun o‘ta muximdir.

OIS-si kasalliklari turkumiga qaysi kasalliklar kiradiyu va ularda qanday asosiy simptom va sindromlar qayd etiladi?

OIS-si kasalliklariga o‘tkir va surinkali gastritlar, me’da va 12 b/ichak yaralari, enteritlar, kolitlar, bakterial dizenteriya, funksional ichak kasalliklari (qabziyatlar va ichak qitiqlanish sindromlari), SPRU, rak, tuberkulyoz, gijja kasalliklari va boshqalar kiradi. OIS-si kasalliklaridan jigar, me’da osti bezi kasalliklari rak va tuberkulyozlar, aloxida mutaxassislar tomonidan o‘rganiluvchi va davolanuvchi kasalliklardir.

OIS-si kasalliklari ichida eng ko‘p qayd etiluvchi simptom va sindromlarga qorinda noxush xolatni paydo bo‘lishi, ishtaxani susayishi, biqin ostida qandaydir og‘irlik va achishtirish xolatlari, ko‘ngil aynash, kekirish, safro qaynash, qayt qilish, turli darajada yuzaga chiquvchi og‘riqlar, bosh og‘rig‘i, og‘izdan qo‘lansa xid kelish, qabziyat, anus atrofidagi qichishish xolati, ich surish va ich ketish diareya, qon ketish, qon aralash najas kelishi va boshqalar.

YUqoridagi simptomlar bilan bog‘liq tinka qurishi, kayfiyatni buzilishi, ish qobiliyatini va mushaklar tonusini susayishi, kamqonlik, ba’zan me’da tetaniyasi (og‘riq bilan mushaklar tonusini oshishi va sudorogi), dispepsiya, sigmoidoproktit (ichni juda tez kelishi, xattoki 75-100 martagacha), tiflokolit (ichakni o‘ng tomonidagi kolit, ichni surishi 10 va undan ortiq yuzaga chiqadi), «ponos budilnik» (surinkali enteritda yuzaga chiqadi), «ampulali qabziyat» (to‘g‘ri ichak qabziyati), autoinvaziya, o‘pka sindromi (askarida lichinkalarini o‘pkaga, o‘pka tomirlari orqali bronxlarga o‘tishi va qon tuflash va b.), dispeptik , neyro-reflektor va toksiko-distrofik va b. simptomlar yuzaga chiqadi. SHuningdek exinokokkozda shish, yiringli lixoradka, allergik va embolik sindromlarni yuzaga chiqarishi mumkin.

Ko‘rsatib o‘tilgan xar bir simptom yoki sindromlar ustida to‘xtab o‘tish ancha mushkul masala. Lekin xozirgi kunda OIS-si kasalliklari ichida o‘ziga xos problemaga aylangan funksional ichak kasalliklari (FIK) ustida va uning klassik ko‘rinishi bo‘lmish ichak qitiqlanish sindromi va surinkali qabziyat xamda bu xolatlarda qayd etiladigan simptom va sindromlar ustida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. CHunki ichak qitiqlanish sindromi va surinkali qabziyat «farmatsevtik yordam» fani yo‘nalishi bo‘yicha eng ko‘p retseptsiz beriladigan dori-darmonlar bilan davolanadigan kasallikdir. Xalqimiz va bemorlar bu kasalliklarni o‘zini-o‘zi davolash va o‘ziga-o‘zi yordam berish yo‘llari bilan davolashga xarakat qiladilar.

Adabiyotlardan ma’lumki, rivojlangan mamlakatlarda keyingi 10 yil davomida gastroenterologik kasalliklar ichida eng ko‘p tarqalgan kasallik-bu funksional ichak kasalliklaridir. jaxon bo‘yicha olib borilgan epidemiologik izlanishlarni bergan ma’lumotiga qaraganda jaxon axolisini 15-30% surinkali qabziyat qayd etiladi. ¡ta industrial rivojlangan AQSH va Angliyada bu ko‘rsatgich 40% tashkil etadi (A.R.Zlatkina, 2002 y., Farmateka №9.-s.53-56). Agar bu toifadagi kasalliklarning aksariyat ko‘pchiligi vrachlarga murojaat etmasdan o‘zini-o‘zi davolash bilan shug‘ullanishini inobatga olinsa, kasallikning tarqalish ko‘rsatgichi yanada oshadi. CHunki keksa yoshdagi bemorlarda gipodinamiya kuchayadi, qabul qilinadigan ovqatlarning tarkibi o‘zgaradi, semirish ko‘payib ketadi, endokrin faktorlar (klimaks, qand kasal-ligi, gipotireoz va b.), dorilarni notug‘ri ishlatish (qariyalar dorilarni 1/3 qismini qabul qiladilar) kabi xolatlar surinkali qabziyatni rivojlanishiga asos bo‘ladi.

FIK-lari bilan bog‘liq surunkali qabziyat kechimi oddiy qabziyatni kechimidan patofiziologik kelib chiqish mexanizmlaridan tubdan farqlanadi.

Ichak qitiqlanish sindromi bilanyuzaga chiqqan qabziyatlarni asosini neyrogumoral regulyasiyani buzilishi tashkil etadi, pustloq va pustloq osti markazlari, vegetativ nerv tizimi va ichakni nerv-retseptor apparatlari (sertonin, endogen opiatlar, neyrotenzin, xoletsistokininlar va b.) o‘ziga xos rol o‘ynaydi.

Farmatsevtik yordam konsepsiyasi asosida xulosa qilib aytish mumkinki, qabziyatlarni kelib chiqishida va kechimida quyidagi faktorlar asosiy rolni o‘ynaydi:



  1. Kechimi bo‘yicha-o‘tkir va surunkali qabziyatlar

  2. Kelib chiqish mexanizmi bo‘yicha- kollagenli, gipermator diskineziya tufayli, gipomotor diskineziya tufayli, praktogenli qabziyatlar.

Demak, surunkali qabziyat kechimini bemor bilan suxbatda, uni shikoyatlaridan aniqlab olish mumkin. Bunda najasni xarakteri, to‘g‘ri ichakka xos simptom va sindromlar-meteorizm, quldirash, turli darajadagi og‘riqlar, ayniqsa qorinni pastki va chap tomonidagi og‘riqlarni aniqlash aloxida axamiyatga egadir.

Bunday xolatlarda bemorlarni o‘zini-o‘zi davolashi va har bir provizorni saloxiyatiga yarasha maslaxat berishi katta axamiyatga egadir.



  1. Funksional ovqatlanish va probiotiklarga axamiyat berish.

  2. Umumgigienik hayot tarzini ishga solish va dietoterapiyaga amal qilish kerak (jismoniy faol hayot, ko‘p o‘simlik moddalari va to‘qimalarini, klechatka, ballastik moddalar, pektin, gemitsellyuloza, dengiz o‘tlari, ko‘p miqdorda suyuqlik qabul qilish).

Sut va qatiq maxsulotlaridan, lakto va bifidumbakteriyalardan qo‘llash zarur. Katta otquloq bargi urug‘idan tayyorlangan-Mukofalk preparatidan foydalanish mumkin. Agarda funksional ovqatlanishni tashkil qilish va dietoterapiya yordam bermasagina, ichni suruvchi dori-darmonlardan foydalaniladi. Bu gurux dorilar ta’sir mexanizmi bo‘yicha quyidagilarga ajratiladi:

1. Osmotik ta’sirga ega preparatlar

a) tuzli surgi dorilar (Na2SO4; karlovar tuzi va b.)

b) ko‘p atomli spirtlar (sorbit, mannitol va b.)

v) Surilishi qiyin disaxaridlar (laktuloza va uni unimi Dyufalak, Normaze).

2. Qitiqlash ta’siri bilan ichak xarakatini stimullovchi preparatlar.

a) antraglikozidlar (sano va uni unimlari, krushina, aloe, ravoch va b.)

b) difenilmetan unimlari (izofenin, bisakodil, natriy pikosulfat va b.)

v) kastor yog‘i, vazelin va mindal yog‘i, parafin va b.

3 Parokinetiklar (betanekol-25-30 mg 2-3 marta kuniga, mezoprostol-200 mg 2-4 marta kuniga; serotonin, tegaserod-zelnorm-ayollarda effekt beradi, sizaprid va b.)

Tegoserod va sizoprid preparatlari AQSH-larida sintez qilib olingan. Bu preparatlar 5-NT-4 serotoninga sezuvchan retseptorlarni agonisti bo‘lib, ichakdagi vagus va enteral afferent nervlarini qitiqlab, undan Ach-ni ajralishini ko‘paytiradi, natijada ichak silliq mushaklarini qisqarishini kuchaytiradi. SHuning uchun xam ularnit serotoninergik pirokinetiklar deyiladi. SHu erda o‘tkir va surinkali qabziyatni kelib chiqishi, rivojlanishi, klinik belgilari va davolash prinsiplari bilan bog‘liq slayd-sxema keltiriladi.
Diareya (diarrhoea) — xojatga borishning normadagidan kup bulishi ( kuniga 3 martadan kup), va/yoki najasning suyuk bulishi, va/yoki najas massasining ortib ketishig aytiladi.

Diareyaning asosiy sababi bulib ichakdagi suv- elektrolit balansining buzilishi xisoblanadi. Odam kuniga urtacha 2 l suyuklikni ist’emol kiladi, 12- barmokli ichakdan esa 8 dan 10 litrgacha suyuklik utishi mumkin. Ichakda surilgan suv sulak va xazm shiralari bilan birga kayta kushiladi. Suvning surilishi asosan ingichka ichakda sodir buladi, va 1- 1,5 litrigina yugon ichakkacha utadi, u erda surilishi davom etib kolgani ( 100 ml atrofida) najas bilan chikib ketadi. Yugon ichakda sutkasiga 5 l gacha suv surilishi mumkin, shuning uchun ingichka ichakdan yugon ichakka utadigan suyuklik miqdori 5 l dan ortsa diareya kelib chikishi mumkin. Bunday xolatlar xazm kilish sistemasining yalliglanishida, surilishning buzilishida, ichakning motorikasi va sekretsiyasi buzilishida kelib chikishi kuzatiladi.

Sabablari turlicha bulgan o’tkir va surunkali diareya farklanadi.

Diareya 2- 3 xaftadan ortik davom etmasa o’tkir shakli bulib xisoblanadi.



O’tkir diareya sabablari:

- infeksiya ( virusli, bakterial, parazitlar),

- ichakdagi yalliglanish jarayonlari,

- dori preparatlarini kabul kilish.



Diareyani keltirib chikaradigan omillar:

- ovqat ratsionining keskin uzgarishi,

- doimiy yashash joyida bulmagan « uziga xos» infeksiyalarni xizmat safarlari, sayoxatlar sababli kelib chikishi,

- yaxshi pishmagan mevalarni ist’emol kilish,

- tusatdan kurkib ketish, ayik kasalligi ( medvejya bolezn).

Diareyani keltirib chikaradigan dorilar:

- surgi dorilar,

- magniy tuzlarini saklaydigan antatsidlar,

- antibiotiklar- klindamitsin, linkamitsin, ampitsillin, sefalosporinlar,

- antiaritmik vositalar: xinidin, propranalol ( anaprilin),

- yurak glikozidlari ( digitalis preparatlari),

- kaliy preparatlari,

- xolestiraminlar,

- sulfasalazin,

- antikoagulyantlar,

- xenodeoksixol kislotasi,

- shakar urnini bosuvchilar- sorbitol, mannitol.

SHuni esda tutish kerakki o’tkir diareya xolera, dizenteriya, salmonellez, kabi ogir infeksion kasalliklarning birinchi belgilari bulib xisoblanadi. Kon aralash kelgan o’tkir diareya Kron kasalligi yoki yarali kolitning kurinishi bulishi mumkin.

O’tkir diareyada vrach aralashuvini talab kiladigan « xavfli» simptomlar:

- najasda konning paydo bulishi,

- najasning guruch suvi kabi bulishi,

- tana xaroratining kutarilishi,

- kungil aynishi,

- kayd kilish,

- korindagi kuchli ogrik bilan kuzatiladigan diareya,

- agar oilaning bir nechta a’zosida diareya kuzatilsa,

- bir necha xafta davom etgan diareya,

- xushdan ketish bilan kuzatilgan diareya,

- kattik chankok, ogiz kurishi, terining kurishi bilan birga kuzatilgan diareya,

- xomiladorlik davridagi diareya.

3 xaftadan ortik davom etgan diareya surunkali bulib xisoblanadi. Istisno tarikasida ogir kechadigan va uzok davom etadigan infeksiyalar xisoblanmaydi, ular tuzalishi bilan diareya tuxtaydi.

Surunkali diareya kup kasalliklarning belgisi bulishi mumkin. Ichakdagi yalliglanish kasalliklaridan ( nospetsefik yarali kolit, Korn kasalligi, OITS), korin soxasidagi boshka organlar ( jigar, oshkozon osti bezi), ba’zi bir umumiy kasalliklar ( kalkonsimon bezining buzilishlari, emotsional zurikish va b.lar), peristaltikaning buzilishi ( yugon ichak yalliglanishi sindromi), sabab bulishi mumkin. Kupincha uzik vakt davom etadigan diareya ozik moddalarning ( sut va bshka shakarlar, elim oksil- glutenin, sigir sutining oksillari, yoglar surilishining buzilishi yoki ozik- ovqat allergiyasi ( sut, boshokliklar va b.lar).

Surunkali diareyani davolash vrach tomonidan tashxis kuyilgandan sung amalga oshirilishi shart.




















Diareyani simptomatik davolash uchun ishlatiladigan dori preparatlari guruxining klinik- farmatsevtik xarakteristikasi.
Peroral regidratatsiyasi uchun ishlatiladigan vositalar.

Regidratatsiya o’tkir suvli diareyani davolashning asosi bulib xisoblanadi. Ortikcha suv va tuzlar urnini tuldirish peroral yul bilan amalga oshiriladi. Natriy, kaliy, xlor, godrokarbonat ionlari, sitrat, shuningdek glyukoza, saxaroza yoki dekstrozaning muvozatlashtirilgann eritmalari ishlatiladi. Bu preparatlarni kullash kelib chikishi turli xil bulgan diareyalarni gidroxlorid va ichak shillik kavatining surilishini saklashga asoslangan.

Oral regidratatsion aralashmalar kon tarkibidagi elektrolitlarni urnini bosuvchi bulib xisoblanadi. Ular juda tez ta’sirga ega bulib, nojuya ta’sir va kullash mumkin bulmagan xolatlarga ega emas.

Bu preparatlar kukun kurinishida bulib ulardan tezda eritma tayyorlash, shuningdek tayyor eritmalarni kullash mumkin.



Peroral regidratantlarning solishtiruv xarakteristikasi.


Savdodagi nomi

Ishlab chikaruvchi

Tarkibi

Gastrolit

AJ Kutnovskiy FZ «Polfa» (Polsha)

natriy xlorid - 0,35
kaliy xlorid - 0,3
natriy gidrokarbonat - 0,5
dekstroza - 2,9
moychechak ekstrakti - 0,1

Apelsin mazali Gastrolit

Rhone-Poulenc Rorer (Avstriya)

natriy xlorid - 0,47
natriy sitrat - 0,53
kaliy xlorid - 0,3
dekstroza - 3,56

Regidron

Orion (Finlyandiya)

natriy xlorid - 3,5
natriy sitrat - 2,9
kaliy xlorid - 2,5
dekstroza - 10

Sitroglyukossolan

Mosximfarmpreparatlar (Rossiya)

natriy xlorid - 1,75
natriy sitrat - 1,45
kaliy xlorid - 1,25
glyukoza - 7,5


Sorbentlar.Sorbentlarni ishlatish endogen intoksikatsiyani oldini olish va davolashda yordam beradi. Bu gurux preparatlari ichakdan ( ba’zilari esa kondan: ichak shillik kavatining vorsinkalari kappilyarlaridan) turli xil zaxarli metabolitlarni adsorbsiyalaydi. Ba’zi adsorbentlar esa mikroorganizmlar xattoki viruslarni sorbsiyalash xususiyatiga ega.
Sorbentlarning solishtiruv xarakteristikasi


Xalkaro nomi

Sotuvdagi nomi

Klinik-farmakologik xarakteristikasi

Attapulgit

Attapulgit-Darnitsa («Darnitsa», Ukraina)

Kaopektat («Farmatsiya i Apdjon», SSHA)



Magniy silikati gidratining tozalangan aralashmasi va mineral xoldagi alyumniy. Preparat ichakda surilmaydi, toksik va kuzgatuvchi modalarni, gazlarni adsorbsiyalaydi sung najas bilan birga chikib ketadi. Urab ulish xususiyati bulgani uchun ichak shillik kavatida ximoya plyonkasini xosil kiladi.

Virus va bakteriyalarni adsorbsiyalash xususiyatiga ega.

Diareyada attapulgitning 1 martalik dozasini xojatga borib kelgandan sung kabul kilinadi.

Tananing Yuqori xaroratida va preparat komponentlarini kutara olmaslik xolatlarida kabul kilish man etiladi.

Emizikli va xomilador ayollarga berilmaydi.Ne naznachaetsya v period beremennosti i laktatsii.

Bolalarga 3 yoshdan sung ( suspenziyalar) va 6 yoshdan sung ( tabletkalar) berish mumkin.



Diosmektit

Smekta («Bofur Ibsen», Fransiya)

Oshkozon- ichak shillik kavatida Yuqori darajadagi urab olish kobiliyatiga, suv- elektrolit yukotishlar oldini oladi. SHillik kavat glyukoproteinlari bilan birgalikda uning barerlik funksiyasini oshiradi, nokulay sharoitdagi ichak mikroorganizmlaridan, ularning toksinlari va boshka kuzgatuvchilardan ximoyalaydi.

Bakteriyalarni adsorbsiyalash xususiyatiga ega.

Kullash mumkin bulmagan xolatlari yuk.


Polifepan

Polifepan («Ekosfera», Rossiya)

Yogochlikning uglevodli komponentlarini gidroliz maxsuloti bulgan ligninni kayta ishlashdan olingan preparat.

Yuqori darajadagi adsorbsiyalash aktivligiga ega, oshkozon- ichak traktidagi bakteriyalarni adsorbsiyalaydi.

Gipoxolesterinemik ta’sirga ega.

Kullashda kamdan kam xolsizlik, epigastriya soxasida ogirlikni sezish, qabziyat kuzatilishi mumkin.



Metilsilikon kislotasi

Enterosgel (Kreoma-Farm», Ukraina)

Sorbogel («Gefest», Ukraina; «Sorbi», Ukraina)



Ichga kabul kilinganda surilmaydi, ichakda va konda adsorbsiyalash xususiyatiga ega ( ichak shillik kavatining kappilyarlari vorsinkalaridan) va organizmdan turli xil toksik moddalarni chikaradi, ichak shillik kavatiga urab olish xususiyati bilan ta’sir kiladi.

Sorbsion selektivlik xususiyatiga ega- urtacha molekulyar toksik metabolitlarni sorbsiyalaydi, Yuqori molekulyar moddalar ( oksillar, immunoglobulinlar va b.lar) va ionlar esa sorbsiyaga uchramaydi.

Mikroorganizmlarni sorbsiyalashda selekvtilikka ega- fakat shartli- patogen va patogen florani sorbsiyalaydi, shuning uchun disbakteriozni chakirmaydi.

Kullash mumkin bulmagan xolatlarga ega emas.



Algin kislotasi

Algigel («Dnepromed», Ukraina)

Algisorb «Biotexnologiya», Rossiya)



Ogir metallar va radionuklidlarni adsorbsiyalaydi, ularni organizmda tuplanishini oldini oladi.

Diareyada kompleksli terapiyada ishlatiladi.

Dispepsiyani keltirib chikarishi mumkin.


Aktivlangan kumir

Karbolong («Ekosorb», Ukraina)

Akvtilangan kumir («Stoma», «Borщagovskiy XFZ», Ukraina)



Uzok muddatli ( Prolongik) ta’sirga ega bulgan enterosorbent. Xazm traktiga tashkariga kirgan, kondagi, yoki ichakda xosil bulgan toksik moddalarni sorbsiyalaydi. Organizmda metabolizmga uchramaydi va 36- 48 soatta organizmdan tulik chikib ketadi.

Diareyada 2-4 g. dan kuniga 3-4 marta kabul kilish lozim.




3) Ichak xarakatlarini sekinlashtiradigan vositalar. ( Peristaltikani sekinlashtiruvchi vositalar)

Kompleksli davolash uchun kullaniladi. Ichak tonusi va motorikasini sekinlashtiradi, lekin surilish jarayoniga deyarli ta’sir kilmaydi.



4)Fermentli preparatlar.

Xazm kilishga yordam beradigan fermentlar buzilishidan kelib chikadigan diareyalarda samarali vosita bulib xisoblanadi. SHuningdek, kompleksli terapiyada xam kullaniladi.



5)Ichak florasining fiziologik muvozanatni to‘g‘irlaydigan preparatlar.

Odam organizmidagi mikroflorani yaxshilaydigan preparatlar- probiotiklar- kelib chikishi mikrobli va nomikrobli bulib, tabiiy xolda yuborilganda ichakdagi gomeostazga yaxshi ta’sir kursatadi. Yugon ichakdagi fiziologik tarkibi etishmagan xolda ularni tuldirish maksadida tirik laktobakteriyalar ( kuruk laktobakterin, yogurt, ekstralakt), bifidumbakteriyalar ( kuruk bifidumbakterin, bifidumbakterin forte), ichak tayokchasi ( kolibakterin) va ularning kombinatsiyalari- bifikol, bifi- shakl, lineks saklaydigan preparatlar ishlatiladi.



6) Usimliklardan olingan vositalar.Diareyani davolash uchun ishlatiladigan usimlik vositalari kadimdan ishlatiladi. Ularning eng asosiy ta’siri bu ularning burishtiruvchi? xususiyatga egaligidir. Tarkibidagi oshlovchi moddalar taninlar, polifenollar, xujayra, tukima va fermentlarning suyukliklari oksillari bilan birikib xujayra yuzasida zich albuminatlarni xosil kiladi. Bundan tashkari usimliklar tarkibidagi moddalar yalliglanishga karshi ta’sirga ega. Usimlik preparatlari ma’lum darajada ichak sitoproteksiyasi, ichak shillik barerlarini saklash va tiklash xususiyatiga ega.

Diareya sindromida usimlik preparatlarning Yuqoridagi xususiyatlari bilan ularning ogir bulmagan xolatlarda berish shuningdek kompleksli terapiyada kullash tavsiya etiladi. Ular damlama, utli choylar xolatida ishlatilib bu ularni kullashda nokulaylik tugdiradi va ta’sir etuvchi moddalar turgunligini kamaytiradi. Diareyani davolash uchun moychechak gullari, chernika mevalari, cheremuxa mevalari, krovoxlebkaning ildiz va ildizpoyalari, olxa soxta mevalari, dalachoy er ustki kismi, badan ildizpoyasi, gozpanja ildizpoyasi, kora duba.


7)Kup ta’sirli preparatlar.Bu gurux preparatlariga burushtiruvchilar, adsorbsiyalovchilar, regidrantlar va antiseptiklar kiradi. Bu preparatlarga: bepasal ( salol antiseptigi va papaverin ogrik koldiruvchisi va belladonna ekstrakti), tannakomp ( burishtiruvchi va yalliglanishga karshi ta’sir uchun tanin albuminat va etakridin laktat- antibakterial va antiseptik vosita sivatida), enterosedativ ( kaolin, pektin va natriy sitrat).
- Diareya vaktida organizmda kup miqdorda suyuklik va elektrolitlar yukotiladi, shuning uchun peroral regidratatsiya uchun preparatlarni berish zarur,

- Peroral regidratatsiya uchun ishlatiladigan tuzli preparatlarni nazoratsiz kullash suv- elektrolit muvozanatining buzilishiga olib keladi,

- Peroral regidratatsiya uchun ishlatiladigan preparat eritmalariga shakar kushib bulmaydi ( eritmaning osmotikligi ortadi, natijada diareya kuchayadi).

- Sorbent guruxining adsorbsion xususiyati tufayli bir vaktning uzida berilayotgan boshka peroral preparatlarni samaradorligini kamaytiradi.

- Adsorbentlar va boshka preparatlarni ichish orasida intervalni saklash lozim,
- Adsorbentlarni uzok kullash sababli organizmda vitaminlar, oksillar, yoglar va b.lar etishmasligi kuzatiladi,

- Uzok muddatli kullaniladigan adsorbentlar ta’siri tufayli ( yoki katta dozalarda kullanilsa) qabziyatga olib kelishi mumkin,


- Attapulgitni tananing Yuqori xaroratida kullash mumkin emas,

- Attapulgitni xomiladorlikni birinchi 3 oyligi va emizikli paytida kullash mumkin emas,

- Tabletka shaklidagi annapulgitni 6 yoshdan sung, suspenziya xoldagisini 3 yoshdan sung berish mumkin,
- Diosmektinni yangi tugilgan chakaloklorga va chala tugilgan chakaloklarga berish mumkin,

- Xolestiramin ichak yulidagi ut kislotasini yuk kilib, yog va yogda eriydigan vitaminlar surilishini buzadi,

- Fermentli preparatlarni ovqat paytida yoki ovqatdan sung kabul kilish lozim,

- Tabletka xolidagi fermentli preparatlarni chaynash ruxsat etilmaydi,

- Loperamidni jigar kasalligi bulgan bemorlarga kullashda extiyot chorasini kurish lozim,

- Antiperistaltik vositalarni kullash natijasida korinning pastki soxasida ogrik bulishi, xolsizlik, apatiya, bosh ogriklari kuzatilishi mumkin,

- Sandostatin vrach kursatmasi bilan beriladi,

- Antimikrobli davolashda probiotiklar va lineks yoki bifi- shakl preparatlarni berish mumkin, chunki ular tarkibida ichak florasining antibiotikorezistent shtammlari mavjud,

- Xilak va xilak forte preparatlarini sut va sut maxsulotlari bilan kabul kilish tavsiya etilmaydi,

- Xilak va xilak forte preparatlarini antatsid preparatlari bilan bir vaktning uzida kabul kilish mumkin,

- Laktobekterin va laktobatsilus atsidofilus preparatlarini sut bilan ichish tavsiya etiladi.
Disbakterioz- ichak mikroflorasining ( foydali mikrofloraning kamayishi va patogen mikrofloraning ortishi) va sifatining ( ichak florasining biologik xususiyatlarining uzgarishi, foydali funksiyalarini bajarilishining susayishi va zaxarliligining ortishi) uzgarishi.

Zamonaviy epidemiologik taxlillap natijasiga kura, er yuzining 90% axolisi ichak disbakteriozining u yoki bu turlari Bilan kasallangan. Bu avvalambor noratsional ovqatlanish, stress, organizmning immunologik reaktivligining susayishi, tashki muxitning ekologik va fiz- ximiyaviy omillari, organizm mikroflorasiga ta’sir kiladigan dori vositalarini nazoratsiz kabul kilish bilan boglikdir.

SHu narsa aniklanganki, o’tkir ichak infeksiyasini boshdan utkazib davolanmasa ichakdagi disbiotik uzgarishlar 2- 3 yilgacha saklanib turadi.

Ichak disbakteriozi ayniksa 1 yoshgacha bulgan bolalarda ( 70- 80% ) va yangi tug‘ilgan chakaloklarda ( 80- 100% ) kup kuzatiladi. 1 yoshdan utganda disbakterioz 60- 70 % bolalarda, 3 yoshdan katta soglom bolalarda 30- 50% uchraydi. Lekin kup bolalarda bu kasallikning Biron bir klinik belgilari kurinmaydi.

Normal ichak mikroflorasining tarkibi va funksiyasi.

Odam organizmining xazm kilish trakti kup miqdordagi mikroorganizmlaring xayotiy faoliyati uchun muxit bulib xisoblanadi, tarkibi va miqdori jixatidan oshkozon- ichak traktining turli joylarida fark kiladi. Mikroorganizmlarning eng kup miqdori yugon ichakda buladi, normada 3 xil gurux mikroorganizmlari uchraydi: bifidobakteriyalar va bakteroidlar ( asosiy gurux); sut kislotali bakteriyalar va ichak tayokchasining shtammlari ( yordamchi gurux); stafilokokklar, zamburuglar, protey ( koldik gurux). Katta odam organizmida normada mikroflora tarkibi uzgarmas va uzaro muvozanatda buladi.


Sog‘lom odam axlatida turli mikroorganizmlarning miqdori

Bakteriyalar



1 gr dagi bakteriyalar miqdori

Bifidobakteriyalar

107-109

Bakteroidlar

107-1010

Laktobakteriyalar

106-109

Klostridiyalar

103-105

Esherixiyalar

105-108

Protey

104

Klebsiella

105

Sut kislotali stafilokokk

105-108

Oltin rangli stafilokokk

103

Enterokokk

105-106

Achituvchi zamburuglar

104

Odam ovqatining xususiyati va xayotiy faoliyati mikrofloraning vaktinchalik uzgarishga olib kelishi mumkin.

Xazm traktining mikroflorasi organizmning nospetsifik ximoyasi omiliga kiradi.
Normadagi ichak mikroflorasining asosiy funksiyalari.
- Detoksik ( enterokinazani, ishkoriy fosfotazani inaktivlash),

- Fermentativ ( oksil, lipid, uglevodlar, metabolizmi maxsulotlarini gidrolizi),

- Sintetik (vitaminlar, antibiotiklar va boshka biologik aktiv moddalarni sintezlash),

- Xazm kiluvchi ( xazm traktining fiziologik aktivligini oshirish),

- Antianemik (temir surilishini ta’minlaydi),

- Antiraxitik ( kalsiy va vit. D surilishini ta’minlaydi),

- Immunologik (immun tizimini aktivlashtirish, immunoglobulinlar, interferon sintezi),

- Mikroblararo antagonizm, shuningdek, zamburug‘lar bilan raqobat.

Normal ichak mikroflorasini buzadigan omillar kup va turlichadir.

Disbakteriozni rivojlantiradigan asosiy omillar.

Ekzogen:


- sanoatdagi zaxarlar,

- ishlab chikarish va turmushda sanitar- gigienik normalarga rioya kilmaslik,

- ionli nurlanish,

-iklim va georgafik omillar,


- Oshkozon- ichak traktida jarroxlik operatsiyalari.
Endogen:

- immunologik buzilishlar,

- stress xolatlari,

- oshkozon ichak traktida noinfeksion kasalliklar ( ichak va ut pufagining patologiyasi, oshkozon yarasi kasalligi va b.lar),

- infeksion kasalliklar,
- kandli diabet,

- revmatik kasalliklar,

- och kolish,

- noratsional ovqatlanish,

- karilik yoshi,

- dori preparatlaridan noratsional foydalanish.

Yuqorida aytib utilgan omillardan tashkari, bolalardagi disbakterioz rivojlanishiga kuyidagilar xam ta’sir kilishi mumkin:

- anatomik buzilishlar,

- ovqat allergiyasi,

- ovqatlanish koidalarini buzish,

- antibakterial davolanishlar

Disbakteriozning klinik kurinishi turlicha bulib, ichak normal biotsenozining buzilish darajasiga boglik. Bir kator kasallarda disbakterioz belgilari kuzatilmasligi mumkin, lekin eng kup uchraydigan shikoyatlar:

- ich ketish ( korin damligi va ich ketish bilan birga kelishi mumkin),

- korinning shishishi va gurullashi,

- korin pastki soxasidagi og‘riq ( damligi chikib ketgandan sung kamayadi),

- kungil aynishi, kekirish, ogiz bemazaligi.

Bundan tashkari uzok muddatdan sung ikkilamchi disbakterioz rivojlanib, kuyidagi patologik xolatlar kelib chikishi mumkin:

- asteonevrotik sindrom (gipovitaminoz va intoksikatsiyadan kelib chikkan),

- anemiya,

- gipoproteinemiya,

- osteomalyasiya,

- tana vaznining kamayishi,

- gipovitaminoz ( asosan yoglarda eriydigan vitaminlar).

YOsh bolalarda disbakterioz xolatida ukchish, kusish, tana vaznining usishining tuxtashi, bezovtalanish, uykuning buzilishi kuzatiladi. Najas kup, suyuk yoki kuyukrok bulishi, kupikli, yashil rangli va yiring xidli bulishi mumkin. Ovqatdan 2- 3 soatdan sung korindagi ogrik xurujli bulishi, korinning shishi bilan kuzatiladi.


Ichak mikroflorasi buzilishining 3 xil klinik darajalari bor:

1 daraja. Kompensirlangan ( latent disbakterioz) bifido va laktobakteriyalar mutanosibligida aerob mikroorganizmning miqdoriy uzgarishi bilan xarakterlanadi. Klinik belgilari mavjud emas.

2 daraja. Subkompensirlangan ( yoki maxalliy) disbakterioz- esherixiylarning sifatiy va miqdoriy uzgarishi bilan birgalikda bifidobakteriyalarning kamayishi va shartli- patogen mikroorganizmlarning kupayishi bilan xarakterlanadi. Bunda ichakda yalliglanish jarayonlari kuzatiladi (enterit, kolit).

3 daraja. Keng tarkalgan disbakterioz- ichak normal mikroflorasining sifatiy va miqdoriy uzgarishi bilan kuzatiladi. Turli xil ichak disfunksiyalari xar xil darajalarining klinik kurinishlari buladi. Generallangan disbakterioz – patogen ichak tayokchasining kupayib ketishi bilan birga bifido bakteriyalarning yuqolishi va sut kislotali bakteriyalarning kamayishi bilan xarakterlanadi. O’tkir ichak disfunksiyasi, bakterimiya, septik kurinishlar, ichki organlarda distrofik uzgarishlar buladi.



Ichak disbakteriozini asosiy davolash yullari.

Ichak disbakteriozini davolash kompleksli amalga oshiriladi. U disbakteriozni chakiruvchi sabablarni yukotishga, patogen va shartli- patogen mikroorganizmlar eliminatsiyasi va yugon ichak mikroflorasini tiklashga karatilgan. Mikroflorani tiklash « Probiotiklar» deb nomlangan preparatlar yordamida amalga oshiriladi.

Ambulatoriya sharoitida davolash fakatgina latent (kompensirlangan) shakldagi ichak disbakteriozida amalga oshiriladi. Uni uzboshimchalik bilan davolab bulmaydi- najasning mikrobiologik analizi va albatta vrach kurigidan utish lozim.
Ichak disbakteriozini parxez bilan davolash.

Ratsional parxezli davolashga asoslangan. Ichak disbakteriozidagi parxezli davolash tulakonli, ximiyaviy, mexanik, termik tozalangan bulishi va kuyidagilarga e’tibor berilishi lozim:

- tulakonli ovqatlanishni ta’minlash,

- xazm sistemasidagi organlar va ichakning funksional xolatini yaxshilash,

- regeneratsiya jarayonlarini va immunitetni kuchaytirish.
Disbakterioz xolatida kaynatilgan yogsiz gusht, balik, butkalar ( grechkali, sulili, guruchli) yogsiz tvorog, kattik ok non, kup miqdordagi meva va sabzavotlar ( ozika tolalarini saklamaydigan maxsulotlar sifatida) berilishi lozim.

gusht va balik berish tavsiya etiladi.

Bolalarda katik maxsulotlarini va ximiyaviy tarkibi jixatidan ona sutiga yakin bulgan maxsus aralashmalar – « AGU- 1» , « AGU- 2», atsidofil « Malyutka», « Bifilin», « Narine», « Bifilin- M», « Laktabakterin», « Tonus», « Vita», « Biokefir», « Bifidokefir», « Bifidok»- sutli aralashmalari, yogurtlarni berish lozim.

Ichak disbakteriozini dorilar bilan davolash.

Kompensirlangan disbakteriozda mikroflorani yaxshilash va patogen, shartli- patogen mikroblar usishini tuxtatish uchun probiotiklar ishlatiladi, ular uz tarkibida 20 dan ortik mikroorganizmlarning komponentlari va maxsulotlarini saklaydi.

Probiotiklar (Eubiotiklar)- ichishga kabul kilinganidan sung ichakda joylashadigan ichak normal mikroflorasining liofil kuritilgan kuchsiz shtammlaridir. Ichakda kiritilgan bakteriyalar uksus va sut kislotasini xosil kilib, kislotali muxitni vujudga keltiradi, bu esa yiringli, gaz xosil kiluvchi mikroorganizmlar ( klostridi, protey, bakteroidlar) ni xalok kiladi; antibakterial moddalarni xosil kiladi, ular esa turli xil shartli- patogen bakteriyalarni va ichak infeksiyalarini kuzgatuvchilarni ( salmonellalar, shigellalar va b.lar) bulinishini tormozlaydi.

Asosiy probiotiklarni solishtiruv xarakteristikasi


Savdodagi nomi

Tarkibi

Antibio

tiklar bilan mosligi

Bolalar va xomiladorlarga ishlatilish mum-nligi

Kullashning uziga xos tomonlari

Laktobakteriyalar asosidagi preparatlar

Laktobakte

rin kuruk



tirik

laktobakteriyalar




+

+/+

Sut bilan ichgan ma’kulrok

Laktobatsil

lus atsidofilus



tirik

laktobakteriyalar




+

+/+

Sut bilan ichgan ma’kulrok

Yogurt

Lactobacillus acidophilus, Lactobacillus bifidus, Lactobacillus bulgaricus, Streptococcus thermophillus



+/+

Preparatni issik suyukliklar va alkogol bilan ichish mumkin emas.

Ekstralakt

Lactobacillus acidophilus, ozuka tolalari, vitaminlar



+/+

Ovqatdan oldin va kaynatib sovutilgan suv bilan ichgan ma’kul

Tarkibida bifidobakteriyalar saklagan preparatlar

Bifidumbak

terin


tirik bifidobakteriyalar liofilizati



+/+

Preparatni issik suvda eritish va erigan xolda kup vakt saklab bulmaydi.

Bifikol

Bifidobakteriyalarning antogonist aktiv shtammlari va ichak tayokchasini birgalikda ustirilib liofil kuritilgan mikrobli massasi



+/+

Preparatni issik suvda eritish va erigan xolda kup vakt saklab bulmaydi.

Bifiform

bifidum bakteriyalar, enterokokklar

+

+/+

Preparatni issik suyukliklar va alkogol bilan ichish tavsiya etilmaydi.

Kup komponentli probiotik preparatlar

Lineks

Lactobacillus acidophilus, Lactobacillus bifidus, Streptococcus faecum

+

+/+

Preparatni issik suyukliklar va alkogol bilan ichish tavsiya etilmaydi.

Och koringa ichilganda kup miqdordagi suv bilan ichgan ma’kul.



Boshka dorivor preparatlar- probiotiklar

Baktisubtil

Bakteriyalar sporalari kultura IP 5832



+/+

Preparatni issik suyukliklar va alkogol bilan ichish tavsiya etilmaydi.


Biosporin

B. subtillis, B. licheniformis



+/+

Preparatni issik suvda eritish va erigan xolda kup vakt saklab bulmaydi.

Kolibakte

rin


Tirik ichak tayokchasi bakteriyalarining liofilizati



+/+

Preparatni issik suvda eritish va erigan xolda kup vakt saklab bulmaydi.

Flonivin BS

Toza kuruk kultura Bacillum IP 5832 vegetativ sporalari bilan



—/+

Preparatni issik suyukliklar va alkogol bilan ichish tavsiya etilmaydi.



Xilak

Lactobacillus helveticus DSM 4183 ning xayotiy maxsulotlari

+

+/+

Sut va sut maxsulotlari bilan ichish tavsiya etilmaydi.

Preparatni ovqatdan oldin yoki ovqat paytida biroz miqdordagi suv bilan kabul kilish tavsiya etiladi



Xilak forte

Escherichia coli, Streptococcus faecalis DSM 4086, Lactobacillus acidofilus, Lactobacillus helveticus larning xayotiy maxsulotlari

+

+/+

Sut va sut maxsulotlari bilan ichish tavsiya etilmaydi.

Preparatni ovqatdan oldin yoki ovqat paytida biroz miqdordagi suv bilan kabul kilish tavsiya etiladi


Probiotiklarni o‘rnini bosuvchi terapiyada emas, balki normal mikroflorani ta’minlaydigan preparatlar sifatida beriladi.


Eubiotiklar tomonidan yiringlash va achish jarayonlarini susaytirish meteorizmni oldini oladi, xazm jarayonini yaxshilaydi va uz navbatida organizm immun sistemasining infeksiyalarga bulgan karshiligini oshiradi. Eubiotiklar ayniksa bolalarda disbakteriozni davolashda xam oldini olishda beriladi.

Disbakteriozni davolash va oldini olish uchun probiotiklar bilan bir katorda boshka ovqatlanishning funksional maxsulotlari ishlatiladi. Bu probiotiklarning uziga xos shakli bulib, inson organizmidagi fiziologik funksiyalari va bioximik reaksiyalarni boshkarib turadi, tabiiy olingan xar kungi ist’emol uchun muljallangan ovqat maxsulotlaridir.

Bizning mamlakatimizda ovqatning funksional maxsulotlariga tarkibida bifido- va lakto- bakteriyalarni sut kislotali maxsulotlar- « Biokefir», « Bifilayf», «Narine», « Gerolakt», « Streptosan», « Yogurt» va Yuqorida aytib utilgan bolalar uchun maxsulotlar kiradi.

Tarkibida sut kislotali bifidobakteriyalar, ozika tolalarini va tabiiy antioksidantlarni doimo ist’emol kilib yurish soglikni kuchaytirishga, tashki muxitning nokulay omillarining ta’sirini kamaytirishga, umrni uzoklashtirishga yordam beradi.


Probiotiklarni qo‘llashdagi farmatsevtik yordam.

- Probiotiklarni kabul kilishdan avval vrach bilan maslaxatlashish zarur,

- Ingichka va yugon ichaklardagi disbakteriozni davolash uchun kup komponentli kompleks preparatlar « Lineks» tavsiya kilinadi,

- «Lineks» ni bolalarga berayotganda kapsulani ochish va 1 choy koshikdagi suyuklik ( choy, suv, sharbatlar bilan aralashtirib berish mumkin. Xosil bulgan aralashma ok rangli buladi. Saklash mumkin emas.

- Antimikrobli davolashda probiotiklar yoki lineks preparatlari bifi shakllarni kullash mumkin, chunki ularning tarkibida ichak mikroflorasining antibiotikorezistent shtammlar mavjud.

- Xilak va xilak forte preparatlari sut va sut maxsulotlari bilan kabul kilish tavsiya etilmaydi,

- Xilak va xilak forte preparatlarini antatsidlar bilan birgalikda kabul kilish mumkin emas,

- Laktobakterin va laktobatsillus atsifilus preparatlarini sut bilan kabul kilish lozim,

- Xamma probiotiklarni issik suyukliklar bilan ichish maslaxat berilmaydi,

- Xamma probiotiklarni alkogol bilan kabul kilish ruxsat etilmaydi,

- Disbakteriozni oldini olish uchun ovqatning funksional maxsulotlari berilishi lozim.
Jigarning funksional rezervlari bulganligi sababli undagi kasalliklarning klinikasi ancha kech kuzatiladi. SHu bilan birgalikda kasallikning simptomlarini jigarga ogirlik kilib aniklasa buladi. ( Kup ovqat eyish, yogli ovqat ist’emol kilish, ogir jismoniy xarakatlar kilish). Jigardagi yomon xolatning belgisi bulib undagi ogirlik xissi, ung kovurgalar osti soxasida utmas ogrik, ishtaxaning yukolishi, yogli va achchik ovqatlarni xazm kilish kiyinlashishi, umumiy xolsizlik xisoblanadi. Bu belgilar bilan birgalikda boshka belgilar xam bulishi, ogizning kurishi va bemaza bulishi, nordon kekirishlar kuzatilishi mumkin. Keyinchalik bu belgilarga kushimcha terining kichishishi ( kuprok kechki payt) sababsiz charchoklik, mushaklaring bushashishi, uykuning buzilishi, uykusizlik vujudga keladi. Terining rangi sargish yoki buz rangga kirishi kuzatiladi.

Sabablari:

Turmush tarzi sababli asabiy zurikishlar ( stress) va tashki muxitning boshka omillari jigar ish faoliyatiga salbiy ta’sir kiladi. Jigar- kup funksional, xayot faoliyati uchun zarur bulgan organdir. Uning funksiyalariga metabolitlik, eksekretor ( ayirish) va depolik funksiyalari kiradi. Ovqat xazm kilish, gormonlar, vitaminlar va turli xil fermentlar almashinuvidagi roli katta. SHuningdek jigar uglevodlar, oksillar, organizmdagi yog va pigmentlar almashinuviga javobgardir.

U barerlik funksiyasini bajaradi, tashkaridan kirgan moddalardan xosil bulgan bir kator toksinlarni zararsizlantiradi. Regeneratorlik funksiyasi juda katta axamiyatli. Jigar uz massasini 15- 100% ga kayta tiklashi mumkin. Lekin toksinlar ta’siri va organizmning karishi natijasida bu nisbat kamayishi mumkin.

Jigar etishmovchiligining asosiy sababi organ faoliyatini buzuvchi gepatotsidlar ulimiga olib keladigan virusli gepatit bulib xisoblanadi.

Vakt utgandan sung xujayraning ma’lum bir kismi kayta tiklanadi, lekin asosiy faoliyat zararlanmagan gepatotsidlar urtasida taksimlanadi. Alkogolni doimiy ist’mol kilish jigar sirroziga olib keladi. Organning asosiy kismi funksional aktiv bulmagan biriktiruvchi tukima bilan almashadi. Jigar sirrozining sababi bulib ma’lum bir miqdordagi zaxarli moddalar ta’siri ( ogir metall tuzlari, usimlik zaxarlari va b.lar) shuningdek kandli diabet, upka kasalliklari, ogir pankreatit va enterit kasalliklari bilan birga, semizlik, notugri ovqatlanishdan kelib chikishi mumkin. Tashki muxitdan kirgan toksinlar (shuningdek endogen xosil bulgan) moddalar ta’siri natijasida ulim bilan tugaydigan jigar etishmovchiligi kasalligi vujudga kelishi mumkin.

Klassifikatsiya.Jigar kasalligi turini aniklash uchun avvalo kasallikni gepatit ( yalliglanish natijasida) va gepatoz ( yalliglanishdan kelib chikmagan zararlanishlar) ni farklash muximdir. Gepatit o’tkir infeksiyalar ( viruslar) natijasida kelib chikadigan va surunkali o’tkir yalliglanish tufayli va uning yaxshi davolanmasligidan kelib chikadigan turlari ma’lum.

Kup xollarda surunkali gepatit- zaxarli ta’sirlar natijasi bulib koladi. Keyinchalik fibroz va spetsifik gepatoz rivojlanadi. Gepatitlarga karaganda gepatoz xolatlari xavfsizrokdir, chunki ularni oxirgacha davolash va bemor xolatini davolash muolajalari, parxez bilan nazorat kilib turish mumkin.

Etiologiyasiga kura gepatit- virusli, alkogol sababli, zaxarlar sababli, dorilar tufayli kelib chikishi va ayrim spetsifik gepatitlar ( porfiriya, glikogenez, galaktozemiya va b.lar) bulishi mumkin.

Vrachga murojaatni talab kiladigan xavfli simptomlar.- ung kovurga osti soxasida ogrik, ich ketishi, kungil aynishi bilan birga keladilagn o’tkir ogrik, terining sargayishi,

- ung kovurga osti soxasida ogirlik, xolsizlik, mushaklar bushashishi, vakt utishi bilan kuchayadigan teri va sklera kavatining sargayishi,

- ung kovurga osti soxasida ogrik, kungil aynishi, 2 xaftadan ortik davom etgan ish kelishning buzilishi,

- ung kovurga osti soxasida ogirlik tana xaroranining kutarilishi bilan birga kelishi.



Farmatsevtik yordam.- Jigar funksiyasining buzilganligini tiklash uchun gepatoprotektorlar bilan birga V gurux vitaminlari, askorbin kislotasi, mikroelementlarni berish samarali ta’sir kursatadi. Mikroelementlari bulgan polivitaminli komplekslarni berish tavsiya etiladi.

- Gepatoprotektorlarni ovqatdan sung, chaynamasdan va oz miqdordagi gazlanmagan suv bilan kabul kilish lozim,

- Gepatoprotektorlarni kullash mumkin bulmagan xolatlari bu preparatning ayrim komponentlariga sezuvchanlikning ortib ketishi xolatidir,
- Ba’zi xollarda gepatoprotektorlarni kabul kilish natijasida ichning buzilishi, xazm yullarida noxushlik, kungil aynishi kabi belgilar kuzatilib ularning bulishi preparat kabul kilishni tuxtatishga majburlamaydi va preparatni ovqatdan sung minimal dozaga tushirish mumkin,

- Gepatoprotektorlar bilan davolash uzok vakt ( 1 oy va undan kup) davom etilganligi uchun uni kabul kilishda dozalarga kattik rioya kilish kerak,

- Xavfli xolatlar kuzatilganda ( gepatotoksik preparatlar kabul kilinganda, ximiyaviy va radiatsion muxitlarda ishlash xolatlarda) gepatoprotektorlarni kasallik oldini olish maksadida kullash mumkin,

- SHuni esda tutish kerakki gepatoprotektorlar tarkibida artishok usimligining ta’sir kiluvchi moddasi diuretik va ich surgi ta’sirga ega,

- Ovqat ratsioni kup tarkibli bulishi, lekin ekstraktiv moddalari kam bulishi-( kaynatilgan gusht shurvasi, sous va b.lar) yogli maxsulotlari bulgan taomlar, achchik gazaklar, kovurilgan ovqatlar, shur va dudlangan maxsulotlardan xoli bulishi lozim. Ovqat rafionida usimlik kletchatkasi bulgan maxsulotlar ( mevalar, sabzavotlar, non, un va b.lar) bulishi kerak,

- Kuniga 4- 5 marta ovqatlanish, lekin porsiyalar katta bulmasligi, kechki tushlik uxlashdan 3 soat oldin bulishi kerak,

- 1 kunda ichiladigan suyuklik 1- 1,5 l ( asosiy kismi kunning birinchi yarmida) bulishi kerak,

- Jigari kasal bulgan bemorlarga ogir jismoniy xarakat va jismoniy mexnat kilish ruxsat etilmaydi,


- Alkogol ichimliklari ist’emol kilishdan voz kechin, dori preparatlari va toksik moddalar bilan ishlaganda extiyot choralarini kurish kerak.

Ut pufagi va ut yullarining funksional buzilishlari.Ut pufagi va ut yullari funksiyalarini buzilishining asosiy simptomlari bu ung kovurga osti soxasida ogrikning vakti vakti bilan bulib parxezning buzilishi sabab bulishi mumkin.( yogli va achchik ovqatni kup ist’emol kilish, alkogol, kremli shirinliklar va b.lar).Ogrik turlicha bulishi mumkin. Ut yullaridan utning chikishi sekinlashsa ogrik uzok muddatli, elkaga utuvchi, ung kurak soxasida buladi va ut yullarida toshlarning tikilishi yoki ut pufagining keskin kengayishidan bulishi mumkin. Boshka paytlarda oshkozon osti bezida yalliglanish ( pankreatit) jarayonlari bilan birga kelsa, ogrik chap kovurgalar ostiga utadi.

YUrak ishemik kasalligi bulgan katta yoshli bemorlarda ogrik kukrakning chap kismi yoki orka kismida ( reflekto stenokardiya) buladi. Kup bemorlarda kungil ayonishi va kayd kilish- ovqat bilan aralash, keyinrok esa ut suyukligi bilan aralash keladi. Tana xaroratining kutarilishi- subfebrildan to baland xaroratgacha kuzatilishi mumkin. Utning ut yulidan utmasligi sababli kasallar 2-3 kundan sung o’tkir ut yuli ogrigi bilan birga terining va sklera shillik kavatining sargayishi kuzatiladi.

Sabablar.

Ut va ut yullari kasalliklari funksiyalari buzilishiga olib keluvchi omillar juda kup bulib, ularning eng kupi kuyidagilardir:

- Noratsional ovqatlanish ( katta kaloriyali ovqatlar va usimlik tolalarining etishmasligi),
Ut pufagi innervatsiyasining buzilishi,

- Ut pufagi va ut yullari tugma nuksonlari ( ut pufagi shaklining uzgarishi- yoysimon, aylangan, chuzilgan va b.lar)

- Semizlikdagi gipodinamiya,

- Infeksion kuzgatuvchilar ( lyambliyalar) yoki gelmentlar ( jigar suruvchisi)ning ta’siri natijasida yalliglanish jarayonlarini rivojlanishi,

- Ut suyukligi ( staz) yurishining ximiyaviy tarkibi uzgarishi natijasida yoki dori vositalari ( anabolik steroidlar, tiazid diuretiklar, estrogenlar, eritromitsin, linkomitsin, indometatsin va b.lar) ni kabul kilish,

-Ut toshi kasalligi. Ut pufagi bushligida toshlarning bulishi uning xarakatiga tusiklik kilib yalliglanish jarayonini keltirib chikaradi.

Klassifikatsiya.

Ut pufagi funksiyasining buzilishi xolatida o’tkir va surunkali xoletsistit turlari ajratiladi, buning sababi bulib ut toshi kasalligi ( kalkulez xoletsistit) va toshsiz kasalliklari ( nokalkulyoz xoletsistit) bulishi mumkin. Birinchi xolat ut chikarish yulining tusilib kolishi sababli ogirrok xolat bulib xisoblanadi.

O’tkir xoletsistitni 3 ta shakli bor:

- Kataral, kuchsiz klinik belgilar ( 2 kundan 7 kungacha)i bulib dori vositalari bioan davolansa tez utib ketadi,

- Flegmonoz, kasallik belgilari yakkolrok namayon buladi,
- Gangrenoz, jarroxlik yordamini talab kiladigan xolat.

Ut yullarining xarakati buzilsa diskeniziya deb nomlanib atonik ( funksiyasining susayishi) va gipertonik ( funksiyasining kuchayishi) turlari mavjud.

Vrach urdamini talab kiladigan xavfli belgilar.

- Terining sarikligi va kichishishi,

- ut pufagi va ut yullari buzilishini kursatadigan belgilarning 2-3 kun davomida avjud bulishi,

- Ung kovurgalar osti soxasida ogrik biln kechadigan jigarning o’tkir ogrigi,

- Jigardagi o’tkir ogrik butun korin soxasiga tarkalib, xolsizlik va charchoklin bilan birga kelsa.

Farmatsevtik yordam.

- Ut xaydovchi preparatlarni ovqatdan oldin yoki ovqat paytida oz miqdordagi suv bilan kabul kilish lozim,
- Diareyaga moyilligi, yugon ichak yalliglanishi bulgan xolatlari tarkibida ut komplekslari bulgan ut xaydovchi preparatlarni berish mumkin emas,

- Ut xosil bulishi va utni xaydashni yulga kuyuvchi preparatlarni berish parxez bilan birga bulishi kerak,

- Ut pufagi va ut yullari kasallangan bemorlar ovqatni tez- tez, kam- kamdan va bir xil vaktda kabul kilishlari lozim. Sifatli ovqat ratsionini kasallik boskichiga karab aniklanadi. Xurujlar orasida ozik tolalariga boy, yog, achchik, kovurilgan, alkogoldan xoli bulgan taomlar berilishi kerak. Xolelitiaz xolatida un maxsulotlari, krupa, gusht ( chuchka, mol, kuy gushtlari), balik, tuxumlarni ist’emol kilishni kamaytirish kerak. Kasallikning zurayishida parxez ximiyaviy va mexanik kup tarkibli bulishi, usimlik kletchatkalaridan xoli bulishi kerak. YAlliglanishga karshi parxezda osh tuzini ist’emol kilishni kamaytirish va ozik oksillari bilan boy taomlarni ist’emol kilish lozim,

- Utning kupayib kolishini oldini olish maksadida ovqatni ist’emol kilingandan sung 30- 40 dakika gorizontal xolatda yotish lozim,

- SHuni esda tutish joizki, ta’sir etuvchi moddasi sifatida artishok bulsa, uning engil diuretik ta’siri mavjud,

- Ba’zi kompleksli terapiyada beriladigan fermentli preparatlar tarkibidagi ut komponentlari xisobiga ut xaydovchilik ta’sirini namoyon kiladi,

- Ut pufagi va ut yullari kasalliklari bulgan kasallar ichaklarni tozalash ( qabziyatni oldini olish uchun) zarur. Artishok preparatlarini kup kullash ichning ketishiga olib keladi,

- SHuni bilish kerakki, Magniy sulfat ut xaydovchi va surgi ta’sirga ega. Jigarning o’tkir ogrigining 1 chi kunlarida magniy sulfatni surgi sifatida berish mumkinmas,

- Ut pufagi va ut yullarining surunkali kasalliklarida ut surgi preparatlarni uzok muddat 10- 20 kun kabul kilish kerak,

- Usimliklardan olingan ut xaydovchi preparatlarning noj’uya ta’sirlari kamdan kam kuzatilib, preparat tarkibidagi ba’zi moddalarga sezuvchanlik natijasida kelib chikadi. Terining kichishishi, kizarish, diareya kurinishidagi allergik xolatlar kuzatilishi mumkin

-Utning tuplanib yigilishiga olib keladigan preparatlarni buyrak, jigar, ut pufagi, ut va siydik yullari kasalliklarning xurujida kabul kilib bulmaydi,

- Ut pufagi va ut yullari kasalliklari bulgan kasallarga ogir jismoniy ishlar, tananing nokulay xolatidagi ishlar, kattik silkinishli uzok safarlarga chikish man etiladi. Sovuk olishdan saklanish lozim! Jigar funksiyasining buzilganligini tiklash uchun gepatoprotektorlar bilan birga V gurux vitaminlari, askorbin kislotasi, mikroelementlarni berish samarali ta’sir kursatadi. Mikroelementlari bulgan polivitaminli komplekslarni berish tavsiya etiladi.

- Gepatoprotektorlarni ovqatdan sung, chaynamasdan va oz miqdordagi gazlanmagan suv bilan kabul kilish lozim,

- Gepatoprotektorlarni kullash mumkin bulmagan xolatlari bu preparatning ayrim komponentlariga sezuvchanlikning ortib ketishi xolatidir,


- Ba’zi xollarda gepatoprotektorlarni kabul kilish natijasida ichning buzilishi, xazm yullarida noxushlik, kungil aynishi kabi belgilar kuzatilib ularning bulishi preparat kabul kilishni tuxtatishga majburlamaydi va preparatni ovqatdan sung minimal dozaga tushirish mumkin,

- Gepatoprotektorlar bilan davolash uzok vakt ( 1 oy va undan kup) davom etilganligi uchun uni kabul kilishda dozalarga kattik rioya kilish kerak,

- Xavfli xolatlar kuzatilganda ( gepatotoksik preparatlar kabul kilinganda, ximiyaviy va radiatsion muxitlarda ishlash xolatlarda) gepatoprotektorlarni kasallik oldini olish maksadida kullash mumkin,

- SHuni esda tutish kerakki gepatoprotektorlar tarkibida artishok usimligining ta’sir kiluvchi moddasi diuretik va ich surgi ta’sirga ega,

- Ovqat ratsioni kup tarkibli bulishi, lekin ekstraktiv moddalari kam bulishi-( kaynatilgan gusht shurvasi, sous va b.lar) yogli maxsulotlari bulgan taomlar, achchik gazaklar, kovurilgan ovqatlar, shur va dudlangan maxsulotlardan xoli bulishi lozim. Ovqat rafionida usimlik kletchatkasi bulgan maxsulotlar ( mevalar, sabzavotlar, non, un va b.lar) bulishi kerak,

- Kuniga 4- 5 marta ovqatlanish, lekin porsiyalar katta bulmasligi, kechki tushlik uxlashdan 3 soat oldin bulishi kerak,

- 1 kunda ichiladigan suyuklik 1- 1,5 l ( asosiy kismi kunning birinchi yarmida) bulishi kerak,

- Jigari kasal bulgan bemorlarga ogir jismoniy xarakat va jismoniy mexnat kilish ruxsat etilmaydi,


- Alkogol ichimliklari ist’emol kilishdan voz kechin, dori preparatlari va toksik moddalar bilan ishlaganda extiyot choralarini kurish kerak.

Nazorat savollari.

    1. Disbakterioz, diareyalar, jigar va o‘t yo‘llarining surunkali kasalliklarida retseptsiz ishlatiladigan dori vositalaridan oqilona foydalanish deganda nimani tushunasiz.

    2. O’tkir diareyada vrach aralashuvini talab kiladigan « xavfli» simptomlarga nimalar kiradi.

    3. Peroral regidratantlarning solishtiruv xarakteristikasi haqida nima deya olasiz.

    4. Ichak disbakteriozini dorilar bilan davolash qanday amalga oshiriladi


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:

  1. Фармацевтическая опека/Под ред. И. А. Зупанец, В. П. Шерных, В. А. Усенко.— Х.: Золотые страницы, 2002.— 264 с.

  2. Farmatsevtik yordam fanidan ma’ruzalar matni 2006 yil.

  3. 3. Шаповалова В. М., Даниленко В. С., СҲаповалов В. В., Бухтиарова Т. А. Лекарственные средства, отпускаемые без рецепта врача.— Х.: Торсинг, 1998.— 528 с.

  4. Maxsumov M.N., Malikov M.M. Farmakologiya. T. Ibn Sino nash. 2006 y.

  5. Azizova S.S. Farmakologiya. T. Ibn Sino 2002 g.

  6. Xarkevich D.A. Farmakologiya. M. Meditsina 2008 y.


Qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. Aliev.X.U. Farmakologiyadan ma’ruzalar matni. 2000.

  2. Yunusxodjaev A.N. Осложнение лекарственных средств. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash,

2005, № 1.

  1. Samura B.A. va boshqalar Farmakoterapiya. Xarkov 2000 1-2 tom.

  2. Yunusxodjaev A. N. и др. Государственный реестр лекарственных средств и изделий медицинского назначения. . T. 2004.

  3. Yunusxodjaev.A.N. i dr. Spravochnik osnovnыx lekarstvennыx sredstv Respubliki

Uzbekistan. T. 1998 g.

  1. Клинические рекомендации и фармакологический справочник. Под ред. И.Н. Денисова, ЙУ.Л.Шевченко, Ф.Г.Назирова. M.2005 g.



5-MA’RUZA

MAVZU: NERV TIZIMI FAOLIYATI BUZILISHI (BOSH ORIQLARI, NEVROZLAR, STRESS HOLATLARI, DEPRESSIYALAR) VA TAYANCH XARAKAT APPARATI PATOLOGIYASIDA (BO‘G‘IM VA MUSHAK OG‘RIQLARI, OSTEOARTROZ, OTEOPOROZ) F.YO TAMOYILLARI.
Reja:

      1. Turli xil sababdan kelib chiqadigan bosh o­­­g‘riqlarida retseptsiz beriladigan dori vositalarini bilish va amalda tatbiq etish.

      2. Xar xil stres xolatlari va depresiyalarni bartaraf etuvchi dorilarni tavsiya qilishni bilish.

      3. Yallig‘lanish oqibatida kelib chiqadigan bo‘g‘im va mushak og‘riqlarida qo‘llaniladigan retseptsiz beriladigan dorilarni tayinlash.




Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə