Ўзбекистон республикаси



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə6/23
tarix26.03.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#34363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

iV. NAZARIY MATERIALLAR


1-MA’RUZA
MAVZU: FARMATSEVTIK YORDAM FANI VA UNING MAZMUNI. RETSEPTSIZ DORI MODDALARI BILAN DAVOLANADIGAN ASOSIY KASALLIK VA PATOLOGIK XOLATLARDA QAYD ETILADIGAN SIMPTOM VA SINDROMLAR HAQIDA TUSHUNCHA DORI VA OZIQ-OVQAT MODDALARINING O‘ZARO TA’SIRI, ULARNING FARM. YORDAMDA AHAMIYATI.

Reja:

  1. Farmatsevtik yordam fanining vazifalari, mazmuni, uning farmatsevtlar tayyorlashdagi ahamiyati.

  2. Asosiy kasalliklarning simptom va sindromlari haqida tushuncha Dori vositalarining oziq-ovqatlar bilan munosabati.

  3. Dorilarning so‘rilish jarayoniga oziq-ovqatlarning ta’siri.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) o‘zining dorilar siyosati doirasida strategik qarashini qayta ko‘rib chiqishni JSS Assambleyasi oldiga qo‘ydi. JSS Assambleyasi ushbu taklifni qo‘llab-quvvatladi va dorilar muomalasida farmatsevtlarning rolini yanada oshirish maqsadida 1988 yil Dexlida va 1993 y Tokioda maxsus 2 ta kengash o‘tkazdi. Bu kengashlarda Jahon farmatsevtlar federatsiyasi (MFF) dorilar siyosatiga va strategik yo‘nalishga oid standartlarni qabul qildi. Bu standartlar bo‘yicha 1994 yilning may oyida JSS Assambleyasi aloxida rezolyusiya qabul qildi. SHu rezolyusiyaga muvofiq JSST dorixonalarda «YAxshi dorixona amaliyoti» (GAP) nomli dorixona xizmatchilarining munosib ishlashlari bo‘yicha standart ishlab chiqadi. Ishlab chiqilgan standartda dorixona xizmatchilarining aholiga ko‘rsatadigan xizmatlarini sifat jixatidan yangi pag‘onaga ko‘tarish masalalari qayd etilgan.

Qabul qilingan standartning asosini jahon farmatsevtlarining professional xizmatini qaerda va kim bilan ishlashidan qat’i nazar oliy darajaga ko‘tarish tashkil etadi. SHu standart asosida MFF dunyo bo‘yicha barcha milliy farmatsevtik tashkilotlarga JSST qabul qilgan qo‘llanmaga binoan, o‘zlarining taktika va strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni va shunga yarasha yangi yo‘nalishlarni qabul qilishni o‘rtaga tashlaydi.

YUqoridagilardan kelib chiqib farmatsevtlar asosiy fanlar bo‘yicha etarli ma’lumotga ega bo‘lishlari, bilimlarini oshirib borishlari va undan foydalangan holda dorilarni samarali ishlatishlari lozim bo‘ladi.

Rivojlanib kelayotgan davlatlarda dori moddalarining samarasiga oid barcha javobgarlik farmatsevtlarga yuklanadi. Dorixona amaliyotining asosiy vazifasi aholini samarali DMlari bilan, tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va ularni qo‘llashda yordam berishdir. Bemorlarga optimal terapevtik yordam berish va ularni turli xil nojo‘ya ta’sirlardan himoya qilishda berilayotgan DMlarning sifati katta rol o‘ynaydi.

Keyingi yillarda bemorlarni farmatsevtlarga birlamchi murojaat qilishini ko‘payishi munosabati bilan «farmatsevtik yordam berish» ideologiyasi ishlab chiqildi. Bunda ijtimoiy tomondan kam ta’minlangan, DMni qabul qilish uchun etarli mablag‘i yo‘q aholining bir qismini yoshi katta bemorlar, onalar va bolalar, sununkali kasalliklarga chalinganlar tashkil etishini inobatga olgan xolda farmatsevtik yordam berish NAP ning asosini tashkil etadi.

YUqoridagilardan kelib chiqqan holda, NAP ning oldiga qo‘yilgan asosiy talablar quyidagilarni tashkil etadi:

- farmatsevtlar oldidagi birinchi masala bemorlarga kim va qaerda yashashidan qat’i nazar yaxshi sharoitni tashkil qilish,

- Dorixona amaliyotining asosini bemorlarni DMlari, tibbiyot amaliyotida ishlatiladigan asbob-anjomlar bilan ta’minlash hamda ularga kerakli ma’lumotlar, maslaxatlar berish bilan bemorlar qabul qilayotgan preparatlarning samarasini oshirish,

- DMlarining to‘g‘ri va tejamli qo‘llashni tashkil etish,

- Dorixona xizmatchilarining har bir xatti-xarakati aniq bemor uchun qaratilgan va aniqlangan bo‘lib, uni samarasi o‘sha bemor shaxsiga va xolatiga bog‘liq bo‘lishi kerak.

SHu talablarni oqilona amalga oshirish uchun farmatsevtlar quyidagi masalalarni hal qilishi kerak:

- farmatsevtlar mehnat ideologiyasining asosini iqtisodiy omillar bilan birga professional omillar tashkil etadi.

- bemorlarning DMlarini ratsional qabul qilishida farmatsevtlar ma’lum xissa qo‘shadi.

- farmatsevtlarning boshqa SSVgi mutaxassislari bilan o‘zaro munosabati, farmakoterapevtik davoni amalga oshirishda o‘zaro bir-biriga ishonchli, ochiq, oqilona va beg‘araz bo‘ladi.

- farmatsevtlarni boshqa xamkasblari bilan munosabati bir-birini ko‘ra olmaslik asosida emas, balki xamjixatlikka va dorixona xizmatini yaxshilashga qaratiladi.

- tibbiyot maskanlaridagi raxbar farmatsevtlar amaliyotda ishlatiladigan DMning sifati va bahosini aniqlashda bemorlarga hamdard bo‘lgan holda ishtirok etadilar.

- farmatsevtlar har bir bemor ustidagi tibbiy va farmatsevtik ma’lumotlardan baxobar bo‘lishi va bemorlarni bir dorixonadan foydalanishini yuzaga chiqaradi.

- farmatsevtlar davolash uchun qo‘llanilayotgan dorilar ustida to‘la va ob’ektiv ma’lumotga ega bo‘ladi.

- farmatsevt butun umri davomida, o‘zini professional xizmatini amalga oshirishda o‘zini kompetentligini baholash va saqlash uchun shaxsan javobgarlikni xis etadi.

- qabul qilingan milliy davlat standartlariga NAP xizmatlarida amal qiladilar.

Mana shu nufuzli MFF, JSST va JSS Assambleyasi muxokama qilgan, lozim topgan va uni qabul qilgan rezolyusiyalari asosida Toshfarmi yildan-yilga o‘zini o‘quv plan va programmalarini qayta ko‘rib chiqmoqda va rivojlantirmoqda. Xususan, 1966-1967 o‘quv yillarida Evropadagi rivojlangan davlatlarga (Daniya, Angliya), JSST tashkil etgan o‘quv kurslariga Institutimiz xodimlari jalb etilmoqda (Moskva, Barselona va b). Natijada farmatsiya fakultetining o‘quv rejalariga bir necha yangi fanlar va yo‘nalishlar kiritildi. Masalan, farmakokinetika, klinik farmatsiya, biokimyoviy farmakologiya, yig‘ma preparatlar texnologiyasi va b.

2005 yil JSST 7- regional kengashida institutimiz o‘quv rejasiga farmatsevtik yordam kiritish taklif etildi.

Axolini sog‘ligi va uni kundalik hayoti bilan bog‘liq xolatlarda ularni xayotiy zarur dori-darmonlar bilan ta’minlash farmatsevtlarning asosiy va professional burchidir. SHunday ekan, farmatsevtlar asosiy kasalliklarning simptom va sindromlari haqida tushunchaga ega bo‘lishlari kerak. SHuning uchun xam xozirgi kunda farmatsevtlar o‘zlarining bilim saloxiyatlarini yanada chuqurlashtirib bormoqdalar.Olib borilgan adabiyotlarning analizlari keyingi 15-20 yil ichida farmatsevtlarning ish soxasi va ularning axoliga ko‘rsatadigan yordamlarini qanchalik o‘zgarib ketganligini ko‘rsatmoqda. Xo‘sh, simptom deb nimaga aytiladi-yu, sindrom nima?



Simptom-kasallik yoki patologik xolatning belgisi bo‘lib, u sub’ektiv va ob’ektiv bo‘lishi mumkin. Sub’ektivni bemordan so‘rab olinadi, ob’ektivda bemorni turli yo‘llar bilan tekshirib olinadi.

Sindrom-yagona patogenez bilan bog‘liq kasallik belgilarining birgalikda yuzaga chiqishi. U biror kasallik (Mener sindromi) yoki kasallikning bosqichi (nefrotik sindromidagi uremiya xolati) deb qaraladi.

Men’er sindromi-ichki quloq kasalliklaridan biri. Bunda endolimfa suyuqligi ko‘payib, ichki quloq bosimi oshadi; natijada ko‘z soqqalari bejo harakat qiladi va kungil aynishi, bosh aylanishi, qayt qilish, muvozanat yo‘qolishi, quloq shang‘illashi, eshitish faoliyati buzilib, asta-sekin karlikka olib kelishi kuzatiladi.

Nefrotik sindrom (uremiya) surunkali glomerulonefritning bosqichi bo‘lib, azot shlaklarining tanada yig‘ilib qolishi va uning zaharlanishi bilan namoyon bo‘ladi.

Xozirgi kunda farmatsevtlar oddiygina dorilarni tayyorlash yoki sotishdan tashqari bemorlarni davolashda ishtirok etuvchi oila a’zosiga aylanadilar va SSV-ligiga qarashli barcha nufuzli tashkilot va korxonalar bilan bog‘liq bir butun komandani tashkil etadi.

Farmatsevtik yordam konsepsiyasi o‘zini-o‘zi davolash va o‘z-o‘ziga yordam berish, xolatlarini zo‘rayib borishi va dorixonalarga birlamchi murojaat xolatlarining ko‘payib borishi munosabati bilan yaqqolroq yuzaga chiqmoqda. Nima uchun degan savol tug‘iladi? CHunki bu jarayon turli xil omillar bilan bog‘liqdir. Masalan:

- insonning hayot tarziga (ichish, chekish, parxez va b).

- ijtimoiy-iqtisodiy omillarga,

- dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasiga,

- epidemiologik va demografik omillarga va b.faktorlarga bog‘liq

Tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonining qimmatlashishi, demografik o‘zgarishlar va kasalliklarning xarakteri bemorlarga xizmat qilish tizimida o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Bunday xolatlarda zamon provizorlardan dori vositalaridan aniq, ob’ektiv va samarali foydalanishni talab qilmoqda. Buning uchun ular asosiy kasalliklarning retseptsiz davolanadigan simptom va sindromlarini yaxshi bilishlari zarur. CHunki noto‘g‘ri beriladigan preparatlar yoki davoga mos tushmaydigan davo muolajalari uchun pul to‘lash bemorlar uchun, qolaversa jamiyat uchun zarardir.

Bu borada tibbiyot amaliyotiga kirib kelayotgan yangi soxalar, xususan farmakoepidemiologiya yoki farmakoekonomikaning yuzaga kelishi dorilarning ongli va ratsional qo‘llashda o‘z ta’sirlarini ko‘rsatadi. Bu yangi yo‘nalishlar davo uchun noto‘g‘ri va foydasiz mablag‘ sarflashni va shu tufayli nojo‘ya ta’sirlarni yuzaga chiqishini oldindan aniqlab berishi mumkin…!

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan bemorlarni dori-darmonlarga erishish masalasi kundan-kunga murakkablashib bormoqda. Bu masalada Respublikada ishlab chiqilgan «¡zbekiston Respublikasida ishlatiladigan hayotiy dori vositalari qo‘llanmasi ma’lum darajada yangilik kiritishi mumkin. CHunki qo‘llanmaga kiritilgan yuqori aktivlikka va sifatga ega dorilardan foydalanish bemorlarning byudjetini - mablag‘ni tejamli sarflashga yo‘l ochib beradi.

Savdodagi dorilar sifatini oshirish bilan birga farmatsevtlarning soxa spetsialisti sifatida maxoratlarini yanada oshirish zarur bo‘ladi. SHundagina farmatsevtlarning amaliyotidagi xizmatlarida dorilar ustidan sifatli nazoratni yuzaga chiqarishi va asosiy kasallik va patologik xolatlarda qayd etiladigan simptom va sindromlarini davolashni yuqori darajaga kutarish va shu yo‘l bilan bemorlarni ijtimoiy axvolini yaxshilash mumkin.

Xozirgi zamon SSV tizimining bir bo‘lagi o‘z-o‘zini davolash jarayonidan iborat bo‘lib qolmoqda. Bunda bemorlar o‘z sog‘ligi uchun to‘la javobgarlikni xis etishlari kerak.

Uz-o‘zini davolash bilan bog‘liq turli xil nojo‘ya ta’sirlardan o‘zini ximoya qilish borasida bemorlarni farmatsevtlarga shifokorlarga qaraganda ko‘proq murojaat qilishi, dorilar assortimentining kudan-kunga ortib borishi, retseptsiz beriladigan dorilar soni ko‘payishi farmatsevtlarning ijtimoiy axvoliga ta’sir etadi va ularni jamiyatdagi rolini oshiradi. CHunki xozirgi kunda dorilarning 95 % dan ortig‘i tayyor dori turlaridan iborat bo‘lib, bemorlar farmatsevtlarga murojaat qilganda ushbu dorilar bemalol berib yuboriladi. SHu yo‘l bilan bemorlar o‘z-o‘ziga yordam berish tizimi tashkil qilinadi. Berilgan dorilarning ratsional ishlatishni taklif etish uchun farmatsevtlar o‘z ongini, bilimini va ish faoliyatini xozirgi zamon talablari asosida qayta ko‘rib chiqishlari lozim va shu yo‘l bilan bemorlarni o‘zini-o‘zi davolashida ularga munosib yordam berishlari kerak.

Uz-o‘zini davolash jarayonida quyidagi kamchiliklar qayd etilishi mumkin:

-o‘z vaqtida shifokorga murojaat etmaslik, nojo‘ya ta’sirlarni yuzaga chiqish shansini oshirishga olib keladi va nojo‘ya xolatlar ko‘payadi va b.

uz-o‘ziga yordam berish jarayonlari ko‘pincha surunkali kasallarga chalingan bemorlarda, kasallikni qayta xuruji yuzaga chiqqanda o‘zini og‘ir xolatdan olib chiqish uchun foydalaniladi. Ukrainalik olimlar 40 dan ortiq xorijiy izlanishlarni analiz qilib, retseptsiz o‘zini-o‘zi davolayotgan xolatlarda eng ko‘p tarqalgan simptomlarga quyidagilarni kiritishgan:

- bosh og‘rig‘i,

- yo‘tal,

- shamollash,

- tomoq og‘riqlari,

- me’dadagi buzilishlar,

- qabziyat va diareya,

- xusnbuzarlar,

-mushaklardagi og‘riqlar,

-kesilish va qirqilish xolatlari,

- shilingan va ezilgan xolatlar.

Mana shunga o‘xshash patologik xolatlarni qayd etiluvchi asosiy simptomlarni davolashda farmatsevtik yordam katta rol o‘ynaydi. Bemorni davolashda provizorlar zimmasida bemorlarni nafaqat sifatli dorilar va tibbiyot aslaxalari bilan ta’minlash, balki shifokorlar bilan birgalikda dorilarni ratsional qo‘llashda faol ishtirok etish mas’uliyati ham bor. Bu masalalarni oqilona amalga oshirish uchun va ularga samarali farmatsevtik yordam berish uchun ular o‘z tajribalarini, farmatsevtik etika masalalarini,professional saloxiyatlarini bemorlarga nisbatan munosabatini va bemorlar oldidagi burchini yuqori pog‘onaga kutarish zarur. SHundagina provizorlar bemorlarga BTYO ko‘rsatish borasidagi o‘z mavqeini, shuningdek, retseptsiz beriladigan preparatlar bilan o‘z-o‘zini davolashni yuzaga chiqishida va o‘z-o‘ziga yordam berishda zamon talablari darajasiga ko‘tarilishi mumkin.

SHu ko‘rsatib o‘tilgan simptomlarni aniqlash uchun farmatsevtlar nimalarga ahamiyat berishlari kerak:


1. Farmatsevtlar bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, bemor xolatiga bog‘liq ma’lumotlarni olishlari kerak,

2. Aniqlanayotgan simptomlarga oid eng kerakli savollarni berish, nojo‘ya ta’sirlarga oid ma’lumotlarni berish.

3. Yuqoridagi simptomlarni aniqlash uchun farmatsevtlar etarli darajada bilimga ega bo‘lishlari zarur va shu bilim darajasida vrachlar ko‘rgunicha to‘g‘ri yordam berishlari zarur.

4. Ob’ektiv yordam ko‘rsatish uchun farmatsevtlar dori moddalariga oid zarur ma’lumotlarni bilishlari kerak.

5. Bemor talabini to‘la qondirish uchun farmatsevtlar qo‘shimcha adabiyotlardan ma’lumotlar olishlari va ularni to‘g‘ri qo‘llashlari zarur

6. Farmatsevtlar bemorlarga adekvat yordam berib, o‘z-o‘zini davolashdagi javobgarlikni xis etishlari zarur.

7. Farmatsevtlar bemorlar ustidagi bor ma’lumotlarni konfedensialligini ta’minlashlari zarur.
Yuqorida qayd etilgan vazifalarni oqilona va ratsional darajada yuzaga chiqarish uchun farmatsevtlar klinik farmatsiya va farmakokinetika fanlar asoslarini yaxshi o‘zlashtirishlari lozim. Xozirgi kun farmatsevtlarni shunday tarbiyalash kerakki, ular asosiy kasalliklarning ma’lum simptomlari yuzaga chiqqanda ularga retseptsiz dorilar bilan davolash uchun kerakli va ratsional maslaxatlarni bera oladigan,va shunga o‘xshash boshqa simptomlari bor bemorlarni vrachga murojaat qilishlari kerakligini o‘qtirib utadigan darajada bo‘lishlari kerak. SHu nuqtai-nazardan «Farmatsevtik yordam» fanini uquv rejasiga kiritilishi va uni asosiy vazifalarini chuqur o‘rganish o‘ta muxim vazifadir.

Dori moddalarining klinik samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri oziq-ovqatlar bilan o‘zaro munosabatidir. Inson organizmida dori moddalari bilan oziq-moddalarining o‘zaro ta’sirlari o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, xozirgacha bu muammoning barcha aspektlari to‘laligicha o‘rganilmagan. Provizorlar dorixonada bemorlarga dori moddalarini tafsiya etish uchun ovqatdan oldin yoki keyin berilishi bo‘yicha tafsiyalarni bilishlari muximdir. CHunki ovqatlar davolashga va davolash jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi.



Dori moddalarining o‘zaro munosabatida klinik farmatsevtik aspektlar.

Farmatsiyaning klinik yo‘nalishida dori moddalarining samaradorligini oshirish va ularning nojo‘ya ta’sirlarini kamaytirish asosiy maqsad xisoblanadi. Organizmga dori moddalarini yuborishning keng tarqalgan turi og‘iz orqali berish usulidir. Birinchidan bemor uchun qabul qilinishi qulay, 2 chidan tabiiy va nisbatan zararsiz (jigarning tabiiy bar’eri xisobiga), 3 chidan OIT da og‘iz orqali yuborilgan moddalar bir necha soatdan bir necha kungacha saqlanib, fermentlar va ozuqa moddalari bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Ammo dori moddalarini uzoq vaqt qabul qilish OIT faoliyati buzilishini kuchaytirishi mumkin.

Dori moddalarining ovqat bilan o‘zaro munosabatida klinik farmatsevtik aspektlarining asosiylari quyidagilardir:

- ovqat tarkibiy qismlarining DM terapevtik effektiga ta’siri: so‘rilishi, tetratsiklin va boshqalar

- ovqat tarkibiy qismlarining DM zaxarliligiga ta’siri: so‘rilishi, metabolitlar va boshqalar

- DM ning OIT fiziologik jarayoniga ta’siri: qon bilan ta’minlanishi, motorikasi

- DM ning xazm qilish tizimi patalogiyasining kelib chiqishiga ta’siri: me’da shiralari, gastritlar

- biologik faol qo‘shimchalarni qo‘llashning klinik – farmatsevtik aspektlari:

- ovqat tarkibida etishmaydigan zarur moddalarning DM xisobiga kompensatsiyalash (vitaminlar,oqsillar, mikroelementlar va b.)

- oziq moddalarini iste’mol qilish natijasida kelib chiqqan kassaliklarni medikamentlar bilan davolash: me’da yaralari misolida.



DM ning ovqatlar bilan o‘zaro munosabatida axamiyatga molik asosiy omillar.

- Dori moddalarining fizik-kimyoviy xususiyatlari

- DM larining farmakokinetik xususiyatlari (so‘rilishiga me’da shirasining ta’siri)

- Ovqat tarkibi va miqdori

- Ovqat xazm qilish tizimi organlarining fiziologik xolatlari

YUqorida keltirilgan omillar DM farmakokinetik va farmakodinamik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlariga olib keladi.



DM farmakologik xususiyatlariga ovqatning ta’sir qilish yo‘llari

- xazm qilish tizimidan DM larning so‘rilishiga ta’siri

- DM biomosligiga ta’siri (ichak devorlarida presistem metabolizm)

- DM larining antogonizmi va senergizmiga ta’siri

- preparatning organizmdan chiqib ketishi tezligiga ta’siri

Ovqat tarkibidagi moddalar va DM o‘rtasida (sut maxsulotlari, tanin va boshqalar)

- DM ning ovqat tarkibi bilan kimyoviy va fizikaviy o‘zaro ta’sirlashuvi

(DMning ovqat qoldiqlarida adsorbsiyalanishi, DM sining ovqat qoldiqlari ichiga kirib qolishi, DM ning shilliqlar bilan qoplanishi va b.)

-oshqozon rN muxitining o‘zgarishi (penitsillin va adrenalin misolida)

-ichak mikroflorasi ta’sirida DM metabolizmining o‘zgarishlari kabilar va bulardan tashqari oshqozonning to‘yinish darajasi, DM sininig fizik-kimyoviy xususiyatlari, sekretinlar tarkibi va qovushqoqligi, DM larning kompleks, xelat birikmalar, ionlar xosil qilish qobiliyatlari, DM va ovqat maxsulotlarining shilliq qavatlarga shikastlovchi ta’sirlari ham muxim axamiyatga ega. DM va ovqatning o‘zaro ta’sirlashuvida dori shakli xam axamiyatga ega. Dorilar bilan davolashda preparatning davolovchi ta’siridan maksimal foydalana bilish, nojo‘ya ta’sirlarini imkon qadar kamaytirish, DM ta’sirini uzaytirish, ta’sir qiluvchi ingredientning so‘rilishini kuchaytirish yoki kamaytirish, allergik xolatlarni kamaytirish, ingredientning yoqimsiz fizik-kimyoviy ta’sirlarini (xid, rang, ta’m) yo‘qotishga e’tibor berish kerak.

Suyuk dori shakllari ovqatlar bilan kamrok o‘zaro munosabatda bo‘ladi, ya’ni ular bemalol oshqozondan ichakka o‘tadi. Qattiq dori shakllari ovqat bilan birgalikda qabul qilinganda oshqozon bo‘shlig‘ida ancha vaqt saqlanib qolishi va natijada ta’sirlovchi moddaning so‘rilishi buziladi. Mikrogranullalar asosida ajratib olingan va qobiq bilan o‘ralgan dori shakllariga xam ovqatning unchalik ta’siri yo‘k. Ichakda eruvchan qobiq bilan o‘ralgan tabletkalarni ovqat bilan birga berib bo‘lmaydi. CHunki ovqat ularning oshqozonda uzoq qolib ketishiga olib keladi, so‘rilishiga qarshilik ko‘rsatadi. Bundan tashqari bu dori shakllarini ishqorli ovqatlar (suyukliklar) bilan qabul qilish natijasida qobiqlarning erib ketishi va oshqozonda ta’sir etuvchi moddaning parchalanishi kuzatiladi.



DM va suyukliklar

Farmatsevtlardan bemorlar dori moddasini nima bilan ichishni tavsiya etish mumkinligini so‘rashadi. DM ni qabul qilishda suyuqlik miqdori preparatning maksimal effektining yuzaga chiqishi katta axamiyatga ega bo‘lib, suyuqlik miqdori preparatning so‘rilishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, konsentrlangan eritmalarning so‘rilishi asuyultirilgan eritmalarga nisbatan ancha qiyin. Nordon yoki ishqoriy eritmalar og‘iz orqali berilsa ularning biomosligi konsentrlangan eritmalarnikiga nisbatan yuqori (aspirin, fenobarbital va b.) Suvda yomon eruvchi dorilarda xam (eritromitsin) shunday.

Antibiotiklarning, masalan, tetratsiklinning so‘rilishida eritma konsentratsiyasining axamiyati yo‘k. Suvda yaxshi eruvchan preparatlarning (aspirin, amoksitsillin) so‘rilishi suyuqlikning miqdoriga bog‘liq bo‘lib, ko‘p miqdordagi suyuqlik bu dorilarning biomosligini oshirishi mumkin.

Bugungi kunda DM va suyuqliklarni birga qullash uchun quyidagi umumiy takliflarni kiritish mumkin:

1) rezorbtiv ta’sirga ega dori moddalarini 30-40 min. ovqatdan oldin, 50-100 ml. dist. suv yoki qaynatilgan suv bilan ichish mumkin

2) ko‘p miqdorda suyuqlik bilan suvda yomon eriydigan dorilar kqbul qilinsa, ularning biomosligi oshib ketadi.

3) Suvda yaxshi eriydigan dorilarning biomosligi suyuqlik miqdoriga bog‘liq emas.
YUqoridagilardan tashqari DM suyuq oziq moddalar bilan quyidagicha o‘zaro ta’sirlashadi:

DM va sut maxsulotlari Ushbu ta’sirga antibiotiklar guruxiga mansub tetratsiklinning sut bilan o‘zaro ta’siri yaqqol misol bo‘la oladi. Sut tarkibidagi kazeinogen oshqozon shirasi ta’sirida kazeinat-kalsiyga aylanadi va tetratsiklin va boshqa antibiotiklar bilan (metatsiklin,doksitsiklin kabilar) so‘rilmaydigan kompleks xosil qiladi. Natijada sut va sut maxsulotlari 20-80 % ga ularning so‘rilishini xamda terapevtik effektlarini kamaytiradi.

SHuningdek. sut og‘iz orqali beriladigan penitsilin va sefalosporinlar guruxi antibiotiklarinining so‘rilish tezligini xam kamaytirishi aniqlangan. Ammo sut nosteroid yallig‘lanishga qarshi (butadion, indometatsin, voltaren), rezerpin, buyrak usti bezi gormonal preparatlarining (prednizolon, deksametazon) so‘rilish tezligini oshiradi. SHu sababli bu preparatlarni 30-40 min. ovqatdan oldin sut bilan ichish tavsiya etiladi. Bolalarga dorilarni sut bilan aralashtirib sut idishida berish tavsiya etilmaydi. Sababi dorilarning qanchadir miqdori idish devorlarida, bolalar surgichlarida qolib ketishi natijasida dorining etarlicha dozasi organizmga tushmaydi



Ishqoriy mineral suvlar bilan kislotaga chidamli qobiq bilan o‘ralgan dorilar tavsiya qilinmaydi, chunki qobiqning parchalanishi oqibatida dorining ta’sir qiluvchi moddasi xam parchalanib ketishi mumkin. Ammo sulfanilamid preparatlarini ishqoriy mineral suvlar bilan ichish maqsadga muvofikdir. Sababi ular mineral suv ta’sirida organizmda atsetillanadi va buyrakda kristallar xosil bo‘lishini oldi olinadi.

Toniziruyushiy ichimliklar «Fanta», «Pepsi-kola» o‘z tarkibida temir va kalsiy ionlarini saqlaganligi sababli tetratsiklin guruxi va makrolidlar bilan qiyin eruvchi kompleks xosil qiladi va ularning antibakterial effektlarini kamayishiga olib keladi. Greypfrut ichimligi tarkibida ko‘plab biologik aktiv moddalar bo‘lib, kalsiy antogonistlarining jigarda metabolizmini susaytiradi, natijada ularning zaxarliligi oshadi. Bunda bosh og‘rig‘ini, yurak ritmining o‘zgarishini, depressiya xolati kabilarni keltirib chiqaradi.

Nordon mevali va sabzavot soklari antibiotiklardan eritromitsin va ampitsillinlar bilan birga tavsiya etilmaydi. CHunki ushbu ichimliklar ta’sirida ularning ionlanish darajalari va biomosliklari o‘zgaradi, natijada terapevtik ta’sirlari kamayadi. Aksincha, salitsilatlar, barbituratlar, nitrofuranlar, atsetazolamid kabilarning effektlari ushbu soklar ta’sirida kuchayadi.

CHoy va kofe bir qator biologik aktiv moddalardan iborat. Kofein bir kator preparatlarning (ergotamin) so‘rilishini, boshlang‘ich ta’sirlarini o‘zgartiradi, gematoensefalik to‘siqdan o‘tishini kuchaytiradi va paratsetamol, aspirinlarning analgetik effektlarini tezlashtiradi, organizmdan filtratsiya yo‘li orqali buyrak kanalchalaridan chiqib ketuvchi preparatlarning (ampitsillin) organizmdan chiqishini tezlatadi. Tanin choy tarkibida etarli miqdorda bo‘lib, atropin, kodein, morfin, papaverin va platifillin alkaloidlarining, aminazin va galloperidol neyroleptiklarning, N-2 antogonisti simetidinning xamda og‘iz orqali beriluvchi kontratseptiv dorilarning so‘rilish tezligi va darajasini kamaytiradi.
Dori va ovqat.

Dori moddalarining ovqatlar bilan munosabatida bir qator xolatlarni xisobga olish zarur:

- DM ovqatdan oldin tavsiya etilsa ularning o‘zaro ta’sirlashuvining oldi olinadi, ovqat DM so‘rilishiga ta’sir kilmaydi, shuningdek. xazm shiralarining DM ga nisbatan nojo‘ya ta’sirlari kamaytiriladi.

- Ovqat o‘tning ajralishini kuchaytiradi, lipofil moddalarning esa so‘rilishi kuchayadi. SHuning uchun xam lipofil moddalarni ovqatdan so‘ng berish kerak.

- Ko‘p miqdorda go‘shtdan, o‘simliklardan tayyorlangan ovqatlar, sut peshobning rN muxitini ishkoriy tomonga siljitadi va kuchsiz kislotalarning (salitsilatlar, barbituratlar) organizmdan chiqib ketishini ta’minlaydi.

- Nordon ta’mli maxsulotlar (sitrus mevalar, klyukva, olxuri) kuchsiz asosli dori moddalarining organizmdan chiqib ketishini rag‘batlantirib, kuchsiz kislotalarning organizmdagi ta’sirlarini esa kuchaytiradi.


Bir kator ozuqa maxsulotlari dori moddalari bilan birga qabul qilinishi natijasida ularning farmakodinamikasining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, ayrim sabzavotlar (belokachannaya kapusta, listovoy salat, redka) progvatrin moddasini saqlab antiteroid ta’sir ko‘rsatadi. Bu maxsulotlarni antiteroid moddalar bilan qo‘shib berilsa preparatlarning antiteroid xususiyati oshadi, va aksincha qalqonsimon bezi gormonal preparatlarining ta’siri susayadi.

Kalina, chernoplodnaya ryabina, kulupnay, lavlagilar tarkibidagi aktiv moddalar periferik qon-tomirlarni kengaytirib arterial bosimni tushiradi. Demak, gipotenziv dorilarning effektini potensirlovchi xususiyatga ega. SHu sababli turli gipotenziv dorilar bilan birgalikda tavsiya etiladi. Bilvostia antikoagulyantlarning ta’sir mexanizmi vitamin K ga antogonistligi bilan tushuntiriladi. Demak, shpinat, cho‘chqa jigari, pomidor, yashil no‘xat, karam (belokochannaya) lar vit. K ga boy bo‘lib, antikoagulyantlar bilan birga berilsa ularning ta’siri oshadi.

Xuddi shunday sulfanilamid preparatlarining ta’sir mexanizmi foli kislota sintezining blokadasi bilan bogliq. Tarkibida Foli kislota saqlovchi qoramol jigari, bobы, achitqi, petrushka, shpinat, tomatlarni sulfanilamid preparatlari bilan birga tavsiya etish kerak.

Uglerod saqlovchi maxsulotlar (tuxum) sulfanilamidlar bilan birga berilganda metgemoglobin xosil bo‘lishini rag‘batlantiradi.



Vitamin V6 ga boy go‘sht, baliq, sut, pishloq, soya, bug‘doy uni, makkajo‘xori uni, yachmen, achitqilar ta’sirida levadopa (Nakom, Madopar, Sinemet) preparatlarining samaradorligi kamayadi. Vit 6 aminokislotalar almashinuvida faol ishtirok etadi va natijada levadopaning dofaminga aylanishi tezlashadi, dofamin esa gematoensefalik to‘siqdan yomon o‘tadi. Tiramin va seratoninga boy ozuqa maxsulotlari bilan katexolaminlar ta’sirining oshishi bilan bog‘liq dorilar birga berilganda (sыrnыy sindrom) monoaminooksidaza ingibitorlari (MAO), psixostimulyatorlar, qon-tomirlarni toraytiruvchilar bilan birga berilganda gipertonik kriz va shunga o‘xshash og‘ir xolatlar yuzaga chiqadi (bosh og‘rig‘i, taxikardiya, ADning ko‘tarilishi, kalla suyagi ichida qon quyulishi kabi), SHu sababli MAO ingibitorlari va psixostitulyatorlarni qabul qilganda pishloq, brinza, dudlangan seld, go‘shtli va baliqli konservalar, kofe, shokolad, pivo, vino, banan, ananas, limon, apelsin, mandarin, uzum, smorodinalar birga tavsiya etiladi. Nitrat va nitritlarga boy oziq moddalari bilan antigistamin preparatlarni, N 2 blokatorlarni (ranitidin, simetidin, famotidin), qand miqdorini tushiruvchi- glibenklamid,gliklazid, organik nitratlar (nitroglitserin) birga tavsiya etish kanserogen aktivlikning kuchayishiga olib keladi.


Nazorat savollari.

  1. Farmatsevtik yordam fanining vazifalariga nimalar kiradi

  2. Farmatsevtik yordam fanining mazmuni, uning farmatsevtlar tayyorlashdagi ahamiyati qanday.

  3. Asosiy kasalliklarning simptom va sindromlari haqida nimalar bilasiz.

  4. Dorilarning so‘rilish jarayoniga oziq-ovqatlarning ta’siri va uni xisobga ola bilish.

  5. Dori vositalarining oziq-ovqatlar bilan munosabati haqida fikringiz.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:

  1. Фармацевтическая опека/Под ред. И. А. Зупанец, В. П. Шерных, В. А. Усенко.— Х.: Золотые страницы, 2002.— 264 с.

  2. Farmatsevtik yordam fanidan ma’ruzalar matni 2006 yil.

  3. 3. Шаповалова В. М., Даниленко В. С., СҲаповалов В. В., Бухтиарова Т. А. Лекарственные средства, отпускаемые без рецепта врача.— Х.: Торсинг, 1998.— 528 с.

  4. Maxsumov M.N., Malikov M.M. Farmakologiya. T. Ibn Sino nash. 2006 y.

  5. Azizova S.S. Farmakologiya. T. Ibn Sino 2002 g.

  6. Xarkevich D.A. Farmakologiya. M. Meditsina 2008 y.


Qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. Aliev.X.U. Farmakologiyadan ma’ruzalar matni. 2000.

  2. Yunusxodjaev A.N. Осложнение лекарственных средств. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash,

2005, № 1.

  1. Samura B.A. va boshqalar Farmakoterapiya. Xarkov 2000 1-2 tom.

  2. Yunusxodjaev A. N. и др. Государственный реестр лекарственных средств и изделий медицинского назначения. . T. 2004.

  3. Yunusxodjaev.A.N. i dr. Spravochnik osnovnыx lekarstvennыx sredstv Respubliki

Uzbekistan. T. 1998 g.

  1. Клинические рекомендации и фармакологический справочник. Под ред. И.Н. Денисова, ЙУ.Л.Шевченко, Ф.Г.Назирова. M.2005 g.



2-MA’RUZA
MAVZU: YUQORI NAFAS YO‘LLARI YALLIG‘LANISH KASALLIKLARIDA F.YO TAMOILLARI. O‘RVI PROFILAKTIKASI.
Reja:

  1. Yuqori nafas yo‘llari kasalliklarida balg‘am ko‘chiruvchi, yo‘talga qarshi va antibakterial vositalardan oqilona foydalanish.

  2. Immunomodulyator dori vositalarini tanlash va almashtirish yo‘l-yo‘riqlari.

Tomoq og‘riqlari o‘tkir respirator virusli kasalliklarning simptomi hisoblanadi.

Sabablari:

- angina (bodomchasimon bezlarning o‘tkir yallig‘lanishi)

- tonzillit (bodomchasimon bezlarning surunkali yallig‘lanishi)

-laringit-ovoz bug‘ilishi, quruq yo‘tal, tomoq qirilishi, quruqlik bilan xarakterlanadi,

-faringit-yutqun shilliq qavati yallig‘lanishi, yutishda og‘riq kuzatiladi, ayniqsa bu so‘lakni yutganda kuchliroq bo‘ladi.

Kuyidagi simptomlar yo‘q bo‘lsagina retseptsiz dorilar bilan kasalga o‘z-o‘zini davolashga ruxsat etiladi, aks holda bemor shifokorga yuboriladi:

- nafas olishni qiyinlashuvi,

- so‘lakni yuta olmaslik,

- bodomchasimon bezlarning kattalashuvi, krash va yaralanish borligi,

- tomoqni keskin qizarganligi,

- bosib ko‘rilganda limfa tugunlari og‘riqliligi,

- haroratni 38-38,50 dan yuqoriligi,



- tomoq og‘rig‘ini terida toshmalar, peshob rangi o‘zgarishi, bosh og‘rig‘i, qorinda og‘riq bilan birga kuzatilishi.
Tomoq og‘rig‘ini simptomatik davolashda qo‘llaniladigan dorilar:


Aktiv ingredient

Farmakologik xarakteristikasi

Kuchsiz antiseptiklar

Dekametoksin

Antiseptik. Antimikrob ta’siri keng spektrda, fungitsid, bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi, bakteriyalarni antibiotiklarga sezgirligini oshiradi.

Ambazon

Maxalliy ishlatiladigan antiseptik vosita

Atsetilaminonitro-propoksibenzen

Dezinfeksiyalovchi va kuchsiz maxalliy anesteziyalovchi ta’sirga ega. Yo‘tal va qusish refleksini tormozlaydi, homiladorlikda tavsiya etilmaydi.

Amilmetakrezol

Antiseptik. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizm-larga nisbatan bakteritsid ta’sir etadi.

Xlorgeksidin

Sirtga ishlatiladigan antiseptik, grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga, trixomonadalar, gonokokklarga nisbatan bakteritsid ta’sir etadi. Yod preparatlari bilan birga berish mumkin emas.




Mentol

Maxalliy qitiqlovchi vosita, shilliq qavatlarga tomizilganda qon tomirlarni reflektor qisqartiradi, shish va og‘riqni bartaraf etadi. Kuchsiz antiseptik va maxalliy og‘riqsizlantiruvchi ta’sirga ega. Burunga tomizilganda kichik bolalarda nafasni reflektor tuxtatib quyishi mumkin!

Maxalliy anestetiklar

Diklonin

Ta’siri tez (4-6 min.) boshlanadigan maxalliy anestetik. Farmakologik xossalari novokainga yaqin. 3 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga 1 ledensidan xar 2 soatda sekin shimish tavsiya etiladi.

Efir moylari

Evkalipt moyi

YAllig‘lanishga qarshi, antiseptik ta’sirga ega. Kuchsiz sedativ ta’sirni namoyon qiladi.

Arpabodiyon moyi

YAllig‘lanishga qarshi, kuchsiz antiseptik ta’sirga ega.

Qalampir yalpiz moyi

Asosiy ta’siri tarkibidagi mentol bilan bog‘liq. Kuchsiz dezodirlovchi ta’sirga ega.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə