Ўзбекистон республикаси



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə7/23
tarix26.03.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#34363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23

Aerozol preparatlar


Kameton (xlorobutanolgidrat, mentol, kamfora, evkalipt va vazelin moyi) antiseptik, maxalliy og‘riqsizlantiruvchi, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.

Kamfomen (furatsillin, mentol, kamfora, evkalipt, kastor, zaytun moyi) yallig‘lanishga qarshi va antimikrob ta’sir ko‘rsatadi.

Ingalipt (sulfanilamid, sulfatiazol, evkaliptqalampir yalpiz moyi) antibakterial, antiseptik, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.

Stopangin (arpabodiyon, qalampir yalpiz, evkalipt moyi) antiseptik, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. 4–6 soat interval bilan ishlatiladi. CHayish uchun eritmasi ham chiqariladi.

Kollustan (mentol, xlorgeksidin, amilein) — antiseptik, kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.

Ledensilar

Strepsils (amilmetakrezol + dixlorbenzil spirti) keng spektrdagi gammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan antiseptik ta’sir etadi, og‘riqni kamaytiradi. Preparat 4 variantda chiqariladi: arpabodiyon va qalampir yalpiz moyi bilan, askorbin kislota bilan, asal va limonbilan, evkalipt moyi va mentol bilan. Bolalar va kattalarga 1 ledensidan har 2–3 soatda, kuniga 8 martagacha shimish tavsiya etiladi. 1 ledensida 2,6 g qand bor. «Strepsils plyus» tarkibida lidokain bor.

Koldreks Lari Plyus (diklonin) — 4 xil ta’mga ega ledensilar mavjud (olcha, limon, apelsin, aralash ta’mli). Tomoq og‘rig‘ini tez ta’sir etadi. 1 ledensidan har 2 soat oralab ichish lozim. Bolalarga 3 yoshdan so‘ng beriladi.

Shimish uchun tabletkalar

Faringosept (ambazon) — maxalliy ishlatiluvchi antiseptik vosita. Tabletkadan so‘ng 3 soat ovqat va suyuqliklar qabul qilmaslik kerak.

Septefril (dekametoksin) — sublingval ishlatiladigan tabletkalar, gipersalivatsiya chaqiradi. Tabletkadan so‘ng 1-2 soat ovqat va suyuqliklar qabul qilmaslik kerak.

Neo-Angin (mentol, arpabodiyon va qalampir yalpiz moyi) — antiseptik, kuchsiz yallig‘lanishga qarshi, dezodorlovchi ta’sirga ega. 2-3 soat oralab qabul qilinadi. 6 yoshdan kata bolalarga tavsiya etiladi.

Dr.Tays Angi-sept (mentol, qalampir yalpiz moyi) — antiseptik, kuchsiz yallig‘lanishga qarshi, dezodorlovchi xususiyatga ega.

Pastilkalar


Septolete (xlorid benzalkoniy mentol, evkalipt moyi, qalampir yalpiz moyi) —antiseptik, kuchsiz yallig‘lanishga qarshi, dezodirlovchi xususiyatga ega. Candida albicans ga nisbatan fungitsid ta’sir etadi.
Tomoq og‘rig‘ida farmatsevtik yordam tamoyillari

- tomoq og‘riqlarida bemorga ko‘proq suyuqlik ichish tavsiya etiladi,

- tomoqni chayish har 2-3 soatda amalga oshiriladi,

- o‘tkir, qaynoq va muzday ovqat eyish, alkogol qabul qilish, chekish tavsiya etilmaydi,

- shimiluvchi tabletkalarni ist’emol qilgach 1-2 soat ovqat va suyuqlik qabul qilmaslik kerak,

- qandli diabeti borlarga ledensi va pastilkalarni tayinlash tavsiya etilmaydi,

- aerozol dorilarni xidlash mumkin emas,

- aerozollarni 6-8 yoshdan kata bolalarga, ular nafasni boshqarishni o‘rganishgandan so‘ng tayinlash lozim,

- ledense va pastilkalarni chaynash yoki yutib yuborish tavsiya etilmaydi,

- tashqi ko‘rinishi konditer maxsulotlariga o‘xshashligi tufayli bolalar katta miqdorda qabul qilib, zaxarlanishi mumkin, buning oldini olish maksadida ledense va pastilkalarni bolalar ko‘rmaydigan joyda saqlash tavsiya etiladi.


Isitma-tananing nospetsifik reaksiyasi bo‘lib, pirogen moddalar ta’sirida termoregulyasiya markazi qo‘zg‘alishi natijasida kelib chiqadi.

Turlari:


- subfebril tana xarorati 380 S dan oshmaydi,

- nisbiy tana xarorati 38-390 S atrofida,

- yuqori xarorat 39-410 S,

- giperpiretik 410 S dan yuqori.

Sabablari:

- yuqumli kasalliklar: virusli, bakterial, mikoz.

- yuqumsiz: autoimmun jarayonlar, allergik reaksiyalar, to‘qimalar nekrozi, o‘smalar, qon quyilishlar,

psixogen: MNS kasalliklari, stress natijasida.


Nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklari tibbiyotning muxim muammolaridan biri bo‘lib, ular o‘zlarining keng tarqalganligi, kechimining og‘irligi, tez-tez qaytalanib turishi va nojo‘ya ta’sirlari bilan nafaqat tibbiyot xodimlarini, balki kishilik jamiyatini o‘ziga jalb etadi. Tibbiy yordam so‘rab murojaat etayotgan har 3 ta nafas yo‘llari kasalliklarining 2 tasini yuqori nafas yo‘llari kasalliklari tashkil etadi. Bularning aksariyat ko‘pchiligida kasallikning sabablarini infeksiyaga bog‘liq xolatlar tashkil etadi.

Nafas organlarining asosiy kasalliklarini bronxitlar, pnevmoniya, bronxopnevmoniya, bronxoektatik kasalliklar, bronxial astma, o‘pka emfizemasi, infarkti, absessi va gangrenasi, plevrit, pnevmotoraks va b. tashkil etadi. SHu kasalliklarning eng ko‘pini yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklari tashkil etadi.

YUqorida keltirilgan nafas organlarining kasalliklarini kelib chiqishi va darajasiga qarab simptom va sindromlar u yoki bu darajada qayd etiladi.

Nafas yo‘llari kasalliklarining asosiy simptom va sindromlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

- turli xil darajadagi yo‘tallar;

- balg‘am ajralishi, tana xaroratining kutarilishi,

- nafas olish jarayonining buzilishi,

- kuchli xansirash, havo etishmasligi, tumov, yuqori nafas yo‘lilari yallig‘lanishi, terlash, og‘riqlar, tomoq qirilishi, bug‘ilish, sianoz va b.

Biz sanab o‘tgan yuqori nafas yo‘llari kasalliklarida qayd etiladigan simptom va sindromlarda farmatsevtik yordam talab etiladi. Buni shu soxaning mutaxassislari bilan birgalikda hal qilish mumkin. YUqoridagilarni inobatga olib, nafas organlari kasalliklarida eng ko‘p qayd etiladigan yo‘tal simptomi ustida to‘xtab o‘tamiz.



Yo‘tal- bu hammaga ma’lum, lekin o‘ta murakkab mexanizmga ega refleks bo‘lib, nafas yo‘llaridan normal havoni o‘tishini yuzaga chiqarishga qaratilgan jarayondir. SHuning uchun ham yuqori nafas yo‘llari kasalliklarida eng ko‘p qayd etiladi. Lekin ko‘pchilik bu xolatga yuzaki qarab, uni ma’lum darajada bilimga ega bo‘lmagan odamlar, masalan, ota-onalar, qarindoshlar, tanishlar va o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish orqali davolash mumkin deb xisoblaydilar. Natijada yo‘talga qarshi retseptsiz beriladigan dori-darmonlarni, tushunib-tushunmasdan ishlatadilar. Bunday holat mutlaqo noto‘g‘ri bo‘lib, turli xil nojo‘ya ta’sirlarni yuzaga chiqaradi. Bu narsa ayniqsa yosh bolalar amaliyotida yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. CHunki yosh bola va gudaklarda nafaqat yo‘talni mexanizmi, balki uning kelib chiqish sabablari ham boshqachadir. Ikkinchidan, voyaga etgan bemorlarga beriladigan yo‘talga qarshi preparatlarni yosh bola va go‘daklarga berish, ayniqsa kombinatsiyali preparatlarni berish, bemorni yo‘talga qarshi davo berish o‘rniga uni axvolini yomonlashtirishi mumkin.

Bunday xollarda yo‘talga qarshi preparatlarni ratsional tanlash va davolash uchun quyidagi 2 ta asosiy xolatga e’tibor berish kerak:



  1. yo‘talni kelib chiqishi va yo‘tal refleksini mexanizmiga,

  2. yo‘talga qarshi berilayotgan preparatlarni ta’sir mexanizmiga.


Yo‘tal-simptomi

Yo‘tal-reflektor nafas chiqarish bo‘lib, nafas yo‘liga shilliq, balg‘am yoki biror-bir yot moddalar tushganda yuzaga chiquvchi organizmning himoya reaksiyasidir.
Qanday xollarda yo‘talni xavfli simptomlari bilan qayd qilinadi:

  1. Kundan-kunga kuchayuvchi va bir xaftadan ortiq davom etadigan yo‘tallar,

  2. Uzoq davom etuvchi va yuqori xarorat qayd etiluvchi yo‘tallar,

  3. Uta yuqori xarorat (380 dan yuqori) bilan kechuvchi yo‘tallar,

  4. Xansirash va nafas olinganda ko‘krakda og‘riq bilan kechuvchi yo‘tallar,

  5. Aloxida ko‘kimtir balg‘am ajralishi bilan kechuvchi yo‘tallar,

  6. Qon aralash balg‘am ajralishi bilan kechuvchi yo‘tallar,

  7. Nafas siqishi xuruji bilan kechuvchi yo‘tallar,

  8. Terlash, ovoz o‘zgarishi, xolsizlanish, kuchli yo‘tal xuruji bilan kechuvchi yo‘tal.

YUqorida qayd etib o‘tganimizdek, yo‘talni asosiy vazifasi nafas yo‘llaridagi sekretlarni chiqarish bilan erkin nafas olishni engillatish va shu yo‘l bilan bronxlardan ajralib chiqayotgan sekretlarni mukotsiliar yo‘l-xarakat orqali tartibga solishdir yoki mukotsiliar klirensni ishga solishdir.
Yo‘tal paydo bo‘lishini asosiy sabablari:

  1. Yuqori nafas yo‘llaridagi infeksiya-yallig‘lanish jarayoni bo‘lib, unda yuqori nafas yo‘llariga virusli infeksiya tushishi, angina, faringit, tonzillit va laringitlar sababchi bo‘ladi.

  2. Nafas yo‘lini pastki qismidagi infeksiya-yallig‘lanish jarayonlari bo‘lib, unda laringotraxeit, bronxit, pnevmoniyalar katta rol o‘ynaydi.

  3. Yuqori nafas yo‘lini shilliq qavatidagi allergik yallig‘lanishlar.

  4. Bronxospazmlar.

  5. Nafas yo‘lini yopishqoq bronxlarning sekretlari bilan tusilishi, unga yot moddalarning tushib qolishi.

  6. ¡pka parenximalarining shishi va boshqa faktorlar sababchi bo‘ladi.

Demak, mukotsiliar klirensni buzilishiga bronxlar shilliq qavatini giperplaziyasi, bronx yo‘llarini shishi, ajralayotgan shilliqlarni oshib ketishi, uni yopishqoqligini oshishi, surfaktantlarni paydo bo‘lishini susayishi, bronxospazmni yuzaga chiqishi, bronxlar diskineziyasi (bronxlar diametri 25 % dan ortiq kamaysa) va b. sababchi bo‘ladi.

Bunday xollarda qiyinlik bilan o‘tuvchi kuchli yo‘tal yuzaga chiqadi. Ba’zan yo‘tal qayd qilish, og‘riq sindromi bilan, uyqu buzilishi va bemor ahvolini yomonlashishi bilan o‘tadi. Bunday simptomlar qayd etilgan bemorlarga balg‘amni yopishqoqligini susaytiruvchi, uni bronxlar orqali xarakatini kuchaytiruvchi va bronxlardagi xilpillovchi epiteliy aktivligini oshiruvchi preparatlar beriladi. Bir so‘z bilan aytganda xarakatsiz yo‘talni xarakatli nam yo‘tal xolatiga o‘tkazish kerak bo‘ladi. Bunda yo‘tal refleksini susaytirish aloxida ahamiyatga egadir.

Ta’sir mexanizmiga qarab yo‘talga qarshi preparatlarni guruxlari:


  1. Oddiy yo‘talga qarshi preparatlar (MNSga ta’sir etuvchi va periferik ta’sirga ega preparatlar).

  2. Bilvosita yo‘talga qarshi effektga ega preparatlar (bronxlarni kengaytiruvchilar, yallig‘lanishga qarshi preparatlar, allergiya va shishlarga qarshi preparatlar).

  3. Kombinatsiyali preparatlar (2 va undan ortiq komponentli preparatlar bronxolitin, stoptussin, solutan, geksapnevmin va b).

SHu gurux preparatlariga qisqacha izox beriladi va o‘tkir bronxit kasalligini taxlil qilib chiqiladi.

Yallig`lanish kasalligi bilan kasallanganlarga farmatsevtik yordam: rinit kasalligi.

Har yili tomoq yallig`lanishini davolaydigan turli xil preparatlarni sotib oladigan odamlar ko`payib bormoqda. Faqatgina AQSHda statistic ma`lumotlarga qaraganda har bir yoshi katta odamlar yiliga 2-3 marta qattiq respirator infeksiyalari bilan, har bir bola esa yiliga 6-8 marta kasallanib kelmoqda.

Tomoq yallig`lanishi kasalligining simptomlaridan biri tumov (rinit) hisoblanadi.

Rinit allergiyadan paydo bo`lishi mumkun, hamda doctor konsultatsiyasini talab qiladigan oddiy kasallik bo`lishi ham mumkun. Shunday ma`lumotlar borki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda aholining 15-20 % rinit bilan kasallanadi, bu holat odamlarning retseptsiz preparatlarni olib ishlatishlarini tushuntiradi. Har bir xaridor rinit kasalliginidavolash uchun qo`llanadigan preparatlarning nimadan tashkil topishi, ratsional ishlatilishi va salbiy tomonlarini aniqlab bilishlarini tashkil etishi kerak.



Rinitning paydobo`lish asosiy sabablari:

  • Qattiq respiratorli kasalliklar;

  • Allergik rinit – birdaniga burunning yorilib, suv ishlab chiqarilishi, aksirish bilan bog`liq yoki fdasilga qarab ya’ni ba’zi o`simliklarning gullashidan (sennoy kasmork);

  • Adenoidlar – bu burundan nafas olish yo`llarining buzulishi, ovozning tiniqligining o`zgarishi, og`zi ochiq holda uxlash, burun bo`shlig`ini to`ldiradigan shilliq suyuqlik va u ko`pincha burun bo`shlig`i tomon oqadi.

  • Burun darvozasidagi yot jismlar—ko’pincha bolalarda uchraydi, bir tomonlama nafas olish qiynalishi, yiringli suyuqlikning burunning bir tomonidan oqishi, burundan qon oqishi ehtimoli ham bo’ladi;

  • Sinusit (qattiq yoki bir necha yillardan davom etib kelayotgan burun yallig’lanishi)- burun orqali nafas olishning qiyinlanishi, hid bilish sezgisining buzulishi, peshonasida yoki boshning o’zi og’rishi, subfebrilibetning mavjud bo’lishi.

  • Ozena (sassiq hidli tumov- burun bo’shlig’ining shilliq qavatining atrafiyalanib kasallanishi)- quyuq ajralmalarning hidli qoldiqlarga aylanib paydo bo’lishi, suvsizlik va burun bo’shlig’ining qichishi, birdaniga hid bilish sezgisining pasayishi, burundan yomon hidning kelishi.

O’zida jiddiy kasallikni taxmin qilib vrach oldiga borib ko’rsatadigan rinitning “xavfli” simptomlari:

  • Rinitning 38,5°C temperaturaning oshishi bilan o’xshashligi;

  • Burundan yomon hidning kelishi;

  • Qonli ajralmalar;

  • Yiringli ajralmalar;

  • Burunning faqat bir tomonidan ajralmalarning chiqishi (ko’pincha bolalarda);

  • Rinitning bir necha hafta davom etayotgan yo’tal bilan o’xshashligi (ayniqsa, yo’talning vaqt o’tishi bilan kuchayib borishi, bug’ilish holatlari, holsizlikning oshishi, balg’am yoki qonli balg’amning ajralishi).

Allergik rinit yoki qattiq resperatorlik infeksiyalar orqali paydo bo’lganda retseptsiz preparatlarni sotib olish va davolashda qo’llash mumkin. Ammo boshqa holatlarda patsentga vrach qabuliga yozilishi tavsiya etiladi.

Rinit bilan kasallanganlarga simptomatik davolash yo`llari:

  1. Fiziologik damlama bilan pipetka yordamida kuniga 3-4 marta burunni tozalash;

  2. Burun tomirlarini shishini qisqartirish uchun qo`llanadigan burun tomchilari;

  3. Intranazal spreylarini qo’llash;

  4. OPZ kasalligini davolashdagi peroral preparatlarni qo`llash.

Allergik rinit bilan kasallanganlarni simptomatik davolash yo’llari:

  1. Burun tomirlarini shishini qisqartirish uchun qo’llanadigan burun tomchilari;

  2. H₁- gistaminli preparatlarni ishlatish;

  3. Intranasal aerazol va spreylarni ishlatish;

  4. Antigistamin dori-darmonlarining ishlatilishi;

  5. Steroidli garmonlar bilan tayyorlangan intranasal aerazol va spreylar (doktor muolajasidan so’ng)

Rinit kasalligini davollashda dori-darmonlarning qo’llashning o’ziga yarasha qonun-qoidalari mavjud.

Rinit kasalligini davolashda retseptsiz preparatlar va ularning ratsional qo’llanishi.

Rinit kasalligini davolaydigan zamonaviy dori-darmanlar ko’p. Misol qilib rinitni davolanishidagi asosiy mono va kombinirovanniy preparatlarni olishimiz munkin.



Simpatomimetiklar

Bu guruhdagi preparatlarning ishlatilish mexanizimi bir xil-adrenoretseptlarni qo’zg’atish. Bu guruhdagi preparatlarning o’xshashligi umumiy mexanizm.

Bularga:


  • Oddiy ishlatishda shishgan tomoirlarni qisqartirishga yordam beradi;

  • Burun shillig’ini kamaytaradi;

  • Burundan nafas olishni osonlashtiradi.

Bu guruhdagi preparatlar o’zining nojo’ya ta’sirlari bilan farqlanadi.

Bular quydagilar:



  • SHSni qo’zg’atishi

  • Uyquning buzulishi

  • Bosh og’rig’i

  • ADning oshishi

  • Asablarning torayishi

  • Tremor— ko’rishni pasayishi

  • Appetitning pasayishi

Yuqorida ko’rsatilgan nojo’ya ta’sirlar sababli dekongestantlar simpatomimetiklar guruhidan repsepturlar kategoriyasiga ko’chirilgan;

Aktiv ingrediyent

Preparatlar

Fenilpropanolamin

Tremeks,Koldant, Effekt, Koldi, Kond-Flu, Orinol

Psevdoefedrin

Sudavfed, Aktifed, Klarinaze, Trayfed, Taylenol kold, Tera- Flyu

Simpatomimetiklar (tanlangan a₁-adrenomimetiklar)

Oldinga guruhdagi preparatlardan bular NSS ga kamroq ta’sir ko`rsatishi bilan farqlanadi. Ular a₁- adenoretseptorlarga quyidagi effektlar orqali ta’sir qiladi:



  • Oddiy ishlatishda shishgan tomirlarni qisqartirishga yordam beradi.

  • Burun shilling`ini kamaytiradi.

  • Burundan nafas olishni osonlashtiradi.

Aktiv ingrediyent

Preparatlar

Oksimetazolik

Nok-sprey, afrin, nazivin, nazol, fazin

Tetrizolin

Tizin

Ksilometazolin

Galazolin, Dr.Tays, Nazalniy sprey, Ksimelin, Rino-stas, Otrivin, Farmazolin.

Tramazolin

Lazolnazap plyus

Nafazomen

Naftizin, sinorin

Fenilefrin

Vibrosil, Rinopront, Koldreks, Neo-Sinefrin

Yuqoridagi preparatlarni to`g`ri ishlatganda nafas olish osonlashadi, hamda kasal odamlar buni yaxshi qabul qilishlari mumkin. Ammo arterial gipertenziyasi, gipertireozomi, yurak kasalliklari, qandli diabeti bo`lgan patsiyentlarga va bu dorilarni ko`p ishlatganda (ya’ni dozasi ko`payib ketsa) arterial qon bosimi oshishi yoki yurak xurujiga uchrashi mumkin.

Ammo esda saqlash kerakki, hamma dekangestantlar vaqt o`tishi bilan tomir qisqarish effekti burundan qon oqishini kuchayishiga olib keladi, hamda burun shilling`ini qaytib paydo bo`lishiga olib keladi. Shu kabi preparatlarni ko`p vaqt davomida ishlatish burunning o`z vazifalarini buzulishiga olib keladi.



Shishgan tomir qisqartiradigan preparatlarning bolalarga bo`lgan rinitni davolash yo`llanishi.

  • 6 yoshgacha bo`lgan bolalarda tomizgich- oksimetozolin 0,01%

  • 6 yoshdan katta bo`lgan bolalarda tomizgich oksimetozolin 0,025%

  • 6 yoshdan katta bo`lgan bolalar uchun intranazal sprey- oksimetozolin 0.05%, ksilometazolin 0.05%

  • Dozali ksilometazolin aerazoli

Allergik rinit-allergiyaning eng ko`p tarqalgan formasi. Oxirgi yillarda allergik rinit bronxiyal astmaning kelib chiqishiga sabab deb ko`rilmoqda. Allergik rinitni davolashda shishgan tomirlarni qisqartiradigan preparatlar hamda antigistamik darmonlar, eng og`ir paytlarda esa steroitli xermonlar ham ishlatiladi. Ammo aytish lozimki, steroidlarni vrach tavsifnomasidan so`ng qabul qilish kerak.

H₁-gistaminli retseptorlarning to`xtatgichi.

Bu guruhdagi preparatlarga xos xsusiyatlar quydagilar:



  • Endi paydo bo`layotgan tumov va allergiyani to`xtatishga harakat qiladi

  • Allergiyaga qarshi, tomirlarning shishiga qarshi va qichishlarga qarshi xizmat qiladi

  • Sedativli xizmat qiladi.

Aktiv ingrediyent

Preparatlar

Azelastin

Allergodil

Levokabastin

Gistimet

Loratadin

Agistam, Klaritin, Lorfast, Loratadin-KMP, Lorizan-KMP, Feonidan

Feksovekadina gidroxlorid

Aktiva, Telfast.


Labrotsit membranalarining stabilizatorlari.

  • Allergik reaksiyalarni paydo bo`lishini kamaytiradi;

  • Labrosit membranalarini stabil holatga keltiradi, tumov va allergiyani paydo bo`lishini oldini oladi.

Aktiv ingrediyent

Preparatlar

Kromoglyutsit kislotasi

Kromotop, Kromogeksal, Ifiral, Kromoglin.

Steroidli garmonlar.

Steroidli preparatlarni qabul qilish zarur bo`lganda, bilish kerakki, rinit kasalligi uchun eng maksimal effekt beradiganbu topik steroidlar. Ular yengil tumovning hammasini davolashga xizmat qiladi. Shuning uchun ham ular allergik rinitni davolashda asosiy o`rin egallaydi. Ularni yil bo`yi ishlatish mumkin, garchand boshqa preparatlarning effekti ancha kam.

Bu guruhdagi preparatlarning quyidagi xususiyatlari mavjud:


  • Allergiyaga qarshi, tumovga qarshi, hamda tomirlar shishiga qashi xizmat qiladi;

  • Nafas olishni osonlashtiradi;

  • Burun shilling`ini kamaytiradi.

Aktiv ingrediyent

Preparatlar

Beklometazol

Aldetsin, Bekonaze, Nasobek, Xayfever.

Feutikazon

Feiksonaze

Mometazon

Nazoneks

Triamsinolon

Nazanort

Rinitni davolashda boshqa turdagi preparatlar.

Yuqorida aytib o`tilgan aktiv ingrediyentlar Ukrainada ishlab chiqaradigan ko`plab dori-darmonlarni o`z ichiga oladi. Bundan tashqari rinitni davolashda boshqa dori-darmonlar ham mavjud.



Salin – (0,6% natriy xlorid) yoshi katta va bolalarda og`iz bo`shlig`ini chayishga qo`llanadi.

Pinosol-(evkalipt yog`, timol, takoferola atsetat)mikroblarga qarshi (antiseptik), yengil shamollashga qarshi, tomirlarning shishiga qarshi ishlatiladi. Davolanish boshlarida har soat, keyinroq esa kuniga 3-4 marta ishlatish kerak, tomirlarni qisqartirishga ishlatiladigan preparatlar bilan birga yaxsh effekt beradi. Buni ishlatganda ba’zan kuyish hissi, qichish, giperemiya yoki burundan suyuqlik chiqishi mumkin. Yoshi bir yoshgacha bo`lgan bolalarda qo`llanilmaydi.

Boromentol- (bor kislotasi, mentol, vazelin) antiseptik va og`riqni pasaytiradi.i ishlatganda kuyish hissi paydo bo`ladi. Yoshi bir yoshgacha bo`lgan bolalarda qo`llanilmaydi.
Rinit va shamollashni davolaydigan bolalar va yoshi kattalar uchun boshqa turdagi preparatlar.

Koldrekt- (xlorfenamina maleat-H₁gistaminoblokator, fenilpropanolamina gidroxlorid-simpatomimetik). Rinit va OPZ simptomlarini tezda yo`qatadigan kompleks preparati. Antiallergik, tomirlarning shishiga qarshi hamda shamollashga qarshi ishlatiladi.

Kop`p qavatli granulalardan iborat kapsulalar bo`lib, aktiv komponentlarning asta asta chiqib qonga ta’sir etishini kontrol qiladi. Alkogol bilan qo`shib ichish mumkin emas. Preparatni qabul qilgan paytda transport haydamaslik kerak. Dorini qabul qilganda bosh aylanishi, uyqisizlik, appetitnig pasayishi, og`izning suvsizligi, qisishlar bo`lishi mumkin. Bir yoshgacha bo`lgan bolalarga, homiladorlarga hamda IBS va AGpatsiyentlarga bu dorini ichish mumkin emas.



Kontakt, orinol, effekt-(xlorfenamina maleat-H, gistaminoblokator, fenilpropanolamina gidroxlorid-simpatomimetik). Koldant preparatiga hamma tomondan o`xshash.

Kold-flyu-xlorfenamina maleata va fenilpropanolamina gidroxloriddan tashqari baland temperaturani pasaytiradigan kofein va paratsetamol ham bor.

Ferveks- (paratsetamol, fenilpropanoamina gidroxlorid) shamollashga qarshi, temperaturani pasaytiradigan, analgetik harakat beradigan hamda nafas olishni osonlashtiradi.

Rinoproit- fenilefrin va karbinoksamina maleat.

Koldreks Xotrele- (paratsetamol, fenilefrin, dekongestant) askorbinka.

Tera Flyu- paratsetamol, xlorfeniramin-gistaminoblokator, psevdoefedrin-dekongestant, askorbinka.

Antikataral- paratsetamol, xlorfeniramin-gistaminoblokator, fenilefrin-dekongestant.

Farmatsitron- paratsetamol, feniramin-gistaminoblokator, fenilefrin-dekongestant, askorbinka.

Rinit kasalligini davolash uchun preparatlarni qabul qilishda farmatsevtik yordam.

  • Hamma dekongestantlarni ikki haftadan ortiq ishlatish mumkin emas;

  • Simpatomimetik guruhidan shishgan tomirlarni qisqartiradigan preparatlarni 5-7 haftadan ortiq qabul qilmaslik kerak;

  • Tarkibida psevdoefedrin va fenilpropanolamin mavjud bo`lgan preparatlar transport haydovchilariga qabul qilishga yo`l qo`yilmaydi;

  • Tarkibida psevdoefedrin va fenilpropanolamin mavjud bo`lgan preparatlarni qabul qilganda hayajon hissi, uyqusizlik, tremor, insultning rivojlanishi, miyada qon aylanishining buzilishi taxmini mavjud;

  • Tarkibida simpatomimetiklar bo`lgan preparatlarni 6 yoshgacha bolalarga berishmumkin emas;

  • Tarkibida fenilpropanolamik bo`lgan preparatlarni indametatsinom bilan aralashtirmaslik kerak;

  • Simpatomimetiklar koz ichidagi bosimni oshirtirishi mumkin, shuning uchun glaunoma bilan kasallanganlarga buni ehtiyotlik bilan qabul qilishga ruxsat berish kerak;

  • Tarkibida simpatomimetiklardan tashkil topgan preparatlarni boshqa guruhdagi ya’ni antidepressant, monoaminooksidaz ingibitorlar hamda psixostimulyatorlar bilan aralashtirmasdan qabul qilish kerak;

  • Tarkibida simpatomimetiklar bo`lgan preparatlar antigipertenziya va β-blokator preparatlarining kuchini pasaytirishi mumkin, bu esa AD ning oshishini bildiradi hamda bularni birgalikda ishlatganda yurak aritmiyasini paydo qilishi mumkin;

  • Simpatomimetiklar guruhidan shishgan tomirlarni qisqartiradigan preparatlarni sedativ dorilari hamda burun bo`shlig`iga tomchilaydigan shu turdagi preparatlar bilan birgalikda qo`llash mumkin emas;

  • Tarkibida feniramin va xlorfeniramin bolgan preparatlar gipertrofiya va glaukoma bilan kasallanganlarga to`g`ri kelmaydi;

  • Antigistamin komponentlaridan tarkib topgan preparatlar uyquni, charchoqni o`ziga tortadi, shuning uchun ham ularni uxlashdan oldin qabul qilish kerak;

  • Antigistamin komponentlaridan tarkib topgan preparatlar transport haydashda qabul qilmaslik kerak, chunki ular e’tiborni va kordinatsiyani buzilishiga olib keladi;

  • Antigistamin komponentlaridan tashkil topgan preparatlarni alkogol bilan, sedativlar bilan, uyqu dorilari, trankvilizator, neyroliptiklar va narkotik analgetiklar bilan aralashtirmasdan qabul qilish kerak.

  • Steroidli garmonlardan tashkil topgan preparatlarni faqat doktor qabulidan keyin ishlatish mumkin (istasno holati bu beklametazonaning nazal spreylari).

  • Tarkibida steroidli garmonlar bo`lgan preparatlarini homilador ayollar va 4 yoshgacha bo`lgan bolalarga qabul qilish mumkin emas;

  • Tarkibida steroidli garmonlar bo`lgan dori-darmonlarni qabul qilganda suvsizlik, burun bo`shlig`idan yomon hid va burundan qon oqishi ehtimoli mavjud;

  • Ko`p vaqt davomida steroidli garmonlardan tashkil topgan preparatlarni qabul qilganda burun bo`shlig`ida kandidozaning rivojlanish ehtimoli bor.


Nazorat savollari.

  1. Yuqori nafas yo‘llari kasalliklarida balg‘am ko‘chiruvchi dorilarning ta’siri qanday

  2. Yo‘talga qarshi va antibakterial vositalardan oqilona foydalanish deganda nimani tushunasiz.

  3. Immunomodulyator dori vositalarini tanlash va almashtirish yo‘l-yo‘riqlari qanday olib boriladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:

  1. Фармацевтическая опека/Под ред. И. А. Зупанец, В. П. Шерных, В. А. Усенко.— Х.: Золотые страницы, 2002.— 264 с.

  2. Farmatsevtik yordam fanidan ma’ruzalar matni 2006 yil.

  3. 3. Шаповалова В. М., Даниленко В. С., СҲаповалов В. В., Бухтиарова Т. А. Лекарственные средства, отпускаемые без рецепта врача.— Х.: Торсинг, 1998.— 528 с.

  4. Maxsumov M.N., Malikov M.M. Farmakologiya. T. Ibn Sino nash. 2006 y.

  5. Azizova S.S. Farmakologiya. T. Ibn Sino 2002 g.

  6. Xarkevich D.A. Farmakologiya. M. Meditsina 2008 y.


Qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. Aliev.X.U. Farmakologiyadan ma’ruzalar matni. 2000.

  2. Yunusxodjaev A.N. Осложнение лекарственных средств. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash,

2005, № 1.

  1. Samura B.A. va boshqalar Farmakoterapiya. Xarkov 2000 1-2 tom.

  2. Yunusxodjaev A. N. и др. Государственный реестр лекарственных средств и изделий медицинского назначения. . T. 2004.

  3. Yunusxodjaev.A.N. i dr. Spravochnik osnovnыx lekarstvennыx sredstv Respubliki

Uzbekistan. T. 1998 g.

  1. Клинические рекомендации и фармакологический справочник. Под ред. И.Н. Денисова, ЙУ.Л.Шевченко, Ф.Г.Назирова. M.2005 g.


3-MA’RUZA
MAVZU: OSHQOZON ICHAK TRAKTI(OIT ) FAOLIYATI BUZILISHLARIDA SIMPTOMATIK DAVOLASH VA F.YO TAMOILLARI (FUNKSIONAL DISPEPSIYA, METEORIZM, QABZIYAT)
Reja:

        1. OISning infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida retseptsiz beriladigan dorilarni tanlash.

        2. Funksional dispepsiya, meteorizm, qabziyatda farmatsevtik yordam tamoyillarini bilish.

        3. Qabziyatni surgi dorilari bilan simptomatik davolash.

Ichki kasalliklar ichida eng ko‘p tarqalgani OIS-si kasalliklaridir. OIS-si kasalliklari Respublikamizdagi umumiy kasallikning 10-15%-ni tashkil etadi. Keyingi yillarda OIS-kasalliklari yoshlar o‘rtasida ko‘payib bormoqda. Buning asosiy sabablari turmush tarzining, ekologiyaning va oziq-ovqatlar sifatining o‘zgarib borishidadir


Meteorizm- xazm traktida ( oshkazon va ichaklarda) gaz xosil bulishining ortib ketishi natijasida korinning shishishi, natijada korinda ogrik, kekirish, nafas tezlashishi kelib chikadi.

Bundan tashkari meteorizm sabablari kuyidagilar bulishi mumkin:


-ba’zi ozik- ovqatlarning xazm bulmasligi ( sut maxsulotlari va ma’lum turdagi ovqatning uglevodlari, kuzikorin, soya, shirinliklar, dukkaklilar, yongoklar, karam, olxuri, ba’zi bir krupalar, meva sharbatlari va b.lar),

- uta kup ovqat eyish,

- odatiy bulmagan ozik- ovqatlar yoki uning uzgarishi ( xizmat safarlari, ta’til vegeterianllik va b.lar)

- chekish,

- gastrit va peptik yaralar,

- ut toshi kasalligi,

- disbakterioz,

- anomal peristaltika ( yugon ichak mushaklarining kiskarishi),

- xayzdan oldingi davr,

- jarroxlikdan keyingi davr.



Vrach aralashuvini talab kiladigan meteorizmning xavfli simptomlari:

- korindagi davomiy ogiklar,

- kungil aynishi va kusish,

- teri va kuz sklerasining sarik tusga kirishi,

- tana ogirligining keskin kamayib ketishi,

- dori preparatlarini kabul kilgandan sung korinning dam bulishi



Meteorizmni dorisiz oldini olish yullari

- meteorizmni vujudga keltiradigan ozik- ovqatlarni aniklab uni ovqat ratsionidan olib tashlash,


- korin damligi, ogrigi, gazlar tuplanishini keltirib chikaradigan shakar urnini bosuvchilari bulgan ozik- ovqatlarni kamaytirish,
- jismoniy xarakatni kupaytirish,

- sakich ( jevatelnaya rezinka) lardan voz kechish,

- chekishdan voz kechish yoki uni kamaytirish,

- ovqatni kam kamdan kuniga 4- 5 maxal ist’emol kilish,

- atsidofil ozik ovqatlarni kabul kilish.

Meteorizmni dorilar bilan davolash.

Enterosorbentlar- ichakdagi turli xil toksik metabolitlarni samarali adsorbsiyalaydi. Enterosorbentlarni kabul kilgandan sung organizmning detoksikatsiyasi organ va tukimalarda biologik aktiv birikmalarni uzaro ta’sirini yaxshilab beradi, ayniksa usimlik birikmalarining organizm retseptorlari Bilan ta’sirini. Enterosorbentlar meteorizmni va boshka dispeptik buzilishlarni kamaytiradi. Kompleksli davolashda, ayniksa usimlik preparatlari bilan samarali ishlatish mumkin.

Meteorizmni simptomatik davolashda enterosgel, kaopektat, attapulgit, polifepan tavsiya etiladi.

Silikonlar- kremniy asosida olingan ximiyaviy inert bulgan yuzaki aktiv moddalar. Ta’sir mexanizmiga kura ular kupiklarni yuk kiluvchilardir: ichak yuzasida xosil bulayotgan gaz pufakchalarini kamaytiradi. Pufakchalar yoriladi va/ yoki rezorbsiyalanadi va tabiiy yul Bilan chikib ketadi. Silikonlar fakat gaz pufakchalari yuzasiga ta’sir kiladi va ichak devorlariga ta’sir kilmaydi, ichakda surilmaydi. Bu gurux preparatlari zaxarli ta’sirga deyarli ega emas. Ular xomilador va emizikli ayollar va bolalarga berilishi mumkin.

Xozirgi paytda bu gurux dori vositalaridan 2 tasi- dimetikon ( seolat) va simetikon ( disflatil, espumizan) kullaniladi.

Ferment preparatlari – meteorizmning simptomatik davolashida ferment preparatlarining berilishining maksadi- funksional etishmovchilikni davolash emas, balki juda kup ovqat ist’emol kilish natijasida oshkozon osti bezi zurikishining « funksional tinchlantirish» ni xosil kilishdir. Lipolitik va proteolitik fermentlarni me’yorida kullash maksadga muvofikdir. Bunday xolatlarda keng kullaniladigan preparatlardan « Festal» dir

Usimliklardan olingan gax xaydovchi vositalar: ukrop preparatlari ( xidli ukrop mevalari, ukrop suvi) dorixona ukropi mevalari, tmin mevalari, moychechak gullari.
Silikonlarni takkoslovchi xarakteristika


Xalkaro

nomi


Savdodagi

nomi


Klinik- farmakologik xarakteristikasi

Dimetikon

Seolat (Egis, Vengriya)

Ximiyaviy inert moda, xazm kilish yulida absorbsiyalanmaydi, uzgarmagan xolatda najas orkali chikib ketadi.

Kullash mumkin bulmagan xolatlar va nojuya ta’sirlari aniklanmagan.

Preparat bir vaktning uzida antatsid, ayniksa alyuminiy gidroksid va magniy gidrokarbonat Bilan birga kabul kilinsa samaradorlik kamayadi.


Simetikon

Disfatil (Solco Basel AG, SHveysariya)

Espumizan (Berlin-Chemie, Germaniya)



Ximiyaviy inert moda, xazm kilish yulida absorbsiyalanmaydi, uzgarmagan xolatda najas orkali chikib ketadi.

Tarkibida shakar saklamaganligi sababli, kandli diabeti bor kasallarda kullash mumkin.

Kullash mumkin bulmagan xolatlari- ichakdan utmagan xolatlarda, oshkazon- ichakning obstruktiv kasalliklarida.

Nojuya ta’sirlari aniklanmagan.






5)O‘simliklardan olingan gaz haydovchi preparatlarining taqqoslash xarakteristikasi







Usimlik nomi

Preparatlar

Klinik- farmakologik xaraketistikasi

Ukrop mevalari

Nastoyka

Spazmalitik, yalliglanishga Karshi, ut xaydovchi va gaz xaydovchi ta’sirga ega, xazm bezlari sekretsiyasini kuchaytiradi, ichakdagi yiringlash va achish jarayonlarini susaytiradi.

Xomiladorlikda kullab bulmaydi.

Preparatga bulga uta sezuvchanlik kuzatilishi mumkin.


Tmin mevalari

Nastoyka

Oshkazon ichak traktining tonus va motorikasini normallashtiradi, Spazmalitik, antiseptik, ut xaydovchi ta’sirga ega, xazm bezlarining sekretsiyasini kuchaytiradi, ichakdagi yiringlash va achish jarayonlarini susaytiradi

Preparatga uta sezuvchanlik kuzatilishi mumkin.



Dorixona ukropi

mevalari


Nastoyka

Spazmalitik, yalliglanishga Karshi, gaz xaydovchi va antibakterial ta’sirga ega. Ichakning motorikasini boshkaradi.

Preparatga bulgan uta sezuvchanlik kuzatilishi mumkin.




«Planteks» (tez erib ketuvchi choy)

Tarkibida dorixona ukropi, glyukoza, galaktoza bor.

Xazm kilishni yaxshilaydi, oshkozon shirasi ajralishini kuchaytiradi, ichak motorikasini aktivlashtiradi, gaz yigilishini oldini oladi, meteorizmdan kelib chikkan spazmlarni yukotadi.

1 yoshgacha bulgan bolalarga berilishi mumkin.

Preparatga bulgan uta sezuvchanlik kuzatilishi mumkin.








6)Probiotiklar. Bu gurux preparatlari ichakdagi yiringni va gazlarni xosil kiluvchi mikroorganizmlarning xayotiy faoliyatini cheklaydi, bu esa meteorizmni vujudga kelishini oldini oladi, xazm jarayoni va oshkozondagi surilishni yaxshilaydi.

7) Domperidon. Dofaminning sintetik antagonisti, gemato- ensefalitik barerdan yomon utadi, shu sababli markaziy ta’sirga ega emas. Gastrokinetik va kusishga Karshi ta’sirga ega. Peroral kabul kilinganda oshkozon faoliyatini yaxshilab, lekin oshkozon sekretsiyasiga ta’sir kilmaydi. Ukrainada domperidon asosida « Motilium» preparati yaratilgan.

Oshkozon- ichakda kon ketganda, 1 yoshgacha bulgan bolalarda ichak yulidan utmaslik xolatida, emizikli paytda berish tavsiya etilmaydi. Dozasi kupayganda uyku bosishi, bolalarda ayniksa orientatsiya buzilishi kuzatiladi.

Xozirgi paytda «Motilium» retseptura asosida beriladigan preparatlarga kiradi va shu sababli fakat vrach kursatmasi Bilan beriladi.
Meteorizmni simptomatik davolash uchun kullaniladigan preparatlarni ishlatishdagi farmatsevtik yordam.

- sorbentlar guruxiga kiruvchi preparatlarning adsorbentlik xususiyati bulgani uchun ular bir vaktning uzida berilayotgan peroral preparatlar ta’sirini susaytiradi,

- Adsorbentlar va boshka dori preparatlarni kabul kilayotganda orasida ma’lum vakt utishini ta’minlash tavsiya kilinadi,

- Adsorbentlarni uzok vakt kabul kilinsa organizmda vitaminlar, oksillar, yoglar kamayishi kuzatiladi,

- Urtacha ta’sirli adsorbentlarni ( yoki katta dozalarda) kabul kilinsa korin dam bulishiga olib kelishi mumkin,

- Aktivlangan kumir najasni kora ranga kiritadi,

- Attapulgit tananing Yuqori xaroratida ruxsat etilmaydi,

- Attapulgit xomiladorlikning birinchi uch oyligida va emizikli paytda ruxsat etilmaydi,

- Tabletka xolidagi attapulgit bolalarga 6 yoshdan keyin, suspenziya xolidagisi 3 yoshdan keyin berilishi mumkin,

- Silikonlar ( Simetikon, dimetikon) bir oz miqdordagi suyuklik Bilan, ovqatdan sung va uykudan oldin kabul kilish tavsiya etiladi,

- Domperidon fakatgina vrach kursatmasi Bilan beriladi!

- Usimliklardan olingan gaz xaydovchi preparatlar nastoyka va kaynatma xolida kabul kilinadi,

- Ukrop, dorixona ukropi va tmin mevalarining nastoykasi emizikli ayollarda sut ajralishini kuchaytiradi,

- Nastoyka va kaynatmalar muzlatgichda 3 kundan ortik saklanmasligi lozim,

- «Planteks» choyiga shakar kushib bulmaydi,
- Fermentli preparatlar ovqat paytida yoki ovqatdan keyin kabul kilinishi lozim,

- Fermentli preparatlari bulgan tabletkalarni chaynash man etiladi.

Qabziyat fiziologik normal xolatda qayd etiladigan xojatga borish jarayonining buzilishi bo‘lib, unda xojatga borish vaqti cho‘ziladi va ichakning normal funksiyasi buziladi.

Qabziyatni kelib chiqishi mumkin bo‘lgan sabablar quyidagilardan iborat:



  1. Yo‘g‘on ichak patologiyasini yuzaga chiqishi;

  2. Normal modda almashinuvini buzilishi;

  3. Ovqalanish san’atini o‘ziga xos xususiyatlari;

  4. Turli xil dorilarni keragidan ortiq qo‘llash.

  1. Yo‘g‘on ichak patologiyasiga:

kolitlar; ichak atoniyasi;

anus atrofidagi yorilishlar;

gemoroylar; ichak spazmi;

Kron kasalligi-yarali kolit;

yo‘g‘on ichak polipozlari va b. kiradi.


  1. Normal modda almashinuvini buzilishiga:

organizmni susizlanishi;

qalqonsimon bezning gipofunksiyasi;

buyrak usti bezining gipofunksiyasi kiradi.


  1. Ovqatlanish san’atining o‘ziga xos xususiyatlariga:

ovqatlar tarkibida o‘simlik kletchatkalarini etarli darajada bo‘lmasligi (asqarov beshligi…),

ovqat ratsionini birdan o‘zgarishi;

ovqat tarkibida ortiqcha yog‘larni bo‘lishi;

etarli miqdorda suyuqlikni iste’mol qilmaslik;

ovqat tarkibida ortiqcha temirni bo‘lishi;

Folat kislotani etishmasligi (chaqaloqlar va xomilador ayollardagi turli xil o‘ziga xos etishmovchiliklar…!) Vit. V9-folat k-ta.



  1. Qanday dorilarni keragidan ortiq va betartib ichilganda qabziyat yuzaga chiqadi:

alyumin saqlovchi antotsidlar;

antigistamin preparatlar;

antideprissantlar;

neyrotrop-neyroleptik va psixotrop preparatlar;

opiatlar-ko‘pincha kofein saqlovchi preparatlar;

kalsiy kanalini blokatorlari;

temir preparatlari va kalsiy preparatlari.

Qabziyatni qanday xolatlarda kechishi xayot uchun xavflidir?

yuqori temperatura bilan kechishi ;

najasda qon yuqimini paydo bo‘lishi;

qorinda kuchli og‘riq bilan kechuvchi qabziyat;

qabziyatni qayt qilish bilan kechishi;

bemor massasini kamayib ketishi.

Bemor bilan suhbatda nimalarga ahamiyat berish kerak va buning uchun qanday savollar berish o‘rinli bo‘ladi?

a). Anchadan beri qabziyat bilan og‘riysizmi ? (Bunda o‘tkir yoki surinkali qabziyat borligi aniqlab olinadi. Surinkali qabziyat bo‘lsa, unday bemorlarni vrachlarga murojat qilishlarini tushintirish kerak bo‘ladi.)

b). Xojatga borganda najasni ajralib chiqishi og‘riq bilan bo‘ladimi? (Bunda bemorda gemoroy, proktalgiya va b. bor yoki yo‘qligi aniqlab olinadi va shunga yarasha davolash muolajalari ishlab chiqiladi).

v) Sizning qorningizdagi og‘riq spastik xarakterga egami? (Spastik og‘riq spastik kolitda, divertikulyozda yo‘g‘on ichakni rakida va b. bo‘ladi).

g). Prfessional ishlab chiqarish soxangiz nimalar bilan bog‘liq? (Og‘ir metallar bilan kontaktda bo‘lish masalan: simob, qo‘rg‘oshin, margimush va b.). Bunda surinkali qabziyat yuzaga chiqishi mumkin.

d). Siz qanday surgi dorilarni qabul qilgansiz va qanday ta’sirlar yuzaga chiqqan? (YUqorida aytib o‘tilgan dorilarga bog‘liq qabziyatlar bo‘ladi…!)

Ayniqsa xomilador ayollarda qayd etiladigan qabziyatni surgi dorilar bilan davolash yaxshilikka olib kelmaydi. Bunda ko‘proq suyuqliklar ichish va o‘simlik klechatkalaridan qabul qilish kerak bo‘ladi. Bemorlarni yoshi ham aloxida axamiyatga ega. CHunki qariyalarda gipodinamik qabziyat yuzaga chiqishi mumkin. Ularni taza-genital organlarining muskullari susaygan bo‘ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda va surunkali qabziyatni butun dunyo buyicha keng tarqalganligini hamda bu kasallikni davolashda o‘ziga-o‘zi yordam prinsiplarini tarqalganligini inobatga olib, uni aniqlashda va ratsional davo muolajalarini yuzaga chiqarish uchun nafaqat shifokorlar, balki provizorlar ham javobgarlikni his etgan holda ish tutishlari kerak. CHunki bu gurux kasallarni davolashda nafaqat retseptsiz beriladigan dorilarni o‘rinli tanlash yoki ratsional qo‘llash, balki ularni davo kursi ham katta ahamiyatga egadir.

Davo muolajalari:


  1. Dietoterapiya (o‘simlik klechatkalariga boy maxsulotlarni iste’mol qilish)

  2. Gazi chiqarilgan ma’danli suvlar

  3. Ichak motorikasini normallashtirishga moyil dori vositalari berish (spazmolitiklar, fitoterapiya, sabzi, limon o‘ti, buymadaron, yalpiz, xmel, tog‘ rayxon, romashka, kalendula va b damlamasi ).

  4. Davo mashqlari (qorin va tazo-genital mushaklari tonusini oshiruvchi)

  5. Fizioterapiya (diatermiya, elektrofarez, issiq qilish, vanna, parafin va b.).

Xazm a’zolari kasalliklari axoli urtasida turli xil yosh guruxlarida 18 % dan 37 % gacha uchraydi. OIS patologiyasining keng tarqalganligi kuplab omillar, noratsional ovqatlanish, ekologik buzilishlar, immun faollikni pastligi, infeksiyalarni tarqalgani bilan bog‘liq. OIS patologiyasining asosiy sindromlari og‘riq, kungil aynish, qabziyat, diareya, meteorizm va b. Og‘riq sindromi va xavfli simptomlardan tashqari barcha xolatlarda OIS kasalliklarini retseptsiz dorilar bilan simptomatik davolash mumkin. Qorin soxasida og‘riq bulishi bemorning nafaqat sog‘ligiga, balki xayotiga xam xavf soladi. Bunday paytlarda og‘riq qoldiruvchilarni berish tavsiya etilmaydi, chunki kasallikka aniq tashxis quyish qiyinlashadi. Bundan tashqari albatta shifokorga murojaat qilish lozim bulgan xavfli simptomlarga quyidagilar kiradi:

isitma kutarilishi; axlatda qon bulishi; korinni o‘ta dam bulishi; qusish; vaznni yuqotish; qabziyatni biror bir dorini qabul qilish bilan bog‘liqligi.

Qabziyat (obstipatio) — ichak faoliyatining buzilishi bulib, defekatsiya aktlari urtasidagi interval 48 soatdan ortiq buladi. Ba’zi odamlarda 2g‘3 kunda ichak bushalishi xam fiziologik norma bulib, qabziyat xisoblanmaydi va tana uchun xavfli emas. Qabziyati bor odamlarda ishtaxa yuqolib, kekirish, og‘izda yoqimsiz ta’m, qorin soxasida og‘irlik, dam kuzatiladi. Kupchilik kasallarda terida uzgarishlar, rangparlik, ersimon rangga kirishi, quruqlik, ortiqcha muguzlanish, dermatit kurinishlari kuzatiladi, tirnoqlar zaiflashib, soch tukiladi. Tanada intoksikatsiya tufayli xolsizlik, ish qobiliyati pasayishi, bosh og‘rishi, uyqu buzilishi, xotirani susayishi aniqlanadi. Surunkali qabziyat ikkilamchi enterokolitlar, gemorroy, tug‘ri ichakda yoriqlar xosil bulishiga olib keladi. Bunga kupincha disbakterioz, immun tizimi va modda almashinuvidagi buzilishlar qushiladi. Qonda va limfada turli xil toksinlar va kanserogen moddalar kupayadi.

Qabziyatning asosiy sabablari:

tug‘ri ichak patologiyasi-kolitlar, ichak atoniyasi, spazmlari, megakalon, polipozlar;

modda almashinuvi buzilishlari-suvsizlanish, qalqonsimon va buyrak usti bezlari gipofunksiyasi;

ovqatlanish xarakteri-ratsionni keskin uzgartirish, ovqatda o‘simlik klechatkasi etishmasligi, ratsionda yog‘larni ortiqcha bulishi, ortiqcha temir qabul qilish, folat kislota etishmasligi;

defekatsiya aktining og‘riqliligi-orqa chiqaruv soxasida yoriq bulishi, gemorroylar;

ayrim dori vositalarini qabul qilish-antatsidlar, antigistamin vositalar, xolinolitiklar, gipotenziv vositalar, kalsiy va temir saqlovchi vositalar, psixotroplar.Qabziyat kelib chiqishiga moyillik tug‘diruvchi omillar:

biriktiruvchi tuqimaning tizimli kasalliklari (revmatizm, revmatoid artrit, sistem qizil volchanka, sklerodermiya va b.); ovqat ratsionida yog‘larni va oqsillarni ortiqcha bulishi; kam xarakatlik; surgi vositalarini uzoq vaqt ishlatish; klizmadan ortiqcha foydalanish.



Qabziyatlarni davolash

Qabziyatlarni davolashga kirishishdan avval ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash lozim. Kupincha ubu sabablarni bartaraf etilishi ichakni normal yurishuviga olib keladi. Bemorga avval surgi vositalaridan va klizmadan minimal foydalangan xolda nomedikamentoz usullar taklif etiladi



Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə