Ўzbekiston respublikasi



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/42
tarix11.05.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#86749
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 2-kitob

6.2. Eshitish sezgilari. 
Eshitish  sezgilari  tovushlarni  eshitishdan  iborat  bo’lib,  musiqaviy  va 
shovqinli tovushlarni aks ettiradi.  
Odatda  tovushlar  oddiy  va  murakkab  turlarga  ajratiladi,  ularning  birinchisi 
tonlar,  ikkinchisi  esa  bir  necha  tondan  tashkil  topadi.  Tonlardan  biri  asosiy  ton 
shisoblanadi  va  tovushning  balandligini,  kuchini  belgilaydi,  boshqalari 
qo’shiluvchi  tovushlar  sanalib,  ular  obertonlar  deyiladi.  Musiqa  asboblaridan 
taralayotgan tovushlarning  o’ziga xosligi fan tilida tembr deb ataladi. Shatto nutq 


54 
 
tovushlari  sham  oshangli  tovushlar  (unli  tovushlar)  yoki  shovqinlardan  (undosh 
tovushlar) tashkil topgan bo’ladi.  
Eshitish  sezgilari  organi  quloq  bo’lib,  tashqi  quloq  (quloq  suprasi  bilan 
eshituv  yo’lidan  iborat),  o’rta  quloq  (noqora  parda  va  unga  yopishgan  uchta 
suyakcha:  bolqacha,  sandon  va  uzangidan  tashkil  topgan),  ichki  quloq  (quloq 
labirinti  o’zaro  birlashgan  uchta  bo’lakdan  tuzilgan).  Tashqi  quloq  shavo 
to’lqinlarini yiquvchi karnay vazifasini bajaradi. Noqora parda va unga yopishgan 
suyakchalar  shavo  to’lqinlarini  ichki  quloqqa  uzatadi.  O’rta  quloq  maxsus  yo’l 
orqali  oqiz  va  burun  bo’shliqi  bilan  tutashgan  bo’ladi.  Ichki  quloqning  yuqori 
qismi  uchta  yarim  doira  kanaldan,  o’rta  qismi  kameradan  va  pastki  qismi 
chiqanoqdan tashkil topgandir.  
Ichki  quloqning  uchala  bo’limi  endolimfa  nomli  maxsus  suyuqlikdan 
iboratdir.  Ichki  quloqning  asosiy  qismi  chiqanoqdan  iborat  bo’lib,  uning  ichida 
Kortiy organi mavjud, u gumbaz shakliga ega, asosida esa membrana joylashgan. 
Membrana  uzunligi  qisqarib  boruvchi  elastik  tolalardan  iborat  bo’lib,  ular  tarang 
tortilgan  turlarga  o’xshaydi,  uning  yuqori  qismida  maxsus  tayoqchasimon 
shujayralar mavjud va ular Kortiy dugalari deb yuritiladi.  
Membrananing  tolalari  endolimfaga  ingichka  qillari  bor  maxsus  shujayralar 
yordamida  Kortiy  dugalari  orqali  miya  katta  yarim  sharlari  po’stining  bo’lagiga 
joylashgandir.  
a) eshitish sezgilarining fizik sabablari. Havo to’lqinlarining sharakati tufayli 
tovush  chiqaruvchi  jismlar  tebranganida  eshitish  sezgilari  shosil  bo’ladi.  Agarda 
musiqaviy  tovushlar  shavo  to’lqinlarining  tekis,  ritmik  sharakatlari  natijasida 
vujudga kelsa, shovqinlar tovushlar esa ularning notekis sharakatlaridan tuqiladi.  
 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə