Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

ilmiy ijod bu
-
 izlanuvchining tafakkuri va
qobiliyatini ob’yektga nisbatan chuqur va mohiyatan yaqinlashib
borishining yuksak darajasidir.
Ilmiy ijod izlanuvchining mashaqqati va og‘ir mehnatini talab qiladi.
Qiyinchiliklarga bardosh berishini kutadi. Albatta, ilmiy ijod bilan barcha
insonlar ham shug‘ullanavermaydi. Ilmiy ijod qilish uchun inson qobiliyatli
bo‘lishi va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur. O‘z navbatida, ilmiy ijodda
intilish, faoliyat ko‘rsatish katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, ilmiy ijod
ma’lum bir sohani tanlab uni o‘rtaga qo‘yishdan boshlanadi. Demak, ilmiy
ijod yoki tadqiqot o‘z maqsadiga ega. Maqsadga erishish esa, masalani
tushunish, yangilik yaratish bilan bog‘liq. Fan tarixida minglab olimlar
borki, ular ana shu maqsadlarni tushunganlar va ularga erishganlar. Bular
qatoriga al-Xorazmiy, al-Beruniy, Galiley, N. Kopernik, Mirzo Ulug‘bek, D.
I. Mendeleyev, V. I. Vernadskiy, N. I. Vavilov, N. Bor, A. Eynshteyn va
boshqa olimlar shular qatoridandir. Bularning ilmiy faoliyati davrlar talabi
bilan bog‘liq. Shu bilan birga ularning maqsadi va ilmiy izlanishdagi ilmiy
faolligi bilan ham. Ijod natijasi narsa va hodisalarni ma’lum bo‘lmagan
tashqi va ichki xususiyatlarini ochib berishnigina emas, balki axborot
to‘plash, insonning bilim doirasini kengaytirish, yangicha hissiy qabul qilish,
tajribalar o‘tkazish kabilarga yordam beradi. Eng asosiysi yangi
muammolarni keltirib chiqishga asos bo‘ladi. Demak, ijod ham bilish kabi
cheksizdir. Mazkur savolni yakunlar ekanmiz, bizningcha
ijod bu -
izlanuvchining ma’lum yangilik yaratish uchun ob’yektga qaratilgan
shaxsiy qobiliyatidan kelib chiquvchi hissiy bilim va tuyg‘ularni amalga
oshiruvchi jarayondir.
Fan va ijod, ularning o‘zaro aloqasi va o‘zaro ta’siri
Tabiat xilma-xil moddalardan tuzilgan bo‘lsa-da, ular materiyadir. U
elementar zarralar, antizarralar, qum, tuproq, suv, havo, jonli va jonsiz
mavjudot, planetalar, yulduzlar, galaktikalar va boshqa fazoviy jismlar, fizik


16
maydonlar yig‘indisidan iborat. Hozirgi zamon fan ma’lumotlariga
qaraganda materiya bundan 20 million yillar avval boshqa ko‘rinishlarda
bo‘lgan. Keyingi million yillar davomida esa o‘zgarib boradi. Inson hayoti
tabiatning tozaligi va biosferaning normal sharoitiga bog‘liq. Mazkur
sharoitlar nomuvofiq bo‘lsa, insonning yashash sharoiti buziladi. Yashashga
putur yetkazadi. Ekologik muammolar kelib chiqadi. Ilmiy-texnika
afzalliklaridan noto‘g‘ri foydalanish biosfera va neosferaning buzilishiga
olib keladi. Demak, tabiat sirlarini mukammal bilish fan taraqqiyoti va
ijodning rivojlanishiga bog‘liq.
Jamiyat tabiatning bir qirrasidir. Unda oila, mahalla, jamoa, jamiyat
a’zolari harakat qiladi. Bu harakat jarayonida turli voqealar sodir bo‘ladi.
Voqealar esa inson faoliyati bilan bog‘langan. Bular: iqtisodiy o‘zgarishlar,
diniy jarayonlar, demokratik qurilish, siyosiy-huquqiy faoliyatlar, ma’naviy-
ma’rifiy qadriyatlar, urf-odatlar kabilardir. Mazkur jarayonlar ba’zida salbiy,
ba’zida ijobiy yo‘nalishlarni tashkil qiladi. Binobarin, mana shu
yo‘nalishlarni tartibga solishda ham fanlarga murojat qilinadi. Tabiat,
jamiyatdagi hodisalarni o‘zaro munosabatini tushunish va xulosalar qilish
fan rivoji bilan belgilanadi. Fanlar turlichadir. U o‘zining klassifikatsiya
shajarasiga ega. Fan tarixida fanlar shajarasini birinchilardan bo‘lib Arastu
ishlab chiqqan. Hozirgi zamon olimlari fanlarni ko‘proq uchta katta guruhga
bo‘ladilar:

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə