Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

bilim - bu bizning
o‘zimiz va o‘zimiz o‘zimizning mavjudligimizni ko‘radigan vaziyatlar
haqidagi bilimdir
. Suqrot ijodida shu narsa xarakterliki, u bilimni tajribaga
murojaat etish yo‘li bilan izlamagan. U bilimni tushunchalarni tahlil etish
yo‘li bilan o‘zlashtirishga harakat qilgan va boshqalarni ham shunga
chaqirgan. Suqrot ijodida adolatlilik, mardlik, saxovatlilik, yaxshi hayot kabi
tushunchalar markaziy o‘rin egallagan.
Falsafa tarixidagi yana bir yirik grek faylasufi
Aflotun
dir. Qarama-
qarshi falsafiy fikrlar asosida Aflotun falsafasi paydo bo‘ldi (Aflotun
eramizdan avvalgi 427-349 yillarda yashagan). Afina aristokratiyasining
vakillari platonchilar idealistik qarashini oldinga surdilar. Aflotun ijodi
asosida g‘oyalar yotadi. Uning fikricha, narsalar asosida g‘oya yotadi, sezgi
qabul qiladigan narsa, ideya dunyosining ko‘lankasidir.
Aflotunning fikricha, hayotda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan g‘oyalar
mavjud bo‘lib, bu g‘oyalar o‘zgarmaydi. Sezgi organlarimizda ifodalangan
narsalar paydo bo‘lishi va yo‘qolishi doimiy o‘zgaruvchan emaslikdandir.
Eng oliy g‘oya bu xudo to‘g‘risidagi g‘oyadir. Bu narsa idealizm bilan
dinning birligini ko‘rsatadi.
Aflotun bilish nazariyasini ham idealistlarcha tushuntirdi. Uning
fikricha, bilim g‘oyalar orqali paydo bo‘ladi, tasavvur narsalar orqali hosil
bo‘ladi. Abstrakt tafakkurni sezgilarga bog‘liq bo‘lmagan g‘oyalar
dunyosida yashovchi, ruhni “eslash” jarayoni natijasi, deb tushuntirdi.
Aflotun bilish bu – eslashdir, degan g‘oyasini o‘rtaga tashladi. U dialektikani
ilohiy bilimning mantiqiy nazariyasi, deb hisoblaydi. Umumiy
tushunchaning ahamiyatini ta’kidlashi, kishi tafakkurining faol rolini


28
(idealistik bo‘lsa ham) ishlab chiqishi Aflotun ijodining ratsional mag‘zini
tashkil etadi.
Aflotun “ideal davlat” ta’limotini ma’qullab, bu davlat fuqarolarini uch
tabaqaga:
1) davlatni idora qiluvchi faylasuflar - dono; 2) davlatni ichki va tashqi
dushmanlardan asrovchi qo‘riqchi askarlar - jasoratli; 3) jismoniy mehnat
bilan shug‘ullanuvchi dehqonlar, hunarmandlar, itoatkorlarga bo‘ladi.
Qadimiy Grek faylasuflaridan yana biri bu
Arastu
dir. Arastu
(eramizgacha 384-322 yillar) fanlar klassifikatsiyasini birinchi bo‘lib tuzib
berdi (falsafa, matematika, fizika). Uning fikricha, falsafa borliq to‘g‘risidagi
fan, matematika va fizika borliqning ba’zi xususiyatlari to‘g‘risidagi fandir.
Arastu Aflotunning davlat nazariyasini tanqid qildi va quldorlik
tuzumini tan oldi. U o‘z ijodida falsafa fanini amaliy faoliyatdan ajratib oldi,
ya’ni bilim moddiy manfaatdan yiroq bo‘lsa, ilmiyroq bo‘ladi, deydi. Arastu
ob’yektiv tabiatni bilishni, bilimning asosiy sharti deydi, lekin u izchil
materializm pozitsiyasiga o‘ta olmadi. Materiya Arastuning fikricha, passiv
imkoniyat, shakl faol o‘zgarish manbaidir. Materiya bilan harakat o‘rtasidagi
bog‘lanishni ko‘rsatib, harakat, o‘zgarishning manbai ekanligini aytsa-da,
lekin harakat, buyumlarning ichki ziddiyatlarida ekanligini ko‘ra olmadi.
U bilish jarayonini materialistik asosda tushuntiradi. Bilish manbai
tabiatning o‘zidir, deb ob’yektiv borliqni qo‘yadi. Sezgilar orqali olingan
hissiyot narsa va hodisalar siymosidir, deydi. Lekin sezgini chegaralab
qo‘yadi. Sezgilar umumiy shaklni, ya’ni shakllar shaklini - xudoni bilishga
imkon bera olmaydi.
Arastu o‘z ijodida sezgilar asosida topilgan bilimni tafakkur orqali hosil
qilingan bilimdan ajratib qo‘yadi. Arastu kategoriyalar klassifikatsiyasini
ishlab chiqdi. U imkoniyat va voqelik, materiya va shakl, mohiyat va hodisa
kategoriyalarini dialektika asosida tushuntirishga urindi, lekin to‘la dialektik
asosda hal qila olmadi. Din arboblari uning sodda dialektikasini uloqtirib,
metafizikasini olib qoldilar.
Qadimgi Gretsiyada eramizdan oldingi II asr oxiri I asrning boshida
Demokrit tarafdorlari ko‘proq materialistik fikrlarni olg‘a surdilar.


29

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə