Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Tomas Gobbs
(1588-1679)
bo‘lib, uning falsafiy ijodi Bekonnikiga o‘xshardi. Bekonning dinga
yondashgan tomonlarini tuzatib, uni rivojlantirdi. Gobbs ijodi mexanistik,
metafizik tusda edi. Gobbs moddiy dunyoni bir-biridan real bilib, falsafaning
predmeti shu olamni o‘rganishdir, deydi. Gobbs taraqqiyotni faqat miqdor
o‘zgarishlaridir, harakat esa mexanistik tashqi turtki natijasidir, deydi. U
moddalarning xossalari, sifati yorug‘lik, hid, rang, issiqlika xos bo‘lmasdan
balki tasavvurlarimizdan iborat, deb tushuntiradi. Gobbsning ijodi uning
tafakkur bilan materiya haqidagi fikrida ko‘rinib turadi. Tafakkur
materiyadan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi, degan edi u.
Gobbs bilish nazariyasida moddiy dunyoning kishiga ta’sir qilishi
natijasida hosil bo‘lgan hissiyotlar to‘g‘risida to‘g‘ri fikr bergan. Lekin,
uning xatosi, tafakkur mexanistik funksiyani bajaradi, deb izchil bo‘lmagan
materializmga yo‘l qo‘yadi.
XVII asrda Fransiya Angliyaga nisbatan rivojlanishi jihatidan ancha
orqada qolgan mamlakat edi. Demak, Fransiya falsafa sohasida ham
Angliyaga nisbatan orqada edi. Lekin, Fransiya o‘ziga xos yo‘llar bilan
rivojlandi.


32
Fransiyada rivojlangan ijod dualistik tasnifga ega edi. Fransiyadagi
dualistik oqim vakili
Rene Dekart
(1596-1650)dir, o‘zining “Metod
to‘g‘risida mulohazalar” asarida bilish uslubini yaratishga uringan.
Dekart o‘zining falsafasida matematika aksiomalariga va hatto
«xudoning qudratiga» ham gumonsirash kerak, deydi. Tafakkur Dekart
ijodida birdan-bir voqelik hisoblanadi. U shuning uchun ham «Men tafakkur
qilaman, demak men yashayman» degan qoidasini keltirib chiqardi.
Tafakkurni materiyaga qarshi qo‘yadi. Bu narsa falsafaning bosh masalasini
idealistlarcha hal qilishga olib keldi. Bilish nazariyasida asosiy uslub qilib
deduksiyani oladi. Ya’ni, tafakkur umumiydan xususiyga qarab harakat
qiladi va mantiqiy yo‘llar bilan haqiqatni ochishga imkon beradi.
Dekart ijodidagi dualizm ong bilan materiyaning, tan bilan ruhning
mustaqil yashashini isbotlashda o‘z ifodasini topadi. Dunyoning
moddiyligini inkor etadi va dunyo ikki: ruhiy va moddiy substansiyalardan
iborat, deydi Dekart.
Dekart shunday kamchiligi bo‘lishiga qaramay falsafa tizimini yaratdi.
U fan sohasida yangi kashfiyotlar ochdi. Masalan, Quyosh tizimining paydo
bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrlari, cheksiz olam, havo-olov-yerga o‘xshash uch
element haqidagi fikrlari shunga misol bo‘la oladi.
Dekartning dualizmini tanqid qilish asosida

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə