Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Benedikt Spinoza
(1632-
1677) falsafasining tizimi vujudga keldi. Spinoza Gollandiya boylarining
manfaatini ifodalaydi. Spinoza falsafasi tizimini Dekart rad etib, dunyoning
asosida moddiy substansiya (birinchi asos, materiya) yotadi, deya e’tirof
etadi.
Spinozaning fikricha, tabiatda ikki substansiyaning bo‘lishi mumkin
emas. Undan tashqari, substansiya o‘zidan tashqaridagi sababga, xudoga
bog‘liq emas, balki u o‘zining sababidir. Substansiya zamonda abadiy,
makonda cheksizdir. Spinozaning substansiya to‘g‘risidagi fikri, cheksiz
materiya haqidagi materialistik ta’limotdir. Lekin shunga qaramay Spinoza
substansiya niqobiga o‘rab diniy fikrni yurgizadi. Uning xudosi dindorlar
xudosiga o‘xshamaydi.


33
Spinoza ijodida, zaruriyat ta’sirida harakat qiluvchi xudo erkin irodaga
ega emas va o‘z oldiga hech qanday maqsad qo‘ya olmaydi, bu narsa
tabiatning o‘zginasidir. Shu davrda vujudga kelgan sub’yektiv idealistlar (J.
Berkli (1685-1753), D. Yum (1711-1776)) dinga yangi yo‘l ochib,
materializmga qarshi fikrlarni ilgari surishga harakat qilishgan edi.
J. Berkli
o‘zining “Inson bilishining asoslari to‘g‘risida traktat”
(1710) degan asarida inson bilishining ob’yektlarini ko‘zdan kechiruvchi har
bir kimsaga bu ob’yektlar yo haqiqatan sezgilar vositasi bilan idrok
qilinadigan g‘oyalardan yoki emotsiyalardan his va aql faoliyatini kuzatish
natijasida olgan ideyalarimizdan... nihoyat xotira yoki xayolot yordami bilan
hosil qilingan ideyalardan iborat ekanligi ravshandir. Ko‘rish, eshitish,
hidlash va boshqa sezgilar qo‘shilib bir narsaning ifodasini beradi, – deydi.
Demak, Berkli ijodida, narsa “ideyalar yig‘indisi”dan iborat ekan.
Uning fikricha, bularni idrok qiluvchi narsa aql, ruh, jon umuman “men”
mavjud bo‘lib, undan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emasdir. Berkli
tabiatdagi hamma hodisa va narsa sezgilar yig‘indisi (ideyalar
kolleksiyasi)dan iboratdir, deydi.
Berkli ijodida sub’yektiv idealizmining gnoseologik ildizi ob’yektiv,
moddiy dunyoni absolyutlashtirish bilan uni sezgilar taassuroti orqali
birlashishidadir. Lekin, Berkli g‘oya, sezgilar mavjud ob’yektlarning
nusxasi, in’ikosi ekanligini inkor qildi. O‘zini sub’yektiv idealizm va
solipsizmda ayblanishidan himoya ham qiladi.
Berkli, Yumlar o‘z ijodlarida sezgilardan nariga o‘ta olmadilar. Berkli
va Yum solipsizmi idealistik ta’limotning eng ratsional ko‘rinishidir.
Bu davr fransuz materialistlari o‘z ijodlarida dialektikani materialistik
nuqtai nazaridan asoslashda juda katta hissa qo‘shdilar, ayniqsa fransuz
mutafakkirlari Lametri: Golbax, Gelvetsiylar shular jumlasidandir. Ijtimoiy
davrning o‘zi fransuz materialistlari oldiga shunday vazifani qo‘ydi. Ular
idealizmga, dinga qarshi chiqishda tabiatni materialistik asosda tushunish
kerakligini birinchi masala qilib qo‘ydilar.
Navbatdagi ijodkor

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə