Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Jon Lokk
(1632-1704)ning
sensualizmidan foydalandi. Uning “Tug‘ma g‘oyalar” nazariyasini yuqori
baholadi. Chunki, Jon Lokk ham metafizik ta’limotning kamchiliklarini
ko‘rsatib bergan edi. Lokkning ta’limotida harakat xudo faoliyati bilan
bog‘lab tushuntirilsa ham, ijobiy fikrlar bayon qilingan edi. U tabiiy din
tarafdori bo‘lib, cherkovni davlatdan ajratish zarurligini, din erkinligini
qo‘llardi.
Demak, Volter inson faoliyatidagi aql va farosat jarayonlariga diqqatni
tortdi. Inson sezgilari orqali tasavvurga ega bo‘lishi va ruh esa har vaqt
tabiatning asosini aks ettira olmaydi, deb tushuntirdi. Inson uni faqat psixik
jihatdan qabul qiladi. Ruhning boshlanishi yoki oxiri bor deb bo‘lmaydi.


36
Taraqqiyotning biror bosqichi, hatto embrional rivojlanishga, taraqqiyotga
aloqasi yo‘q. Hamma mavjudot o‘z-o‘zicha paydo bo‘ladi, harakat qiladi. Bu
o‘rinda Volter atomistik ta’limot tarafdori bo‘lib chiqdi. Uning fikricha,
Nyuton va Boyl ijodlari qadimgi Demokritning atomistik ijodini tasdiqlaydi.
Atom bo‘linmas substansiyadir. O‘z vaqtida bu g‘oyani Epikur,
Lukretseylar ham targ‘ib qilgan edilar, ya’ni olamning elementlari moddiy
bo‘lib, abadiy bo‘linmas, degan xulosani chiqargan edilar. Shu bilan birga
Volter Berkli va
G. V.Leybnits
(1646-1716)ning borliq haqidagi
ta’limotlarini rad qildi. Bunda u tabiatshunoslikning yutuqlariga suyandi.
Ulardan foydalanib o‘zining materialistik qarashlarini o‘rtaga qo‘ydi.
Materiyani bordan yo‘q, yo‘qdan bor bo‘lmasligini ifodaladi.
Volter ijodi olamni bilishga qaratilgan bo‘lib, bilishni cheksiz, deb
hisoblaydi. Bilish insonning sezgilariga bog‘liq. Materiya ong sezgilari
orqali idrok qilinadi. Bu idrok esa tajribaga bog‘liq. Tajriba esa insonlar
faoliyatidan kelib chiqadi. Tabiatni o‘rganish, bilish, tajribaga bog‘liq.
Ayniqsa, tabiatni bilishda matematik tajriba faoliyati muhimdir. Bu o‘rinda u
Rene Dekart ta’limotining ijobiy tomonlariga e’tiborni qaratadi va yuqori
baholaydi.
Nyutonning butun olamni tortilish qonuni bilan Dekart ta’limotini
bog‘lashga harakat qiladi. Materiya to‘g‘risidagi fikrlarni boyib
borayotganidan quvonadi. Lekin, Nyuton ta’limotidagi mexanistik jarayonni
o‘ta ilmiy darajada baholay olmadi, balki unda tabiat “prujina”sini ko‘radi,
xolos. Bu prujina orqali deydi, Volter materiyaning bitmas-tuganmas
xususiyatlarini ochish mumkin. Bu - natijada olam taraqqiyotini to‘g‘ri
baholash va undan to‘g‘ri xulosa chiqarishga yordam beradi. Materiya
xususiyatlarini ochishda tabiiy-ilmiy kashfiyotlarning rolini ijobiy baholagan
Volter fanni ardoqladi, fan imkoniyatlarini beqiyos ekanligini ko‘ra bildi va
doimiy ravishda barcha asarlarida uni targ‘ib qildi. Shu ma’noda Volter
aytadiki: “ko‘rish va yangilik yaratish tengsiz xudochilikdir”. Uningcha,
fanni rivojlantirish inson tafakkuriga bog‘liq. Tafakkur esa maorif, ma’rifat
orqali takomillashadi.


37
Tafakkur qilish bilishning manbaidir. Bilim esa olamni o‘zgartirishga
olib keladi. Bilish aqliy jihatlarga bog‘liq. Aql, ayniqsa, ilmiy falsafiy
bilimlarning kelib chiqishi va rivojlanishida benihoya muhim rol o‘ynaydi.
Faqat aqlning yordamida inson o‘ziga zarur bo‘lgan haqiqatga erishishi
mumkin. Haqiqat esa bu aql nuqtai nazaridan aniq, ravshan va shubhasiz
bo‘lgan nazariy xulosalardir.
Volter materiyaning ongga munosabatini ham materialist sifatida hal
etdi. Ilohiyotning ba’zi bir tomonlaridan foydalanib, materializmni targ‘ib
qildi. Olamda materiyadan boshqa manba borligiga shubha bilan qaradi.
Materiya tuzilishi jihatdan har xil bo‘lib, mohiyatan moddiydir. Materiya
xususiyatlari ham cheksiz holda universaldir. O‘tmishdagi ko‘pgina
materialistlar singari, Volter ham ongni materiyaga nisbatan ijodiy
xususiyatini e’tirof etsada, bu materiyaning barcha turlariga mosdir, degan
xulosadan uzoqlasha olmaydi. Uning ta’limotida ham jonli tabiat bilan jonsiz
tabiat, hayvonlar ruhiyati bilan inson tafakkuri o‘rtasidagi chegara aralashib
ketdi. Lekin, ong tashqi, moddiy olamning miyada aks etishining natijasi
ekanligini inkor etmadi. Jonsiz tabiatdagi aks etish, jismning boshqa jismlar
ta’siri ostida o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Materiya tuzilishining
murakkablashuvi in’ikos ko‘rinishlarini ham murakkablashtiradi. Eng oddiy
jonivorlardagi ta’sirlanuvchanlik oddiy shakldagi in’ikosdir.
Ta’sirlanuvchanlik, o‘z-o‘zini saqlash va nasl qoldirishda muhim rol
o‘ynaydi. Nerv tizimiga va miyaga ega bo‘lgan jonli, ko‘p hujayrali
organizmlar tadrijoti jarayonida in’ikosning ruhiy shakli vujudga keladi. U
organizmning tevarak-atrofdagi muhit bilan signal (xabar) tariqasidagi
o‘zaro ta’sir etishini ta’minlaydi. Mazkur sohalar Volterning materiya
haqidagi ta’limotidan xulosalar sifatida keltirildiki, bu okeandan bir
tomchidir, xolos.
Volter ijodiyotining markaziy o‘rinlaridan birida insonning turmush
tarzi turadi. Bunda ham insonni diniy soxtaliklardan uzoqlashtirish lozim,
degan fikrni o‘rtaga tashlaydi. Diniy johillikdan qutulishning birdan-biri
yo‘li, uning fikricha, tabiat qonunlarini bilishdir. Insonning erkin yashashi
uchun uni barcha tazyiqlardan qutultirish lozim. Buning uchun har bir inson


38
o‘zini-o‘zi “sevishi” kerak. O‘zi uchun harakat qilishi lozim. Boshqa fransuz
materialistlari singari Volter ham inson ijtimoiy muhitning mahsulidir, degan
fikrda edi.
Agar ijtimoiy muhit inson talabiga javob bermasa, bunday ijtimoiy
muhitdan voz kechish lozim. Chunki, insonning o‘zi shu muhitga moslashib
qoladi, o‘zgarish ham bo‘lmaydi. Bu jaholatdir. Sababi, jamiyat olg‘a qarab
rivojlanmaydi. Inson va jamiyat o‘zaro dialektik munosabatdadir. Bu
munosabat mavjud bo‘lmasa rivojlanish ham bo‘lmaydi. Jamiyat inson
talabiga javob bermasa, u jamiyatda axloqsiz kishilar, buzuq niyatlilar,
johillar ko‘payadi. Shu sababli bunday yaramas jamiyatni, albatta, yangi,
takomillashgan jamiyat bilan almashtirish zarur. Bu vazifa faqat ma’rifatning
rivoji orqali amalga oshadi.
Volter ijodi, ijtimoiy muhit bu – davlat, siyosiy idoralar va ularning
chiqargan qonunlaridir. Tafakkur jamiyatni boshqaradi. Tafakkur rivoji
qanday bo‘lsa, jamiyat ham shunday rivojlanadi. Binobarin, inson irodasi
barcha narsaga qodir. Inson erkin, chunki, o‘z ongiga ega. Hayotda o‘zi
to‘g‘risida o‘ylaydigan inson irodalidir. Borliqning xudosi ham zaruriyatdan
kelib chiqqan. Shu bilan birga u xudolar borasida “ijobiy” xudolarning
tasdiqlanmaganligini ta’kidlaydi.
Volter jamiyatning doimiy harakatda ekanligini e’tirof etadi. U jamiyat
taraqqiyotini diniy qarashlardan izlamadi. Insonlar o‘rtasidagi
munosabatlarni murosaga keltirishning asosiy yo‘li axloqiy va huquqiy
jarayonlarni tartibga solishdadir, deb ko‘rsatdi. Axloqsiz sohalar turli
jamiyatlarda turlicha xarakterda bo‘lgan, lekin uni davr talabidan kelib
chiqib tartibga tushurish kerak. Diniy axloq o‘zining kechirib bo‘lmaydigan
kamchiliklariga ega. Undan qutulish lozim. Diniy axloqqa ega bo‘lgan
insonlar xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar. Uning fikricha, hamma vaqt, hamma
joyda ateistlar va erkin fikrlovchi faylasuflar ardoqlanib kelingan va shunday
bo‘lib qoladi. Aytish lozimki, Volter ijodida din qattiq tanqid ostiga olingan
bo‘lsa ham, xalq ommasini itoatda saqlash uchun uning zarurligi
ta’kidlanadi.


39
Volter yashagan davr o‘ta ziddiyatli bo‘lgan bo‘lsa kerak, shu bois
uning ijodi ham ziddiyatlardan xoli emas. Uning ijodidagi falsafa
muammolarining qo‘yilishi va ularning yechilishi ham shu fikrni tasdiqlaydi.
Materiya, jamiyat, insonni bilish sohalaridagi munozaralar shular
jumlasidandir. Ba’zi asarlarida xudo mutlaqo inkor etilgan bo‘lsa, ba’zilarida
esa, u mubolag‘alashtiriladi. Masalan, planetalarning harakatga kelishi xudo
faoliyatining natijasidir. Xudoning karomati bilan planeta G‘arbdan Sharqqa
qarab harakat qiladi, quyosh esa o‘z o‘qi atrofida aylanadi, barcha planetalar
tortilishi ham xudoning ta’siridadir va boshqalar. Demak, uning deizmi ham
ziddiyatlidir.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə