Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Deni Didro
(1713-1784) Fransiyaning Langr shaharida o‘ziga to‘q
hunarmand oilasida tug‘ildi. Denining otasi ikki o‘g‘lini ham yyetuk
ma’lumotli qilib tarbiyalash maqsadida o‘sha vaqtdagi yagona o‘quv
markazlaridan hisoblangan iyezuitlar kollejida o‘qitadi. Bu kollejda asosan
qadimgi tillar, tarix, notiqlik mahorati, adabiyot o‘qitilar edi. Deni 15
yoshga yetganda Parijga yo‘l oladi. Sababi, u yerda o‘zini to‘la ma’lumotga,
bilimga ega qilish edi. Uning maqsadi ham zamonaviy bilim olib, hayot bilan
yaqindan tanishish edi. Parijdagi D. Arkur kollejida joylashib grek, lotin
tilini o‘rganishda davom etadi. Avvalida, matematika fani bilan qiziqmasa
ham, so‘ng matematika va boshqa fanlar bilan jiddiy shug‘ullanadi. O‘qishni
tugatgandan so‘ng otasining maslahati bilan ikki yil davomida Langrlik
prokurorga yordamchi bo‘lib xizmat qiladi. Lekin uni huquqiy sohalar
unchalik qiziqtirmaydi. Bo‘sh vaqtlarida ingliz tilini o‘rganishga kirishadi.
Keyinroq, umuman, xizmat qilishdan bosh tortib, o‘z faoliyatini ijodga
bag‘ishlashga qaror qiladi. Bu qaror Denining otasiga yoqmasa ham, unga
ushbu masalani o‘ylab ko‘rishga muhlat beradi. Aslida otasining asosiy
maqsadi o‘g‘lini ruhoniy qilib tarbiyalash edi.
Denining fikricha, inson kam ta’minlangan bo‘lsa ham, u erkin
turmush tarziga ega bo‘lishi kerak, shu bilan birga tashqi ta’sirga bo‘ysunish
emas, balki, har bir kishi ichki qiziqishi, holatiga qarab yashashi lozim. 1733
yildan 1744 yillargacha, Deni o‘z yo‘lini topish maqsadida jiddiy
shug‘ullanadi. Shu yillar davomida turmush tarzini ta’minlash maqsadida
turli o‘quv yurtlarida onda-sonda berilgan soatlardan foydalanib dars berib
yuradi. Chunki bu paytlarda uning otasi moddiy mablag‘ berishdan bosh
tortgan edi. Deni mustaqil ish tutardi. Natijada shu yillarda unda


42
ensiklopedik aql-fan tashkilotchiligi xususiyatlari shakllandi. Uning falsafiy
qarashlarining dastlabki davrlari 1740-45 yillarga to‘g‘ri keladi. 1745 yilda
ingliz axloqshunosi A. E. Shefsberining asari («Issledovaniye o dostoinstve i
dobrodeteli»)ni tarjima qiladi. Bu asar unga jiddiy ta’sir etgan edi. Asar
izohlarida aytilgan fikrlar bo‘lajak mutafakkirning fikrlari edi. Unda Deni
katolitsizmdan uzoqlashib, diniy mutaassiblikni jiddiy tanqid ostiga oladi.
Shundan so‘ng, 1746 yilda anonim holda nashr etilgan «Falsafa
fikrlari» (Filosofskiye misli)da xristianlik bilan to‘la aloqani uzib
materialistik g‘oya bilan sug‘orilgan deizm (xudochilik) falsafasiga o‘tadi.
Shu yillarda Deni J. J. Russo, Kondilyak kabi yozuvchi va faylasuflar bilan
tanishadi, munozara hamda suhbatlarda qatnashadi, o‘zini, qiyinchilik,
quvg‘in va tanqidlarga tayyorlaydi.
«Falsafiy fikrlar» hayot yuzini ko‘rishi bilan parlament tomonidan
yoqib yuborishga qaror qilinadi. Uni oldindan sezgan Deni shu asarning
o‘zidayoq «muqaddas qutlug‘lar»ning fikriga qarata aytilgan fikr va
mulohazalardan yuz o‘girsalar, ularga nisbatan yana yangi g‘oyalar paydo
bo‘lishini ta’kidlaydi. Ular, deydi u, Dekart, Monten, Lokk va Beylyasarlarni
doimiy tanqid ostiga olgan ekanlar, meni ham shunday qiladilar. Meni
ayblasalar, osongina qutuldik deyishlari mumkin, ammo unday bo‘lmaydi,
bilaman, kelajakda menga o‘xshaganlarni muhokama qilish davom etaveradi.
Didroning bu fikrlarni aytishdan maqsadi iyezuitlarni diniy sohada noto‘g‘ri
yo‘l tutganlarini isbotlab hamma dinlarning tengligini, shu bilan birga
insonning borliq xudosining borligiga shubha qilishiga huquqi borligini talab
etish edi. Hamma joyda aql, fahm, idrok (razum), faoliyatga suyanish,
jumladan dinda ham shunday qilish zarurdir. Ta’kidlash lozimki, Deni
xristianlikni tanqid qilish davomida xudochilikning kamchiliklarini, salbiy
tomonlarini ham ocha boradi. Natijada dahriylik tomoniga o‘tadi. Dahriy
materialist sifatida shakllana boshlaydi. Bu uning «Ojizlar to‘g‘risida xat»
(Pismo o slepix)ida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu paytlarda Fransiyada
siyosiy vaziyat ancha keskinlashgan bo‘lib, Didroning faoliyati
politsiyachilarga yoqmayotgandi. Dinga qarshi yozilgan asarlari ro‘kach
qilinib, Didro 1749 yilda qamoqqa tashlanadi. Lekin u nufuzli tanish-


43
bilishlari orqali uch oydan so‘ng qamoqdan ozod qilinadi. Shundan so‘ng
Deni Didro yigirma yildan ko‘proq umrini «Ensiklopediya yoki fan, san’at
va kasb-hunar izohli lug‘ati»ga bag‘ishladi. U lug‘atning asoschisi va
muharriri bo‘ldi. Didroda ensiklopediya haqidagi g‘oya XVIII asrning 40
yillarida paydo bo‘lgan edi. Chunki, ensiklopediya ma’rifatparvarlikni
targ‘ib qilishda xizmat qilishini birinchi bo‘lib sezgan edi. O‘z g‘oyasini
amalga oshirish uchun tashkiliy ishlarda tinmay mehnat qilar ekan, yirik-
yirik falsafiy asarlar yozishdan ham to‘xtamadi. Didroning mustaqil falsafiy
fikrlarining shakllanishi daxriylik sohasiga o‘tish bilan bog‘liqdir. Chunki,
bu yillarda u Arastu, Platon, F. Bekon, R. J.Lokk, R. Dekart, B. Spinoza
asarlarini chuqur o‘rganadi. «Ojizlar to‘g‘risidagi xat»dan boshlab
«Fiziologiya elementlari» (1773 yildan 1780 yillargacha davom etgan) gacha
ko‘plab falsafiy muammolarni ishlab chiqdi. Bu o‘rinda «Tabiatni
tushuntirishga oid fikrlar» (1754), «Jiyan ramo» (1762), «Dalamber bilan
Didro suhbati» (1769, «Jak-Fatalist» (1773), «Materiya va harakatning
falsafiy prinsiplari» (1770), «Ensiklopediya»da yozilgan maqolalar va
asarlarini misol qilib olish mumkin. Bu asarlarda va maqolalarda tahlil
qilingan muammolar Didroning buyuk mutafakkir bo‘lib yetishganligidan
dalolat beradi. Umrining oxirigacha o‘z ijodi orqali Didro insonparvarlik va
ma’rifatparvarlikni targ‘ib qilar ekan, barcha joylardagi hokimiyat, tiranlar
haq-huquqlarini va beadablikni (nevejestvo) tanqid qildi, ularga qarshi
kurash e’lon qildi. Didro falsafada materialist va dahriydir. Shu o‘rinda
Didroning turli asarlaridan tarjima qilingan fikrlariga o‘quvchi diqqatini
tortamiz. «Odamlar boshqa hech narsadan qo‘rqmasliklariga ishonganlarida,
- deydi u, - bu dunyoda ancha tinch yashagan bo‘lardilar: xudo yo‘q, degan
fikr hali hech kimni dahshatga solmagan, lekin menga tasvirlab berishganlari
xudoning mavjudligi haqidagi fikr qancha-qanchalarni vahimaga solmagan,
axir!» (Voronsov V.L. «Tafakkur gulshani», Toshkent, 1981)- «Qayerdaki
xudo tan olinsa, u yerda shaxsga sig‘inish mavjud, qayerda shaxsga sig‘inish
mavjud ekan, u yerda axloqiy burch tartibotlari buziladi va axloq yuz tuban
ketadi» (O‘sha kitob, 265-bet). «Dunyoning hech bir yeri yo‘qki, u joyda
diniy qarashlar o‘rtasidagi tafovut tuproqni qonga bulg‘amayotgan bo‘lsa»


44
(O‘sha kitob, 267-bet). «Agar aqlni samoviy tuhfa deb qarab, shu gapni din
xususida aytsak, u holda samo bizga o‘zaro kelisha olmaydigan va bir-biriga
zid ikkita tuhfa yuborgan bo‘lib chiqadi. Bu anglashilmovchilikni to‘g‘rilash
uchun din tabiatda mavjud bo‘lmagan xom-xayol bir prinsip ekanligini tan
olish darkor» (O‘sha kitob, 272-bet).
Biz ushbu fikrlarni Didroning materialist va dahriy bo‘lganligini
isbotlash uchun keltirdik, xolos. Didro XVIII asr mutafakkiridir. Uning
fikrlarining barchasi ham abadiy emas, albatta. Davr o‘tishi, zamonning
o‘zgarishi u yoki bu fikrni tasdiqlashi yoki tasdiqlamasligi mumkin. Ammo
bu bilan Didroning eng murakkab siyosiy bo‘htonlar bo‘layotgan o‘sha
davrlarda o‘zining mustaqil ijodi bilan insonlarni lol qoldirishi haqiqiy
tafakkur sohibining ishidir, degan xulosaga kelinadi. Didroning asarlarida
tabiat va jamiyat, inson faoliyatida uchraydigan dialektik jarayonlar o‘z
aksini topgan. Ayniqsa, jamiyatni boshqarishda «ma’rifatli» boshqarishni
joriy etib, unda faylasuflarning burchi va vazifalari mustabid
boshqarishlarning mohiyatini boshqaruvchiga eslatib turishga, murabbiylik
qilishga chorlaydi. Bu kamchiliklar D. Didroni demokratik tamoyillarni
tahlil qilish va shaxsiy fikrlarni aytishga majbur qildi va uni chiniqtirdi.
Ta’kidlash lozimki, fransuz ma’rifatparvarlari jumladan, Didroning
harakatlari Rossiya madaniy hayotiga ham ta’sir qildi.
Ma’lumki, 1762 yilda Yekaterina II imperator kursisiga o‘tirgandan
so‘ng, o‘zini ma’rifatparvar podshoh sifatida ko‘rsatish uchun
ma’rifatparvarlar bilan xatlar orqali aloqa bog‘lagan. U D. Didroni hurmat
qilar edi. O‘sha davrda yashab ijod etayotgan Volterni aloqasi esa
Didronikidan yaxshiroq bo‘lgan. Fransiyada ma’rifatparvarlar quvg‘inlikka
uchraganlaridan so‘ng Yekaterina II Didroni Rossiyaga taklif etadi.
Ensiklopediyani chop etishga va’da beradi. Ammo, Didro Rossiyada o‘tkir
ma’lumotli harf teruvchilarning yo‘qligini pesh qilgan holda taklifni inkor
qiladi. Aslida uning asosiy sababi, Fransiyada yaqin yor-birodar va
o‘rtoqlarini, ma’naviy va ilmiy muhitni tashlab keta olmaslik edi. Volter
Didrodan Rossiyaga borishini ko‘p marotaba o‘tinib so‘raydi. Natijada Didro
taklifni qabul qilib, 1773 yilda Rossiyaga tashrif buyuradi. Rossiyada


45
Yekaterina tomonidan Didro yaxshi kutib olinadi. Deyarli har kuni Didro
imperator xonim bilan ikki-uch soatlab bahslar va suhbatlar qiladi.
Suhbatlarda Rossiya va dunyodagi mamlakatlarning iqtisodiy, siyosiy,
huquqiy, falsafiy muammolari ko‘tariladi. Didro suhbatlarda monarxiya
boshqaruvining ko‘pgina sohalari bo‘yicha takliflar beradi. Jumladan,
konstitutsiyaviy – monarxiya boshqaruvini, uni esa xalq tomonidan
saylanishini, krepostnoylik huquqi, yerga feodal xo‘jayinlikdan voz kechish,
ijtimoiy qatlamlar huquqini tenglashtirish, burjuaziya asosida iqtisodiyotni
boshqarish kabilardir. Yekaterina ushbu takliflarni so‘zda tasdiqlab,
xayrixohlik bildirsa ham, hayotga tatbiq etish tarafdori emas edi. Xalqni
ma’rifatli qilishdek dolzarb taklif ham, oxiriga yetkazilib bajarilmagan edi.
Hatto, Didro Rossiyada xalqni ma’rifatli qilishning rejalarini tuzib, uni bepul
amalga oshirish kerakligini uqtirgan. Uning takliflari negizini
ma’rifatparvarlik tashkil etgan bo‘lib, bu Rossiyada o‘sha paytda xayoliy gap
edi. Hokimiyat boshqaruvini chegaralash uchun uni xalqqa berish lozim.
Xalq ichidan saylangan deputatlar yoki fuqarolar yig‘ini davlat rahbari
irodasini qabul qilish kerakmi yoki yo‘qmi, uni shu organ yechishi kerak.
Lekin Didro fikrlari qabul qilinmadi. Bunga Didroning Yekaterinani 1767
yilda yozilgan rus davlatining kodeksi haqidagi “nakazi” (buyrug‘i)ga qilgan
salbiy mulohazalari ta’sir etgan bo‘lishi lozim. Yekaterina II Didroni so‘ngra
aqliy yondashmaslikda, sharoitni bilmaslikda, ehtiyotsizlikda ayblab uning
do‘sti M.Grimmga xat ham yozdi. Didro Rossiyadan xafa bo‘lib qaytdi.
Chunki, Ensiklopediyani Rossiyada qanchalik harakat qilinmasin chop etish
muvaffaqiyatsiz tugadi. Rossiyadan qaytgan Didro umrining so‘nggi yillarini
Fransiyada o‘tkazdi. Umrining oxirgi yillarida deyarli hech qanday asarni
ham nashr ettirmadi. 1784 yilning 31 iyulida buyuk mutafakkir hayotdan
ko‘z yumdi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Didroning ijodiy-falsafiy qarashlari
tarixiy sharoitdan kelib chiqdi. Shu bilan birga uning falsafiy qarashlari o‘ta
ziddiyatli tavsifga ham egadir. Bunday bo‘lishi o‘sha davr uchun tabiiy edi.
XVI asrning oxirida Gollandiyada, XVII asrda Angliyada, XVIII asrda


46
Fransiyada inqiloblar bo‘ldi. Natijada davlat boshqaruvida iqtisodiy, siyosiy
jarayonlargina o‘zgarmadi, balki inson fikrlari ham shiddat bilan o‘zgardi.
Didroni falsafaning azaliy muammolaridan bo‘lgan materiya va uning
harakati to‘g‘risidagi ijodiga to‘xtaladigan bo‘lsak, materiya – mavhum hajm
va geometrik jism emas, balki alohida, bizni o‘rab turgan aniq jismlardir.
Materiya kichik molekula va atom zarrachalaridan iboratdir. Atomlar esa
bo‘linmasdir. Bu qarashlar Didro yashagan davrdagi materialist faylasuflar
ta’limotiga ham taalluqlidir. Didroning fikricha, tabiat mangu va cheksizdir.
U yaratilgan emas. G‘ayri-tabiiy kuchlar to‘g‘risidagi uydirmalarga ishonish
kerak emas. Bizni o‘rab turgan tabiatdan boshqa olamda hech narsa yo‘q.
Shu tabiatdan tashqarida biror kuchning o‘zi yo‘q. Faylasufning
ta’kidlashicha, materiya kabi harakat ham abadiydir. Sukunat esa nisbiydir,
vaqtinchadir. Olamda paydo bo‘lish va yo‘q bo‘lishdan boshqa narsa yo‘q.
Olam ham, dunyo ham sekinlik bilan davom etadigan evolyutsion
jarayondan iborat. Hayvonot olamining qator bosqichlarini boshidan
o‘tkazib, hozirgi holatiga ega bo‘lgan odamlarda tabiiy rivojlanishning oliy
stixiyali ko‘rinishi seziladi. Olamdagi barcha narsalar va hodisalar sababiy
(deterministik) bog‘lanish hamda aloqadadir. Sababiy bog‘lanish va
aloqadorsizliklarsiz biror narsa va hodisa paydo bo‘lmaydi. Didroning ijodiy
fikricha, sababiy bog‘lanishlarsiz taraqqiyot ham yo‘q. Taraqqiyot ushbu
bog‘lanish va aloqadorliklarga bog‘liq. Tabiat va jamiyat, inson
tafakkuridagi sababiy bog‘lanishlar umumiy rivojlanishning asosini tashkil
etadi.
Materiya va uning xususiyatlari haqida to‘xtalganda Didro notirik
materiyadan, ya’ni sezmaydigan materiyadan sezadigan, tirik materiyaga
o‘tishni asoslashga harakat qilib o‘z fikrlarini baralla bayon qilgan. His-
tuyg‘u, sezish jonli organizmlarga xos xususiyat ekanligini e’tirof etgan. Shu
bilan birga materiyada umumiy sezishga o‘xshagan holat borligini ham
eslatib o‘tadi. Mutafakkir olamda zaruriyat hukmronligini targ‘ib qiladi.
Sababiy bog‘lanishlarning barchasi ham zaruriyatdan iboratdir.
Binobarin, sovet davridagi adabiyotlarning ba’zilarida Didro va boshqa
materialistlar to‘g‘risida fikr yuritilganda, ularning ta’limotida kishilar ongi


47
va faoliyati, harakati inkor qilingan, deb ta’kidlaydilar. Fikrimizcha, bunday
holatlar Didro va boshqa o‘sha davr mutafakkirlariga bildirilgan sub’yektiv
yondashishlarning oqibatidir.
Didro ijodida olamni bilish muammosi ham markaziy o‘rinlarni olgan.
Didro olamdagi narsa va hodisalarni insonlar bila olishiga shubha qilmadi. U
idealistik ta’limotlardagi agnostitsizm va skeptitsizmlarning qonun-
qoidalarini qabul qilmadi. Faylasufning ta’kidlashicha, dunyoviy ilmlardan
barcha insonlar bahramand bo‘lishi lozim. Bu sohadagi barcha harakat
birlashtirilsa, u holda, tabiatdagi barcha jarayonlarni bilish tezlashgan bo‘lur
edi. Insoniyat tabiatni bilmasligi tufayli ko‘pgina qiyinchiliklarga duchor
bo‘lib kelayapti. Tabiatning oliy mavjudoti inson bo‘lib, undagi sezgilar
bilish uchun quroldir. Bu o‘rinda idealistlardan J. Berkli ta’limotiga qarshi
chiqib, sezgilar faoliyatini noto‘g‘ri baholanganligini isbotlaydi. Mazkur
sohada fikr yurituvchi idealistlar tizimini e’tirof etmaydi. Jumladan, u
shunday fikr aytadi: “Faqat o‘zlarining mavjudligini va ichimizda almashinib
turuvchi sezgilarning mavjudligini ma’lum deb bilib, bulardan boshqa hech
bir narsaning mavjudligini e’tirof qilmaydigan faylasuflarni idealist deb,
ataydilar. Mening fikrimcha, bunday ajoyib va g‘aroyib sistemani, garchi eng
bema’ni sistema bo‘lsa ham, uni rad qilish hammadan ko‘ra qiyinroqdirki, bu
hol inson aqli uchun, faylasuf uchun isnoddir
1
”.
Bunday qarashlar fransuz materialistlari ijodiga tegishlidir. Ular qat’i
fikrda turib bilish muammosini himoya qilib chiqdilar. Sensualistik
materializm nuqtai – nazaridan turib idealizmni tanqid qildilar. Bilishning
manbai sezgilardir. Sezilishning manbai esa ob’yektiv reallik bilan
bog‘liqdir. G‘oyalarning barchasi sezgilarning natijasidir. Sezgilar orqali
moddiy olamning ta’sirini sinab turamiz, ana shu jarayon tufayli narsa va
hodisalar miyamizda o‘z aksini topadi. Natijada bilish paydo bo‘ladi. Bilish
bu narsaning siymosini aniqlashdir. Didroning fikricha, jon bu – sezgilar
yig‘indisidir. Sezgi tana faoliyatini boshqaradi. Ob’yektiv olamda bilish
insonni aql-farosatiga ham bog‘liqdir. Aql-farosat ham sezgiga bog‘liq
bo‘lib, u tashqi olam ta’sirida miyada tafakkur, xotiralash, mulohaza
1
Didro asarlarining mukammal to‘plami. Parij: J.Aseyez nashri, 1875, 1–tom, 304-bet.


48
yuritishlarni keltirib chiqaradi. Sezgilar - tafakkur manbai. U bilishning
pastki bosqichi bo‘lsa, tafakkur oliy bosqichidir.
Ma’lumki, inson faoliyatida haqiqat muammosi ham dolzarbdir. Didro
o‘z ijodida haqiqatga erishishning birdan-bir yo‘li bilish nazariyasidir, deydi.
Uning fikricha, haqiqat fikr va g‘oyalarning bilish ob’yektlariga mos
kelishiga bog‘liqligidadir. Haqiqatga erishish turli tabiat fanlari orqali
amalga oshadi. Haqiqatni bilish bu tabiatni bilish demakdir. Didro haqiqatga
erishishda kuzatish jarayonini e’tiborga oladi. «Bilish uchun deydi u,
bizning ixtiyorimizda uchta asosiy usul bor: tabiatni kuzatish, fikr yuritish va
tajriba qilish. Kuzatishda fikrlar to‘planadi. Fikr yuritishda ular tartibga
solinadi. Tajribada tartibga solingan fikrlar natijasi tekshirib ko‘riladi
1
».
Demak, haqiqatga erishishning asosiy yo‘li tajriba hamdir. Haqiqat o‘lchovi
tajribadir.
Didro ijodining falsafasi jamiyat taraqqiyotiga ham qaratilgan. Ammo,
Sobiq sovet ittifoqi davridagi darslik va monografiyalarda bu jarayon
hisobga olinmaydi. Didroni ham boshqa fransuz materialistlari singari
jamiyatni tushunishda metafizik, idealist, deb bo‘rttirib ko‘rsatadilar. Aslida
esa Deni Didro jamiyat taraqqiyotini o‘z davridan kelib chiqib baholagan.
Didro tomonidan jamiyatda yashagan kishilarni ma’rifatli kishi
bo‘lishini talab qilinishi jamiyatdagi barcha hodisalarning to‘g‘ri tahlil
qilinganligidan dalolatdir. U jamiyatdagi yaxshilik va go‘zallikni targ‘ib
qilish uchun estetika to‘g‘risida fikr yuritadi. Bu sohalar uning
«Ensiklopediya»dagi «Go‘zallik» (1751), «Tasviriy oyna san’at tajribalari»
(1765), «Aktyor to‘g‘risida paradoks» (1773) va boshqa asarlarida o‘z aksini
topgan. Boshqa fransuz materialistlari singari Didro ham shaxs ijtimoiy
shart-sharoitning mahsulidir, deydi. Uningcha, shu ijtimoiy hayot qanday
bo‘lsa, insonlar ham shunday bo‘ladilar. U o‘z mamlakatidagi
tartibsizliklarni o‘sha paytdagi din ta’siridan, deb bildi. Din faoliyatini
ayovsiz tanqid qilib, cherkovni hukumatdan ajratishni talab qiladi. Maorif
tizimidan ruhoniy nazoratini uzoqlashtirish tarafdori bo‘lib chiqdi. Jamiyatni
olg‘a qarab borishi diniy e’tiqodlarni uzoqlashtirishga bog‘liq. Jamiyatni
boshqarish ma’rifatli hukumatga bog‘liqdir. U shu davrdagi sharoitdan kelib


49
chiqib, ikki-uch asrdan so‘ng dinga bo‘lgan munosabat, qiziqish yo‘qoladi va
natijada din ham inqirozga yuz tutadi, deydi. Jamiyat esa dahriylar
jamiyatiga aylanadi. Jamiyat taraqqiyotida axloq muhim rol o‘ynaydi.
Feodalizm esa axloqsizlikni keltirib chiqaradi, shu sababli feodalizm insonlar
talabini qondirmaydi. Feodalizmda tarbiyalangan kishilar tabiat talabiga
javob bermaydi. Buning muhim sababi ommaning savodsizligi, boylar va din
peshvolarining xiyonatkorligi, aldamchiligidir. Feodalizm jamiyati tasodifiy
jamiyatdir, o‘tmishning xatosidir. Shu sababli feodalizmni yangi jamiyat
bilan almashtirish lozim. Yangi jamiyat feodalizmga nisbatan takomillashgan
yuqori axloqiy jamiyat bo‘lishi kerak. Bunday jamiyatga insonlar ma’rifat
orqali erishadi. Didro o‘zining bunday qarashlari bilan Fransiyada yetishib
kelayotgan inqilobiy harakatlarga o‘z hissasini qo‘shayotgan edi.
Didroning ijodi XVIII - XIX asrdagi jamiyatshunoslar fikrini yanada
mukammalashtirdi, aniqlashtirdi. Jamiyatning taraqqiyotini tushunishda
uning inson haqidagi qarashlari muhimdir. Inson aql-farosati, shaxslarning
fikri jamiyat tuzilishiga ta’sir etadi. Xalq va jamiyat axloqi inson axloqiga
bog‘liq. Shu sababli, jamiyat tarixi xalq tarixi emas, balki buyuk shaxslar
tarixidir, degan fikrlarni o‘rtaga tashladiki, bu fikrlar jamiyat taraqqiyotini
tushunishda haqiqiy manbadir. Didro ta’limotida, marksistlar ta’kidlagan
mavhum inson yo‘q. Balki aniq inson bor. Marksizm bu sohada ham Didro
ta’limotiga bir yoqlama yondashadi. To‘g‘ri, uning ta’limotida jamiyat tabiat
qonunlariga bo‘ysunadi, degan fikrlar mavjud. Bu aslida xolisona tahlilda
haqiqatdir. Ba’zi tabiat qonunlari oldida insonlar kuchsizligi maxfiy emas.
Albatta, bu bilan u, inson imkoniyatiga bepisand bo‘lgan, deyishdan
yiroqmiz. Ma’rifatli jamiyatning boshqaruvchisi insondir, deb targ‘ib qilish
insonlarga bo‘lgan hurmatning amaliy ifodasidir.
Didro ijodida ham boshqa fransuz materialistlari kabi «ijtimoiy
shartnoma nazariyasi» o‘rtaga qo‘yilgan desak, xato bo‘lmaydi. Ushbu
nazariya monarxistik boshqarishga qarshi ishlab chiqilgan, nisbatan yangi
progressiv nazariya edi. Bu nazariyada ko‘rsatilishicha, avvallari jamiyatda
yashovchi kishilar o‘zaro teng bo‘lib, o‘zlari hamda boyliklari hamma vaqt
xavf-xatarda yashar edilar. Keyinchalik, o‘zaro kelishgan holda shartnoma


50
tuzib, shu asosda o‘z mol-mulkini, erkinliklarini qo‘riqlovchi jamiyat, davlat
tashkil qiladilar. Bunda barcha xalq manfaati uchun ana shu davlat xizmat
qiladi. «Ijtimoiy shartnoma nazariyasi»ning mohiyati davlat va kishilik
jamiyatining paydo bo‘lishi sababini xudo yoki dindan emas, balki,
borliqdan, tabiatdan, deb ko‘rsatish edi. Ta’kidlash lozimki, Didro o‘zining
barcha asarlarida jamiyat muammosining turli tomonlarini tahlil qilib,
o‘zining ilg‘or fikrlarini o‘rtaga tashladi. Insonlarni yaxshilikka chorladi.
Ularning aqliy qobiliyati erkinligi, tengligini, tajribaga ega ekanligini,
tarbiyadagi e’tiborini yuqori baholadi.
Jamiyatning iqtisodiy manfatlarini to‘g‘ri tushungan holda sanoat
ishlab chiqarishni rivojlantirishni targ‘ib qildi. Kishilarning ma’naviy
erkinliklarini qo‘llab-quvvatladi.
XVIII asr fransuz materialistlarining markaziy, eng yirik
ma’rifatparvari sifatida shakllangan Didro ta’limotining ko‘pgina tomonlari
hozir ham eskirgan emas. U o‘z falsafiy fikrlari bilan insoniyatni lol
qoldirgan buyuk alloma sifatida tarixda qolgan. Uning ijodi va merosini
o‘rganish foydadan xoli emas.
Fransuz materialistlarining fikrlaridan xulosa qiladigan bo‘lsak,
materiya cheksiz, benihoya ko‘p narsalar yig‘indisidir, moddiy dunyo
asosidir. Ular o‘z ta’limotlarida harakat materiyaning mavjudlik formasi
ekanligini yana bir bor tasdiqladilar. Materiya harakati fazo va vaqtda
mavjudligini ko‘rsatdilar. Ilmiy bilishga asos soldilar. Lekin bu materializm
mexanistik va metafizik qarashlardan xoli emas.
Umuman, xulosa qilib aytganda, fransuz falsafasi, ijodi moddiy
dunyoni materialistik tushunishdagi asosiy manba hisoblanadi.
Materialistik falsafaning namoyondalari qatoriga rus olimlaridan

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə