Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Lyudvig Feyerbax
(1804-1872)
edi. U Gegel va Kant idealizmini tanqid qilib, XVII asr materializmining ilg‘or
urf-odatlarini tikladi va rivojlantirdi. Bu davrda - XIX asrning ikkinchi choragida
Germaniyada sanoat kapitalizmi kuchaygan, jamiyat tarixida ikki sinf – boylar va
ishchilar sinfining o‘sish davri edi. Boylar bilan boylar va boylar bilan ishchilar
o‘rtasida sinfiy ziddiyatlar kuchaygan edi. Bularning hammasi Germaniyadagi
g‘oyaviy kurashning kuchayishiga olib kelgan edi. Bu kurash Gegel ijodini
tushkunlikka tushishida o‘z ifodasini topdi. Bu davrdagi yosh gegelchilar orasida
Feyerbax ham bor edi. U birinchi bo‘lib Gegel idealizmiga qarshi chiqib,
materializm bayrog‘ini ko‘tardi. U idealizm va diniy sohlarni tanqid qildi. Ijobiy
g‘oyalarni esa targ‘ib qildi. 1839 yili «Gegel falsafasining tanqidi», 1841 yilda
«Xristianlikning mohiyati» degan asarlarini yozdi. Feyerbaxning bu asarlari
dahriylik g‘oyalarni o‘rtaga qo‘yilishida katta rol o‘ynaydi. Feyerbax materiyaning
doimiy uzluksiz harakatdaligini, tabiat, materiya birlamchi, ong, ruh ikkilamchi
ekanligini ta’kidlaydi. U falsafaning asosiy masalasini materialistlarcha hal qiladi.
Materializmni yangi pog‘onaga ko‘taradi, unga tabiiy ilmiy asos beradi. U
mexanistik materializm tabiatan qotib qolgan, harakatsiz, degan qarash o‘rniga
tabiat rang-barang, deb qaradi. U o‘zining ilmiy ijodi orqali bilish nazariyasini
materializm asosida rivojlantirdi. Feyerbax Kant agnostitsizmini tanqid qilib,
dunyoni bilish mumkinligini isbotladi. Uning fikricha, bilish jarayoni sezgilarga,
keyin esa tafakkurga o‘tish yo‘li bilan ob’yektiv haqiqatni bilishdan iboratdir.


55
Feyerbax Gegel dialektikasining ratsional mag‘ziga to‘g‘ri baho bermadi,
uning idealizmi bilan dialektikasini qo‘shib uloqtirdi. Feyerbaxning kamchiligi
shuki: u tabiatga va bilish jarayoniga tarixan yondashmadi, bilish jarayonida jonli
mushohadadan abstrakt tafakkurga o‘tish dialektikasini va amaliyotning rolini
metafiziklarcha tushuntirdi. Ya’ni bilishning sub’yekti qilib tarixiy-ijtimoiy
munosabatdan tashqaridagi mavhum insonni oladi, kishilarni biologik tarzda
tushunadi, lekin ular orasidagi sinfiy munosabatni ko‘rmaydi. Inson harakati
faoliyatini ko‘rolmadi. Feyerbax materialistik tizimni kishi fiziologiyasi va
ruhiyati asosida ko‘rishga intildi.
U dinni jaholat va qorong‘ulik, deb tushundi, lekin uning ijtimoiy
mohiyatini tushuntira olmadi. U ijtimoiy hodisalarga materializmni tatbiq eta
olmadi.
Shunday qilib, Feyerbax Gegel falsafasining asl mag‘zini uloqtirdi. Dinga
qarshi chiqdi. Shunday bo‘lsa-da, ba’zi faylasuflar uning ijobiy tomonlarini
ko‘rsatdilar.
Falsafani yanada yuqori pog‘onaga XIX asr oxiridagi rus faylasuf-
demokratlari

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə