Зиёдулла Давронов


Yevropa Ug‘onish davrida ijod



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Yevropa Ug‘onish davrida ijod.
Ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi feodal tuzumni surib chiqadi. Bu
jarayon burjuaziya (boylar) inqilobi bilan tugallandi. Lekin bu davrdagi
falsafiy dunyoqarash shunday keskin kurashlarga duch keldiki, Kopernikning
nazariyasini xudosizlikda ayblash, Jordano Bruno(1548-1600)ning o‘tda
kuydirilishi, Galiley asarlarining olovda kuydirilishi ham fan va umuman
materialistik falsafaning progressiv taraqqiyotiga to‘sqinlik qila olmadi.
Tabiat hodisalarini o‘rganuvchi tabiiy fanlar shakllana boshladi. Endi tabiat
fani bilan falsafa orasidagi munosabat o‘zgara boshladi, ya’ni tabiiy
fanlarning o‘sishi materialistik falsafaning o‘sishiga olib keldi.
N. Kopernik
(1473-1543) geliotsentrik tizimni ishlab chiqdi. Ya’ni, er
shari o‘z o‘qi atrofida aylanishi bilan kun va tunning bo‘lishi, Quyosh
atrofida aylanishi bilan yil fasllarining o‘zgarib turishini isbotlab berdi.
Ptolomeyning Quyosh sistemasining markazi yer degan fikri noto‘g‘ri
ekanligini ko‘rsatib, geliotsentrik tizimini yaratdi. Ptolomey ta’limoticha,
Quyosh yer atrofida aylangandek ko‘rinadi, aslida mohiyati unday emas.
Kopernikning progressiv g‘oyalari va ijodi falsafa tarixida katta rol o‘ynadi.
Undan keyingi o‘tgan olim Jordano Bruno Kopernik nazariyasidan
materialistik xulosa chiqardi. Bruno dinga qarshi kurashuvchi progressiv
olim edi. Bruno ijodida, olam hisobsiz yerlar, quyoshlar sistemasidan
iboratdir. Lekin, Bruno yashagan davr uning progressiv fikrlarini
rivojlantirishga yo‘l qo‘ymadi. Uning faoliyati inkivizatsiya katolik cherkovi
sudi davridagi sudda qoralanib o‘zi esa o‘ldirildi.


31
Yangi davr falsafasi XVI-XVII asrda Angliyada kelib chiqdi. Angliya
materializmining asoschisi
F. Bekon
(1561-1626) edi. Bekon falsafasi
Angliya boylarining intilishini ifodalaydi. Bekon tajribaga asoslangan bilim -
haqiqiy bilim, deydi. Undan tashqari, inson tabiatni o‘rganishi va o‘ziga
bo‘ysundirishi kerakligini uqtirdi. Dunyoda bilimning asosiy quroli
tajribadir, deydi o‘z ijodida. Bilim jarayonidagi tafakkurning, nazariyaning
rolini inkor etmaydi. Narsa va hodisalarning sababiy bog‘lanishini aniqlash
haqiqiy bilim garovidir, deydi. Elementlarning sifat muayyanligini
ta’kidlaydi. Materiya bilan harakat o‘rtasidagi uzluksiz bog‘lanishni e’tirof
etadi.
Bekon falsafasida dialektika elementi bo‘lishiga qaramay, uning
materializmi asosan mexanistik edi.
Angliya materializmining ikkinchi vakili

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə