Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Geraklit
(475-374) yashab o‘tgan. Geraklit dunyoning
asosida olov yotadi, dunyo mana shu olovning qonuniy alangalanib va so‘nib
turishidan iborat deydi. Geraklit hech qanday xudo ham, odam ham dunyoni
yaratmagan, dunyo o‘z-o‘zidan qonuniyat bilan so‘nuvchi, tirik olovdan
iboratdir, deydi. Geraklitning materialistik ta’limoti ham stixiyali xarakterga
ega, farazlardan iborat edi. Chunki o‘sha davrda dialektika va materializmni
fan darajasiga ko‘tarishga imkoniyat yo‘q edi.
Qadimgi Yunonistonda turli oqimlar paydo bo‘lib, ulardan biri
sofistlardir.
Sofistlar
(donishmandlar) qadimgi grek falsafasida muhim o‘rinni
egallaganlar. Avvalgi grek faylasuflari barcha o‘zgaruvchan rang-
baranglikdagi birlik haqidagi masala bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Ular urf-
odatlarning turlichaligini, axloqiy, siyosiy, huquqiy jarayonlarning falsafiy
jihatlarini asoslashga urindilar. Ammo, muhim bir fikrga kela olmaganlar.
Grek faylasuflarining ba’zilari bitta universal umumiy axloq va bitta siyosiy
ideallik mavjud, deb tushuntirsalar, ba’zilari bu holatlarni jamiyat yoki
yagona bir odam dunyoga keltirgan, deb fikr bildirganlar. Qisqasi, har bir
faylasuf o‘zicha olamdagi narsa va hodisalarni tahlil qilganlar va ijod
qilganlar. Keyinchalik, jamiyatdagi axloqiy - huquqiy sohalar bilan bog‘liq
jihatlarning hal etilishi alohida kishi faoliyati bilan bog‘liq, degan to‘xtamga
kelganlar. Aslida axloq, huquq, did, huzur-halovat, siyosat, boshqaruv kabi
jarayonlar haqidagi fikrlar xilma-xil. Tahlili ham turlicha. Shunday
bo‘lishidan qat’i nazar, faylasuflar bu savollarga javob topish uchun ijod
qilgan. Bunday faylasuflarni sofistlar deb yuritganlar.


26
Sofistlar o‘z ijodlarida ko‘proq axloqiy, siyosiy, huquqiy sohalar bilan
shug‘ullanishgan. Sofistlarga zamonaviy jihatdan yondashadigan bo‘lsak,
ular bir vaqtning o‘zida muallif, jurnalist, yozuvchi, shoir umuman ziyoli
kishilar bo‘lganlar. Ular ko‘proq bahslashishni olg‘a surib, haqiqatga
erishmoqchi bo‘lganlar. Sofistlar narsa va hodisalarni aqliy (ratsional)
dalillash san’atidan foydalanib asoslashga harakat qilganlar. Sofistlar
munozara va muzokarada foydalanish mumkin bo‘lgan ayyorlik va
mug‘ombirlik, makkorlik usullaridan foydalanib borliqni tushuntirganlar.
Shu holatga boshqalarni ham yetaklaganlar. Ularning yirik vakillari Gorgiy,
Frasimax va Protogorlardir.
Gorgiy
taxminan miloddan avvalgi 483-374 yillarda yashagan. U
mashhur notiq edi. Uning “Tabiat to‘g‘risidagi yoki mavjud bo‘lmagan narsa
to‘g‘risida” nomli asari bo‘lgan.
Qadimiy falsafa sohasidagi ijodkorlardan yana biri

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə