Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Demokrit
(eramizdan oldin 460-370 yillarda yashagan) ensiklopedik
olim edi. Demokrit atom ko‘zga ko‘rinmaydi, deb harakat bilan materiyaning
bir-biriga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Demokrit olam cheksiz dunyo, yer bir
sayyora, deydi. Olam uning fikricha, bo‘shliq bo‘lib, fazoda atomlarning
to‘qnashishi natijasida turli dunyolar kelib chiqqan. Bu dunyolar paydo
bo‘ladi, yo‘qoladi, deydi. Olam haqidagi fikrida ateistik qarashlar bor, u
yerda zaruriyat mavjuddir, deydi. Demokrit diniy ta’limotlarga qarshi tan
bilan ruhning o‘lishini ko‘rsatadi. Undan tashqari, bilish jarayonining
dialektik bosqichini materialistik asosda tushuntirdi. Bilish jarayonida
birinchi bosqich sezgi, deb biladi. Sezgi organlarimizga ta’sir etib,
ongimizda tasavvur paydo qiladi. Bilim uchun tafakkur kerak, deb o‘rgatadi.
Demokrit ijodi ateizm tarixida ham katta rol o‘ynadi. Uning fikricha,
xudoga ishonish kishilarning tabiat kuchlari oldidagi ojizligidir.
Demokritning siyosiy, iqtisodiy sohadagi ijodi ham demokratik edi.
Falsafada ikki yo‘l “Demokrit yo‘li” bilan “Aflotun yo‘li” orasida kurash
ketgan. Demokrit yo‘lini tutganlardan biri
Epikur
dir (341-270). U, kishi
baxtiyor bo‘lishi uchun tabiat va uning qonuniyatlarini bilishi kerak, deydi.
Falsafani uch qismga fizika, logika (kanonika) va etikaga bo‘ladi. Epikur
fizikasida atomizm himoya qilinadi va rivojlantiriladi. Atomlarning
birlashuvini o‘ziga xos erkin irodaning oqibati, deb ko‘rsatadi. Garchi bu fikr
idealistik xarakterga ega bo‘lsa-da, stixiyali ravishda materiyaning o‘z
ichidagi harakatini e’tirof etadi. Epikur ham o‘z ijodida bilishning birdan-bir
manbai sezgilarda, deb biladi. Uning bilish nazariyasi oddiy, lekin
materialistik xarakterga egadir. U ham xudoni inkor etmaydi, balki tabiat
mahsuli, deb biladi.
Gretsiya falsafasining yana bir vakili Rimlik
Piy Lukretsiy Kar
(99-
55)dir. U Epikur ta’limotini davom ettirdi. Qadimgi materialistlar singari
Lukretsiy ham materiyaning ob’yektivligini ilmiy ravishda tushunish
darajasiga yetmadi. Lukretsiy narsalarning sifatini ob’yektiv xarakterga
egaligini, fazo va vaqt masalasini ham materialistlarcha tushuntirdi. Sezgi
masalasini ham to‘g‘ri hal qilgan. Uning ijodi, falsafasi feodalizm
jamiyatining tarixiy kelib chiqishi va tarixiy taraqqiyotning oldinga


30
surilishidan darak berar edi. Feodalizm jamiyatida sinf, ijtimoiy tabaqalar
o‘rtasidagi to‘qnashuvlar mafkura kurashida o‘z ifodasini topdi.
Feodalizm davrining mafkurasi din edi. Shuning uchun bu davrdagi
qarashlar ham diniy tusda bo‘lgan. Rimda feodalizm davrida, idealizmning
turli oqimlari, materializm va ateizmga qarshi kurashdilar. Ular –
skeptitsizm, agnostitsizm, neoplatonizmlardir. Ob’yektiv idealizm, Arastu
idealizmi va metafizik ta’limotining davomi edi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə