Зиёдулла Давронов


Tayanch tushuncha va iboralar



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Tayanch tushuncha va iboralar:
Ijod turlari, ijod, gilozoizm, ilmiy ijod, inson faoliyati, fanlar
klassifikatsiyasi.
Mavzuga oid savollar:
1. Ijod tushunchasiga ta’rif bering.
2. Ijod qilish qaysi davrlarga borib taqaladi?
3. Ilmiy ijod tushunchasi nima?
4. Fan va ijodning aloqasi va o‘zaro ta’sirini tushuntiring?


22
III bob. Falsafa va fan tarixida ijod muammolarining
ishlab chiqilishi
Misr, Kichik Osiyo, Qadimgi Gretsiyada ilmiy-falsafiy ijod
tizimlarining paydo bo‘lishi
Qadimgi Misrda quldorlik davlati barpo etilgan edi. Qullar mehnatidan
foydalanib suv chiqarish inshootlari, piramidalar, saroy va koshonalar
qurilgan. Bizning eramizgacha IV-ming yillikning oxiri – III-ming
yillikning boshlarida quldorchilik bu mamlakatda o‘zining eng yuqori
cho‘qqisiga ko‘tarildi. Ana shu davrlarda Misrda astronomiya, kosmologiya,
matematika fanlarining paydo bo‘lishiga birinchi qadamlar qo‘yilgan edi, bu
birinchidan, ikkinchidan shu davrlarda afsonaviy qarashlar shakllana
boshlangan edi. Shu sababli bu davrda, ushbu mamlakatda falsafa fani
ijtimoiy ongning shakli sifatida ham shakllangan edi.
Qadimgi dunyo xo‘jaligini yuritish uchun bilim va amaliyot talab
qilinardi. Nil daryosining suvini pasayib-ko‘tarilib turishi astronomiya fanini
rivojlantirishga olib kelgan bo‘lsa, dehqonchilik sohalarini boshqarish esa
amaldorlar faoliyatiga borib taqalar edi. Xo‘jalik yuritish ishlari faoliyatini
olib borish aniqroq kalendarni talab qilar edi. Bu esa Quyosh va Oy,
yulduzlar sistemasi bilan bog‘langandi. Bularning barchasi ilmiylikni,
bilishni taqozo etar edi. Ijodni zaruriyatga aylantirgandi. Natijada
matematika, algebra va geometriya paydo bo‘ldi. Jumladan, Vaviloniyaliklar
60 daqiqalik yozma vaqtni ijod qildilar. Bu yozma vaqt orqali hisob-kitob
qilish hozir ham (bir soat – 60 daqiqa, 1 daqiqa – 60 sekund) ahamiyatini
yo‘qotgani yo‘q.
Fazodagi yorug‘lik tarqatuvchi jismlar faqat yorug‘lik tarqatib
qolmasdan balki olamning ijod manbai sifatida ham e’tirof etildi. Bu esa
afsonaviy xudolarni ijod qilishga asos bo‘la boshladi. Vavilonliklarning
fikricha «Oy xudolarning otasi» hisoblangan.
Qadimgi Misrdagi madaniyat insoniyat tarixida eng qadimgi madaniyat
hisoblanadi. Gerodotning yozib qoldirishicha, yilning davomiyligi, ya’ni
uning 365 ¼ kunligi ham Misrda ijod qilingan. Ayniqsa, geometriya


23
sohasida ijod qilingan kashfiyotlar insonlarni hozir ham lol qoldirib
kelmoqda. Jumladan, piramidalar o‘lchamlarining haqiqiy ilmiyligi, ya’ni
kvadratlar, uchburchaklar, to‘g‘riburchaklar, trapetsiyalar, doiralarning
o‘lchamlari fikrimizni asoslaydi. Demak, o‘sha paytlardayoq ijod qilishda
maxsus uslublar ishlab chiqilishi natijasida ijod uchun sharoit yaratilgan.
Ma’lum ma’noda nazariy bilimlar talab qilingan.
Diniy sohalarni va afsonalarni falsafiy tahlil qilish zarurati paydo
bo‘lgan va falsafa fani ham taraqqiy qila boshlagan. So‘ngra afsonalarni
diniy jihatdan emas, falsafiy tahlil qilish kuchliroq o‘rin ola boshlagan. Bu
esa o‘sha paytda yashagan insonlardan bilim va ijodni talab qilardi. Masalan,
“Arfist qo‘shig‘i” adabiy manbasida, diniy afsonaviy sohalar tanqid qilinib,
vafot etgan inson u dunyodan xabar bera olmasligi, qaytib kelmasligi, shu
sababli yer ustidagi hayotning qadriga etish kerakligi haqida mulohazalar
yuritilgan. Bu ijodning oddiy ko‘rinishlari edi.
Eramizgacha bo‘lgan, ya’ni Antik dunyo deb ataluvchi davrlarda
Gretsiyada ham izlanish, ijod yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgan. Falsafa fan
sifatida eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Gretsiyada shakllandi. Ayniqsa,
Aleksandr Makendonskiy imperatorlik qilgan davrlarda falsafa ravnaq topa
boshlagan.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə