Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Zardushtiylik. “Avesto”
Zardushtiylik dini eramizgacha VII-VI asrlarda shakllangan. Unga
Zardusht ismli alloma asos solgan. Ba’zi bir mualliflar esa Zardushtni
Xorazmda, ba’zilari esa Ozarbayjonda tug‘ilgan, deb fikr yuritishadi.
Zardusht qayerda tug‘ilishidan qat’i nazar, uning ta’limoti ibtidoiy jamoa
davrining oxiri, quldorlik jamiyatining boshlanishida din sifatida


62
shakllangan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»da keltirilgan
fikrlar mulohazamizni tasdiqlaydi. Bu din O‘rta Osiyoda islom dini
tarqalishidan so‘ng ham ba’zi joylarda birmuncha vaqtga qadar saqlanib
qolgan.
Muqaddas kitob eramizgacha VII asr oxiri VI asr boshlarida
yaratilgan. Undagi asosiy g‘oyalar «Tavrot» va «Qur’on»da keltirilgan
fikrlarga yaqindir. Zardushtiylikni qadim davrdagi diniy aqidalar, deb
tushunish unchalik to‘g‘ri bo‘lmay, balki uni o‘sha davrning hukmron
mafkurasi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, falsafiy qarashlari, deb tushunish
kerak. Uning nazariy asosi - "Avesto" xulosalari shundan dalolat beradiki,
zardushtiylik fikrlari kitob yozilishidan oldingi ko‘p ming yillik tajriba va
hayot, turmush tarzlarini umumlashtirish sifatida yuzaga kelgan. "Avesto"da
afsonaviy fikrlar bilan birga insonlarning hayotiy tajribalari ham o‘z aksini
topgan. Bu muqaddas kitob qadim asrlarning tarixi va rivojlanishini,
iqtisodiy-ijtimoiy holatini, falsafasi, tili, yozuvi, xalq og‘zaki ijodining
manbasi sifatida ham qadrlidir. Ayniqsa, undagi falsafiy jihatlar kishini
hayratga soladi. U 21 ta kitobdan iborat, ammo ularning ko‘pchiligi
yo‘qolib ketgan. Uning eng qadimgi nusxasi 1324 yilda ko‘chirilgan
bo‘lib, Kopengagenda saqlanadi. "Avesto" qadimgi Eron tillari guruhidagi
tillarning qadimgi yodgorliklaridandir. Undagi insonlarning orzu-umidlari,
yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi munosabatlar diqqatga sazovordir.
Kitobning asosiy mazmuni insonlarning xudoga murojaat etib, iltijo
qilishlariga bag‘ishlangan. Xudodan tinchlik, chorva mollari, yaylovlar,
sug‘orish maydonlarini tilaganlar. Kitobda Axuramazda xudolik
qiyofasidan chiqib, adolatli shoh qiyofasiga o‘tishi tasvirlangan. U adabiy
yodgorlik sifatida insonlarning ma’naviy qiyofasini juda jiddiy tasvirlagan.
Avestoda mehnatsevarlik, insonparvarlik, botirlik, jasurlik, va
tozalik, moddiy to‘kin-sochinlik uchun kurash kabilar tilga olinganki, ular
inson ma’naviyatini ko‘tarishga qaratilgan edi. Oqilona turmush tarzini,
uning ma’naviy hayotini, insonning dunyoqarashi va axloqiy fazilatlarini
o‘zida jiddiy ifoda etgan. Axloqiy qarashlarda insonning burchi, ma’naviy
pokligi targ‘ib qilingan. Ayollarga hurmat ko‘rsatish alohida ta’kidlangan,


63
tozalikka rioya qilish, suvlar, tabiat mahsulotlarining toza tutilishi kabi
jihatlar borki, ular insonlarni ma’naviy yuksalishga da’vat qilgan.
Kitobning diqqatga sazovor yana bir tomoni borki, unda jismoniy
va ma’naviy jarayonlar uch davrga bo‘linib berilgan. Birinchi davr: bu eng
qadimgi davr hayotini ifodalaydi. Unda yaxshilik tantana qilgan. Yorug‘lik
va insoniy xislat, saodat hukmron bo‘lgan. Ikkinchi davr: bu hozirgi davr
bo‘lib, unda kurash davom etadi. Uchinchi davr: kelajakdagi hayot. Bu
davrda insonlar aql-idroki bilan badavlat bo‘lib yashaydilar. Yaxshilik
yengadi, jaholat chekinadi.
Kitobdagi Axriman xudosi yomonlik xislatlarini tarqatadigan xudodir.
Ta’kidlash lozimki, kitobda dehqonchilik va chorvachilik sohalariga
katta e’tibor berilgan. Jumladan, kitobda “dehqonchilikning foydasi
haqida"gi bo‘limda shunday fikr bor: “Moddiy olamni, haqiqatni yaratuvchi
zamindagi eng muhtaram manzil, qaysi?, nimadir?”,- degan savolga
yaxshilik xudosi Axuramazda shunday javob beradi:-“Inson uy tiklab,
olovga va oilasiga, xotini va farzandlariga o‘rin ajratib bersa, yem-xashagi
ko‘p bo‘lib, chorva va itlari to‘q yashasa, uyida noz-ne’matlar muhayyo
bo‘lib, xotin va farzandlari farovon yashasa, uyida e’tiqodi sobit, olovi
alangali, boshqa narsalari ham mo‘l-ko‘l bo‘lsa, u manzil muhtaramdir.
Kimki o‘ng qo‘li va so‘l qo‘li bilan yerga ishlov bersa, mehnat qilsa
zamin rahmatiga musharraf bo‘lajakdir".
Yoki «kimki g‘alla eksa olijanobdir. G‘alla ekkan kishi ezgulik
urug‘ini sochadi. Axuramazda e’tiqodni kuchaytiradi, e’tiqodni
mustahkamlaydi".
Demak, bu ishlarning bajarilishi bilan insonlar yovuz kuchlardan
xalos bo‘ladi. Devlarni mag‘lub etadi.
Yuksak ma’naviylik zardushtiylik falsafasi bo‘yicha jaholatning,
yomonlikning oldini olishdir. Undagi qadimgi meditsina, fazo to‘g‘risidagi,
astronomiya va falsafaga oid nodir fikrlar inson qalbini yorug‘likka
chorlaydiki, bu yorug‘lik albatta, yaxshilikka olib boradi.
Bular O‘rta Osiyo xalqlarining falsafiy – ijodiy tafakkurini qadim-
qadimlarga borib taqalganidan dalolatdir. O‘rta Osiyodagi Xorazm,


64
So‘g‘diyona,
Afrosiyob,
Shosh
hududlarida
dehqonchilik,
hunarmandchilikning rivojlanishi olam, dunyo to‘g‘risidagi fikrlarning
takomillashishiga turtki bo‘lgan. Bu yerlarda turmush va til jihatidan ham
bir-biridan farq qilmagan turli qabilalar va elatlar: massagetlar, xorazmiylar,
so‘g‘dlar, parfiyaliklar va boshqa xalqlar yashagan. Bular ko‘chmanchi
chorvadorlar hamda allaqachonlar o‘troq dehqonchilikka o‘tgan aholi edi.
So‘ngra birlashib, hozirgi zamon O‘rta Osiyo xalqlarini vujudga
keltirganlar. Tarixga qanchalik kirib borilsa, bir manbadan kelib chiqqan
xalqlarning bir-biridan farq qiladigan belgilar shunchalik kamayib boradi.
Xorazm, So‘g‘diyona, Afrosiyob aholisi o‘rtasidagi nisbat ham shunday.
Grek tarixchisi Strabon Baqtriya, So‘g‘diyona, Eron, Midiya aholisining tili
ham birligini ta’kidlaydi. Uzoq tarixiy jarayon davomida qadimgi Eron tillari
guruhidagi tillar zaminida keyinchalik tojik, fors va boshqa tillar
shakllanganligi kabi qadimgi turkiy tillar guruhidagi tillar zaminida o‘zbek,
uyg‘ur, turkman, qirg‘iz va boshqa turkiy tillar vujudga kelgan. Eron tillari
guruhidagi til, asosan Tojikiston hududidagi aholining tili bo‘lib qolgan. Bu
til asrlar mobaynida Farg‘ona, So‘g‘d va Xorazmda ham saqlanib qolgan.
Xorazm yozuvi oramiy yozuvlarning eng qadimgi xususiyatlarini saqlab
qolgan yozuvlardandir. Demak, yozuvga ega bo‘lgan Xorazm, So‘g‘diyona,
Afrosiyob xalqlari ijodi va falsafasi qadimgidir. Bu tillarda so‘zlashgan
xalqlar diniy va materialistik qarashlarni o‘rtaga qo‘yganlar. Yaxshilik va
yomonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, yaratuvchilik falsafasiga e’tiborni
qaratganlar. So‘g‘d, Xorazm va boshqa joylarda etishgan olimlar
sayyoralarni, yulduzlarning turkumlarini o‘rganganlar. Ularga nomlar
berganlar. Burjlarni aniqlaganlar. Goroskoplar tuzganlar. Fizika, matematika,
falsafa va tibbiyot sohasida ijod bilan shug‘ullanganlar.
2001 yil oktyabr oyining oxirida muqaddas kitob «Avesto»
yaratilganligining 2700 yilligi butun dunyoda keng nishonlandi. Bu tadbir
ajdodlarimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborning amaliy ifodasidir.


65

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə