Зиёдулла Давронов


qiyoslash usulidan ham foydalanishni taqozo etadi. Qiyoslash tadqiq qilinayotgan narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

qiyoslash
usulidan ham foydalanishni taqozo etadi.
Qiyoslash tadqiq qilinayotgan narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik
va tafovutlarni bilishga, ularning aloqa va munosabatlarini aniqlashga
yordam beradigan bilish usulidir.
Qiyoslashning ikki turi mavjud:
1. Aloqador bo‘lmagan ob’yektlarni qiyoslash;
2. Aloqador bo‘lgan ob’yektlarni qiyoslash.
Ushbu usullar yordamida tadqiqotchi o‘z tadqiqoti jarayonida yangi
xulosa va mulohazalarni beradi. Yangi ilmga ega bo‘ladi. Bu uslub analiz
uslubi bilan aloqa va munosabatdadir. Ular biri ikkinchisini to‘ldirishga
yordam beradi.
Ilmiy ijodda abstraksiyadan ham foydalaniladi.
 Abstraksiya deb,
ko‘p qirrali ob’yektlarning har birini yakka-yakka holda emas, balki
ma’lum bir qismi haqida umumiy fikr yuritishga aytiladi.
(Abstraksiya -
uzoqlashuv, mavhumlik). Abstraksiyada manbaning ba’zi xususiyatlari va


97
bog‘lanishlari fikran ajratiladi. Uning boshqa xususiyatlari va bog‘lanish
hamda munosabatlari nazardan soqit qilinadi. Buning ta’sirida paydo bo‘lgan
tushuncha, tasavvur, abstraksiyadir. Abstraksiyada narsa aniq holda
bilinmaydi, mavhum holda inson ko‘z o‘ngida gavdalantiriladi. Masalan:
kundalik hayotda uchraydigan hodisalar, o‘rikning pishishi, samolyot
uchishi, quyoshning ko‘rinishi aniqdir, lekin bular doimiy harakatni
bildiradi. Aslida bu jarayonlar abstraksiyadan dalolat beradi. Shuni
unutmaslik kerakki, abstraksiya aniq narsalar uchun umumiy bo‘lgan
belgilarni ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Unda predmetdan uzoqlashib,
chetlab o‘tish namoyon bo‘lsa-da, aslida ularning mohiyati mazmuniga kirib
borishiga sharoit yaratiladi.
Abstraksiya har xil qo‘shimcha ta’sirlardan yiroqlashgan holda,
ob’yektlarning asosiy muhim xususiyatlarini ajratib olib, sof holda qarab
chiqish va shunga asosan ularning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash
imkonini beradi. Insonlarning amaliy faoliyati qanchalik murakkablashib
borgani sari, ularning abstraksiyalash qobiliyatlari ham taraqqiy etib,
takomillashib boradi. Amaliy ehtiyojlar oxir oqibatda turli fanlar bilan birga
abstraksiyalarni vujudga keltirib, ob’yektlarning ko‘plab xususiyatlaridan
qaysi birini ajratib ko‘rsatishini aniqlab beradi. Binobarin,

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə