2
Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma‟naviy yuksalishini ta‟minlovchi
ta‟lim-tarbiya, ma‟naviyat va ma‟rifat kabi tushunchalar mavjud bo`lib, ular
pedagogika fanidagi o`zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog`liq holda
atroflicha o`rganishni taqozo etadi. Pedagogika fanini o`zlashtirish — ma‟naviy,
ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning harakatlantiruvchi kuchi bo`lmish inson
kamoloti haqidagi g„oyalarni nihoyatda puxta bilishni talab etadi.
Mazkur o‗quv qo‗llanma boshqarishning
hozirgi davrdagi maqsad va
vazifalari, boshqarishning me`yoriy turlari, boshqa
aqidalari va uslublarini nazariy
hamda amaliy asosda yoritishga mo‗ljallangan.
«Pedagogik tizimni boshqarishning me`yoriy asoslari» majmuasi
jamiyatimizning yangi rivojlanishi davrdagi ya‘ni O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019 - yil uchun mo‗ljallangan
eng muhim ustuvor vazifalar
haqidagi Oliy Majlisdagi MUROJAATNOMASI
asosida bayon etilgan. Xususan
ta‘lim muassasalar va oliy o‗quv yurtlarining
ichki boshqaruv tizimi, ichki
boshqaruv tizimida rahbarlik uslubi,
madaniyati, fazilati va obru-e‘tibori,
boshqarishning pedagogik-psixologik yo‗nalishlari, rejalashtirish, o‗quv-tarbiya,
maktab va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarga va xodimlar bilan ishlashga
rahbarlik qilishda xujjatlashtirish ya‘ni me`yoriy asoslari o‘z ifodasini topgan.
O‗quv qo‗llanma pedagogika instituti va universitetlarning
maktabgacha
ta‘lim muassasalaridan boshlab to «Pedagogika-psixologiya» (V 142400)
yo‗nalishlari bo‗yicha taxsil oluvchi bakalavr, magistrlar, maktab va oliy ta‘lim
muassasalar boshqaruvlarini ish yuritish faoliyati bo‗yicha katta ahamiyatga ega.
Taqrizchilar:
Pedagogika
fanlar doktori, professor
M.Tojiyev
Pedagogika fanlar nomzodi, dotsent
F.O`.Jumanova.
Mas‘ul muharrir: Pedagogika fanlar doktori, professor SH.Q.Mardonov,
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
kengashining qaroriga
muvofiq nashrga tavsiya etilgan.