2-Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi hamda rivojlanishi



Yüklə 43,1 Kb.
səhifə1/10
tarix19.12.2023
ölçüsü43,1 Kb.
#152021
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 Yerda hayotning paydo bulishi hamda rivojlanishi


2-Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi hamda rivojlanishi
Режа:

  1. Hayot tushunchasining mohiyati muammosi

  2. Hayotning mohiyati to‘g‘risidagi masalaning hozirgi holati

  3. Hayot formalari yoki shakllari

  4. Yerda hayotning paydo bo‘lishi

  5. Geoxronologiyasi haqida tushuncha



Tayanch so‘zlar: Hayot tushunchasining mohiyati muammosi, Hayotning mohiyati to‘g‘risidagi masalaning hozirgi holati. Hayot formalari yoki shakllari, Yerda hayotning paydo bo‘lishi, Yerda hayotning kelib chiqishi to‘g‘risidagi materialistik gipotezalar, Boshqa planetalarda hayot bormi?
Hayot tushunchasining mohiyati muammosi. Insoniyat paydo bo‘lganidan boshlab hayot nima, uning asosini nima tashkil etadi, hayotning mohiyati nimalardan iborat, degan savollar turardi. Hayotning mohiyati muammosini hal qilishda olimlar materialistik va idealistik nazariyalarda turib shafqatsiz kurash olib bordilar. Bu to‘g‘risdagi dastlabki konsepsiya vitalistik konsepsiya bo‘lib, uning asoschisi Aristotel edi. Uning fikricha “hayot ovqatlanish, o‘sish va qarshi (qartayish)dan iboratdir, bu hodisalarga esa entelexiya-o‘z ichida maqsadga ega bo‘lgan prinsip sabab bo‘ladi”. Vitalistlar bundan keyin bu muammolarni hal etishda Aristotelning ana shu fikrini u yoki bu darajada qisman o‘zgartirib propaganda qilib keldilar.
Vitalizm biologiyaga zid oqim bo‘lib, uning tarafdorlari barcha tirik organizmga xos bo‘lgan alohida kuch yoki jonni e’tirof etdilar. Organik olamning, ruhiy olam sifatida e’tirof etish ham mana shundan kelib chiqqan.
Taniqli vrach G.Shtal (1660-1734) fikricha “har qanday organizm osongina buzilib ketadigan moddalardan tashkil topgan bo‘lib, jon ularning parchalanib ketishiga to‘sqinlik qiladi, jon barcha hayot jarayonlarini boshqarib turadi, organizmda jon mavjud ekan, u tirik jism bo‘lib qoladi. Ammo tanadan jon chiqib ketishi bilan undagi moddalar buzila boshlaydi” deb da’vo qiladi. Vitalistlar hayotiy kuchni ilohiy manbaning namoyon bo‘lishi, deb hisoblaydilar. Jonning manguligi to‘g‘risida tasavvur ham shundan kelib chiqqan. Vitalistlar o‘z qarashlarini isbotlash uchun ikkita qoidani ilgari surdilar:
1. Organizmlarda alohida organik moddalar ishlab chiqiladi. Bu moddalar hayotiy kuch tomonidan yaratiladi. Shuning uchun ularni sun’iy yo‘l bilan hosil qilib bo’lmaydi.
2. Ikkinchi qoida energiyaning saqlanish qonunini inkor etar edi.
Bu qoidalarning birinchisi 1829 yilda inkor etildi. Shu yili F.Veller sianid kislotaning ammoniy tuzlarini qizdirish yo‘li bilan mochevina hosil qilgan. Bu bilan tirik organizmlardan tashqarida anorganik moddalardan organik modda sintez qilish mumkinligini isbotladi. Organik moddalar shundan keyin to‘xtovsiz sintez qilina boshladi. Hozirda 100.000 dan ortiq modda sintezlangan. Organik moddalarning hozirgi kunda 3,5 mln ta turi bor.
Ikkinchi qoidani K.A.Temiryazov asosiy dalillaridan mahrum qildi.
Vitalizmga qarshi o‘laroq organik tabiatga mexanistik qarash vujudga keldi va XVIII asrda fransuz materialistlari ta’sirida keng yoritildi. Bu hayotni idealistik tarzda talqin qilishga qarshi chiqib, hayotiy protsesslarini faqat kimiyoviy va fizikaviy o‘zgarishlardan iborat, deb isbotladilar. Ular tirik organizmlar o‘lik organizmlardan murakkabligi bilan farq qiladi va tirik organizmni o‘rganish qiyin deydilar. Shuning uchun ham tirik va o‘lik tabiat o‘xshashliklarini va farqlari nimalardan iboratligini aniqlash lozim edi.
Kimyoviy elementlarning tarkibi o‘lik va tirik tabiatda bir xildir. Akad. V.I.Vernadskiy fikricha, tirik organizmlarda Mendeleyev darviy jadvalidagi 75 dan ortiq element uchraydi. Faqat tirik organizmga xos bo‘lgan alohida element yo‘q. Bitta seld balig‘i bir yilda 40.000 ikra qo‘yadi, ostyor balig‘i 2 mln ikrani, treska 10 mln, ko‘k baqa-10 ming ikrani butun hayoti davrida qo‘yadi. Demak, tirik organizmlar yangi-yangi hayot bo‘lmagan joyni egallaydi. Bu organik tabiatni o‘z-o‘zidan ko‘payishi orqali sodir bo‘ladi. Jonsiz tabiat ko‘paymaydi. Yer yuzini bunday tirik organizmlar egallashini akad. V.I.Vernadskiy hayotning geokimyaviy energiyasi deb atagan. Uning fikricha, geokimyaviy energiya tirik organizmlarning ko‘payishi va yer sharini qoplashi bilan belgilanadi.
Anorganik va organik moddalar o‘rtasida o‘zaro o‘xshashlik borligi bilan birgalikda, ular o‘rtasida sifat jihatdan farqlar ham bor. F.Engels o‘sha davrdagi ma’lumotlarga asoslanib, tirik materiyaga, ya’ni hayotga o‘zining “Tabiat dialektikasi” asarida quyidagicha baho beradi: “Hayot-oqsil jismlarning yashash usulidir, ularni o‘rab turgan tashqi tabiat bilan bo‘ladigan to‘xtovsiz moddalar almashinuvi bu usulning muhim momentidir, zero mazkur almashinuv to‘xtashi bilan hayot to‘xtaydi, bu esa oqsilning buzilishiga olib keladi”, deb yozgan edi.
Har qanday organizm tashqi muhitdan doimo har xil moddalarni olib turadi, o‘zini organizmning qurilish materiali sifatida foydalanadi. Bu yangilanish jarayoni bo‘lib, u doimiydir. Bundan F.Engelsning ikkinchi ta’rifi kelib chiqadi “Hayot-oqsil jismlarning yashash usulidir, bu yashash usuli esa o‘z mohiyati bilan mazkur o‘z-o‘zini yangilab turishidan iborat”. Moddalar almashinuvi assimilyatsiya va dissimilyatsiyaning dialektik birligidan iborat.
Assimlyatsiya davrida organik va anorganik moddalar tirik organizmga kiradi, undan yangi moddalar sintezlanadi va ko‘plab energiya jamlanadi.
Dissimilyatsiya davrida bu organik moddalar parchalanadi, bunda ko‘plab energiya hosil bo‘ladi, parchalanish (chiqindi) mahsulotlari hosil bo‘ladi.
Tirik organizmlarning boshqa hamma xususiyatlari: qo‘zg‘atuvchanlik, xarakatchanlik, o‘sish, rivojlanish, ko‘payish, irsiyat va o‘zgaruvchanlik moddalar almashinuvidan kelib chiqadi.


  1. Yüklə 43,1 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə