3-amaliy mashg’ulot: Tabiatshunoslik darslarida didaktik o'yin, o‘quv munozaralari, burch va ma'suliyatini shakllantirish metodlari guruhi



Yüklə 59,02 Kb.
səhifə1/6
tarix23.12.2023
ölçüsü59,02 Kb.
#154664
  1   2   3   4   5   6
AMALIY-3


3-amaliy mashg’ulot: Tabiatshunoslik darslarida didaktik o'yin, o‘quv munozaralari, burch va ma'suliyatini shakllantirish) metodlari guruhi.
Mashg'ulotdan maqsad: Darsdan va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish asosidagi darslar tashkil qilish ko'nikmalarini shakllantirish. O'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirishga oid darsdan va sinfdan tashqari o'tkaziladigan mashg'ulotlar ishlanmalarini tuzish usullari haqida tasavvur va tushunchalar hosil qilish va ularni tayyorlashni amaliyotda ko'rsatish.
Kerakli jihozlar: O'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirishga doir suratlar tasvirlangan rangli plakatlar, videofilmlar.
Talaba bilishi kerak:

  • Milliy istiqlol g'oyasi to'g'risidagi ma'lumotlarni;

  • o'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirishga doir ma'lumotlarni.

Talaba bajarishi kerak:
-o'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirishga oid dars ishlanmalari tayyorlashi.
Ishni bajarish tartibi:

  • talabalar tabiatshunoslikka va milliy istiqlol g'oyasiga oid adabiyotlardan ma'lumotlar yig'adilar;

  • talabalarga o'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish haqida bilimlar berish;

-o'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirishning tabiatshunoslik ta'limi jarayonidagi ahamiyati haqida suhbat;
-o'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirishga doir darsdan va sinfdan tashqario'tkaziladigan mashg'ulotlar ishlanmalari tayyorlashni amalda ko'rsatish;
-talabalarning darsdan va sinfdan tashqari o'tkaziladigan mashg'ulotlarda o'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirishga doir dars ishlanmalari tayyorlashi;
- talabalar bilimini nazorat qilish va baholash.
Umumiy ma'lumot: Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini to’g’ri yo’lga qo’yish va undan mohironalik bilan foydalanish o’quvchilarning o’quv faoliyatini faollashtiradi, ilmiy dunyoqarashini kengaytiradi. Shuningdek, o’quvchilarning biologiya va boshqa fanlarga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
Pedagogik texnologiyalar o’zi nima? “texnologiya” so’zi yunoncha “texnos” – mahorat, san’at, hunarva “logos” fan, ta’limot tushunchasini berib, “hunarli fan” degan ma’noni bildiradi.
Ta’lim tizmida qo’llaniladigan texnologiya pedagogik texnologiya deb yuritiladi. Ammo pedagogik texnologiya atamasiga shu muammo bo’yicha izlanish olib borayotgan har bir olim o’z nuqtai nazaridan kelib chiqqan xolda ta’rif beradi. Xali to’liq va yagona ta’rif keltirilmagan.
Shu nuqtai nazaridan kelib chiqqan holdaYunesko tomonidan berilgan ta’rif maqsadga muvofiq sanaladi.
Pedagogik texnologiya – bu o’qtish shakkilarini optimallashtirish maqsadida o’qitish va bilim berish jarayonida inson saloxiyati va texnik resurslardan foydalanish, ularning o’zaro bog’liqligini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuidir.
Bugungi kunda ta’lim samaradorligini oshirishda qo’llanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan:

  1. Didaktik o’yinli ta’lim texnologiyalari

  2. Modulli ta’lim texnologiyalari

  3. Muommali ta’lim texnologiyalari

  4. Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari

5. O’yinli mashiq texnologiyalari mavjud bo’lib, mazkur pedagogik texnologiyalarning har biri o’ziga xos hussisiyatga ega.
Didaktik o’yinli ta’lim texnologiyalari – dars samaradorligini oshirishda ditaktik o’yinli ta’lim texnologiyalari muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim jarayonida didaktik o’yinli texnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda o’quvchilarning bilim olish jarayonini o’yin faoliyati bilan uyg’unlashtiriladi.Shu sababli o’quvchilarning bilim olish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan dars didaktik o’yinli dars deb ataladi.
Mazkur o’qitish texnalogiyasini afzalligi quyidagilarda o’z aksini topgan:
1.O’yin xar doim shaxsning ma’lum bir faolyatiga bo’lgan qiziqishini ortiradi.
2. O’z iqtidori, qiziqishi, bilimini va o’zligini namoyon etishga imkoniyat yaratadi.
Didaktik o’yinli darslar o’quvchilarning bilim olish va o’yin faolyatining uyg’unligiga ko’ra syujetli – rolli o’yin, ijodiy, ishbilarmonlar o’yini, konferentsiya, o’yin mashiqlarga ajratish mumkin.
Modulli ta’lim texnologiyalari – o’quvchilarning bilish faoliyati modul dasturlari asosida tashkil etilgan darslar modulli darslar deyiladi.
Modulli ta’lim texnologiyalariga asolangan dars metodlari quyidagilardan iborat:
1.O’quvchilarning individual ishlashga mo’ljalangan modul dasturlari.
2. Ikkita o’quvchi hamkorlikda ishlashga mo’ljalangan modul dasturlari.
3. O’quvchilarning kichik guruxlarda hamkorlikda ishlashga mo’ljalangan modul dasturlariga bo’linadi.
Modulli ta’lim texnologiyalariga asoslangan dars metodlarining boshqa didaktik o’yinli darslardan farqi o’quvchilar o’z faoliyatlarini tahlil qilish va o’zini- o’zi baholashni amalga oshirishdan iborat.
Muammoli talim texnologiyalari- o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish jarayonida fikirlash qobilyatini rivojlantirish va bilish extiyojini qondirish maqsadiga yo’naltirilgan darslarga aytiladi.
Muammoli talim texnologiyasiga asoslangan darslar o’quvchilarni ijodiy va mantiqiy fikr yuritish ko’nikmalarini shaklantirish va rivojlantirishga olib keladi.
Muammoli talim texnologiyalarini aqliy hujum, kichik guruxlarda ishlash, munozara, suxbat kabi darsturlariga ajratish mumkin.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari – hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi o’quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish balki hamkorlikda o’qtishni o’rgatishga asoslangan dars metodlariga aytiladi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyalariga asoslangan dars metodlariga komandada o’qitish,arra,mutaxassislar uchrashuvi, kichik guruxlarda ishlash kabilarni keltirish mumkin.
O’yinli mashiqlar texnologiyasi - dars jarayonida o’quv faoliyatini o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslarga aytiladi. Mazkur o’qitish metodlariga zakovat,
zinama –zina, kim miloner bo’lishni xoxlaydi, keys kabi darsturlarini keltirish mumkin.
Shuningdek, bugungi kunda ta’lim – tarbiya samaradorligini takomillashtirishda qo’lanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan: test, insert, klaster, bu merang, sinkveyn, tanqidiy tafakkur, deb atalar, kubiklar, krassvord, nuqtai nazaring bo’lsin kabi 2000 ga yaqin metodlarni keltirish mumkin.
Mazkur zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yoki ularning dars metodlarini ta’lim jarayonida qo’llash har bir o’qituvchining ilmiy metodik saviyasiga va pedagogik maxoratiga bog’liq.
O'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish muammosi ta'lim-tarbiya jarayonida samarali usul va vositalardan foydalanishni taqozo etadi.
“Hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, avvalo, o'sib-unib kelayotgan yosh avlod ongi va qalbida mafkuraviy immunitet hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Bu ishni bamisoli yosh niholga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta bog'bondek noziklik va mehr bilan, oqilona amalga oshirish lozim” (Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar).
O'quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol mafkurasini singdirish ta'lim muassasalaridagi faqat ijtimoiy-gumanitar yo'nalishdagi fanlarning vazifasi bolib qolmasdan, balki, o'quv rejasidan o'rin olgan barcha o'quv fanlarining vazifasi sanaladi. Bu boradagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar keng ko'lamda olib borilib, talim-tarbiya jarayonining barcha jabhalarida asosiy o'rinni egallashi lozim.
Xususan, tabiatshunoslik bilimlarini berishda o'quvchilarda Vatan tuyg'usini shakllantirish Ona Vatanga, uning tabiatiga mehr-muhabbat uyg'otish va boyliklarini asrab avaylash, tabiatdagi o'simliklar va hayvonlarga nisbatan ongli va to'g'ri munosabatni tarkib toptirish, ekologik madaniyatni yuksaltirishni maqsad qilib qo'yadi.
“Hozirgi vaqtda eng muhim, eng dolzarb vazifamiz - jamiyatimiz a'zolarini, avvalambor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g'oya, milliy mafkura, o'z Vataniga mehr-sadoqat tuyg'usini uyg'otish, o'zligini anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir”.
Shunga ko'ra, hozirgi kunda har tomonlama kamol topgan, o'zida yuksak ahloqiy fazilatlarni mujassamlashtirgan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, mustaqillik prinsiplari va Ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalangan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli tanlab, puxta o'zlashtirgan, jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarga, turmushga moslashgan, sog'lom turmush tarzi va mehnat ko'nikmalari shakllangan, jamiyat, davlat va oila oldidagi o'z burchini his etadigan, ijodiy, erkin va mustaqil fikrlaydigan barkamol shaxslarni tarbiyalash dolzarb masala sanaladi.
O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining ishchi guruhi tomonidan tayyorlangan «Milliy istiqlol g'oyasi: Asosiy tushunchalar va tamoyillar» risolasida qayd etilishicha, milliy istiqlol mafkurasi O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi, xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma'naviyati, an'ana va udumlari, ulug' bobokalonlarimizning o'lmas merosi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu sababli barcha ta'lim muassasalari tayanch o'quv rejalariga o'quvcbi-yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonini huquqiy demokratik jamiyat qurish tamoyillariga moslash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o'rganish o'quv kurslari kiritilgan.
Tabiatshunoslik darslarida o'quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun dars, darsdan va sinfdan tashqari mashg'ulotlar, hamda ekskursiyalarda mavzuga bog'liq holda mamlakatimizning yer osti va yer usti boyliklari, ulardanoqilona foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy rivojlanish tamoyillari, biologiya fanining rivojiga hissa qo'shgan allomalarning ma'naviy meroslari, tabiatni muhofaza qilishga oid hadislar, hikmatli hikoyalar, rivoyatlar, afsonalar va maqollardan foydalanish tavsiya etiladi.
Tabiatshunoslikni o'qitish jarayonida o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, bu borada o'rganilayotgan mavzu mazmuniga bog'liq holda halqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma'naviy boyliklari, an'ana va udumlari, ulug' bobokalonlarimizning o'lmas merosidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu o'rinda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nimalar kiradi? degan savol tug'ilishi tabiiy.

Yüklə 59,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə