|
Fanning asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari Fanning asosiy bo‘limlari
|
səhifə | 1/6 | tarix | 24.01.2023 | ölçüsü | 67,5 Kb. | | #99107 |
| Mehnat muhofazaa fanini o\'rganishda muommolarni yechishda ilmiy taqdiqot ishlari ahamiyati
Mehnat muhofazaa fanini o'rganishda muommolarni yechishda ilmiy taqdiqot ishlari ahamiyati
Reja:
Fanning asosiy bo‘limlari
Fanning rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati
Fanning asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari
«Mehnatni muhofaza qilish» fani insonning ishlab chiqarishdagi faoliyatida sodir bo‘ladigan turli shakldagi xavflarni bartaraf etish va ulardan himoyalanish уo‘llarini o‘rganishga qaratilgan nazariy fandir. U keng qamrovli ilmiy-amaliy izlanishlar va tadqiqotlar asosida rivojlanib, takomillashib boradi.
Insonning mehnat xavfsizligini ta’minlashda ilmiynazariy izlanishlar asosida vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko‘rsatmalar, qoidalar va sanitartexnik me’yorlar hamda ularni o‘rganish bo‘yicha uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini vujudga keltirish, uni rivojlantirish muhim o‘rin tutadi.
Mehnatni muhofaza qilish fanining asosiy maqsadi talabalarga insonning ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyati davrida yuzaga keladigan xavfli faktorlar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish уo‘llari, mehnat xafsizligini ta’minlash hamda xavfsiz va sog‘lom ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha nazariy bilim berish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdan iboratdir.
Yuqoridagilarga mos holda talabalar fanni o‘rganish davomida quyidagilarni nazariy jihatdan о‘zlashtirishlari lozim:
Dostları ilə paylaş: |
|
|