3-MAVZU: YETAKCHI KAPITALISTIK
MAMLAKATLARNING IQTISODIY TARAQQIYOTI
(XIXASR OXIRI - XX ASR BOSHI). IKKI JAHON
URUSHLARI ORALIGʼIDA TARTIBGA SOLINADIGAN
KAPITALIZMNI SHAKLLANISHI. IKKINCHI JAHON
URUSHIDAN SOʼNG DUNYONING YETAKCHI
MAMLAKATLARINI IQTISODIY RIVOJLANISH
XUSUSIYATLARI.
Yetakchi KAPITALISTIK MAMLAKATLARNING IQTISODIY
TARAQQIYOTI (XIX asr oxiri-XX asr boshi)
Tayanch atamalar va iboralar
: tabiiy-geografik omil, import
boji, demografik omil, monopoliya, progressizm, oilaviy monopo-
liya,
■ Reja:
10.1. AQShning iqtisodiy taraqqiyoti
10.2. Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti
10.3. Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti
10.1.AQShning iqtisodiy taraqqiyoti
◄ AQShda jadal iqtisodiy o‘sish omillari.
1. Janubiy shtatlarda quldorlik tuzumini bekor qilib, davlat
tomonidan yerni mayda uchastkalarga bo‘lib ommaviy sotib va
yerga ishlov berishni xohlovchi har bir fuqaroga yer sotib olishga
ruxsat berib Amerika hukumati Qo‘shma Shtatlarda kapitalizm
rivojlanishiga yo‘l ochib berdi.
2. Sanoat ishlab chiqarishini o‘sish sur’atlarini jadallashuvida
tabiiy-geografik omil katta rol o‘ynaydi – katta xom ashyo ba-
zasini mavjudligi, turli foydali qazilmalar.
3. AQShning tashqi savdo siyosati – olib kirilayotgan tovarlarga
katta bojlar qo‘yilardi, shu bilan birga kapital olib kirishga umu-
man boj yo‘q edi. Import tovarlariga 10% darajada boj qo‘yilishi
1861 yildan so‘ng davlat daromadlarini xarajatlarga nisbatan yili-
ga 100 mln.doll.ga oshishini ta’minladi.
4. ilmiy-texnika progressi va inqilobi yutuqlarini keng
qo‘llanilishi. Qo‘shma Shtatlar o‘z korxonalarini yangi texnika
(o‘sha davrga nisbatan) bilan ta’minlardilar. Ular elektroenergi-
yani ishlab chiqarish va qo‘llash bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda
edilar – elektr toki sanoatda, shaharlarni yoritishda, xo‘jalikda ish-
latilar edi.
5. demografik omil. AQSh hududida aholi zichligi juda past
darajada ekanligi ish kuchi etishmovchiligini keltirib chiqara-
rdi, undan tashqari bu holat ishlab chiqarish jarayonlarini mex-
110
10-MAVZU. ETAKCHI KAPITALISTIK
MAMLAKATLARNING IQTISODIY TARAQQIYOTI (XIX asr oxiri-XX asr boshi)
anizatsiyalash va texnik fikrlashni rivojlantirishga olib kelib, Yev-
ropa mamlakatlariga nisbatan yuqoriroq ish haqini taqozo etardi.
6. tarixiy-geografik omil. Yevropadan uzoqligi va Janubiy
Amerikaga yaqinligi bu yosh kapitalistik mamlakatga G‘arbiy ya-
rimsharda o‘z holatini mustahkamlash imkonini berdi.
1913 yilga kelib AQShning xorijiy investitsiyalari 2,5 mlrd.doll.
ni tashkil etdi, ulardan 1 mlrd.doll. Kanadaga (temiryo‘l qurilishi)
va 1 mlrd.doll. Meksikaga (neft qazib olish). AQSh Boliviyaning
qalay sanoatini, Chili va Perudagi mis sanoatini, Janubiy Amer-
ikadagi muhim temir yo‘llarni nazorat qilar edi. Uzoq Sharqda
AQShni qiziqish obyekti Xitoy edi, uning ichki bozori cheksiz tal-
abdan iborat edi.
Amerika sanoatining rivojlanish sur’atlari va tarkibi. Monopo-
listik bosqchida AQSh iqtisodiyoti yuqori sur’atlar bilan rivojlandi,
ushbu ko‘rsatkich boshqa kapitalistik mamlakatlarnikidan yuqori
edi. 1870-1913 yy.da AQSh yalpi ijtimoiy mahsulotining o‘sish
sur’ati 4,3%ni tashkil etdi, bu ko‘rsatkich Germaniyada – 3%, An-
gliyada – 2,4%, Fransiyada – 1,1%ni tashkil etdi. Milliy boylik etti
marotaba, sanoat ishlab chiqarishi to‘qqiz marotaba o‘sdi.
AQShda ayniqsa og‘ir sanoat tez rivojlandi, bu ikkinchi ITIning
asosiy yo‘nalishlari natijasi edi. 1870-1913 yy.da ko‘mir qazib ol-
ish 17 marotaba, neft qazib olish – 76 marotaba, po‘lat eritish – 46
marotaba o‘sdi.
Konsentratsiya va monopolizatsiya jarayoni. Monopolistik
bosqichga o‘tish ishlab chiqarishni jadal konsentratsiyalashuvi
natijasi edi. 1913 yilda AQShda sanoat mahsuloti ishlab chiqar-
ish hajmida yirik korxonalar (500 va undan ko‘p ishchilar) ulushi
85%ni tashkil etardi. Kapitalning markazlashuvi darajasini quyida-
gi ko‘rsatkich aks ettiradi – aksioner jamiyatlar barcha ishchilarn-
ing 80%ni mujassamlashtirar edi.
AQShda birinchi monopoliya 1872 yili paydo bo‘ldi – “Standart
oyl” eng yirik neft kompaniyasi
1
. Uni Dj. Rokfeller tashkil etgan.
1879 yilda bu monopoliya katta daromadlar olib mamlakatda
neftni qayta ishlashni 95%ni nazorat qilar edi.
AQShda monopoliyaning eng keng tarqalgan shakli – trestlar
edi, ular barcha tarmoqlarda (elektrotexnikadan tortib to tamaki
1
Заславская М.Д. История экономики: Учебное пособие для бакалавров /
М.Д.Заславская. – М.: “Дашков и К°”, 2013. –С.169.
111
sanoatigacha) tashkil etildi. Temiryo‘l qurilishi to‘liq monopoll-
ashtirilgan tarmoq hisoblanar edi.
AQShning monopollashganligi darajasiga po‘lat, neft, elektr,
temir yo‘l “qirollari” sulolalari orqali baho berish mumkin, bular -
Morganlar, Rokfellerlar, Vanderbildlar, Garrimanlar va boshq.
Trestlarni bank monopoliyalari bilan birlashib ketishi jarayoni
faollashib Amerika moliyaviy kapitali vujudga keldi. Ikki bank gu-
ruhi Morgan va Rokfeller yetakchi pozitsiyalarni egallashdi.
XX asr boshida AQSh iqtisodiyoti yuqori sur’atlar bilan rivojl-
anishda davom etdi. Qayta ishlash sanoatining hajmi Angliya,
Fransiya va Germaniya kabi mamlakatlarning jami ishlab chiqarish
hajmi bilan tenglashdi. Jahon sanoat ishlab chiqarishida AQShn-
ing ulushi 36%ga etdi, po‘lat eritishda – 47%, toshko‘mir qazib
olish – 45%, neft qazib olish – 82%ga tenglashdi.
Progressizm va davlat-monopolistik kapitalizm davri. 1901-
1914 yy. Amerika tarixiga progressizm davri sifatida kiritildi, chunki
bu yillarda davlat tomonidan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarni
qamrab oluvchi demokratik o‘zgarishlar amalga oshirilgan edi.
1914 yilda AQShda Kleyton qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra
kasaba uyushmalari va fermerlar ittifoqlari aksiltrest qonuni ta’siri
ostiga tushmas edi.
Federal zaxira tizimi(FZT)ni tashkil etish to‘g‘risida qonun
qabul qilindi. Bu tizimga Vashingtonda joylashgan Federal zax-
ira boshqaruvi boshchilik qilishi kerak edi. 12 ta federal zaxira
banklari tashkil etilib ularning kapitali milliy, shtat va sanoat
banklari badallaridan shakllanar edi.
Shu davrda Federal sanoat komissiyasi (FSK) tashkil etildi, un-
ing vazifasi - shaxs va korporatsiya faoliyatining nopok uslublari
to‘g‘risida axborot to‘plashi va javobgarlikka tortish edi.
Shunday qilib, AQShda progressizm davrida davlat-monopo-
listik kapitalizmi boshlanib, bunda davlat iqtisodiyotni rivojlan-
tiruvchi, uning barcha sohalarini qamrab oluvchi tartibga solish
chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Ishchilar holati. Shahar aholisi. Kapitalistik tizim yuqori eksplu-
atatsiya normasi aholini tabaqalashuvi bilan ajralib turar edi. Mil-
lionerlar soni 4 mingga etdi; 1% aholi mamlakat milliy boyligining
yarmiga ega edi. Shaharlar soni o‘sdi. 1850 yilda AQShda 6 ta yirik
shahar bo‘lgan bo‘lsa, 1900 yilda ularning soni 38 taga etdi, ular-
dan eng yiriklari -
Dostları ilə paylaş: |