2
Odam immun tizim a`zolari: timus, taloq, suyak ko’migi, fabritsius xaltachasi,
limfa tarmoqlari, shuningdek limfa to’qimalari va hujayralari, ularning vazifalari
va immunitet hosil qilishidagi ishtiroki hozirgi zamon ma`lumotlar asosida
yoritilgan.
Tuzuvchilar:
tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Ibragimxodjaev B.U.
biologiya fanlari nomzodi SHaxmurov G.A.
Taqrizchilar
: tibbiyot fanlari doktori, professor. Botirbekov. A.A.
biologiya
fanlari nomzodi, dotsent Xaydarova P.
Metodik qo’llanma Nizomiy nomidagi
Toshkent Davlat pedagogika
universiteti o’quv-uslubiy kengashining 2010yil «___» ___________dagi __ sonli
yig`ilishida ko’rib chiqilgan va nashrga tavsiya etilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3
1. KIRISH
Immunologiya kursining asosiy maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad va vazifalar. Immunologiya
immun javobning
molekulyar
va hujayraviy mexanizmlarini, shuningdek
organizmning turli
holatlarida ularning rolini o’rganadi. Hozirgi zamon immunologiyasi –
jadal
rivojlanayotgan fanlardan biridir. Infektsiyalarga
nisbatan yuzaga keladigan
immunitetni o’rganuvchi ta`limot sifatida yuzaga kelgan.