Mundarija kirish I bob. Hujayradagi hayotiy jarayonlar haqida umumiy tushuncha II bob. Hujayraviy jarayonlarning kechishini o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy tadqiqod usullari III bob. Biomembranalarning tarkibiy tuzilishi va uning o‘ziga xos



Yüklə 239,43 Kb.
səhifə1/22
tarix22.03.2024
ölçüsü239,43 Kb.
#181233
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Hujayradagi hayotiy jara


MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………3-4
I BOB. HUJAYRADAGI HAYOTIY JARAYONLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA …………………………………………………………………5-9


II BOB. HUJAYRAVIY JARAYONLARNING KECHISHINI O‘RGANISHDA QO‘LLANILADIGAN ZAMONAVIY TADQIQOD USULLARI…………………………………………………………………10-15


III BOB. BIOMEMBRANALARNING TARKIBIY TUZILISHI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI…………………………………………16-19

3.1. Hujayra membranasining tuzilish asoslari……………………………......19-25


3.2. Biologik membranalar tuzilishiga doir hozirgi zamon tasavvurlari………25-31


IV BOB. HUJAYRADAGI FIZIOLOGIK VA BIOKIMYOVIY JARAYONLARNING BORISHIDA BIOMEMBRANALARNING ROLI VA ULARGA BIOLOGIK FAOL MODDALARNING TA’SIRI………………..32

4.1. Biomembranalar orqali hujayraga moddalar o‘tkazilishining mexanizmlari…………………………………………………………………..33-42


4.2. Hujayradagi qo‘zg‘alish jarayonlarining kechishida biomembranalardagi ion kanallari va ionoforlarning o‘rni………………………………………………43-49


4.3. Biologik faol moddalarning hujayra membranasi resepsiya faoliyatiga ta'siri…………………………………………………………………………..49-51


4.3.1. Gormonlarni hujayra membranasi faoliyatiga ta'siri…………………....52-53


4.3.2. Pestitsidlarning hujayra membranasi faoliyatiga ta'siri………………....53-54


XULOSA...........................................................................................................55-56
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI....................................57-59
KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi zamonaviy biologiya fanlari oldida turgan muammolar ichida hujayralar membranasidagi va unlardagi transport jarayonlarini, hamda ion kanallari mexanizmlarini o‘rganish muhimligi bilan ajralib turadi.
Biomembranalarni tadqiq qilinishi molekulyar va hujayra biologiyasida asosiy o‘rini egallaydi. Biomembranalar lipidlar va oqsillardan tashkil topgan bo‘lib, hujayra ichki muhitini hujayralararo bo‘shliqdan chegaralaydi. Membrana oqsillari tashqi muhit bilan hujayra o‘rtasida o‘za'ro ta'sirlashishda, shuningdek, qo‘shni hujayralar o‘rtasida ionlar, oziq moddalar transportida, signallar uzatilishi va energiya hosil bo‘lishida vositachi bo‘lib xizmat qiladi.
Shu bilan bir qatorda membranadagi transport jarayonlari hamda ion kanallari ko‘pgina hujayraviy jarayonlarning amalga oshishida, jumladan, hujayralarning qo‘zg‘aluvchanligida, muskullarning qisqaruvchanlik va bo‘shashuvchanligini amalga oshishida, mediatorlar va gormonlar sekretsiyasida va boshqa bir qator fiziologik jarayonlarda muhim o‘rin tutadi. Shu sababli ushbu jarayonlarning buzilishi natijasida hujayralarning funksional faolligi buziladi. Bu esa organizmda ayrim patologik holatlarning kelib chiqishiga hamda turli xildagi kasalliklarning rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin. Masalan, ba'zan ular funksiyasining buzilishi Alsgeymer, Parkinson, diabet, o‘sma, infarkt kabi og‘ir xastaliklarga olib keladi. Shunga qaramasdan membran oqsillari odam genomidagi faqatgina uchga yaqin kodlangan oqsillarni tashkil etadi, 60-70 % zamonaviy dori moddalar o‘zining nishoni sifatida aynan membrana oqsillari bilan ifodalanib, ular yechimining ahamiyati farmakalogiya va tibbiyot uchun ahamiyatga ega.
Bulardan tashqari qon-tomirlar silliq muskul hujayralarining qisqaruvchanligi va ularning funksional faolligini ta'minlab turilishida ham hujayra membranalari muhim rol o‘ynaydi. Hujayra membranasining elektrik xossalarining o‘zgarishi hamda ular orqali amalga oshadigan jarayonlarning buzilishi oqibatida organizmda jiddiy patologik holatlar yuz berishi mumkin. Masalan, yurakning ishemik kasalliklari, infark-miokard, gipertoniya, insult va boshqalar.
Shu sababdan hujayra membranasidagi transport sistemalarning farmakalogik boshqarish mexanizmlarini o‘rganishga katta e'tibor qaratilmoqda.
Ishning maqsadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi hujayradagi hayotiy jarayonlarning kechishida biomembranalarning roli va biologik ahamiyatini ilmiy adabiyotlar asosida o’rganish va tahlil qilish.

Yüklə 239,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə