Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi fani bo'yicha ma' ruzalar matni



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə1/26
tarix23.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#157567
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi-fayllar.org


Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi


JISMONIY TARBIYA VA SPORT NAZARIYASI VA METODOLOGIYASI

FANI BO'YICHA
MA' RUZALAR MATNI
Mavzu. Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari.
Reja:

  1. Harakatlantiruvchi harakatni o'rgatish nazariyasi nima.


  2. Harakatlantiruvchi harakatni o'rgatish nazariyasi metodologik asosi ilmiy elementlarini shakllantirish I.Sechenovni g'oyasi I.P. Pavlov va V.BexmerovIarning ishi uchun asos bo'lishi haqida ma'lumotlarga ega qilish.


1.Harakatlantiruvchi harakatni o'rgatish nazariyasi nima.


Insonning harakatlari murakkab bir butunlikni tashkil etadi. Harakat aktining bir butunligi bu akt tashkil topadigan harakatlarning o'zaro bog'liqligida va o'zaro ta'sir etishida namoyon bo'ladi; harakat detallaridan birining o'zgarishi natijasida fazoda, boshqa bir qator detallarning vaqt jihatidan o'zgarishi ro'y beradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida harakatlarning tuzilishi haqida gapiriladi. Harakatning tuzilishi - uning yagona bir butunlik sifatidagi barcha tarkibiy qismlarining o'zaro qonuniy bog'lanishidir.
Harakatlarning Insonning barcha harakatlari fazoda va ma'lum bir vaqtda sodir bo'ladi, shuning uchun fazoviy, vaqt va fazoviy-vaqt xarakteristikalarini o'z ichiga olgan kinematik tuzilishi haqida gapirish mumkin. Harakatning kinematik tuzilishi dinamik tuzilish bilan, ya'ni mazkur harakatga sabab bo'lgan tashqi va ichki kuchlarning o'zaro aloqasi bilan belgilanadi.
Bir butun murakkab harakatda harakat tuzilishining yana bir muhim - ritmik tomoni, harakatning vaqt va kuch munosabatlarini majmuali holda aks ettiruvchi tomonlari ajratib ko'rsatiladi.
Harakatning kinematik va dinamik tuzilishi o'zaro bog'langan, ulardan birining o'zgarishi qonuniy ravishda ikkinchisining o'zgarishiga olib keladi.
Pedagogik nuqtai nazardan har bir aniq jismoniy mashqni bajarishda bu xarakteristikalardan har birining ahamiyati har xil bo'ladi. O'qitishning turli bosqichlarida ulardan ba'zi birlari asosiy rol o'ynasa, boshqalari vaqtincha ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo'ladi. Biroq, barcha xarakteristikalarning harakatlarda birgalikda, bab-baravar namoyon bo'lishi jismoniy mashqning texnik jihatdan juda to'g'ri bajarilishini ta'minlaydi.
Gavdaning holati va gavda qismlarining harakat traektoriyasi (yo'li) jismoniy mashqlar texnikasining fazoviy xarakteristikasiga taalluqlidir.
Ko'pgina jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida gavda va uning qismlari bir-biriga nisbatan holatini o'zgartiribgina qolmaydi, balki muskullarning statik taranglashishi hisobiga erkin suratda harakatsiz holatni saqlab qoladi.
Ko'pchilik jismoniy mashqlarning foydaliligi ko'p hollarda faqat dastlabki holatga bog'liq bo'lmaydi, balki harakat jarayonidagi butun gavda holati yoki uning ayrim qismlari holatining muayyan, ancha foydaliroq vaziyatda bo'lishiga ham bog'liq. Masalan, suzuvchining gorizontal holati, konkichi va velosipedchining bukchayib olishi tashqi muhit qarshiligini kamaytiradi va bu bilan gavdaning tezroq oldinga harakat qilishiga imkon beradi. Chang'ida tramplindan sakrashda gavdaning ko'proq yotiq bo'lishi gavdaning pastga tushishidagi havoning qarshiligini oshiradi, ayni vaqtda gavdaning oldinga siljishida havoning qarshiligini kamaytiradi va bu bilan sakrash masofasini uzaytiradi.
Harakat jarayonida gavda holatini o'zgartirish bilan dinamik tayanch reaksiyalar yo'nalishini o'zgartirish va shu tufayli gavdaga mazkur yo'nalish shartlari uchun qulay bo'lgan tezlanish berish mumkin. Bularga qisqa va uzoq masofalarga yugurishda, turgan joydan va yugurib kelib uzunlikka sakrashdagi depsinish fazalarida gavda holatlarining turli xilda bo'lishi misol bo'la oladi.
Jismoniy mashqlarning ba'zi turlarida umumiy holat va gavdaning ayrim qismlari holatiga maxsus talablar quyiladi. Bu talablar jismoniy mashqlarning faqat biomexanik jihatdan maqsadga muvofiqligi bilan emas, balki harakatlarning chiroyli bajarilishi nuqtai nazaridan ham kelib chiqadi. Masalan, konkida figurali uchishda, suvga sakrash va gimnastikada mashqlarning faqat koordinatsion murakkabligi emas, balki gavda holatining aniqligi, harakatlarning dadil va erkinligi, nafisligi va boshqa shu kabi tashqi ko'rinishlar ham hisobga olinib baholanadi.
Har qanday harakatda gavdaning harakatlanayotgan qismi traektoriyasini ajrata bilish kerak. Traektoriyaning o'zida uch narsani: traektoriyaning shakli, yo'nalishi va harakat amplitudasini ko'rsatib o'tish mumkin.
Traektoriyasining shakliga ko'ra harakatlarni to'g'ri chiziqli va egri chiziqli turlarga bo'lish mumkin. Kuzatishlar odam hech vaqt to'g'ri chiziqli harakatlar qilmasligini ko'rsatadi. Gavdaning biror qismini qisqa masofaga katta tezlik bilan harakat qildirish kerak bo'lgan hollarda (masalan, boksda to'g'ridan zarb berish) to'g'ri chiziqli harakatlarning ahamiyati ko'proq bo'ladi. Faol harakatlar traektoriyasi shaklining xilma-xilligi asosan gavdaning ma'lum bir qismini mustahkamlovchi asab markazlarining rivojlanganligi bilan belgilanadi. Traektoriya shaklining murakkabligi ham gavdaning harakatlanadigan qismiga bog'liq; bu qism qanchalik katta bo'lsa, uning shakli shunchalik sodda bo'ladi. Masalan, tos-son bo'g'imlari atrofida muskullar ham ko'p, ularning joylashishi ham xilma-xil, lekin oyoqning harakati qo'l harakatidek ko'p va chaqqon emas.
Jismoniy mashqlarning shug'ullanuvchilar organizmiga ko'rsatadigan ta'siri samaradorligi hamda mashqlar texnikasini muvaffaqiyatli bajarish harakatlanayotgan gavdaga, uning qismlariga yoki harakatlanadigan buyumga qanchalik to'g'ri yo'nalish berilganiga bog'liq. Jismoniy tarbiya amaliyotida harakatlarning yo'nalishi yo jismning yuzasi, yoki tashqi mo'ljallar bilan aniqlanadi. Masalan, qo'llarimizni oldinga yoki yon tomonlarga ko'tarar ekanmiz, biz qo'l harakatining o'z gavdamizga nisbatan yo'nalishini aniqlaymiz. Yuqoriga-pastga, oldinga-orqaga, o'ngga-chapga bo'lgan yo'nalishlarni odam gavdasining asosiy yo'nalishi deb atash qabul qilingan.
Harakat amplitudasi - bu harakatning kengligidir. Amplitudaning katta-kichikligi burchak darajalari bilan aniqlanadi. Gavdaning bir necha zvenolari harakatining umumiy amplitudasini ba'zan chiziqli o'lchov bilan (masalan, qadamning uzunligi - 80 sm) yoki shartli belgilar (masalan, yarim cho'qqayish) bilan aniqlaydilar. Inson gavdasi ayrim zvenolarining harakatlari amplitudasi bo'g'imlarning tuzilishiga, bog'lovchi apparat hamda muskullarning egiluvchanligiga bog'liq.

Fazoviy-vaqt xarakteristikasi. Jismning fazoda vaqt birligi ichidagi siljishi tezlikni ifodalaydi. Tezlik jism bosib o'tgan yo'l uzunligining shu yo'lni bosib o'tishga sarflangan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi.Odatda, tezlikni aniqlashda uni metr sekund bilan o'lchanadi. Agar yo'lning barcha nuqtalarida harakatning tezligi bir xil bo'lsa, bunday harakatni tekis harakat deb, agar u o'zgarsa, notekis harakat deb ataladi. Tezlikning vaqt birligida o'zgarishi tezlanish deb ataladi.
Psixologik va metodik nuqtai nazardan tezlik optimal va maksimal tezlikka ajratiladi.
Sport texnikasida harakat tezligi muhim rol o'ynaydi: tezlik qanchalik katta bo'lsa, sport natijalari shuncha yuqori bo'ladi.
Biroq eng yuqori natijaga erishish uchun ko'pincha maksimal tezlik emas, balki har bir sportchi uchun harakatning optimal tezligi muhim ahamiyatga ega. Tezlik erkin va majburiy bo'lishi mumkin. Masalan, chang'ichining tepalikka ko'tarilishdagi tezligi erkin tezlik bo'lsa, tepalikdan pastga tushishda esa majburiydir.


Vaqt xarakteristikasi. Harakatning qancha vaqt davom etishi va uning sur'ati harakatning vaqt xarakteristikasini ifoda etadi.
Holat va harakatlarning davom etishi organizm faoliyatini o'zgartirishda muhim rol o'ynaydi. Mashq bajarishning davomiyligini o'zgartirish bilan yuklamaning umumiy hajmini tartibga solish mumkin. Jismoniy mashqlar texnikasida harakatning ayrim fazalari (eshkakni orqaga olib borish va eshkak eshish, mo'ljallash va to'p tashlash) yoki gavdaning ayrim qismlari harakati katta ahamiyatga ega. Bajarilayotgan ishning qancha vaqt davom etishi haqida vaqt-vaqti bilan axborot berib turish ishchanlikni oshiradi.


Harakat sur'ati. Sur'at deganda harakat siklining takrorlanish chastotasi yoki vaqt birligi ichidagi harakat miqdori tushuniladi. Masalan, biz yurish sur'ati haqida - minutiga 120-140 qadam, eshkak eshish sur'ati haqida - minutiga 30-40 marta eshkak eshish deb gapiramiz.
Harakat sur'ati gavdaning og'irligi yoki harakatlanayotgan qismining inersiya lahzalariga bog'liq. Masalan, qo'l panjalarini harakatlantirishda gavda harakatiga nisbatan (sekundiga 1-2 harakat) ancha yuqori sur'atni (sekundiga 8-10 harakat) saqlab turish mumkin. Ko'pincha sur'atning o'zgarishi bilan harakatning butun tuzilishi ham sifat jihatidan o'zgaradi. Masalan, agar sur'at ma'lum bir chegaradan ortib ketsa, yurish yugurishga aylanadi.
Pedagogik amaliyotda fiziologik yuklamani kuchaytirish yoki kamaytirish maqsadida harakatlarning turli sur'atlaridan foydalaniladi.

Ritmiklik xarakteristikasi. "Ritm" so'zi juda keng tarqalgan bo'lib, xilma-xil hodisalarga nisbatan qo'llaniladi. Vaqti-vaqti bilan takrorlanishning o'zi ritmni tashkil etadi. Ritmning asosiy sharti mazkur harakatda kuchli, biror-bir jihatlarni ta'kidlab ko'rsatiladigan lahzalarning mavjudligi hamda turli vaqt intervallarining o'zgarishi, almashinishidan iboratdir. Shunday qilib, ritm harakatlarning majmuali (dinamika-vaqt) xarakteristikasidir.
Harakat ritmi uchun harakatning kuchli, alohida kuch bilan bajariladigan qismlarining vaqt jihatidan xilma-xil munosabatda bo'lishi xosdir.
Jismoniy mashqlarda muskullarning kuchlanishi va bo'shashtirilishining to'g'ri va o'z vaqtida almashinib turishi sport texnikasini egallab olishning eng muhim ko'rsatkichlaridan biridir. Yuqori malakali sportchilarning oddiy sharoitlardagi harakat ritmi juda aniq bo'ladi.
Ma'lum bir kishining texnik jihatdan mukammal qilib bajargan har bir aniq harakatida maqsadga muvofiq ritmni ko'rish mumkin. Har bir sportchida uning individual xususiyatlariga qarab, harakatlarni bajarishning o'z ritmi bo'lishi lozim.
Jismoniy mashqlarni bajarishda harakat ritmi ratsional texnikaning ob'ektiv qonuniyatlariga muvofiq ravishda inson tomonidan yaratiladi va tartibga solinadi.

Dinamik xarakteristikalar. Kishi gavdasining harakatiga ta'sir etadigan kuchlarni ichki va tashqi ta'sir kuchlariga bo'lish mumkin.
Quyidagilar ichki kuchlarga kiradi:

    1. tayanch-harakat apparatining sust kuchlari - muskullarning elastik kuchi, muskullarning cho'ziluvchanligi va b.;


    2. harakat apparatining faol kuchlari - muskullarning tortish kuchi;


v) reaktiv kuchlar - tezlashgan harakat jarayonida gavda zvenolarining bir-biriga munosabati vaqtida aks etuvchi kuchlar.


Kishi gavdasiga tashqaridan ta'sir etuvchi kuchlar tashqi kuchlar deyiladi. Jismoniy mashqlarni bajarishda quyidagilar tashqi kuchlar hisoblanadi:

      1. o'z gavdasining og'irlik kuchi;


      2. tayanch reaksiyalarining kuchi;


v) tashqi muhitning (suv, havo) va fizik jismlarning (kurashdagi raqiblar, akrobatikadagi sheriklar) qarshilik kuchi, tashqi og'irliklar, odam joyidan siljitadigan jismlarning inersion kuchlari.


2.Harakatlantiruvchi harakatni o'rgatish nazariyasi metodologik asosi ilmiy elementlarini shakllantirish I.Sechenovni g'oyasi I.P. Pavlov va V.BexmerovIarning ishi uchun asos bo'lishi haqida ma'lumotlarga ega qilish.
Sport nazariyasi metodologiyasida falsafiy-metodologik hamda umumilmiy muammolarning tadqiq etilishida ilmiy bilishning umumilmiy usul va tamoyillari qo'llaniladi.
Umumiy sport nazariyasining fanlar tizimidagi o'rni va ular bilan o'zaro aloqasini birinchi bo'lib A.P.Matveev, 1997 belgilab berdi. (1-rasm). Sport nazariyasi ilmiy fan sifatida tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan chambarchas aloqadadir. O'zining faktik asosi bilan u sport fanlari - alohida sport turlarining nazariyasi va usuliyatiga, shuningdek, an'anaviy tarzda shakllangan amaliy fanlar: fiziologiya, biokimyo, biomexanika, ruhshunoslik, jamiyatshunoslik, morfologiya, metrologiya va boshqalarning materiallariga tayanadi. Ko'pgina oraliq ilmiy fanlarning tadqiqot ma'lumotlariga asoslangan umumiy sport nazariyasi ularni shunchaki yig'ib olmasdan, sport mohiyatini tushunish hamda uning amal qilishi va rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlarini ochish uchun zarur bo'lgan tomonlarni ajratib, integratsiyalaydi. Aynan shu jihat ko'pincha sport fanining xususiy sohalari e'tiboridan chetda qoladi, bunga sabab - tadqiqot predmetidagi cheklashlardir.


Umumiy sport nazariyasining integratsiyalangan va bilishda tutgan o'rni, birinchi navbatda, shundadir. Uning uchun an'anaviy biologik va gumanitar fanlarning oraliq sohalari qo'lga kiritadigan ma'lumotlar har qancha muhim bo'lmasin, baribir, uning o'z mazmuni o'rnini bosolmaydi. Shunday qilib, sport nazariyasining asosiy manbai sport amaliyoti realliklarining umumlashtiruvchi bilimlari hisoblanadi. Fanlararo aloqalar tizimida shaxs faolligining namoyon bo'lishi (faoliyat nazariyasi), shuningdek, uning rivojlanishi va alohida taraqqiyot jarayonini boshqarish (gomoontogenez va filogenez nazariyasi, tarbiya hamda alohida rivojlantirishni optimallashtirish umumijtimoiy nazariyasi L.P.Matveev, 1997) konuniyatlarini ochib berishga imkon yaratadigan madaniyatshunoslikka oid yondashuvlar va fanlararo xususiyatli umumiy yo'nalishlar alohida ahamiyatga ega.
Sport nazariyasining yuzaga kelishi va shakllanishi ijtimoiy tizimning ob'ektiv ehtiyojlari bilan chambarchas bog'liq. Biroq keyingi vaqtda, sport harakati shiddat bilan rivojlangani sayin amaliyot talablari bilan nazariy ishlanmalar orasida nomuvofiqliklar yuzaga kela boshladi. Buning izohi shuki, ilmiy tadqiqotlar soni oshib borishiga qaramay, ular aniq maqsadsiz, tizimli yondashuvsiz amalga oshirilyapti. Odatda, o'tkazilayotgan tadqiqotlar va usuliy ishlanmalar asosida tahliliy yondashuv metodologiyasi yotadi (V.V.Kuznetsov, 1984).
Tizimli yondashuv kontseptsiyasiga binoan har qanday ob'ektni, u moddiy bo'ladimi, kontseptsiyaga aloqador bo'ladimi, u yoki bu darajada o'zaro bog'liq unsurlardan iborat bir tizim sifatida tasavvur etish mumkin.
Agar uning unsurlaridan biri tarkibiy qismlarga ajratib yuborilsa, u, o'z navbatida, tizim sifatida qabul qilinib, keyingi tartibni hosil qiluvchi unsurlar yig'indisi bo'lib qoladi. Demak, tizim unsurlarini tizimchalar deb bilish mumkin, ayni paytda, unsurlarning har qanday yig'indisi tizim sifatida ham, uning bir qismi sifatida ham qaralishi mumkin.
Bu holda integratsiyalangan usul tahliliy usullarga nisbatan etakchi axamiyatga ega bo'ladi. U, birinchidan, tizimda uning tizimchalari orasidagi o'zaro aloqani butunning bo'laklari sifatida belgilashga; ikkinchidan, alohida tizimchalarning butun tizim tarkibiga kirishdagi o'zgarishlarini; uchinchidan tizimda uning tizimchalarida mavjud xususiyatlar keltirib chiqargan yangi xususiyatlar yoki yangi aloqalar vujudga kelishini ochib berishga sharoit yaratadi. Bunda tizimcha alohida hodisaligicha qolmay, integral butunlikning qismiga aylanadi, natijada, tubdan yangi, ko'p majmuali, o'z xususiyatlari va amaliy aloqalariga ega bo'lgan tizim yuzaga keladi.
Ma'lumki, ilmiy bilishning yo'nalishi tizim haqidagi umumiy tasavvurdan uning tuzilishini ochib berishga o'tish tomon boradi. Shuning uchun ham, tizimli yondashuvning eng muhim yo'nalishlaridan biri ilmiy tadqiqotlarni o'rganilayotgan ob'ekt xususiyatlariga moslab o'tkazishdan iborat.
Tizimli yondashuv sportchilar tayyorlash jarayonini o'ziga xos yaxlitlikda, uning xususiyatlari, hozirgi zamondagi vazifalariga mos keladigan tashkil etish va boshqarish darajasida ko'rsatishga imkoniyat yaratadi. Sportchining muvaffaqiyati uning qobiliyatiga, mashg'ulot usuliyatining mukammalligiga, trenerning malakaviy darajasiga hamda mashg'ulot va musobaqalarni o'tkazish uchun shart-sharoitlarning mavjudligiga bog'liq. Tizimli yondashuv talablaridan kelib chiqib, prof. A.A.Novikov (1983) rahbarligida yuqori malakali sportchilar sport mashg'ulotlari jarayonini boshqarishning ierarxik xususiyatga ega bo'lgan tizimi ishlab chiqildi. Unda sportchi tayyorgarligining barcha jihatlari miqdoriy jihatdan ko'rsatib berildi. Tizim uch darajadan iborat:
        1. musobaqa faoliyati ( musobaqalashuv modeli);


        2. sportchi tayyorgarligining asosiy jihatlari (sport mahorati modeli);


        3. sportchi organizmining tizimi (mavjud imkoniyatlar modeli).


Bunday ierarxiyada darajalardan binning ikkinchisiga bo'ysundirilishi yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda shubhaga o'rin qoldirmaydi.


Ishlab chiqilgan sxema tadqiqotchiga sport tayyorgarligi jarayonlarining xilma-xilligi sharoitida to'g'ri yo'lni topa bilish hamda tadqiqot vazifalarini to'g'ri belgilashda yordam beradi.
Mazkur tizimning har bir darajasi uchun model tavsifnomalar tuziladi. Bunday tavsifnomalarni tuzishda quyidagi ko'rsatkichlardan foydalanish zarur:
          1. musobaqa bellashuvi, seriya va h.k.ni o'tkazish davomida tuzatishlar kiritishga yordam


beradigan ko'rsatkichlar.


          1. musobaqa jarayonida urinishlar, seriyalar va h.k. orlig'ida tahrir qilishga imkon


beradigan ko'rsatkichlar.


          1. sport faoliyati samaradorligi darajasini pasaytirgan yoki uning o'sishiga ko'maklashgan


ma'lumotlar yig'indisi bo'lmish ko'rsatkichlar.


Sportchilar tayyorlashning model tavsifnomalarini ishlab chiqishda quyidagi qoidalarni hisobga olish zarur.
Maxsus jismoniy tayyorgarlikning xususiyatlariga, asosiy jismoniy sifatlar rivojining eng yuqori bosqichiga hamda ulardan musobaqa faoliyati rejimida sport mashqini bajarish vaqtida foydalanish darajasiga alohida ahamiyat berish lozim.
Texnik tayyorgarlikning model tavsifnomalarini tuzish chog'ida eng muhim o'lchamlari muvozanat fazalari va unsurlari hamda ularning texnik harakatlari sur'atidagi aksini tasvirlaydigan ko'rsatkichlarga e'tiborsiz bo'lish mumkin emas.
Texnik mahoratning integral o'lchamlari, ritm-sur'at tizimi bilan maxsus jismoniy tayyorgarlik ma'lumotlari orasidagi o'zaro bog'lanishni aniqlash kerak (V.M.Dyachkov, 1984).
Ritm sarflanayotgan kuchlanishlarni aks ettirib, ularning qiymati, sarflanayotgan vaqt va boshqa harakat xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Harakatlar ritmiga qarab, ularning mukammalligi haqida fikr yuritish mumkin (D.D.Donskoy, 1979).
Taktik tayyorgarlikning model tavsifnomalarini tuzishda texnik-taktik echimlarning eng maqbullarini yanada aniqroq ajratib ko'rsatish kerak, ular sport musobaqalarining ayni keskin vaziyatlarida qo'llanishi mumkin. Masalan, kurash sohasida usullarning ritm-sur'at tuzilishi ustida tadqiqotlar o'tkazilgan edi. (F.A.Kerimov, 1984). Shunda quyidagilar aniqlandi: oqilona texnika asosida biomexanik qonuniyatlar, aniqrog'i, hujum harakatlarining ritmik tavsifnomalari yotar ekan.
Oddiy va murakkab hujum harakatlarining (OHH va MHH) kinotasmaga tushirilgan maxsus materiallarini ritm-sur'at jihatidan tahlil etish ular orasida anchagina tafovutlar borligini ko'rsatdi. OHH texnik harakatning (usulning) asosiy tuzilishi doirasida, MHH (usul) esa harakatning asosiy qismlari orasidagi bog'lovchi unsur bo'lmish qandaydir tayyorgarlik harakati yoki hujumga taktik tayyorlanish yo'li bilan bajarilgan.
Yonboshga olib oshirib otish texnik usulini OHH va MHH yordamida tahlil etish orqali bir sportchining o'zida usullarning ritm-sur'at tuzilishida tafovutlar mavjudligi aniqlandi. Aqliy va jismoniy tarbiyanig o'zaro bogliqligi masalasi tabiiy-ilmiy fanlarning tadqiqotlari asosida ulug rus fiziologi I.M. Sechenov va I.P. Pavlov tomonidan isbotlan-gan. "Men butun hayotim bo'yi aqliy va jismoniy mehnatni sevdim, ko'proq ikkinchisini. Ayniqsa, miyada paydo bo'lgan fikrni hal qilish uchun aqlimni qo'lim bilan boglaganimda o'zimni juda yaxshi his qilar edim", - deb yozgan edi ulug rus olimi I.P. Pavlov.
Demak, jismoniy tarbiya intelektining aqliy tarbiyasi bilan o'zaro uzviy bogliq holda amalga oshirilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:


            1. Саломов Р.С. Спорт машгулотнинг назарий асослари - Тошкент., Уз ДЖТИ, 2005 йил - 238 б.


            2. Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., "Iqtisod -moliya" 2008 yil - 300 b.


            3. Матвьев Л.П. Теория и методика физического воспитание Москва - 2005 г.


Xorijiy adabiyotlar


              1. Bcunen G., Claessens A., Lefere J., Ostyn M, Reuson R., Simons J. So-matotype as related to age peak velosity in height, weight and static strength in boys // Hum. Biol.- 1987.- №4.- P.


              2. Campboll S.B. Benaviour problems in preschool children: clinical and developmental issues. New York: Guilford Press, 1990.





Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə