Mavzu: “Imlo muammolari” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. O‘zbek xalqi boshidan kechirgan yozuvlar Reja



Yüklə 60,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix14.03.2023
ölçüsü60,74 Kb.
#102523
  1   2   3   4   5   6   7


1-ma’ruza 
Mavzu: “Imlo muammolari” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 
O‘zbek xalqi boshidan kechirgan yozuvlar
Reja: 
1.
Til va yozuvning o‘zaro munosabati.
2.
Mukammal alifbo yaratish uchun harakatlar.
3.
Qadimiy yozuvlar haqida. O‘rxun-Enasoy bitiklari yozuvi.
4.
Uyg‘ur yozuvi namunalari. Ayrim harfiy belgilar va alifbo tizimlari. 
 
5.
Arab yozuvi tarixidan. Lotin va kirill yozuvlari
6.
Qadimiy yozuvlarda bizgacha yetib kelgan manbalar.
Imlo muammolari fani oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurslarida tanlov fani 
sifdatida belgilangan bo‘lib, uning 
predmeti
o‘zbek yozuvlari grafikasi va 
orfografiyasidagi muammolar hisoblanadi. Fanning 
maqsadi
esa hozirgi o‘zbek 
adabiy tilining yozuv tizimlarida, xususan, grafikasi va imlosida shu vaqtgacha 
yuzaga kelgan turli muammoli holatlar bilan talabalarni tanishtirish, ularda 
imlodagi munozarali masalalarga ijodiy munosabat ko‘nikmalarini 
shakllantirishdan iborat.
Imlo muamnmolari fanini o‘rganish davomida quyidagi 
vazifa
larni amalga 
oshirish ko‘zda tutiladi: 
1. XX asrning birinchi choragidan (hozirgi o‘zbek adabiy tilining 
shakllanishidagi ilk bosqichdan) to XXI asr boshlarigacha bo‘lgan davrda 
mamlakatimizda amalga oshirilgan yozuv islohotlari xususida talabalarga umumiy 
ma’lumot berish;
2. Hozirgi ikkiyozuvlilikka olib kelgan ijtimoiy-tarixiy omillarni, amalda 
qo‘llanib turgan rus-o‘zbek va lotin-o‘zbek yozuvlari grafikasini qiyosan 
o‘rganish;
3. Bu ikki yozuv grafikasi va imlosidagi o‘ziga xos jihatlarni, munozarali 
holatlarni aniqlash, shu orqali talabalarni yozuv amaliyotiga tayyorlash kabi bir 
qancha vazifalarni o‘z ichiga oladi. . 
Istiqlol tufayli milliy o‘zlik, milliy iftixor, milliy ma’naviyat, milliy 
an’analarimiz o‘zining asl ma’nosiga, qadriga ega bo‘ldi. Tilimizni har tomonlama 
taraqqiy ettirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbek tili, adabiy tilimiz 
o‘zbek xalqi madaniyati va ma’naviyatining ajralmas qismi, millatning mavjudligi 
va birligini, yuksalishini ta’minlovchi buyuk kuch sifatida uzil-kesil tan olindi.
Sho‘rolar hokimiyatining umri tugab borayotgan davrida O‘zbek tiliga 
davlat tili maqomining berilishi Mustaqillikka qo‘yilgan birinchi qadam bo‘lgan 
bo‘lsa, istiqlol yillarida bir paytlari kamsitilgan ona tilimiz har tomonlama taraqqiy 
topa boshladi.
Navbatdagi vazifa sifatida – milliy tilimizga mos alifbo va imlo qabul qilish 
kun tartibiga chiqdi. 1993-yilning 2-sentabrida lotin yozuviga asoslangan yangi 
o‘zbek alifbosini joriy etish bo‘yicha qabul qilingan Respublika Qonuni 1995-yil 


6-mayda bu qonunga kiritilgan o‘zgartishlar bilan rasman kuchga kirdi va amal 
qilmoqda.
Biz yangi alifboga o‘tdik. O‘zbekistonning Birinchi Prezidentining chuqur 
hayotiy haqiqat mujassam ushbu fikrlari bu boradagi hal qiluvchi va maqsad sari 
yetaklovchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda: “O‘tgan davr mobaynida ana shu qonun 
ijrosini ta’minlash bo‘yicha juda katta ishlar amalga oshirilganini ta’kidlash lozim. 
Avvalo, o‘zbek tilining lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalari ishlab chiqildi va 
hayotga tatbiq etildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ta’limning barcha bosqichlarida ana shu 
alifbo asosida bilim berilmoqda. Lotin yozuvida chop etilayotgan kitob va 
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, gazeta-jurnallar, reklama va e’lonlar, davlat 
hujjatlari hozirgi vaqtda bu imlo madaniy hayotimizning ajralmas qismiga aylanib 
borayotganini ko‘rsatadi” 
1. Lekin alohida shuni ta’kidlash kerakki, Respublikamizda o‘zbek tilini 
yangi yozuvga to‘liq o‘tkazishning muddatlari rasmiy hujjatlarda dastlab 2005-yil, 
keyin esa 2010-yil etib ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, shu paytgacha bunga erishib 
bo‘lmadi.
Keyingi ikki yil ichida ijtimoiy tarmoqlarda, matbuotda ushbu masala 
qizg‘in muhokama qilinmoqda. O‘zbekiston Prezidenti vertual qabulxonasiga 
kelibtushayotgan xatlarda bu o‘z aksini topmoqda. Muhokama ishtirokchilari 
yurtimiz aholisinning turli qatlam vakillari bo‘lib ayniqsa, ziyolilar, o‘qituvchilar, 
talabalar ko‘proq faol bo‘lishmoqda.
Ular tomonidan bildirilayotgan fikr-mulohazalarga ko‘ra, o‘tgan davr ichida 
yozuv amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, yangi alifbo va imloda islohga muhtoj 
o‘rinlar mavjud. Ular bartaraf qilinishi lozimligi bildirilmoqda. Mazkur dolzarb 
masalalar O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi 
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini 
tashkil etish to‘g‘risi”dagi Farmonida o‘z aksini topdi. Farmonda universitet 
jamoasi oldidagi vazifalar sifatida: 

Yüklə 60,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə