Mavzu: Tovar-moddiy zaxiralar va inventarizatsiyaning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati va vazifalari. Kirish: Asosiy qisim: Reja



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə1/21
tarix06.07.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#119347
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Mehmonaliyev Omadbek 2061 kurs ishi.pptx



MAVZU: Tovar-moddiy zaxiralar va inventarizatsiyaning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati va vazifalari.


Kirish:


Asosiy qisim:
Reja:

I BOB. Tovar-moddiy zaxiralar va inventarizatsiyaning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati va vazifalari.

1.1 Tovar-moddiy zaxiralarning iqtisodiy mohiyati, turkumlanishi va vazifalari

1.2.Tovar moddiy zaxiralarning guruhlanishi va baholanishi.


1.3.Inventarizatsiyaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.


II BOB. Tovar moddiy zaxiralar hisobi va uning inventarizatsiyasini tashkil etish.


2.1.Tovar-moddiy zaxiralar hisobi va uni yuritish usullari.


2.2.Tovar-moddiy zaxiralari harakatini hujjatlashtirish va ularning ombordagi hisobi.

2.3.Tovar moddiy zaxiralari inventarizatsiyasi natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish.


III BOB. Tovar-moddiy zaxiralar auditi va uni takomillashiırish.


3.1.Tovar moddiy zaxiralar auditini rejalashtirishning tashkiliy-uslubiy asoslari.

3.2.Moddiy zaxiralar auditini o’tkazish va uni natijalarini rasmiylashtirish.

3.3.Tovar-moddiy zaxiralar auditini takomillashtirish.


Xulosa.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.









KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish va xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyatini qo’llab- quvvatlash, hamda ularning ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) faoliyatini takomillashtirib borish dolzarb masala hisoblanadi. Chunki xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy jihatdan rivojlanishi va iqtisodiy samaradorligining ortishi bevosita iqtisodiyotning taraqqiy ettirishining muhim omili hisoblanadi. Oxirgi yillarda yalpi ichki mahsulotda xususiy sektorning ulushi doimiy ravishda ortib kelmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarasi o’laroq bugungi kunda jamiyatimizning barcha sohalarida tub burilishlar, yangilanishlar, kundan-kunga keng quloch yozmoqda. So’ngi yillarda jahonning yetakchi davlatlari iqtisodiyotiga moliyaviy-iqtisodiy bo’hron o’z salbiy ta’sirini sezilarli tarzda ko’rsatdi. Ammo, O’zbekistonni bu inqiroz chetlab o’tdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Sababi, bizning davlatimiz rahbari uzoqni juda yaxshi ko’ra bilgan, yurt taqdirini barcha narsadan ustun qo’yib, oqilona siyosat yuritishi natijasida moliyaviy inqirozdan aziyat chekmadi. Aksincha, dunyoda ko’pgina davlatlar inqirozni qanday bartaraf qilish chorasini qidirayotganda, respublikamiz yalpi ichki mahsulotida o’sish, byudjet ijrosi ijobiy profitsit bilan yakunlandi. Iqtisodiy islohotlarning eng ustuvor jihatlaridan biri sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka katta e’tibor qaratildi. Buning natijasida YAIM tarkibida aynan shu sohaning ulushi va unda mehnat qilayotganlar soni yildan yilga o’sib, oshib bormoqda.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan tovar-moddiy zaxiralari hisobini to‘g‘ri yuritish, ularning tannarxini to‘g‘ri shakllantirish, xom-ashyo va materiallarni xarajat moddalari bo‘yicha to‘g‘ri tasniflash, tayyor mahsulot va tovarlarni yuqori foydalilik darajasida sotish yo‘llarini izlash, ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan muomalalarning to‘g‘ri, aniq va qonuniyligini auditorlik tekshiruvlaridan o‘tkazish, shuningdek moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish yordamida ichki foydalanilmayotgan
rezervlarni qidirib topish hamda ularni ishlab chiqarishga safarbar etish kabi bir qancha masalalar shu kunning dolzarb muammolaridan biri bo'lib hisoblanadi. Chunki, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish va pirovardida, mahsulot tannarxini kamaytirish orqali yuqori samaradorlikka hamda moliyaviy barqarorlikka erishish mumkin. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlatilayotgan tovar-moddiy zaxiralarining holati, ularni hisobda aks ettirish tartibi va tarmoq xususiyatdan kelib chiqqan holda audit tekshiruvlarini o‘tkazish hamda ularni takomillashtirish kabi masalalar bitiruv malakaviy ishi mavzusining asosiy mazmunini tashkil qiladi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə