O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə1/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org


O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti

1
O‘ZBEKISTON REPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 


MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
ULUG‘BEK HAMDAMOV, ABDUG‘OPIR QOSIMOV
JAHON 
ADABIYOTI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan 
TOSHKENT-2017 

2
UO‘K: 821(100)(075)


KBK: 83.3(0)ya7
H 24
ISBN 978-9943-5142-0-1
Ulug‘bek Hamdamov, Abdug‘opir Qosimov
Jahon adaboyoti” o‘quv qo‘llanma.
T.:-«Barkamol fayz media» 2017, 352 bet.
“Jahon adabiyoti” fani talabalarga dunyo adabiyotining umumiy manzarasi,
davrlari, yo‘nalishlari, sara namunalari, atoqli namoyondalari hayoti va ijodi,
qolaversa, jahon adabiyotshunosligining asosiy mazmun-mohiyatidan saboq
beradi. Mazkur o‘quv qo‘llanma yuqorida nazarda tutilgan yo‘nalishlar maz-
munini o‘zida to‘la qamrab oladi.
Предмет «Мировая литература» рассматиривает общею картину мира
миравой литературы, направления, ярких отобранных представителей, ли-
тературных работ. Данное учебное пособие охватывает выше перечислен-
ные направления в широкем спектре.
The scientific discipline “World literature” defines general picture of world
literature, main directions, life and literary biography of basic representatives,
selected samples, moreover, it depicts the main sense of literature studies. This
textbook covers above-mentioned directions in all perspectives.
Taqrizchilar: 
f.f.d. prof. B.Karimov
f.f.d. prof. D.Qurinov
ISBN 978-9943-5142-0-1

3
KIRISH


Hozirgi globallashuv sharoitida, axborot texnologiyalarining tez
sur’atda taraqqiy etishi, xususan internet tizimining har bir xonadon-
ga kirib borishi bir qator ijobiy jihatlar bilan birga turli ko‘rinishdagi
ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarni ham keltirib chiqar-moqdaki, yo-
shlarda ularga qarshi immunitetni shakllantirish dolzarb muammoga
aylandi. Shu bois ta’lim tizimida adabiyot tarixi-ni o‘rganish baro-
barida yoshlarninig ma’naviy dunyosini boyitish, yuksak umum-
bashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, kitobxonlik va mutolaa
madaniyatini oshirishni talab etiladi. Shundan kelib chiqib, zamo-
naviy talablar bo‘yicha yangi avlod o‘quv adabiyot-larini yarat-
ish, ularni ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, o‘qitishning ilg‘or
texnologiyalaridan foydalanish davr talabidir.
Oliy ta’lim tizimida, asosan, filologik yo‘nalishlar dasturiga kiri-
tilgan “Jahon adabiyoti”, “Jahon va turkiy xalqlar adabiyoti” singari
fanlar bo‘yicha o‘zbek tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yara-
tish masalasi ham o‘ta dolzarb hisoblanadi. Chunki jahon adabiyoti
bilan tanishish o‘z milliy adabiyotimizni munosib baholash imko-
nini beradi. Oliy ta’lim sohasidagi islohotlar o‘quv dasturlari, dars-
lik va uslubiy qo‘llanmalarni zamon talablari asosida qayta ko‘rib
chiqishni taqozo etmoqda. Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy
nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tash-
kil etish to‘g‘risida”gi PF–4797-sonli qarori asosida tayyorlangan.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’limning ijtimoiylashuvi
bo‘limida ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarning adabiy-estetik
dunyoqarashini boyitish, ularda go‘zallik tuyg‘ularini shakllantirish
adabiyotning tarixiy va nazariy xususiyatlarini jamiyatimizda olib

4
borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan bel-


gilanadi. Zero, mamlakatimiz Prezidenti ta’kidlaganidek, “Bugun
biz yashayotgan Internet va yuksak texnologiyalar asrida adabiyot
va san‘at, madaniyatimizning o‘rni va ta‘sirini nafaqat saqlab qo-
lish, balki qanday qilib uni kuchaytirish mumkin, degan to‘g‘ri va
odilona savollar barchamizni, birinchi navbatta, xalqimizning eng
ilg‘or vakillari bo‘lgan ijod ahlini o‘ylantirishi zarur...”
1
Shu jihat-
dan, o‘z millati adabiyoti bilan bir qatorda Jahon adabiyotining sara
namunalarini o‘qib tahlil qila oladigan yetuk adabiyotshunos, tarji-
mon va murabbiylar yetishtirish juda muhimdir.
O‘quv qo‘llanma adabiy-estetik qadriyatlarning milliy va umum-
bashariy jihatlarini, jahon adabiyoti tarixini o‘rganishning millat
hamda jamiyat ravnaqidagi o‘rnini talabalarga tushuntirish, ularda
badiiy asarni to‘laqonli tushunish, tahlil va tadqiq etish malakasini
hosil qilish, jamoatchilikni jahon adabiyotidagi mazmun va shakl,
mavzu va g‘oyaning mohiyati bilan tanishtirishga ko‘maklashish,
jamiyatning ma’naviy manzarasini adabiy-nazariy tafakkur orqali
aks ettirish, jahon adabiyoti durdonalarini chuqur o‘rganish orqali
talabalarning badiiy tafakkurini o‘stirish borasida ko‘rsatmalar be-
radi.
Yangi fan dasturi asosida jahon adabiyoti tarixi bo‘yicha oliy
o‘quv yurti talabalari uchun yagona o‘quv adabiyotini tanqidiy yon-
dashgan holda qayta ishlab chiqish vaqti allaqachon yetdi. Chunki
chet el adabiyoti tarixi bo‘yicha shu kungacha foydalanib kelingan
adabiyotlar ham qisman bo‘lsa-da zamon talabiga javob bermay qol-
di. Ayniqsa, antik davrdan XXI asrgacha bo‘lgan adabiyot tarixidan
yagona qo‘llanmaning yo‘qligi talabalarga noqulayliklar tug‘dirib
kelmoqda.
Taqdim etilayotgan kitobda ana shu bo‘shliqni to‘ldirishga, ja-
hon adabiyoti tarixiga hozirgi zamon nuqtayi nazaridan baho be-
rishga baholi qudrat harakat qilindi. O‘quv adabiyotining asosiy
1
Мирзиёев Ш.М. Адабиёт ва санъат, маданиятни ривожлантириш –
халқимиз маънавий оламини юксалтиришнинг мустаҳкам пойдеворидир
/ Халқ сўзи. 2017. 4 авг.

5
maqsadi talabalarga jahon adabiyotida sodir bo‘lgan barcha jara-


yonlar haqida to‘liq va batafsil ma’lumot berish emas. Chunki ushbu
o‘quv predmeti uchun ajratilgan dars soatlari ham chegaralangan-
dir. Maqsadimiz jahon adabiy jarayonining muhim jihatlari, uning
asosiy vakillari haqida ma’lumot berish, bo‘lajak filolog, tarjimon
va pedagoglarga ushbu adabiyotni o‘rganishlarida ko‘mak berish-
dan iborat. Talabalarda xorijiy mamlakatlar adabiy jarayoni haqidagi
tasavvurni shakllantirish murakkab va mas’uliyatli vazifa sanaladi.
Xorij adabiyotini yaxshi bilish, tahlil qila olish ko‘nikmasi qiyoslash
orqali o‘zbek adabiyotini yanada teran his qilishga yordam beradi.
Qo‘lingizdagi kitob ana shu mas’uliyatli vazifani ado etish maqsa-
dida yaratildi. Qo‘llanmadagi yozuvchi-shoirlar haqidagi ijodiy-
biografik ma’lumotlarga tartib berishda, qo‘yilayotgan muammolar
qamrovini kengroq olishda N.Tronskiy, A.Jirmunskiy, O. Gasset,
Y. Borev, V. Lukov, A.Alimuhammedov, O.Qayumov, Q.Azizov,
D. Zatonskiy, X. Boltaboyev, M. Mahmudov, Q. Yo‘ldoshev, M.
Xolbekov, D. Quronov singari mualliflarning darslik, qo‘llanma va
tadqiqotlari hamda xorijiy manbalarga (3 qismdan iborat “World lit-
erature”, Laura Getty, PhD, Kyoughye Kwou, PhD) murojaat qilindi.
Qo‘llanmaning avvalgilardan farqli tomoni G‘arbiy Ovrupa
va Amerika adabiyotidan tashqari, talabalarning dunyo adabiyoti
bo‘yicha tasavvurlarini boyitishga yo‘naltirilgan yangi mavzular
kiritilganligida ko‘rinadi. Xususan, “Qadimgi Sharq adabi-yo-
ti”, “Mif va badiiy ijod”, “Avstraliya, Okeaniya, Afrika, Kanada
mamlakatlari adabiyoti”, “Modernizm”, “Postmodernizm”, “Ja-
hon adabiyotining zamonaviy muammolari” singari mavzularga
oid ma’lumotlarning bayon etilganligi talabalarning mazkur fan
bo‘yicha to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lishiga yordam beradi, deb
umid qilamiz.
Jahon adabiyoti bo‘yicha umumiy o‘quv qo‘llanma o‘zbek tilida
ilk bor nashr etilayotganligi uchun ayrim kamchiliklarning uchrashi
ehtimoldan xoli emas. Mualliflar qo‘llanma yuzasidan bildirilgan
fikr va mulohazalar uchun avvaldan minnatdorchilik bildiradilar.

6


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə