Sahnalashtirish faolyati vositasida bolalarda ijodiy faoliyatni rivojlanish



Yüklə 86,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix30.12.2023
ölçüsü86,24 Kb.
#167620
  1   2   3   4   5   6   7
Sahnalashtirish faolyati jarayyonida bolalarda ijodkorlik rivojl



SAHNALASHTIRISH FAOLYATI VOSITASIDA BOLALARDA 
IJODIY FAOLIYATNI RIVOJLANISH
 
Reja: 
1.
Tarbiychi pedagogik faoliyatiga ijodiy yondashuv 
2.
Pedagog-tarbiyachining ijodkorlik sifatlari. 
3.
Sahnalashtirish faoliyati rivojlantirish vositasi sifatida. 
4.
Sahnalashtirish 
faoliyatida 
bolalarda 
aktiyorlik 
qobiliyatini 
rivojlantirish.


Ijodiylik (lot., ing. “create ”–yaratish, “creative ” yaratuvchi, 
ijodkor)
–individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni 
tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga 
kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi 
Shaxsning ijodiyligi uning tafakkurida, muloqotida, his- tuyg’ularida, 
muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Ijodiylik shaxsni yaxlit 
holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o’tkirlikni tavsiflaydi. 
Shuningdek, ijodiylik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. 
Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, ijodiylik muammo yoki ilmiy 
farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o’zgartirish; qaror natijalarini 
shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda 
bilim va amaliy harakatlarning o’zaro qarama-qarshiligiga nisbatan 
ta’sirchanlikni ifodalaydi. 
Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi ijodiylik ham birdaniga 
shakllanmaydi. Ijodiylik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va 
rivojlantirilib boriladi. 
Pedagogning 
ijodiylik 
sifatlariga 
ega 
bo’lishi uning shaxsiy 
qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, 
samarali tashkil etishga yo’naltiradi. Oliy ta’lim tizimida faoliyat 
yuritayotgan pedagoglarning ijodiylik sifatlariga ega bo’lishlari ularda 
o’quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an’anaviy yondashishdan 
farqli yangi g’oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o’ziga xoslik, 
tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Binobarin, 
ijodiylik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy 
yondashish, yangi, ilg’or, bolalarning o’quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini 
rivojlantirishga xizmat qiladigan g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish, 


ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish, shuningdek, 
hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr 
almashish 
tajribasiga 
ega 
bo’lishga e’tibor qaratadi. Odatda 
pedagoglarning 
ijodiylik 
qobiliyatiga 
ega 
bo’lishlari pedagogik 
muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy 
loyihalarni amalga oshirish va o’zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari 
orqali ta’minlanadi, shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, 
rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo’lgani kabi bo’lajak 
pedagoglarning ijodiylik qobiliyatiga ega bo’lishlari uchun talabalik 
yillarida poydevor qo’yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil 
rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o’zini o’zi ijodiy faoliyatga 
yo’naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim 
ahamiyatga ega. 
Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni 
y e chish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik 
xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur. 
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala 
yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning 
rivojlanishiga 
yordam 
beradi. 
Pedagog 
o’z oldiga muammoli 
masalalarni qo’yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid
bo’lgan dalillar bilan to’qnash keladi. Buning natijasida o’z ustida 
ishlash, mustaqil o’qib o’rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagogning 
ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi 
unda ijodiylik potentsialini yanada rivojlantiradi. Pedagog o’z-o’zidan 
ijodkor bo’lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida 
izchil o’qib- o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllanadi. 


Zamonaviy ta’lim barcha turdagi ta’lim muassasalarida faoliyat 
yuritayotgan tarbiyachi, , pedagoglarning ijodkor bo’lishlarini taqozo 
etmoqda. 

Yüklə 86,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə