• Основные стратегические варианты


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   169
Strategik marketing (1)

 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Segmentlashning qanday turlarini bilasiz? 
2.
Differensiasiya va segmentasiya o‘rtasidagi tafovutni ko‘rsatib bering. 
3.
Bozorni qamrab olish strategiyasini va uning turlarini izohlab bering. 
4.
Tovarni pozitsiyalash deganda nimani tushunasiz? 
5.
Mikrosegmenlash tahlili necha bosqichdan iborat? 
6.
Makrosegmentlashda asosiy bozorning tuzilishi qanday tahlil qilinadi? 
7.
Bozor chuqurchasi deganda nimani tushunasiz? 
8.
Differensiyallangan marketing strategiyasining mazmunini ifodalab bering. 
9.
Bozorni segmentlashni qanday usullari mavjud? 
10.
Gipersegmentlash deganda nimani tushunasiz? 
 
 
 


75 
4-BOB. BOZORNING JALB ETUVCHANLIGI TAHLILI 
 
4.1. Talabni tahlil qilishning asosiy konsepsiyalari 
Eng oddiy holda tovar yoki xizmatga bo‘lgan talab ma’lum bir joyda va 
ma’lum bir vaqtdagi savdo hajmiga teng bo‘ladi. Avvalo talabning ikki darajasi: 
butun bozordagi jami (yoki global) talab va firmaning mahsulotiga yoki markaga 
bo‘lgan talab o‘rtasidagi farqni aniq ajratib olish kerak. 
Bozordagi talab
- ma’lum bir joyda va ma’lum bir davrda, markalar majmuasi 
yoki raqobatchi firmalar uchun tovar bozoridagi (tarmoq yoki bozordagi) umumiy 
savdo hajmidir. 
Buni inobatga olsak, gap 
“birlamchi talab”
haqida yoki ehtiyojning muayyan 
toifasiga mos keladigan talab haqida bormoqda. Ko‘rinib turibdiki, bu ta’rif avval 
asosiy bozorning aniqlab olinishini ko‘zda tutadi.
Firmaning mahsulotiga bo‘lgan talab
(markaga bo‘lgan talab) deb bozordagi 
talabning bir qismiga aytiladi va u tovarning asosiy bozorida firma yoki marka 
egallab turgan bozor ulushiga mos keladi. 
Shuni tushunish muhimki, birlamchi talab ham firmaning mahsulotiga bo‘lgan 
talab kabi reaksiyaning funksiyasi bo‘lib, bu funksiyaning darajasi talab determinanti 
deb ataluvchi bir qator omillarga bog‘liqdir. Ushbu birlamchi talab determinantlari 
ikki xil bo‘ladi: nazorat qilib bo‘lmaydigan 
muhit omillari va marketing omillari.
Marketing omillari - bu bozorda raqobatlashayotgan firmalar tomonida qilinadigan 
marketing harakatlari majmuasi, ya’ni umumiy marketing bosimidir. Korxonaning 
bozordagi o‘z holatini o‘rganish uslublariga alohida korxona bozori kattaliklari
bozor tendensiyalari, undagi mo‘‘tadillik, segmentlash va bozorni o‘zlashtirish 
kabilar kiradi (4.1-rasm) 
Odatda talab funksiyasining “S” shaklida bo‘lishi umumiy marketing bosimi 
oshib borgan sari reaksiyaning kuchayish tezligi avval ortib borib, so‘ngra 
pasayishini anglatadi. 
Marketing bosimi nolga teng bo‘lganda talab darajasi Q
0
eng kam bo‘ladi; 


76 
oraliq daraja E(Q) umumiy bosim M sharoitida kutilayotgan talabga mos bo‘ladi. 
Agar umumiy marketing bosimi ortib borsa, talab ham kuchayadi, biroq uning tezligi 
kamayib boradi. 
Bozor
paramеtrlari 
Bozor tеndеnsiyalari 
Bozordagi mo`tadillik 
Bozor sеgmеntasiyasi 
Bozorni o`zlashtirish 
Alohida korxona bozori 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə