0 modul: Quymakorlik asoslari. Reja: Model komplekti 2


Ko’plab quymalar olishga yaroqli qoliplar



Yüklə 48,58 Kb.
səhifə2/10
tarix28.08.2023
ölçüsü48,58 Kb.
#121018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja 1 Model komplekti Quyish sistemasi. Qo‘lda qolip tayyorlas-fayllar.org

Ko’plab quymalar olishga yaroqli qoliplar. Bu qoliplar cho’yan, po’lat, mis
va alyuminiy qotishmalaridan tayyorlanadi. Bu qoliplarda oddiy shaklli kichik va 
o’rtacha o’lchamli yuzlab va ming-minglab quymalar olinadi. SHu boisdan ularga
shartli ravishda doimiy qoliplar deb ham yuritiladi. 



Texnologik moslamalar va asboblar 
Quymalar qoliplarini tayyorlashda foydalaniladigan texnologik moslamalarga 
modelь, modelь tagligi, sterjenь yashigi, suyuq metallni qolipga kiritish tizimi
modellari, opoka va boshqalar kiradi. 
Quyida asosiy texnologik moslamalar haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Modelь. Modelь deb qolip materialida olinuvchi quymaning tashqi konturini 
hosil qiluvchi moslamaga aytiladi. Modelning tashqi shakli olinuvchi quyma
shakliga o’xshash bo’lgani bilan o’lchamlari qolipga kiritilgan suyuq metallning 
sovib qotishida kirishuv qiymatiga va mexanik ishlovlarga beriladigan yuzalar
qo’yimiga nisbatan kattaroq bo’ladi. Modellar va shuningdek boshqa texnologik 
moslamalar yengil, oson kesib ishlanadigan, chidamli, arzon materiallardan
tayyorlanib, ular qolip materialiga yopishmay, undan osonroq ajraladigan bo’lishi 
kerak.
Quymalarni ko’plab ishlab chiqarmaydigan kichik tsexlarda texnologik 

moslamalar sifatli yog’ochlar (qarag’ay, archa, zang va boshqalar)dan


tayyorlanadi. Buning uchun g’o’la, taxta, brus tarzidagi yog’yuchlar pechda 
60−70°S temperaturada (namligi 8–10% gacha kelguncha) bir necha soat
quritiladida, keyin texnologik moslamalarni tayyorlash uchastkasiga o’zatiladi. 
Ular chizmalar asosida tayyorlanadi.
Odatda, oddiy shaklli, kichik va o’rtacha o’lchamli quymalar modellari yaxlit, 
murakkab shaklli quymalar modellari ajraluvchi va shuningdek ayrim–ayrim
bulaklardan yig’ilgan bo’ladi (138–rasm). 
Ko’pincha ajraluvchi modellar ikki (ustki va pastki) palladan iborat bo’lib,
pastki pallaning ajralish yuzida ikkita konusli kichik teshigi bo’lsa, ustki pallaning 
ajralish yuzasida esa ikkita konusli kichik ortig’i bo’ladi. Qolip pallalari shu
konusli teshiklarga konusli ortiqdan kiritilgan xolda yig’iladi. 
Ma’lumki, yog’och arzon material va u yaxshi kesib ishlangani bilan nam
tortib tob tashlashi, tez chirishi va deyarli puxtamasligi tufayli undan keng 
foydalanib bo’lmaydi. SHu boisdan ko’plab bir xildagi metall quymalarni ishlab
chiqaruvchi yirik tsexlarda modellar va shuningdek boshqa texnologik moslamalar 
alyuminiy qotishmalar va plastmassalardan tayyorlanadi. Bu materiallar yog’ochga
qaraganda ancha qimmat bo’lsada, o’zoq vaqt turli muhitlarda ishlashi davomida 
shakli va o’lchamlarini saqlashi, qolip materialida aniq modelь konturi olinishi
kabi afzalliklarga ega. SHuni qayd etish joizki, modellar kaysi materialdan 
tayyorlanmasin, qolipdan osonroq chiqarish uchun uning vertikal tekisliklariga


kichik qiyalik beriladi, yuzalari nafis ishlanadi, qiyalik qiymati modelь materialiga,


shakliga, o’lchamiga, qolip materialiga va qolipni tayyorlash usuliga bog’liq. 
Odatda, o’rtacha shaklli va o’lchamli yog’och modellarida bu qiyalik 12°,
metallarda 0,5–1
o
oralig’ida bo’ladi. 

–rasm. Modellar xili: 


a –yaxlit modelь; b– ikki bo’lak modelь; v –ajraluvchi modelь.


Modellarning bir yuzadan ikkinchi yuzaga o’tish joylari o’tmas burchaklar 


bo’ylab tekis o’tishidan tashqari, zarur xollarda qolipda sterjenni o’rnatish uchun
tayanch yuza hosil etish uchun modelda konusli ortiq, qilinib, u qora rangga 
bo’yab qo’yiladi. SHuningdek, modellarni olinuvchi quyma materialiga ko’ra
ajratish maqsadida turli rangga bo’yab, harflar va raqamlar bilan markalanadi. 
Masalan, cho’yan quyma modellarini qizil rangga, po’lat quymalar modellarini
yashil rangga va rangli metall quymalar modellarini sariq rangga bo’yaladi. 



Yüklə 48,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə