0 modul: Quymakorlik asoslari. Reja: Model komplekti 2


BIR MARTA QUYMALAR OLISHGA YaROQLI QOLIP



Yüklə 48,58 Kb.
səhifə4/10
tarix28.08.2023
ölçüsü48,58 Kb.
#121018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja 1 Model komplekti Quyish sistemasi. Qo‘lda qolip tayyorlas-fayllar.org

BIR MARTA QUYMALAR OLISHGA YaROQLI QOLIP 

MATERIALLARIGA QO’YILUVCHI TALABLAR, TARKIBI VA ULARNI 

TAYYORLASH 

Qolip materiallari va ularga qo’yiluvchi talablar 
Texnika−iqtisodiy talablarga javob beradigan qoliplar tayyorlashda ularning 
materiallari xossalarining ahamiyati g’oyat muhim. SHu boisdan ular quyidagi
asosiy mexanik, texnologik, fizik xossalarga ega bo’lishi lozim. 
Mexanik xossalari ga puxtaligi, plastikligi va qayishqoqligi, texnologik
xossalariga 
oquvchanligi,
termomexanik 
bardoshligi,
namiqmasligi, 
ajraluvchanligi, gaz o’tkazuvchanligi, chidamliligi kirsa, fizik xossalariga esa
issiqlik o’tkazuvchanligi, solishtirma issiqlik sig’imlari kiradi. 



Puxtaligi. Puxtaligi deb, qoliplarni tayyorlashda, ularni bir joydan boshqa
yerga o’tkazishda, unga metall kiritishda o’z shakli va o’lchamini saqlash 
xossasiga aytiladi. Nam qoliplar uchun ularning siqilishga puxtaligi a

s

= 30−70
kPa bo’lsa, quritilgan qoliplar uchun cho’zilishga puxtaligi 


в

= 80−200 kPa 

oralig’ida bo’ladi.



Plastikligi. Plastikligi deb, qolip materialiga modelni tashqi kuch ta’sirida
bosilishda uning tashqi konturiga oson o’tib, undan modelь olingandan keyin esa 
olgan shaklini saqlash xossasiga aytiladi.

Qayishqoqlik. Kayishqoqligi deb, qolip materyalini qolip bo’shlig’iga
kirayotgan metall ta’sirida ma’lum darajada siqilib, metallning sovib kirishishida 
esa dastlabki joyiga qaytish xossasiga aytiladi.
Agar metallarda qayishqoqlik xossasi kichik bo’lsa, quymada zo’riqish 
kuchlanishlar hosil bo’lib, tob tashlashiga va ba’zan darz ketishiga sabab bo’ladi.

Oquvchanligi. Oquvchanligi deb, qolip tayyorlashda materialni modelь tashqi
konturiga mos bo’shliqqa bir tekisda osonroq o’tish xossasiga aytiladi. 



Yüklə 48,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə