0 modul: Quymakorlik asoslari. Reja: Model komplekti 2



Yüklə 48,58 Kb.
səhifə5/10
tarix28.08.2023
ölçüsü48,58 Kb.
#121018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja 1 Model komplekti Quyish sistemasi. Qo‘lda qolip tayyorlas-fayllar.org

Termomexanik bardoshligi. Termomexanik bardoshligi deb, materialni
qolip ga yuqori temperaturali metall kirayotganda kuymay, erimay qolgan shakl va 
o’lchamlarini saqlash xossalariga aytiladi.

Namiqmasligi. Namiqmasligi deb qolip materialning havo namini o’ziga
olmasligiga aytiladi. 


Ajraluvchanligi. Ajraluvchanligi deb materialni quymadan oson ajralish
xossasiga aytiladi. 


Gaz o’tkazuvchanligi. Gaz o’tkazuvchanligi deb materialning qolipga metall
kiritilayotganda undagi havoni va ajraluvchi gazlarni tashqariga chiqarish 
xossasiga aytiladi.

CHidamliligi. CHidamliligi deb qolipda qayta–qayta quymalar olishda
materialning mexanik, texnologik va fizik xossalarini saqlashiga aytiladi. 
Issiqdik o’tkazuvchanligi va solishtirma issiqdik sig’imlari esa metallni
qolipda sovitish tezligiga, binobarin, struktura (xossasiga ta’sir ko’rsatadi, shuning 
uchun ham ushbu xossalarni bilmoq lozim.
Statistik ma’lumotlariga ko’ra, metall quymalarni ko’plab ishlab chiqaruvchi 
yirik korxonalarda bir tonna quyma olishda o’rtacha 47 tonna qolip material


ishlatilishini e’tiborga olsak, ular narxining ahamiyati naqadar muhimligi ma’lum


bo’ladi. 


Qolip materiallar tarkibi 

Qolip materiallarning yuqorida qayd etilgan xossalarga qanchalik javob


berishi ular kimyoviy tarkibiga, donadorligi (strukturasi)ga, bog’lovchilar xiliga va 
miqdoriga, namlik darajasiga, qolipdagi zichligiga va boshqa ko’rsatgichlarga
bog’liq. Yuqorida qayd etilganidek, bir marta quymalar olishga yaroqli qolip 
materiallarining asosiy qismi kvarts qumidir.

Qolip qumi. Bu material asosi tabiiy kvarts (SiO
2
) bo’lib, unda ma’lum 

miqdorda gil va boshqa begona birikmalar (Fe


2
0

3
, Na

2
0
3

, CaO, MgO va boshqalar)


bo’ladi. 
Tabiiy kvarts zichligi 2,5–2,8 g/sm
3
oralig’ida bo’lib, suyuqlanish 

temperaturasi 1750−1780°S oralig’ida bo’lgan puxta va qattiq modda. Lekin


qumning shunday xususiyati ham borki, u 575°S temperaturagacha qiziganda 
allotropik o’zgarishi sababli hajmi birmuncha ortadi, natijada u yoriladi,
parchalanadi. Bu esa qolip materialini changsimon zarrachalar bilan to’yintirib, 
sifatiga putur yetkazadi.
SHu boisdan, bir marta ishlatilgan qolip materiallarning xossalarini tiklash 
maqsadida ularga ma’lum miqdorda hali ishlatilmagan kvarts qumi qo’shiladi.
Qolip materiallari tarkibidagi bog’lovchi moddalardan tashqari barcha begona 
birikmalar uning xossalariga putur yetkazadi. Qolip qumi tarkibidagi gilli
moddalar miqdoriga ko’ra kvartsga va gilga ajratiladi. Agar qumlar tarkibida 2 
foizgacha gil va 10 foizgacha begona birikmalar bo’lsa – kvarts, gilli moddalar
miqdori 50 foizdan ortiq bo’lsa – gil deyiladi. Ularni qazib oluvchi joylar nomi 
bilan ataladi. Masalan, Lyubarets konida olinadigan qumni Lyubarets qumi
deyiladi va hakazo. 



Yüklə 48,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə