0 modul: Quymakorlik asoslari. Reja: Model komplekti 2


Issiq xolatida qotuvchi aralashma materiallar



Yüklə 48,58 Kb.
səhifə8/10
tarix28.08.2023
ölçüsü48,58 Kb.
#121018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja 1 Model komplekti Quyish sistemasi. Qo‘lda qolip tayyorlas-fayllar.org

2. Issiq xolatida qotuvchi aralashma materiallar. Bu materiallarga qum
donlarini bog’lovchi sifatida 3–4% karbomidfuran smolalar hamda tegishli 
katalizatorlar qo’shiladi. Bu materiallar 250– 280°S da 1–2 daqiqada qotadi.
Ularning cho’zilishga mustahkamligi


в


= 1,5−2,5 kPa ga yetadi. Qimmatbaho 
moslamalar, qizdirish qurilmalari talab etishi esa bu materialning kamchiligi
hisoblanadi. 


3. Sovuq xolida qotuvchi aralashma materiallar. Bu materiallar tarkibida
95% qum, 3% gil, 2% nefelin shlami, 1,5% natriy gidrooksid va 7% suyuq shisha 
bo’lib, ular maxsus shnekli mashinada aralashtirib tayyorlanadi.

4. Suyuq xolatida qotuvchi aralashma materiallar. Bunday materiallar
tarkibida 95−97% qum bo’lib, unga bog’lovchi sifatida ma’lum miqdorda suyuq 
shisha, ferroxromli shlak (ba’zan tsement) va tegishli katalizatorlar qo’shiladi.

Qolip materiallarini tayyorlash 
Karьerlardan keltirilgan qum va gillarni baraban xilli yoki bo’lak 
konstruktsiyali pechlarda avvalo 200−250°S temperaturada obdon qizdirib
quritiladi.–rasmda baraban xilli quritish pechining sxemasi keltirilgan. Sxemadan 
ko’rinadiki, qum yoki gil barabanga voronka 1 orqali kiritiladi. Baraban o’ki
atrofida aylanayotganda o’txonasidan chiqayotgan issiq gazlar issiqligi hisobiga 
qizib, qurib boradi. Agar kesaklanib qotgan bo’laklari bo’lsa, ular maydalash
mashinalarida maydalanadi (−rasm). 


Baraban tipidagi quritish pechining sxemasi: 


1– voronka; 2 – quritilgan materialning chiqish joyi; 3 – o’txona; 4– baraban; 5–


mo’ri

Maydalash mashinasining sxemasi: 


1 – tog’opa; 2– g’ildirak; 3 – val; 4– tishli g’ildirak.
Bu mashina tog’orasi 1 ga kiritilgan kesaklangan materiallar uning og’ir 
g’ildiraklari bilan ezilib uvalanadi. So’ngra ular elanadi. Keyin bu materiallardan
belgilangan miqdorda olib, ularga ma’lum miqdorda bog’lovchi, qo’shiladigan 
materiallar va suv quyib, qorishtirish mashinasida ma’lum vaqt qorishtiriladi (146–
rasm). Bu mashinalarga begunlar deyiladi. Uning zalvar g’ildiraklari tagligiga 
tegmagan xolda, qum donlariningo’lchamiga qarab rostlanadi. Bunda g’ildiraklar
vertikal o’q atrofida va materiallarga ishqalanish hisobiga gorizontal o’q atrofida 
aylanadi.


Mashina vertikal o’q atrofida aylanuvchi surgichlari 2, 4 g’alvar g’ildiraklari


tagiga materialni surib turadi. Qachonki, material yaxshi aralashtirilib, xossalari 
ko’zatuvdan o’tgach, uning tortkichi 6 tortilsa, material quti tagidagi teshikdan
ishlatish joyiga o’zatiladi. 
Agar bu materiallar yopishqoq bo’lib, bir tekis namlanmagan bo’lsa, ular
titish mashinasida yana ishlanadi (147–rasm). 147–rasmdagi sxemadan ko’rinadiki, 
material transportyor orqali mashina voronkasi 1 ga o’zatiladi, uni o’qi atrofida
aylanib turuvchi ko’raklari 2, po’lat sim 3 yoki zanjirlarga otadi. 
Material simlarga urilib sochilib, transportyorga tushadi. Materialning
simlarga yopishib qolgan qismi, ekstsentrik 4 yordamida ajratiladi. Quyuv 
tsexlarida bir marta quyma oluvchi qolip materiallar tarkibi quymalar materiali
shakliga va massasiga ko’ra belgilanadi (47, 48–jadvallarga qarang). 

Qolip materialini ?orishtirish mashinasi: 


1–vertikal o’q; 2– surgich; 3– g’ildirak; 4– surgich; 5–quti; b – tortqi

Kachonkim, tayyorlangan material talab etiladigan xossaga kelgach, qiya 


lentali tranportyor 11 ga, undan sochgich 12 ga, keyin esa tindirgich bunkeri 13 ga


o’zatiladi va u yerda tindirilib, bir tekisda namlanadi. So’ngra qolip materiali 

bunker 13 dan ta’minlagich 14 ga, undan transportyorlar 17, 18, 19 orqali


bunkerlar 20 ga, undan esa qoliplash mashinasi 21 ga o’tadi. 
SHuni ham aytish joizki, qolip materiallari bajaradigan ishiga ko’ra quyidagi
xillarga ajratiladi: 
1. Qoplama materiallar. Bu materiallar opokadagi qolip bushlig’ining
suyuq 

metall bilan bevosita munosabatda bo’ladigan yuzlarini qoplash uchun


ishlatiladigan material bo’lib, tarkibida 50−90% ishlatilmagan va 10–50% 
ishlatilgan material bo’ladi. Modelь shakli va o’lchamiga ko’ra uning sirtiga 10
dan 100 mm gacha qoplanadi. 
2. To’ldirgich materiallar. Bu materiallar opokadagi qoplama material tagida
bo’lib, u qolipning asosiy qismini tashqil etadi. Bu materiallar sifati qoplama 
materiallardan pastroq bo’ladi. Tarkibi bir marta ishlatilgan materiallar ma’lum
miqdorda gil, qum va boshqa zarur qo’shimchalar aralashtirilib tayyorlanadi. 
3. Umumiy materiallar. Bu materiallardan asosan yirik quyuv tsexlarida
mashinalarda ko’plab qoliplar tayyorlashda foydalaniladi. Ular bilan opokalarning 
butun hajmi to’ldiriladi. SHu boisdan bu materiallarga umumiy materiallar
deyiladi. Bu materiallar tarkibida to’ldirgich materiallar 80−90% bo’lib, qolgan 
qismi esa ishlatilmagan materiallar bo’ladi.



Yüklə 48,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə